Mavzu: bankda hisob raqamini ochish reja: Bankda hisob raqamini ochish Bank hisob raqami guruhlari


Download 94.98 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi94.98 Kb.
#1569681
Bog'liq
Daler


MAVZU:BANKDA HISOB RAQAMINI OCHISH
REJA:
1.Bankda hisob raqamini ochish
2.Bank hisob raqami guruhlari
3.Bank hisoblarini ochish va yuritish
Milliy yoki chet el valyutasida hisob raqami ochish uchun Ariza va shaxsni tasdiqlovchi hujjat shaxsan mijoz tomonidan bankka topshiriladi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi olib qolinib, asli qaytariladi.
Bankka hisob raqami ochish uchun siz va bank o’rtasida shartnoma tuziladi. Bank hisobraqam shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak, Shartnomaning bir nusxasi mijozga beriladi.
Shartnoma tuzish uchun kerakli hujjatlarni bankka taqdim qilgan holda shartnoma tuzilgandan keyin sizga bank 1 ish kuni Ichida hisobraqam ochib berishi lozim. Hisob raqami ochganlik uchun to’lov undirilmaydi
Biz banklarda quyidagi hisobraqamlar ochishimiz mumkin:
1.Jamg’arma depozit hisobraqami
Bu mijozlarning davriy badallari asosida shakllanib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun jamg’ariladigan va shu maqsad uchun yo’naltiriladigan yohud shartnoma bekor qilinishi natijasida qaytariladigan mablag’lar hisobi yuritiladigan hisobraqam. Jamg’arma depozit hisobraqamda saqlanadigan mablag’lar uchun bank va mijoz o’rtasida tuziladigan shartnomada nazarda tutilgan miqdorda foizlar to’lanadi.
2.Muddatli depozit hisobvarag’i
Shartnomada qat'iy kelishilgan muddatga qo’yilgan mijozlarning mablag’lari hisobi yuritiladigan hisobraqam. Bankda foiz evaziga pullar muddatli omonatga qo’yilganda, mazkur hisobraqam ochiladi.
3.Ssuda hisobvarag’i
Belgilangan tartibda mijozlarga berilgan kreditlarning hisobi yuritiladigan hisobvaraq.
4.Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i
Mijozlarning birinchi talabi bilanoq beriladigan yoki o’tkazib beriladigan mablag’larning hisobi yuritiladigan hisobvaraq. Odatda oylik ish haqi ko’chirib beriladigan plastik kartochlar uchun talab qilib olguncha depozit hisobvarag’i ochiladi.
1998-yildan beri Rossiya Federatsiyasida 20 xonali bank hisob varagʻidan foydalaniladi. Shu bilan birga bank hisob raqami matematik maʼnoda raqam emas. Aksincha, bu hisobning xususiyatlari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan raqamli kod.
Bank hisob raqami 5 guruhga boʻlingan.
1-guruh 5 ta raqamdan iborat boʻlib, hisob ochilgan 2-tartibdagi balans miqdorini koʻrsatadi. Muayyan balans hisobini tanlash qoidalari joriy hisob varaqlar rejasi bilan tartibga solinadi. Balans hisob varagʻida hisobning maqsadi koʻrsatiladi, masalan, tijorat nodavlat yuridik shaxsning hisob-kitob hisob raqami(40702) yoki norezidentga 181 kundan 1 yilgacha boʻlgan muddatga ochilgan shaxsiy depozit hisob raqami 42605. 2-tartibdagi balans hisob raqami oʻz navbatida 1-tartibdagi (3 belgi) balans hisob raqamiga va birinchi tartibda ikkinchi tartib hisob raqamiga boʻlinadi. Birinchi tartibdagi balans hisob raqamida, oʻz navbatida, balans rejasining boʻlimini koʻrsatadigan birinchi belgi ajratiladi.
2-guruh 3 ta belgidan iborat boʻlib, umumrossiya valyuta tasniflagichiga muvofiq hisob ochilgan valyutani koʻrsatadi.
3-guruh bitta belgidan iborat boʻlib, hisobning barcha boshqa raqamlarini, shuningdek, hisob ochilgan bankning BIC koʻrsatkichini ifodalagan holda, taniqli algoritm asosida oʻrnatilgan hisob kalitidir Ushbu kalit hisobni qoʻlga kiritishda muqarrar xatolarni, shuningdek, mijoz bir bankning hisob raqamini boshqasida notoʻgʻri ishlatgan vaziyatni bartaraf etish uchun zarurdir.
4-guruh 4 ta raqamdan iborat boʻlib, hisob varaq ochilgan bank boʻlinmasini (filial yoki qoʻshimcha ofis) koʻrsatadi. Ushbu guruhni shakllantirish bankning hisob siyosatida belgilanishi kerak. Agar bankning filiallari boʻlmasa, bu guruhda 0000 mavjud.
5-guruh qolgan 7 ta raqamdan iborat boʻlib, shaxsiy hisob raqamini oʻz ichiga oladi. Bu guruh, oʻz navbatida, kichik guruhlarga boʻlinadi, lekin boʻlinish usuli qoʻllaniladigan balans hisobiga, shuningdek, bankning hisob siyosatiga bogʻliq.
Xorijiy valyutadagi bank hisob-raqamini ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
Yuridik shaxs:
  • Hisob-raqamini ochish uchun ariza
  • Ustavning nusxasi (notarius tomonidan tasdiqlangan holda)
  • Ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnomaning nusxasi
  • 2 nusxada notarius tomonidan tasdiqlangan imzolar namunalari kartochkasi
  • Direktor va bosh buxgalterining pasport nusxasi.

  • Yakka tartibdagi tadbirkor:
  • Hisob-raqamini ochish uchun ariza
  • Patent
  • 2 nusxada notarius tomonidan tasdiqlangan imzolar namunalari kartochkasi
  • Pasportning nusxasi


Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma
Ushbu Yo‘riqnoma banklar tomonidan rezident va norezident yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda yakka tartibdagi tadbirkor deb yuritiladi), dehqon xo‘jaliklari, yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallariga bank hisobvaraqlarini ochish, ularni yuritish hamda yopish tartibini belgilaydi.
bank hisobvarag‘i — bank tomonidan shartnomaga muvofiq mijozga ochilgan hisobvaraq bo‘lib, unga ko‘ra bank mijozning hisobvarag‘iga tushayotgan pul mablag‘larini qabul qilish va hisobga kiritish, mijozning hisobvarag‘idan tegishli pul mablag‘larini o‘tkazish hamda berish va hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi topshiriqlarini bajarish majburiyatini zimmasiga oladi;
Download 94.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling