5.XVIII asr frantsuz faylasuflarining qarashlari haqida so’zlang.
Dekart ning fikricha, falsafa barcha mavjud bilimlarni o‘zida mujassamlantirib, yaxlit sistema holida mavjud. Bu sistemani u daraxtga qiyos qilib, uning ildizini – metafizika, tanasini – fizika, shoxlarini esa – boshqa barcha fanlar (ular oxir-oqibatda meditsina, mexanika va etikaga borib taqaladi, tashkil qiladi, deydi. Dekart falsafasining asosiy belgisi – jon va tana dualizmidir. Olim fikricha, bir-biridai mustaqil holda 2 ta asos: moddiy hajm, materiya va moddiy bo‘lmagan tafakkur substansiyalar mavjud bo‘lib, ularning o‘zaro ta’siri inson tabiatini belgilaydi.
6.Nemis klassik falsafasining yirik namoyondalari kimlar? Ularning falsafiy g’oyalari nimalardan iborat?
Immanuil Kant nemis faylasufi. Nemis klassik falsafasining asoschilaridan biri. Kenigsberg universitetida professor. Mantiq va metafizikadan hamda tabiiy fanlardan, xususan, geografiyadan dars bergan. Kant krititsizm yoki transsendental falsafaning asoschisi hisoblanadi.
Kantning axloqiy qarashlari uning «Axloq metafizikasi asoslari» , «Inson tabiatidagi azaliy yomonlik» kabi asarlarida bayon qilingan. Axloqiy burchni axloqiy qonun shaklida taʼriflaydi. Uning maʼnosi shuki, har bir inson shunday xatti-harakat qilishi lozimki, bu boshqalar uchun ham qoidaga aylansin. Kant vijdonni axloqiy hakam deb taʼriflaydi. Insonlarning bir-biriga muhabbati va hurmati asosiy insoniy burchlardir. Gaman, Gerder va Yakobi Kantning gʻoyalariga qarshi chiqdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |