Mavzu: yaponiya, shvetsiya va vengriyada


Download 61.26 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi61.26 Kb.
#1503547
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YAPONIYA, SHVETSIYA VA VENGRIYADA



MAVZU: YAPONIYA, SHVETSIYA VA VENGRIYADA
MUSIQA TA’LIM TIZIMI


MUNDARIJA


KIRISH………………………………………………………………………….3
I BOB. XORIJIY MAMLAKATLAR MUSIQASI………………………..…5
1.1. Yaponiya musiqasi va madaniyati………………………………………..…5
1.2. Shvetsariya musiqasi va madaniyati…………………………………….…14
II BOB. MUSIQIY-RITMIK HARAKATLARNI SHAKLLANTIRISH….21
2.1. Yaponiya va Shvetsariyada musiqa ta’lim tizimi…………………………..21
2.2. Vengiryada musiqa ta’lim tizimi…………………………………………...26
XULOSA……………………………………………………………………..…29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………31

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Har bir mamlakatning musiqa tarbiyasi g'oyaviy-siyosiy jihatdan xalqning ijtimoiy tuzumiga xizmat qiladi. Har bir xalqning maorifida musiqa tarbiyasi metodikasi pedagogikaning didaktik qonuniyatiariga va shu milataing musiqa madaniyati, tili va madaniy an'analariga asoslanadi. Shu bilan birga musiqa tarbiyasining tuzilishi, tizimi va ilmiy-metodik yutuqlari boshqa millatning ma'rifiy madaniyatiga ham ijobiy ta'sir etadi. Xorijiy mamlakatiarda yagona o'quv reja va dasturga amai qilinmaydi. Davlat maktablari bilan birga shaxsiy maktablar, kollejlar va oliy ta'lim dargobJari mavjud bo'lib ularda turlicha darajada estetik tarbiyani amalga oshirishda o'qituvchiga keng ijodiy erkinlik berilgan. O'qituvchi o'z davlatining maktab sharoiti, imkoniyatlari va o'quvchilarning bilim darajasiga qarab dasturga o'zgartirishlar kiritishi mumkin. Ta'lim va tarbiya jarayonida o'quvchilarda san'at orqali hayotni o'rganish va unga shaxsiy munosabat bildirish, ijodiy munosabatda bo'lish malakalarini rivojlantiradi. Musiqa darslarida yuksak rivojlangan texnik vositalaridan keng foydalaniladi. O'quvchilar elektroorganlarda chalib kuylaydilar, turli faoliyatlarni (aytishuv, harakatlar, bir-biriga jo'rnavozlik qiiishlarni) bajaradilar. Bunda asosan o'quvchilarda ijodiy qobiliyatni ro'yobga chiqarishdan iborat. Yunesko qoshidagi musiqiy tarbiya xalqaro jamiyati (ISME) o'z faoliyatini rivojlantirmoqda. Bu jamiyat o'z oldiga dolzarb va ehzgu maqsadlami qo'yib, butun jahonda bolalar va o'smirlarni musiqiy tarbiyalash, bu, jarayonni yosh avlodni axloqiy, intellektualva estetik jihatdan shakllatirishda qudratli vosita sifatida o'rganadi. Bu tashkilot faoliyatining asosiy shakllaridan biri xalqaro miqyosida o'tkazilayotgan anjumanlar bo'lib, bularning ichida kompozitorlar, yetakchi tashkilotlar, amaliyotchi-pedagoglar, bolalar xor jamoalarining rahbarlari ishtirok etadilar. ISME anjumanlari ikki yilda bir marta o'tkazilib, jahonning turli mamlakatlaridagi musiqiy tarbiya tajribalari bilan turli mamlakatlardagi musiqiy tarbiya tajribalari bilan to'la tanishish imkonini beradi.
Dunyoning juda ko'p mamlakatlarida bolalarga musiqiy tarbiyani berish, xor san'ati yordamida barkamol, mukammal rivojlangan shaxsni rivojlantirishida boy tajriba orttirilgan. Qator mamlakatiarda maktab hamda maktabdan tashqari tashkil topgan o'quv jarayoni, uning shakl va usullari shubhasiz katta qiziqish uyg'otmoqda. Jahonning ko'pgina mamlakatlarida yosh avlodga musiqiy tarbiya berish ishlari umumdavlat ahamiyatiga ega bo'lib, shaxs shakllantirishning muhim vositasi hisoblanadi. Shuningdek, Tolbuxin shahri va Bolgariyadagi «Bodra Smyana», xor jamoalari, Berlindagi o'smirlar xor jamoasi, Polshadagi «Poznan bulbullari», Chexiyaning Borno shahri o'smirlar saroyi xor jamoalari va boshaqalar mashqur xor jamoalari qatoriga kiradi. Leypcigda XIII asrda tashkil topgan «Tomanerxor» jamoasida guruhli kuylashning ko'hna an'analari rivojlanmoqda. Jumladan, Z.Koday (Vengriya, solfejio, musiqa o'quvini rivojlantirish). L.Daniel va F.Lissek (Chexiya «tayanch» qo'shiqlari, solfejio), B.Trichkov (Bolgariya, solfejio), R.Myunnix (Germaniya, «yalen» tizimi, solfejio, qo'shiqchilik), K.Orf (Germaniya - Avstriya, musiqali ijod, metroritmik o'quvini rivojlantirish), EJak-Dalkroz (Shvecariya, musiqali ijod), T.Sudzuki (Yaponiya skripka ijrochiligiga o'rgatish orqali musiqiy malakalarni rivojlantirish), Dj.Kerven (Angliya, «Tonik-sol-fa» tizimi, solfejio), P.Van Xauve (Gollandiya, musiqali ijod), D.B.Kabalevskiy (Rossiya, musiqa asariarini idrok etish tajribasini rivojlantirish).

Download 61.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling