Shahrisabz davlat pedagogika instuti “Pedagogika” fakulteti maktabcha ta’lim yo’nalishi 1-kurs 5-22 guruh talabasi Yorboyeva Munisning”Tabiat bilan tnishtirish “fanidaan tayyorlagan slaydi


Download 105.95 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi105.95 Kb.
#1386184
Bog'liq
2.G\'arb mutafakkirlarining borliq haqidagi ta\'limoti

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali

FAN: Falsafa

MAVZU: G'arb mutafakkirlarining borliq haqidagi ta'limoti

GURUH: 961-21

BAJARDI: Achilova Tumaris


MUSTAQIL ISH

Mavzu: G'arb mutafakkirlarining borliq haqidagi ta'limoti

Reja: 1. Gʼarb mutafakkirlarining borliq haqidagi taʼlimotlari 2. G‘arb falsafasida – Pifagor va Pifagorchilar uyushmasi 3. Matеriyaning sifat jihatidan har хilligi haqidagi ta‘limоti

G’arb falsafasi miloddan avvalgi VII-VI asrlar chegarasida shahar-davlatlar («Polislar»)da avval Kichik Osiyoning G’arbiy qirg’og’ida (Ioniyada), so’ngra – Sitsiliya orolining yunonlar yashaydigan shaharlarida va nihoyat, Yunonistonda – Afinada (miloddan avvalgi V asr) vujudga kelgan va qadimgi dunyo madaniyati ravnaq to’ishi uchun shart-sharoitlar yaratgan sinfiy, quldorlik jamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan..


Mashhur yunon faylasufi Geraklit Yer yuzidagi hamma narsa olovdan kelib chiqqan deya uqtirar edi. Geraklit fikriga ko’ra, tabiat (olov) uzluksiz o’zgarish jarayonini boshdan kechiradi. U rivojlanish va o’zgarishlar manbaini ko’radi: «Hamma narsa kurash orqali va zaruriyat tufayli yuz beradi. Har qanday hodisa o’zining qarama-qarshiligiga o’tadi: sovuq narsa issiq narsaga aylanadi, issiq narsa sovuq narsaga aylanadi, ho’l narsa quruq narsaga aylanadi, quruq nAyni arsa ho’l narsaga aylanadi». Quyosh har lahzada yangilangani kabi, barcha hodisalar ham o’zgaradi. «bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas: ikkinchi marta suvga tushayotgan odamga yangi suvlar oqadi». Geraklit sifat jihatidan bir-biriga zid bo’lgan hodisalar va jarayonlarni ko’radi: hayot va o’lim, uyg’oqlik va uyqu, yoshlik va qarilik va sh.k. «Eng toza va eng iflos dengiz suvi: baliqlar uchun u to’yimli va xaloskor, odamlar uchun esa u ichishga yaroqsiz va hayot uchun xavflidir». Ko’rib turganimizdek, qadimgi yunon faylasufi o’zgarishning umumiyligi va har bir xossaning qarama-qarshi holatga o’tishi narsalarning barcha sifatlariga nisbiy tus berishini, ya’ni muayyan holatlarga bog’liq qilib qo’yishini qayd etadi.
Frakiyalik Demokrit degan faylasuf Geraklit fikriga e'tiroz bildirgan, bizni qurshab turgan hamma narsa ko`zga ko'rinmaydigan maydamayda zarralar — atomlardan tashkil topgan degan ma'nodagi fikrni bayon etgan edi.
Yunon faylasufi Diogen Insonda hech qanday ehtiyojlar bo`lmasligi shart degan fikrni o`z ta'limotiga asos qilib oldi. Hayotdagi barcha qulayliklardan voz kechgan Diogen bir bochkada kun kechirgan. Makedoniyalik Aleksandr undan: "Senga qanday yordam berishim mjimkin?" deb so`raganida, Diogen: "Nariroq tursang-chi, quyoshni to`sib qo`yding!" deya kinoya qilgan ekan.
Qadimgi yunon olimi Aristotel to`plangan bilimlarni alohida tarmoqlarga ajratdi va ularni mustaqil fanlar sifatida ta'riflab berdi. Aristotelni Sharqda «Arastu» deya aytish keyinchalik odatga aylangan.
Barcha zamonlarda olimlar ilmiy masala yechimini topgan yunon fizigi va matematigi Arximedning "Evrika!" (Topdim, topdim!") qiyqirig`ini takrorlab yurishadi. Ehtimol, bu bir afsonadir, ammo yunonlar to`la ishonch bilan Arximed ko`zgular tizimidan foydalanib yorug`likni bitta yo`nalishga jamlagani va yunonlar ustiga hujum qilib kelayotgan rimliklarning kemalarini yondirib yuborgani haqida hikoya qilib berishadi. Arximed richag qonunini ishlab chiqdi va mashhur bo`lib ketgan bir iborani aytdi: "Menga tayanch nuqtasini topib bering, Yerni o`z o`qidan chiqarib yuboraman!"
.
Aristotel ham o‘zining «Siyosat» asarida o‘z davlat nazariyasini bayon etgan. U: «Davlat nima uchun vujudga kelgan va insonni uning jamiyatdagi hayotida boshqaruvchi hokimiyatning nechta turi bor?», degan savolni o‘rtaga tashlaydi va o‘zining bu savoliga shunday javob beradi: «Davlat yashash uchun yaratilmaydi, balki asosan baxtli yashash uchun yaratiladi... Davlat oilalar va jamoalar o‘rtasida yaxshi hayot kechirish uchun aloqalar o‘rnatilganda,
farovon va o‘ziga to‘q mavjudlik maqsadida vujudga keladi»28. Davlat hokimiyati masalasiga kelsak, Aristotel
uning «uch yaxshi» va «uch yomon» shaklini qayd etadi. Davlat hokimiyatining «yaxshi» shakli deganda u jamiyatga xizmat qiluvchi hokimiyat shakllari: monarxiya, aristokratiya, «politiya», ya‘ni o‘rta sinf hokimiyatini tushunadi. Davlat hokimiyatining «yomon» shakllari qatoriga Aristotel tiraniya, sof oligarxiya va ashaddiy demokratiyani kiritadi.
Aristotel sababiy bog‘lanishlarning rang-barangligi muammosini ilgari surib, dialektikani yanada rivojlantirgan. Uning to‘rt sabab: moddiy, formal, harakatlantiruvchi va yo‘naltiruvchi sabablar haqidagi ta‘limoti ma‘lum. «Narsalar va hodisalar vujudga kelishiga sabab bo‘luvchi omil (materiya, substrat) – moddiy sabab»;
«narsaning mohiyatini belgilovchi omil – formal sabab»; «harakat asosi – harakatlantiruvchi sabab»; «biror narsani amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad – yo‘naltiruvchi sabab». Aristotel shakl va mazmun (materiya) dialektikasini tahlil qilishning o‘z usulini taklif qildi. Narsa – bu shakl va materiyaning birligi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 105.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling