1. Falsafaning fan sifatida mill avv. VI asrda Yunonistonda shakllanishi va unda dunyoning asosi nimalardan iborat?
Demokrit, Aflotun, Arastu falsafiy qarashlari haqida bayon eting
Download 17.83 Kb.
|
falsafa1
2.Demokrit, Aflotun, Arastu falsafiy qarashlari haqida bayon eting.
Geraklit fikriga ko‘ra, tabiat (olov) uzluksiz o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi. U rivojlanish va o‘zgarishlar manbaini ko‘radi: «Hamma narsa kurash orqali va zaruriyat tufayli yuz beradi. Har qanday hodisa o‘zining qarama qarshiligiga o‘tadi: sovuq narsa issiq narsaga aylanadi, issiq narsa sovuq narsaga aylanadi, ho‘l narsa quruq narsaga aylanadi, quruq narsa ho‘l narsaga aylanadi». Quyosh har lahzada yangilangani kabi, barcha hodisalar ham o‘zgaradi. «Ayni bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas: ikkinchi marta suvga tushayotgan odamga yangi suvlar oqadi». Geraklit sifat jihatidan bir-biriga zid bo‘lgan hodisalar va jarayonlarni ko‘radi: hayot va o‘lim, uyg‘oqlik va uyqu, yoshlik va qarilik va sh.k. «Eng toza va eng iflos dengiz suvi: baliqlar uchun u to‘yimli va xaloskor, odamlar uchun esa u ichishga yaroqsiz va hayot uchun xavflidir». Ko‘rib turganimizdek, qadimgi yunon faylasufi o‘zgarishning umumiyligi va har bir xossaning qarama-qarshi holatga o‘tishi narsalarning barcha sifatlariga nisbiy tus berishini, ya‘ni muayyan holatlarga bog‘liq qilib qo‘yishini qayd etadi. Frakiyalik Demokrit degan faylasuf Geraklit fikriga e'tiroz bildirgan, bizni qurshab turgan hamma narsa kozga ko'rinmaydigan maydamayda zarralar — atomlardan tashkil topgan degan ma'nodagi fikrni bayon etgan edi. Yunon faylasufi Diogen Insonda hech qanday ehtiyojlar bolmasligi shart degan fikrni oz ta'limotiga asos qilib oldi. Hayotdagi barcha qulayliklardan voz kechgan Diogen bir bochkada kun kechirgan. Makedoniyalik Aleksandr undan: "Senga qanday yordam berishim mjimkin?" deb soraganida, Diogen: "Nariroq tursang-chi, quyoshni tosib qoyding!" deya kinoya qilgan ekan. Qadimgi yunon olimi Aristotel toplangan bilimlarni alohida tarmoqlarga ajratdi va ularni mustaqil fanlar sifatida ta'riflab berdi. Aristotelni Sharqda «Arastu» deya aytish keyinchalik odatga aylangan. Barcha zamonlarda olimlar ilmiy masala yechimini topgan yunon fizigi va matematigi Arximedning "Evrika!" (Topdim, topdim!") qiyqirigini takrorlab yurishadi. Ehtimol, bu bir afsonadir, ammo yunonlar tola ishonch bilan Arximed kozgular tizimidan foydalanib yoruglikni bitta yonalishga jamlagani va yunonlar ustiga hujum qilib kelayotgan rimliklarning kemalarini yondirib yuborgani haqida hikoya qilib berishadi. Arximed richag qonunini ishlab chiqdi va mashhur bolib ketgan bir iborani aytdi: "Menga tayanch nuqtasini topib bering, Yerni oz oqidan chiqarib yuboraman!" Arximed boshi bilan ilm dengiziga shongigan olim timsoliga aylangan. Rimliklar uning jonajon shahri Sirakuzni bosib olganlarida qumda chizmalar chizgancha matematikaga oid bir masalani yechishga urinib otirgan ekan. Rimlik askar yetib kelganida: "Mening chizmalarimga qo'1 tekkizmagin!" deyishga ulgurdi, xolos: Arximedga nayza sanchilgan edi. Download 17.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling