Uslubiy ko‘rsatma t oshkent 2020 Tuzuvchilar: Mamarasulova F. S., Karimov R. Ch. «Elektr ta’minoti ishonchliligi»
Download 1.91 Mb.
|
Elektr taminoti ishonchliligi (uz) amal-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchilar
- Amaliy mashg‘ulotning maqsadi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV nomidagi TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI ELEKTR TA’MINOTI ISHONCHLILIGI fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun USLUBIY KO‘RSATMA T oshkent 2020 Tuzuvchilar: Mamarasulova F.S., Karimov R.Ch. «Elektr ta’minoti ishonchliligi» fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma. – Toshkent, ToshDTU, 2020. 45b. «Elektr ta’minoti ishonchliligi» fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma 5310200 - Elektr energetikasi (elektr ta’minoti) yo‘nalishida tahsil oladigan talabalarning fanni o‘zlashtirish jarayonida olgan nazariy bilimlarini kengaytirish va mustahkamlashni o‘ziga maqsad qiladi. Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy-uslubiy kengashining qaroriga asosan chop etildi.
A.N.Rasulov – ToshDTU “Elektr ta’minoti” kafedrasi professori. © Toshkent davlat texnika universiteti, 2020
Reja:
1.2.Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr. 1.3.Mustаqil yechish uchun misоllаr. Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari haqida ma‘lumot berish. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari haqida talabalarda amaliy ko‘nikma hosil qilish. 1.1.NAZARIY QISM Ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalari Kundalik hayotda turli hodisalarga duch kelamiz. Ularga masalan, quyoshning chiqish va botish hodisasi, havo o‘zgarib yomg‘ir yoki qor yog‘ish hodisalari misol bo‘ladi. Albatta, hodisalar ma‘lum shart-sharoitlar (shartlar majmuasi), bajarilish yoki biror tajriba (sinash) o‘tkazish natijasida ro‘y beradi. Masalan, bir dona to‘liq magizli chigitni yetarli haroratga, namlikka ega bo‘lgan tuproqqa yetarli chuqurlikka (shartlar majmuasi) ekkanda unib chiqish yoki chiqmaslik hodisalaridan biri ro‘y berishi mumkin. Tajriba natijasida biror shartlar majmuasi bajarilganda albatta ro‘y beradigan hodisa muqarrar hodisa deyiladi. Tajriba natijasida shartlar majmuasi bajarilganda mutlaqo ro‘y bermaydigan hodisa mumkin bo‘lmagan (muqarrar bo‘lmagan) hodisa deyiladi. Ammo amaliyotda natijasini to‘la ishonch bilan bashorat qilish mumkin bo‘lmagan tajribalar (sinovlar) bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Masalan, tangani tashlashdan iborat tajribada u yoki bu tomonini tushishini to‘la ishonch bilan oldindan aytish mumkin emas yoki ekilgan chigit urug‘ini unib chiqish yoki chiqmasligini aytish qiyindir. Bunga o‘xshash barcha hollarda tajribaning natijasini tasodifga bog‘liq deb hisoblaymiz va uni tasodifiy hodisa sifatida qaraymiz. Shunday qilib tasodifiy hodisaga, quyidagicha ta‘rif berish mumkin. Tajriba natijasida (biror shartlar majmuasi bajarilganda) ro‘y berishi ham, ro‘y bermasligi ham mumkin bo‘lgan hodisa tasodifiy hodisa deb ataladi. Masalan, tanga tashlash tajribasida yoki gerbli tomon tushishi, yoki raqamli tomon tushishi hodisasi tasodifiy hodisa bo‘ladi. Tasodifiy hodisalar lotin alfavitining bosh harflari A, B, C, D ... bilan belgilanadi. Muqarrar hodisani U harfi bilan, mumkin bo‘lmagan hodisani esa V harfi bilan belgilaymiz. Deylik, biror tajriba o‘tkazilayotgan bo‘lsin. Bu tajribaning har bir natijasini ifodalovchi hodisa elementar hodisa deb ataladi va ω (omega) bilan belgilanadi. Elementar hodisalar to‘plami Ω bilan belgilanadi, ya‘ni Ω={ω}. Elementar hodisalarga ajratish mumkin bo‘lgan hodisa murakkab hodisa deb ataladi. Ko‘pincha amaliyotda bir xil shartlar majmuasi bajarilganda ko‘p marta kuzatilishi mumkin bo‘lgan hodisalar, ya‘ni ommaviy bir jinsli hodisalar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Ehtimollar nazariyasi yetarlicha, ko‘p sondagi bir jinsli tasodifiy hodisalar bo‘ysunadigan qonuniyatlarni aniqlash bilan shug‘ullanadi (1-misol). Demak, ehtimollar nazariyasi predmeti ommaviy bir jinsli tasodifiy hodisalar-ning ehtimoliy qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling