. - Nazariy-falsafiy bilimning boshqa vazifalari ham bor. Bunday bilim yordamida kishilarda o’z dunyoqarashlarini muttasil kengaytirib borishga ehtiyoj vujudga keladi. Falsafiy tafakkur atrof-muhitni o’rganish bilan cheklanib qolmay, makon va zamonning benazir tomonlariga nazar tash-lashga ham harakat qiladi. Buni faylasuflar intellektning tajribasiz bilim yig’ishga bo’lgan qobiliyati deb ataydilar. Haqiqatan ham, olamni makonda tubsiz zamonda cheksiz yaxlitlik sifatida bilish uchun hech qanday tajribaga tayanib bo’lmaydi.
- Ular alohida fanlar to’liq rivojlangan yetuk bosqichda falsafaning dunyoni bilishga imtiyozli da‘vogarligi yo’qoladi, falsafa fan bo’lmay qoladi, deyishadi. Bu noto’g’ri edi. Potivizmning bu noto’g’ri qarashini o’z vaqtida tushunib yetmagan ko’pchilik tabiatshu-noslar uning ta‘siriga berilib biz har qanday falsafdan voz kechamiz deb chiqadilar. Biroq haqiqatda esa falsafadan voz kechish mumkin emas edi. Chunki aniq fanlarning vazifalari dunyo hodisalarini oddiy, shundaygina tasvirlash va izohlashdan iborat bo’lmay, balki ularning sabab-larini ochib mohiyatini tushuntirib berishi ham lozim edi. Buning uchun bu aniq fanlar nazariy tafakkurga muhtoj bo’lar va nazariy tafakkursiz hech ish qilolmas edi. Nazariy tafakkur esa ilmiy tushunchalardan, falsafiy kategoriyalardan iborat bo’lib, u ijtioiy-tarixiy amaliyot erishgan yutuqlar, falsafa va aniq bilimlarning tarixiy taraqqiyot natijasida, falsafa va aniq fanlar tarixini o’rganish asosida hosil bo’ladi. Nazariy tafak-kurni esa faqat falsafagina bera oladi.
- Falsafaning jamiyat hayotidagi roli yuqorida aytilganlar bilan cheklanmaydi. Uning asosiy roli falsafaning jamiyatda bajaradigan asosiy funktsiyalarida yanada yaqqol-roq namoyon bo’ladi. Uning bunday asosiy funktsiyalari qo’yidagilar:
- 1) dunyoqarash funktsiyasi;
- 2) metodologik funktsiyasi;
- 3) gnoseologik funktsiyasi;
- 4) ijtimoiy funktsiyasi;
- 5) aksiologik funktsiyasi.
- Falsafa dunyoni bir butun holda olib, unda insonning dunyoga munosabati haqidagi barcha bilimlarni nazariy jihatdan umumlashtirib, o’zlashtirish asosida bizni bir butun dunyo: borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson, inson ongi va tafakkuri, insonning dunyoni bilishi to’g’risidagi eng umumiy qarashlari bilan qurollantiradi. Bu falsafaning dunyoqarash funktsiyasidir. Dunyoqarash funktsiyasi falsafaning, falsafiy bilimlarning asosiy xususiyatidir. Falsafaning dunyoqarash funktsiyasi uning boshqa funk-tsiyalari bilan chambarchas bog’liqdir. Buni biz qo’yida uning metodologik funktsiyasini yoritishda yaqqol ko’ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |