- Biz tanishib chiqayotgan masalaradan yana biri-bu falsafiy dunyoqarashning ilmiyligi muammosidir. Bu muammo falsafaning fan bilan munosabatini o’z ichiga oladi. Falsafaning fanga munosabati, uning konkret fanlar bilan bog’liqligi bu yangi masala emas. Falsafa fan bilan egizak, ular bir paytda birga dunyoga kelgan. Dastlab paydo bo’lgan falsafa dunyo to’g’risidagi inson bilimlarining jamlan-masidan iborat bo’lib, u o’z ichiga falsafiy qarash-lar birga birga, aniq fan soha-lariga oid dastlabki bilim-larni ham olgan. Shu tufayli falsafa o’z o’rinda fanning vazifasini ham bajargan. Jamiyat ishlab chiqarishi va kishilar amaliy faoliyatining rivojlanib borishi bilan falsafa ham rivojlanib borgan. Natijada falsafadan asta-sekin bir qator fanlar ajralib chiqa boradi. Falsafa tarkibida vujudga kelgan va undan keyinchalik ajralib chiqqan mustaqil fanlar va falsafaning inson bilishidagi imkoniyatlarini taqqoslab ko’rsak, falsafa bilan fan butun bilish tarixida cham-barchas bog’liq va aloqadorlikda bo’lgani-ning guvohi bo’lamiz.
- Falsafa tarixida falsafaning o’ziga xos tub muammo-larini birinchi bo’lib aniqlashga kirishgan mutafakkir Aristoteldir. Borliqning alohida konkret soha-lariga oid bilimlardan farqli ravishda, u falsafani tub ma‘nodagi bor-liqning umu-miy boshlang’ich sabablari va printsiplari to’g’risidagi ta‘limot, deb ta‘riflaydi. Uningcha, borliqni bilishda falsafaning nazariy qudrati xususiy konkret bilimlar imkoniyatiga nisbatan o’lchab bo’lmas darajada buyukdir. Aristotel falsafani «fanlar malikasi» deb boshqa bilim sohalarini uning kanizaklari sifatida unga xizmat qiladi, ular falsafaga qarshi bir so’z ham ayta olmaydi, deydi. Falsafa va xususiy bilimlar o’rtasidagi munosabatga bunday qarash ko’p asrlar davomida fayla-suflar ongida saqlanib qoladi. Hatto Gegel kabi buyuk faylasuf ham Aristotel traditsiyasi yo’lidan borib, falsafani «fanlar qirolichasi» yoki «fanlar fani» deb ataydi. Bunday qarashning aks-sadosini hatto hozirgi kun-larda ham eshitish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |