1. Falsafiy dunyoqarashning o'z-o'zini anglashdagi ro'li Agar falsafa so‘zining kelib chiqishi (etimologiyasi)ga e'tibor bersak, uning yunon tilidagi tarjimasi «donolikni sevaman»


Oddiy hukmlarning son va sifat jihatidan bo’linishi


Download 112.54 Kb.
bet19/34
Sana28.10.2023
Hajmi112.54 Kb.
#1731458
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Bog'liq
1. Falsafiy dunyoqarashning o\'z-o\'zini anglashdagi ro\'li Agar fa

Oddiy hukmlarning son va sifat jihatidan bo’linishi.
Hukmlar tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’ladi. Oddiy hukm deb tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo’lmaydigan mulohazaga aytiladi. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq oddiy hukmni ajratish mumkin bo’lgan mulohazalarga murakkab hukm deyiladi. Murakkab hukmlar haqida keyingi paragrafda to’xtalib o’tamiz.
Hukmning sifat jihatidan bo’linishi. Mantiqda sifat jihatidan hukmlar tasdiq va inkor hukmlarga bo’linadi. Agar hukm buyumga xos bo’lgan biror belgi va munosabatni qayd etuvchi bo’lsa, u tasdiq hukm bo’ladi. Masalan, “Bugun mantiq darsi bo’ldi”. Ba'zan agar hukm predikati inkor etuvchi va undagi bog’lovchi tadiqlovchi bo’lsa, hukm albatta tasdiqlovchi bo’ladi.
17. Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi
Xulosa chiqarish deb, bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma'lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo’lgan tafakkur shakliga aytiladi. Xulosa chiqarishning asosiy mohiyati ma’lum bilimlar asosida noma’lum bilimlarni keltirib chiqarishdir. YA’ni xulosa chiqarish orqali biz borliqning bizga ma’lum jihatlari orqali uning noma’lum jihatlari haqida bilim hosil qilamiz.Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o’tishdan tashkil topadi. To’g’ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalar bo’lishi, o’zaro mantiqan bog’lanishi kerak. Xulosa asoslari va xulosa ham o’zaro mantiqan bog’langan bo’lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo’ladi. Bu qoidalar buzilsa, to’g’ri xulosa chiqmaydi.
Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko’ra, aniqrog’i, xulosa chiqarish qoidalarining qat’iyligiga ko’ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning hararat yo’nalishiga ro’ra bir qancha turlarga bo’linadi.
Maskur tasnifda xulosa chiqarishnifikrning harakat yo’nalishi bo’yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo’lib,u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish, zaririy xulosa chiqarish, indurtiv xulosa chiqarish va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish, deb olib qaralishui, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida o’rganilishi mumkin.
Deduktiv xulosa chiqarish (bevosita xulosa chiqarish).
Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan ju’ziy bilimga o’tishning mantiqan zaruriy xususiyatiga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.
Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish deb ataladi.
Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o’zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarkibi, ya’ni sub’ekt va pridakat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:
I. Aylantirish shunday mantiqiy usulki, unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan holda, sifatini o’zgartirish bilan yangi mulohaza hosil qilinadi. Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo’sh inkor sodir bo’ladi, ya’ni avval asosning predakati, keyin bog’lovchisi inkor etiladi.
II.Almashtirish shunday mantiqiy xulosa chiqarish usuliki, unda xulosa berilgan mulohazadagi sub’ekt va predikatlarning o’rnini almashtirsh orqali keltirib chiqariladi.
Almashtirishda berilgan mulohazadagi terminlar hajmi e’tiboriga olinishi shart. Agar berilgan mulohazadagi terminlar hajmiga e’tibor berilmasa, xulosa noto’g’ri bo’lishi mumkin.
Almashtirish usuli qo’llanilganda mulohazadagi sub’ekt va predikat hajmi aniqlanadi va shu asosda mulohazadagi terminlarning o’rni almashtirilib, xulosa chiqariladi. Bu usul, ayniqsa, tushuncha berilgan ta’riflarning to’g’riligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
III. Predikatga qarama-qarshi qo’yish bevosita xulosa chiqarishning mantiqiy usullaridan biri bo’lib, bu usul qo’llanilganda berilgan mulohaza avval aylantiriladi, so’ngra almashtiriladi. Natijada hosil qilingan mulohazaning (xulosaning) sub’ekti asos mulohaza predikatiga zid, predikati esa uning sub’ektiga mos bo'ladi: 3) Predikatga karama – karshi kuyish orkali xulosa chikarish.
IV. Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish.
Bunda oddiy qat’iy mulohazalarning o’zaro munosabatlarini e’tiborga olgan holda, mulohazalardan birining chin yoki xatoligi haqida xulosa chiqariladi. Bu xulosalar mulohazalar o’rtasidagi zidlik, qarama-qarshilik, qisman moslik va bo’ysunish munosabatlariga asoslanadi.
Zidlik (kontradiktorlik) munosabatlariga asoslangan holda xulosa chiqarish. Ma’lumki, zidlik munosabati A-O va E-I mulohazalari o’rtasida mavjud bo’lib, uchinchisi istisno qonuniga bo’ysunadi. Bu munosabatga ko’ra mulohazalardan biri chin bo’lsa, boshqasi xato bo'ladi va aksincha, biri xato bo’lsa, boshqasi chin bo'ladi. Xulosalar quyidagi tuzilma bo’yicha tuziladi:
; ; ;
Qarama-qarshilik (kontrarlik) munosabatlariga asoslangan holda xulosa chiqarish. Qarama-qarshilik munosabati A va E mulohazalar o’rtasida mavjud bo’lib, ziddiyat qonuniga bo’ysunadi. Bu munosabatdagi mulohazalardan birining chinligidan boshqasining chinligini asoslab bermaydi, chunki har ikki mulohaza ham xato bo’lishi mumkin.qarama-qarshilik munosabatidan , ko’rinishida xulosa chiqarish mumkin.
Qisman moslik (subkontrarlik) munosabatiga asoslangan holda xulosa chiqarish. Bu munosabat ju’ziy tasdiq (I) va ju’ziy inkor (O) mulohazalar o’rtasida mavjud bo'ladi. Bu mulohazalarning har ikkisi bir vaqtda chin bo’lishi mumkin, lekin bir vaqtda xato bo’lmaydi.
Ulardan birining xatoligi aniq bo’lsa, ikkinchisi chin bo'ladi. Qisman moslik munosabati asosida xulosa chiqarish ; ; ; ko’rinishda bo'ladi.
Bo’ysunish munosabatiga asoslangan holda xulosa chiqarish. Bu munosabat sifatlari bir xil bo’lgan umumiy va ju’ziy mulohazalar(A va I; E va O) o’rtasida mavjud bo'ladi. Umumiy bo’ysundiruvchi mulohazalar chin bo’lsa, ju’ziy-bo’ysunuvchi mulohazalar ham chin bo'ladi. Lekin bo’ysunuvchi-ju’ziy mulohazalarning chinligidan bo’ysundiruvchi –umumiy mulohazalarning chinligi haqida xulosa chiqarib bo’lmaydi.

Download 112.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling