Karimov Abdulazizning "Xalqlarning etnik shakllanishiga doir masalalarning o'rganilishi"
Download 102.5 Kb.
|
Xalqlarning etnik shakllanishiga doir masalalarning o\'rganilishi
Renissans universiteti Tarix 303-guruh talabasi Karimov Abdulazizning "Xalqlarning etnik shakllanishiga doir masalalarning o'rganilishi" mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi Xalqlarning etnik shakllanishga doir masalalarning o’rganilishi. Reja: Kirish. O’rta Osiyoning qadimgi aholisi VI-VIII asrlardagi etnik-madaniy jarayonlar xususida O’zbek xalqi etnogenezining keyingi davrlari. Xulosa . Foydalangan adabiyotlar. Kirish. Ekin maydonlarining ko`payib borishi, xususan sug`oriladigan erlarning kengayishi, qishloqlarning ko`payishi, er hosildorligini orttiruvchi sun`iy o`g`itlarning yaratilishi, suvni baland erlarga ko`taradigan charxpalaklarning va suv tegirmonining kashf qilinishi, paxta ekinining tarqalishi, meva navlarining yaxshilanishi yo`lidagi muvaffaqiyatlarning hammasi zamonaning ishlab chiqaruvchi kuchlarini o`stirib yuborgan va uni yangi feodal munosabatlarga olib kelgan yangi ijtimoiy voqea bo`ldi. Bunday muhim sharoitda kushonlarning saltanatiga putur etib, inqirozga yuz tuta borishi bilan birga ichki ziddiyatlarga muvofiq diniy oqimlar o`rtasidagi munosabatlarning ham murakkablashmasligi mumkin emas edi. III asrdan boshlab quldorlik davrining shaharlari xarobalikka yuz tutib, iqtisodiy hayot asosan alohida vohalarga, qishloqlarga ko`chadi. Er aristokratiyasi — «deh,qon»lar qishloqlarga, ariqlar boshiga kelib, ko`shklar bino qiladi. VI asrga kelib ular qullardan qurolli yigitlar — chokarlar saqlab, atrofdagi qishloq aholisini o`z foydasiga ishlatib kun kechiradi. SHu taxlitda Milodning I asrining 25 yilidan to IV asrning 50-yillariga qadar hukm surgan markazlashgan kuchli Kushon davlati tugab, har qaysi shahar atrofidagi vohada alohida-alohida mustaqil hukmdorlar paydo bo`ladi, ularning boshida «dehqon»larning vakili turadi. Hozir Toshkent, Samarqand, Buxoro, Jizzah Farg`ona vodiysidagi va boshqa ko`plab shahdrlar atrofidagi sug`oriladigan erlarda baland-baland «oqtepalar» bor. Arxeologiyaga oid qazilmalar, bularning xdmmasi feodallarning xom g`ishtdan solingan feodal ko`shklarining xarobasidan iborat bo`lib, «dexqonlar» yapgab o`tgan joylarning qoldiqlari ekanligini ko`rsatadi. Akademik YA. G`.G`ulomovning kuzatishlari bunday ko`shklarning hozirgacha saqlanib kelganligini ko`rsatadi. Karimov I.A. «Vatan sajdogox kabi muqaddasdir. Toshkent O`zbekiston 1996 yil. Artsikovskiy A. V «Arxeologiya asoslari» Toshkent. “O`qituvchi” 1974 y. Feodallashish jarayonida ichki urushlar, xalq qo`zg`olonlarini bostirish uchun keskin choralar ko`rish natijasida ancha vayronagarchilik, qirilishlar bo`lib, butun-butun rayonlar vaqtincha bo`shab qolgan. SHunga qaramay, ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojida ma`lum siljishlar bo`lgan. SHu siljishlarni madaniyat soxasida ham ko`rish mumkin. Masalan, Xorazmda Tuproqqal`a (IV asr) ko`shkini qazishda u erdan «podsholar zali» deb atalgan zal topilgan. Zalning atrof devorlariga taxmon singari ravoqlar ishlanib, ularning har biriga turli qiyofadagi kishilarning haykallari o`rnatilgan. Haykallar nihoyatda yuqori did bilan ishlangan. Professor S. P. Tolstov «Bu zalda Xorazmda Ofrig` xonadoniga mansub podsholarning haykali ota-bobolar ruhiga sig`inish tariqasida aks ettirilgan», deb aytadi. Bu joyda haykallardan tashqari, turli bo`yoqli devor suratlari ham bo`lib, undagi manzaralarda dengiz to`lqini, baliqlar, yirtqich hayvonlar, sozanda qizlar surati va boshqa narsalar tasvirlangan. Bu saroydan Xorazm shox.larining yozma hisob-kitob arxivi ham topilgan. Bular qadimgi Xorazm yozuvi bilan taxtaga va charmga bitilgan. 1938 yili VI — VIII asrlarga oid Xorazm pullaridagi yozuvlar yordamida ularning ko`pgina asoslari aniqlangan. Umuman, Tuproqqal`adan topilgan arxiv yozuvi fanga juda ko`p yangilik bergan. 1934 yili Samarqand yaqinidagi Mug`tepadan Panjakent hokimi Devashtichning VIII asrdagi arxivi to pildi. Arxivdagi so`g`diycha va arabcha xatlar asosida so`g`d yozuvining xususiyatlari aniqlandi, bu esa tarix faniga ancha ravshanlik kiritdi. Bunga Xorazm arxivining qo`shilishi esa O`rta Osiyodagi o`sha zamon hayoti va madaniyatiga doir ko`p masalalarni aniqlash imkoniyatini yaratdi. Keyingi yillarda Surxondaryo viloyatida «Bolaliktepa» degan joyni qazish jarayonida uning bir zali devorlari odam suratlari bilan bezatilgan ibodatxona ekanligi ma`lum bo`ldi. Nabiev A. «Tarixiy o`lkashunoslik» Toshkent. “O`qituvchi” 1996 yil Sulaymonova F. G`arb va shark. Toshkent. “O`zbekiston” 1997 yi Download 102.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling