Psixologiya voqelikning alohida bir sohasi bo'lgan psixik (yoki ruhiy) hayot sohasini o'rganadi


Download 17.14 Kb.
Sana18.10.2023
Hajmi17.14 Kb.
#1708584
Bog'liq
Psixologiya voqelikning alohida bir sohasi bo


Psixologiya voqelikning alohida bir sohasi bo'lgan psixik (yoki ruhiy) hayot sohasini o'rganadi. H ar kimga m a’lum hodisalar — sezgilarimiz, idrok, tasaw urlarim iz, fikr, his, intilishlarimiz va shunga o'xshashlar psixika hodisalari jumlasidandir. Shaxsning psixik yoki individual xususiyatlari deb ataladigan xususiyatlar: odamning tem peram enti (m ijozi), xarakteri (fe’latvori), qobiliyat, ehtiyoj, mayl va havaslari ham psixika sohasiga kiradi. Psixik (ruhiy) hodisalam ing butun majmuyi odatda psixika degan bir so'z bilan ataladi. Psixika o'zga alohida bir olam emas: u organik hayotning yuksak shakllaridan bo'lib, faqat hayvonlar bilan odam larga xosdir. Hayvonlar bilan odam , o'simliklardan farq qilib, yolg'iz organik havotga ega bo'libgina qolmay, balki, shu bilan birga, psixik hayotga ham egadir. Lekin, ma'lum ki. hayvonlarning psixik hayoti odam ning psixik hayotiga qaraganda soddaroqdir. Odam psixikasi hayvonlar psixikasidan sifat jihatidan farq qiladi. O dam da psixik hayotning yuksak shakli — ong bor. O dam ongli zotdir. Psixik hayot hodisalari juda xilma-xil, am m o bir-biri bilan o'zaro bog'langan bo'ladi. Psixologiyaning vazifasi ana shu bog'lanish va m unosabatlarning qonuniyatlarini ochib berishdir. Psixik hodisalar va butun psixika rivojlanib kelgan va rivojlanm oqda. Shu sababli, psixologiya psixikaning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib berishi kerak. Psixologiya fanining m a’lumotlaridan amaliy m aqsadda va avvalo ta'lim - tarbiya ishida, shuningdek, ishlab chiqarishda, m ehnatni tashkil etish va ixchamlashtirishda, tibbiyotda, san'at va shunga o'xshash sohalarda fovdalanm oq uchun psixikaning taraqqiyot qonuniyatlarini bilish kerak. Shunday qilib, psixologiya psixik hayot sohalari yoki, qisqacha qilib aytganda, psixikadan bahs yuritadi.

Psixologiya eng qadim iy fanlardan bo‘lib, bundan 2,5 ming yil ilgari jon haqidagi ta ’limot sifatida vujudga kelgan. VII—V asrlarda o ‘tgan qadimgi grek faylasuflarining asarlaridayoq kishining jonli va ruhiy hayoti to ‘g‘risida juda ko‘p xilma-xil fikrlar bayon qilinganligini ko'ram iz. Bu masalalar qadimgi Xitoy va qadim gi hind m utafakkirlarining m uhokam alarida ham katta o ‘rin tutadi. Kishining psixikasi haqidagi m untazam ta ’limotni birinchi m arta Aristotel (eram izdan oldingi 384—322-yillar) «Jon haqida» degan kitobida bayon qilgan. Shu sababli Aristotel alohida fan boMgan psixologiyani vujudga keltirgan kishi yoki psixologiya fanining «otasi» hisoblanadi. Uzoq vaqtgacha psixologiya m ustaqil fan boMmay, falsafa tarkibiga kirib kelgan. A lohida ilmiy fan m a’nosidagi «psixologiya» term ini ham yo‘q edi. Bu term in XVI asr oxirida paydo boMib, XVIII asr o'rtalaridan boshlab ham m a ishlatadigan boMib qoldi. Psixologiya XVIII asrning oxirida va XIX asrning boshlaridagina mustaqil fan boMib shakllandi. Qadimgi zam onlardan to bizning zamonim izgacha psixologiya sohasida idealizm bilan m aterializm o'rtasida kurash bo'lib keldi. Psixologiyadagi bu kurash ham isha sinfiy kurashning in’ikosi bo'lib keldi. Psixika, ong nim a degan m asala, shu bilan birga, odam organizm ida psixik jarayonlar bilan fiziologik jarayonlar o'rtasidagi munosabat masalasi ham shu kurashda m arkaziy o'rin n i egallab keldi. Psixika va ong haqidagi ta ’lim ot idealistik va vulgar m aterialistik qarashlar ham da nazariyalarga qarshi kurashda chiniqa bordi. Idealistlar, odam ning psixik hayotini odam tanasi bilan qandaydir nom a’lum yo'l bilan qo'shilib, odam da gavdalangan, jismi yo 'q moddiy bo'lm agan alohida bir narsaning, ya’ni ruh yoki jonning zohir boMishi deb hisoblaydilar. (So'zlashganim izda va adabiyotda ham «odam ning joni» va «odam ning ruhi» degan term in ishlatamiz. Ammo bu term inlarni biz moddiy bo'lm agan alohida bir narsani ifodalash uchun emas, balki «psixika» so'zini qay m a ’noda ishlatsak, o 'sh a m a’noda ishlatamiz). Idealistik psixologiya nam oyandalari psixik jarayonlar bilan fiziologik jarayonlarning o'zaro m unosabati haqidagi m asalani talqin qilishda yo psixofizik parallelizm yoki psixofizik o 'zaro ta ’sir nuqtayi nazarida turadilar. Psixofizik parallelizm tarafdorlari fiziologik va psixik hodisalar birbiriga bog'liq bo'lm agan holda yonm a-yon (parallel ravishda) voqe bo'ladi, deb hisoblaganlar. Bu qarashga ko'ra, odam ning hayot faoliyat


O lam taraqqiyoti tarixida psixika, ong boMmagan davr o'tgan. Psixika olam taraqqiyotining eng yuksak bosqichiaridagina paydo bo'ldi. Psixika materiyaning alohida xossasi bo'lib, bu xossa obyektiv voqelikni alohida aks ettirish qobiliyatidan iboratdir. Aks ettirish degan so'zning m a’nosi har xil tushuniladi. Tevarak-atrofdagi voqelikni aks ettiradigan ko'pgina narsalar m a’lum, m asalan, suv aks ettiradi, ko'zgu aks ettiradi va hokazo. Bu misollarda biz fizik hodisa sifatidagi aks etish (in ’ikos)ni ko'ram iz. Psixik hodisalar haqida so'zlashganim izda esa sifat jihatdan boshqacha, o'ziga xos ravishda aks etishini nazarda tutm og'im iz kerak. Bu aks ettirish sezgilarda, xotirada, tafakkurda va boshqa shu kabilarda o 'z ifodasini topadi. Insonning aks ettirish jarayoni o'z mohiyati va xarakteri jihatidan 2 bosqichdan iboratdir: 1) hissiy (aks ettirish) bilish bo'lib, u sezish, hissiy qabul qilish, xotira va tasavvurlardan iboratdir; 2) aqliy bilish bosqichi bo'lib, u tafakkurdan iboratdir. Hissiy bilishning boshlang'ich shakli — sezgidir. Chunki hissiy bilishning boshqa shakllari — hissiy qabul qilish sezgiga nisbatan ancha m urakkab bo'lib, u sezish asosida vujudga keladi. Hissiy qabul qilishning sezishdan farqi shundaki, unda predm etlarning ayrim xossalarni emas, balki predm et bir butun holda aks etadi. Hissiy bilishning yana bir shakli tasaw urdir. Tashqi ta ’sir natijasida vujudga kelgan nerv va miya qobig'ining m a’lum qismidagi qo'zg'alish — sezish, qabul qilish — m a’lum davrgacha o'z izini qoldiradi, y a’ni tashqi ta ’sir to'xtagandan so'ng qo'zg'alishning, sezishning izi saqlanib qoladi. O 'sha ta ’sir etgan predm etga aloqador bo'lgan, unga qandaydir m unosabatda bo'lgan hodisa ta ’siri natijasida izlar yana qayta tiklanishi m um kin.

Psixologiya fani psixikani o'rganar ekan, uni yuksak darajada tashkil topgan materiyaning obyektiv voqelikni aks ettirishdan iborat bo'lgan alohida xossasi deb biladi. M ateriyaning bu xossasi m ateriyaning boshqa xossalaridan sifat jihatdan farq qiladi va materiya taraqqiyotining faqat muayyan bosqichida vujudga keladi. Psixik hodisani, idealistlar ta ’lim bergani singari, fiziologik hodisadan ajratib qo'yish yaramaganidek, psixik hodisani, vulgar materialistlari ta ’lim bergani singari, fizik hodisaga tenglashtirish ham yaramaydi. Psixik hodisa bilan fiziologik hodisa bir butun bo'lib bog'langandir. Buning m a’nosi shuki, psixologik va fiziologik hodisa sifat jihatidan boshqa-boshqa hodisalardir, am m o fiziologik hodisa bo'lm asa, ya’ni nerv sistemasi ishlam asa, psixologik hodisa bo'lishi m um kin emas; shunday qilib, psixologik hodisa ikkilamchi hodisa hisoblanadi. Psixik hodisalar nechog'li m urakkab bo'lm asin, ularni m oddiy nervfiziologik negizidan ayirib o'rganish yaramaydi. Bunday ayirish idealizm ­ ga olib borishi mumkin, xolos. Shu sababli psixikani o'rganishda psixik hayotdagi hodisa va faktlarni ilmiy asosda tushunib olish uchun psixikaning moddiy negizini, ya’ni bosh miya va uning faoliyatini, psixik jarayonlarning nerv-fiziologik mexanizmlarini bilib olish kerak. I.P. Pavlov yuksak nerv faoliyati fiziologiyasiga doir genial asarlarida psixik hodisalar moddiy substratining faoliyatidagi asosiy qonuniyatlarni va ayrim psixik jarayonlarning nerv-fiziologik mexanizmlarini ochib berdi.

Sezgilar — muayyan paytda sezgi organlarimizga: ko‘ruv, eshituv, tuyish, hid bilish va boshqa shu kabi organlarimizga ta ’sir etib turgan narsalardagi ayrim xossalarning aks etishidir. M asalan, qizil, oqni, shirin, achchiqni, og‘ir, yengilni sezamiz. Idrok — tevarak-atrofimizdagi narsalarning yaxlit holda aks etishidir. M asalan, uy, gul, nutq, musiqa va boshqa shu kabilarni idrok etamiz. Narsalar sezgilar asosida idrok etiladi. Sezgi va idrok — tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar ham da ulardagi xilma-xil xossalarning miyamizdagi obrazlaridir. Xotira. Narsa va hodisalar hamda ulardagi xossalarning sezgi va idrok orqali hosil boMgan obrazlari nom -nishonsiz yo‘qolib ketmaydi — ular m iyam izda o'rnashib, saqlanib qoladi va qulay sharoitda yana esimizga tushadi. Ilgari idrok etilgan narsalarning esimizga tushirilgan obrazlari tasaw urlar deb ataladi. Sezgi va idrok kabi, ko'nglim izdan kechgan fikr, hislarimiz va qilgan ishlarimiz ham miyaga o‘rnashib, saqlanib qoladi va yana esimizga tushadi. Idrok etilgan va ko‘ngildan kechgan narsalarning miyamizga o'rnashib (esim izda qolib), saqlanishi va yana esimizga tushishidan iborat boMgan ana shu psixik faoliyat xotira deb ataladi. X a yo 1. Narsa va hodisalarning idrok orqali miyamizda hosil boMadigan obrazlardan tashqari, o ‘zim iz bevosita idrok etmagan narsalar haqidagi tasaw urlar ham miyamizdan katta joy oladi. M asalan, ibtidoiy odam ning hayot sharoiti haqidagi tasaw urlarim iz, Marsdagi hayot haqidagi tasavvurimiz va shunga o ‘xshashlar ana shundaydir. Bu tasaw urlar xotiram izda bor tasaw urlar asosida xayolda (fantaziyada) hosil boMadi. Tafakkur. Idrok va tasaw urlarim izda aks etadigan narsa tafakkurda taqqoslanadi, tahlil qilinadi va umumiylashtiriladi. Tafakkur — voqelikning umumiylashtirilgan bevosita va eng toMiq ham da eng aniq intihosidir. Tafakkur jarayonlaridagi fikrlar — muhokama va tushunchalar tushuniladi va vujudga keladi. Odam fikrlash faoliyati tufayli voqelikni idrok va tasavvurlaridagiga qaraganda aniqroq, toMaroq va chuqurroq bilib oladi.

Nutq. Tafakkur nutqqa chambarchas bogMiq. Fikrlarimiz — nutq yordam i bilan shakllanadi va ifodalanadi. Kishilar nutq vositasida aloqa qilar ekanlar, fikrlarini bir-birlari bilan o‘rtoqlashadilar; odamning hissiyoti va intilishlari ham nutqda o ‘z ifodasini topadi. N utq — kishilarning til vositasi bilan aloqa qilish usulidir. Diqqat. Yuqorida ko‘rsatilgan psixik jarayonlarning hammasi odam da diqqat mavjud boMgandagina yuzaga chiqadi. Diqqat — ongimiz- ning o'zim iz idrok etayotgan, tasaw u r qilayotgan, fikr yuritilayotgan va aytayotgan narsamizga qaratish, bir nuqtaga to'plash dem akdir. Diqqat o'ziga xos alohida bilish jarayoni emas, balki bilish jarayonlarning faol borishi va sifatli bo'lishi uchun zarurdir, xolos. Ba’zi psixologlar (masalan, G .A .Fortunatov) diqqatni psixik holatlarga qo'shadilar. Am m o, diqqat ong faolligining o'ziga xos alohida bir ko'rinishi ekanligini keyinroq yaqqol anglaniladi. Shu sababli diqqatni iroda sohasiga ham qo'shish mumkin. Odamning idrok qilayotgan, tasaw u r etayotgan, fikr yuritayotgan narsasiga va qilayotgan ishiga nisbatan ko'nglidan kechayotgan har xil yoqimli va yoqimsiz, xush yoki noxush tuyg'ular em otsional sohaga (yoki hissiyot sohasiga) kiradi.

PSIXOLOGIYA METODLARI Psixologiyada tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil va murakkab hodisalardir. Bu hodisalar qanday m etodlar bilan, ya’ni qaysi vo'llar bilan, qanday usullar bilan tekshiriladi, degan savol tug'iladi. Psixologiyada chinakam ilmiy bilimga ega bo'lm oq uchun psixikani tekshirish m etodlarini bilish va shu m etodlardan foydalana bilish kerak. H ar bir pedagog kishilar psixikasini tekshirish uchun loaqal eng oddiy usullarni bilishi lozim. H ar bir fan kabi psixologiya ham psixik (ruhiy) hayot hodisalarini chinakamiga ilmiy asosda bilib olish uchun quyidagi talablarga amal qilish lozim: T ekshiriladigan h ar bir psixik hodisaga boshqa h o d isalar bilan bog'langan deb qaralishi zarur. M asalan, psixik hodisani uning nervfiziologik asosdan ajratib o'rganish yaramaydi, xotirani tafakkur, diqqat va um um an shaxsdan ajratib o'rganish yaramaydi va hokazo. H ar bir psixik hodisa va um um an shaxs vujudga kelish, taraqqiy etish va o'zgarish jarayonida ko'zdan kechirilishi zarur. Shuning uchun, m asalan, bolalar va o'sm irlar psixikasining taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, voyaga yetgan odam psixikasini yetarlicha yaxshi bilib bo'lm aydi.



S o‘rash va suhbat metodi So'rash va suhbat m etodi psixik hodisalarning asosan ichki, subyektiv tom onini tekshirish uchun qo'llaniladi. Bu m etodda tadqiqotlar taxm inan quyidagicha o'tkaziladi. Tadqiqotchi psixik hayot hodisalarining birontasini, masalan, odam da shodlik hissi subyektiv ravishda qanday kechishini, poetik ijodiyot jarayoni qanday borishini, irodaga bog'liq harakatlarda qaror qabul qilish jarayoni qanday ro'y berishini, biron m asalani yechganda tafakkur jarayoni qanday borishini va shunga o'xshash hodisalarni tekshirishni oldindan vazifa qilib qo'yadi, tadqiqotchi suhbat vaqtida tekshiriluvchi kishiga beradigan savollarni oldindan belgilab oladi. Savollar shunday tartib bilan tanlab olinadiki, tekshiriluvchi kishida qaysi kechinm alar va ong jarayonlarini o'rganish kerak bo'lsa, u o 'z javoblarida xuddi o'sha kechinm alarni va o'sha ong jarayonlarini oydinlashtirib bersin. Tekshirishning qanday borishiga va tekshiriluvchi kishining individual xususiyatlariga qarab, suhbat vaqtida savollarni o'zgartirish, to'ldirish, boshqacha qilib berish mumkin. Bu vaqtda tadqiqotchi tekshiriluvchi kishini kuzatib, masalan, nutqining xususiyatlarini, mimikasini va shunga o'xshash xislatlarini qayd qilib turadi. Beriladigan savollarga tekshiriluvchi kishi te ­ gishli javob qaytaradi. Tekshiriladigan hodisaga va savollarning xarakterigq qarab, tekshiriluvchi kishi ichki kechinmalarini m ukam m al tasvirlab yoki so'z bilan istagancha hisobot berib, javob qaytarishi m um kin, ba’zan tekshiriluvchi kishi faqat «ha» yoki «yo'q» deb javob qaytarishi lozim bo'lib qoladigan tadqiqot davomida tekshiruvchining barcha savollari va tekshiriluvchining barcha javoblari ipidan ignasigacha o'zgartirilm asdan to 'la y o ­ zib olinadi, protokolda m ukammal qayd qilinadi. lloji bo'lsa, tekshiriluvchi kishining javoblari magnitofon lentasiga yozib olinadi. Tekshiriladigan bir necha kishi bilan, ba’zan esa o'nlarcha va yuzlarcha kishilar bilan muayyan bir mavzuda savol-javob va suhbat qilinadi. Shu tariqa rejadagi dastlabki material sistemaga solinadi, statistik jihatdan ishlab chiqiladi, analiz qilinadi, klassifikatsiyaga solinib, xulosa chiqariladi.

So‘rash va suhbat metodi o ‘z-o‘zini kuzatish metodi bilan tashqi kuzatish m etodining qo'shilishidan iborat. Bu yerda o ‘z-o‘zini kuzatish shunda nam oyon b o ‘ladiki, tadqiqotchi tekshiriluvchi kishiga savollar berib, uning o 'z ichki ongini chuqurroq bilib olishga majbur etadi. Tekshiriluvchi kishi tadqiqotchining topshiriqlariga muvofiq va tadqiqotchining yordami bilan (savollar ustalik bilan berilganda) o'zining ichki holatlarini ochib tashlab, tavsiya etadi va nutqida ifodalaydi, so‘zlar bilan javob qaytaradi.
Download 17.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling