Farg’ona davlat universiteti sirtqi bo’lim 2-kurs
Download 296.55 Kb. Pdf ko'rish
|
OLIY M ORTIQOVA M
- Bu sahifa navigatsiya:
- PARADOKSLAR VA SOFIZMLAR. MATEMATIK REBUSLAR
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIM 2-KURS O’ZGA TILLI GURUHLARDA RUS TILI YO’NALISHI TALABASI ORTIQOVA MUHAYYONING OLIY MATEMATIKA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI PARADOKSLAR VA SOFIZMLAR. MATEMATIK REBUSLAR REJA: 1. Paradoks 2. Sofizmlar 3. Paradoks va sofizmlar PARADOKSLAR VA SOFIZMLAR. MATEMATIK REBUSLAR Muhokama yuritish yoki isbotlash jarayonida mantiqiy qonun- qoidalarning buzilishi hamda ularning talablariga rioya etmaslik turli xil xatoliklarni keltirib chiqaradi. Tafakkur jarayonida anglanmay yo‘l qo‘yilgan xato bu paralogizmdir. Grekcha «paralogismos» so‘zi – «noto‘g‘ri mulohaza» degan ma’noni anglatadi. Paralogizm – tafakkurning nomukammalligi va bilimning yetarli darajada emasligi natijasida masalaning mohiyatini to‘la tushunib yetmasdan turib xatolikka yo‘l qo‘yish. Raqibni chalg‘itish maqsadida yolg‘onni rost qilib ko‘rsatish usuliga «sofizm» deb aytiladi. Sofizm grekcha «sophisma» so‘zidan olingan bo‘lib «ayyorlik, uydirma» degan ma’nolarni anglatadi. Muhokama jarayonida raqibni noto‘g‘ri yo‘lga olib kirish maqsadida turlicha sofistik usullardan foydalanuvchilar «sofistlar» deb ataladi. Ular ongli ravishda o‘zlarining noto‘g‘ri fikrlarini chin deb ko‘rsatishga urinadilar. Sofistlar o‘z e’tiqodlarining chin yoki yolg‘onligidan qat’iy nazar tushunchalarning o‘rnini almashtirish va turli mazmunda qo‘llash natjasida ularni haqiqat sifatida singdirishga urinadilar. Buni qadimdagi mashhur «Shoxli» sofizmi misolida ham ko‘rib chiqishimiz mumkin: «Sen hech narsa yo‘qotmagan bo‘lsang, demak, u senda». «Sen shox yo‘qotmagansan». Demak, «sening shoxing bor». Bunday xulosa chiqarish mantiqiy noto‘g‘ri fikrlash natijasidir. Sofistlar so‘zlarning ko‘p ma’noli ekanligidan, omonim va sinonimlardan foydalanib, tezisni almashtirish, yolg‘on voqelikni chin deb qabul qilishga asoslanadilar. Shu o‘rinda mashhur «Protagor va Evatl» paradoksini ko‘rib chiqaylik. Protagor o‘z o‘quvchisi Evatl bilan shartnoma tuzadi. Unga ko‘ra, Evatl huquqshunoslikni o‘rganib, ustoziga o‘qish haqini birinchi sud ishini yutib chiqganidan so‘ng to‘lashiga kelishadilar. O‘qishni tugatib, Evatl sud ishlarida qatnashmay yuradi va o‘qish haqini to‘lashdan bosh tortadi. Protagor uni sudga beradi va sudning qarori qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, u o‘z ulushini olishga haqli deb biladi. U quyidagicha fikr yuritadi: agar sud Evatl ustidan o‘qish haqini to‘lash to‘g‘risida hukm chiqarsa, demak, u o‘z ulushini sud hukmiga binoan undirib oladi. Agar sudda Evatl yutib chiqsa ham u o‘zaro kelishuvga binoan o‘z haqini olishi kerak. Evatl esa har ikki holatda ham haq to‘lamasligini e’lon qilib, uni shunday asoslaydi: agar sud pulni to‘lash haqida hukm chiqarsa, Evatl sud ishini yutqazgan bo‘ladi va shartnomaga binoan o‘qish haqini to‘lamaydi. Agar sud o‘qish haqini to‘lamaslik to‘g‘risida hukm chiqarsa, demak u sud qaroriga binoan o‘qish haqini to‘lamaydi. Mazkur misol asosida biz sofizmning asl tabiatini ko‘rsatishga harakat qildik. Paradoks – bu hal qilib bo‘lmaydigan zid fikrdan tashkil topgan mulohaza bo‘lib, unda ma’lum bir holatning chinligi ham, yolg‘onligi ham isbotlanishi mumkin. Paradoks (yunoncha «raradoxa» – qarshi fikr ma’nosida) – «g‘ayritabiiy fikrlash» ma’nosini anglatadi. Qadimdan «Yolg‘onchi» yoki «Axilles va toshbaqa» deb nomlangan yoki shunga o‘xshash juda ko‘p paradokslar ma’lum. Bunday paradokslarni mutlaqo hal etib bo‘lmagan. Masalan, «Yolg‘onchi» paradoksida isbotlanishicha, yolg‘onchi o‘zining yolg‘on gapirganiga iqror bo‘lsa, demak u rost gapirgan bo‘ladi. Rost gapirgan odam esa yolg‘onchi bo‘lmaydi. Bundan esa yolg‘onchining yolg‘onchi emasligi haqida xulosa kelib chiqadi. Mazkur misoldagi paradoks shundan iboratki, mantiqan to‘g‘ri yuritilgan mulohaza bir vaqtning o‘zida ham chinlik, ham yolg‘onlik maqomiga kiritib bo‘lmaydigan, bir-birini istisno qiluvchi, qarama-qarshi natijalarga olib keladi. Ko‘p vaqtlar paradokslarga yechimi yo‘q, ma’nosiz fikriy mashg‘ulot sifatida qarab kelindi. Matematik mantiq va matematik to‘plam nazariyalarining yaratilishi bunday paradokslar uchun bir necha yechimlarning topilishiga asos bo‘ldi. Shu o‘rinda biz paradokslarning tahlili mantiqiy nazariyalarni mukammallashtirishi lozimligini yana bir bor ko‘rsatib berganligini ta’kidlashimiz mumkin. Download 296.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling