Bilimdan haqiqat va amaliyotning uyg’unlashuvi reja


Download 27.9 Kb.
bet1/2
Sana08.02.2023
Hajmi27.9 Kb.
#1177988
  1   2
Bog'liq
BILIMDAN HAQIQAT VA AMALIYOTNING UYG’UNLASHUVI


BILIMDAN HAQIQAT VA AMALIYOTNING UYG’UNLASHUVI
Reja:

  1. Falsafiy haqiqat va uning mzonlari

  2. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli

  3. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Falsafiy haqiqat va uning mzonlari
Bilishning bosh vazifasi haqiqat izlashdir. Haqiqat masalasi butun bilish nazariyasining eng muhim vazifasidir. Faylasuflar orasida haqiqat va uning bilishdagi roli to‘g‘risida yagona fikr yo‘q.
Sub'ektiv idealizm uchun haqiqat sub'ektiv narsadir. Masalan, nimaiki foydali bo‘lsa u haqiqat deb da'vo qiluvchi pragmatizmda, yoki hamma e'tirof etgan, hamma uchun ahamiyatli bo‘lgan narsa haqiqatdir deb hisoblovchi konvensionalizm va neopozitivizmda ham haqiqat sub'ektiv narsadir. Materializm uchun haqiqat – bu tashqi dunyoning ongimizda adekvat, to‘g‘ri aks etishidir. Haqiqat, bu – bizning dunyo to‘g‘risidagi bilimlarimiz va tasavvurlarimizning dunyoning o‘ziga, ob'ektiv reallikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni nohaqiqatdan, yanglishuvdan, yolg‘ondan farqlashtirish, ajratish uchun bizning bilimimiz ob'ektiv voqyelikka, uning yashash va rivojlanish qonunlariga qanchalik mos kelishini aniqlab olmoq kerak. Aristotel haqiqatning «klassik» konsepsiyasi muallifidir. Bu konsepsiya haqiqatni fikrning, bilimning voqyelikka mos kelishi deb, yolg‘onni esa fikrning real ahvolga mos kelmasligi deb talqin qiladi. U o‘zining «Metafizika» sida bunday deb yozadi: «Bor narsani yo‘q deyish yoki yo‘q narsani bor deyish yolg‘on gapirishdir; borni bor va yo‘qni yo‘q deyish esa haqiqatni gapirishdir»319. Hozirgi zamon falsafiy va ilmiy adabiyotida ob'ektiv haqiqat tushunchasi tez-tez uchrab turadi. Ob'ektiv haqiqat – bu bilimlarimizning shunday mazmuniki, u bir kishiga ham, butun insoniyatga ham bog‘liq emas. Haqiqatning ob'ektivligini u mavjud olamning in'ikosi bo‘lishi
belgilaydi. Absolyut haqiqat – bu bilish ob'ekti haqidagi inkor etib bo‘lmaydigan to‘liq va tugal bilimdir, nisbiy haqiqat esa – bilish predmeti to‘g‘risidagi noto‘liq va notugal bilimdir. Absolyut haqiqat to‘liq hajmdagi ob'ektiv haqiqatdan boshqa narsa emas, nisbiy haqiqat esa – notugal shakldagi, notuliq hajmdagi ob'ektiv haqiqatdir. Har bir nisbiy haqiqatda absolyut haqiqat jihati bor, chunki har qanday nisbiy haqiqat ob'ektivligi sababli, unda doimiy bilim jihati bor. 1913 yilda XX asrning eng yirik fizigi Nils Bor o‘zining mashhur to‘ldiruvchanlik prinsipini ta'riflab berdi. Bu prinsipga ko‘ra, haqiqatligi muayyan hodisalar guruhi uchun aniqlangan va tasdiqlangan bilim va nazariyalar yanada kengroq predmet sohasini qamrab olgan yangi, yanada chuqurroq bilim va nazariyalar paydo bo‘lishi bilan mutlaqo noto‘g‘ri deb uloqtirib tashlanmaydi, balki nisbiy haqiqat sifatida bu yangi nazariyalarning chegaraviy shakli yoki xususiy holati sifatida saqlanib qoladi.
Klassik mexanika bilan nisbiylik nazariyasi, moddalar ximik tuzilishining klassik va hozirgi zamon nazariyasi va ko‘p boshqa nazariyalar o‘zaro ana shunday munosabatda bo‘ladi. Absolyut haqiqatni absolyutlashtirish dogmatizmga, nisbiy haqiqatni absolyutlashtirish relyativizmga olib keladi. Relyativizm va dogmatizmning cheklanganligiga sabab ularda absolyut haqiqat bilan nisbiy haqiqat bir-biridan ajratib olinganligi va qarama-qarshi qilib qo‘yilganligidadir. Bizning bilimlarimiz ayni bir vaqtning o‘zida ham absolyut, ham nisbiydir. Egallagan bilimlarimiz va tajribamiz asosida biz bilib olgan va tasvirlay oladigan narsa, sodir bo‘lgan, inkor etib bo‘lmaydigan narsa bizning bilimlarimizning absolyut jihatini tashkil etadi. Lekin, shu bilan birga, biz har bir bosqichda hamma narsani ham bilavermaymiz. Bizning bilimlarimiz ayni bir vaqtning o‘zida uzluksiz kengayib va chuqurlashib boradi. Shu ma'noda ular absolyut emas, balki nisbiydir, shu boisdan absolyut haqiqatning o‘zi nisbiy haqiqatlar yig‘indisidan tarkib topishini e'tirof etmoq kerak.
Rivojlanishning har bir bosqichida bilimlarimizning chegaralari vaqtinchadir, lekin, bilimlarimiz tobora to‘lib va chuqurlashib borgan sari biz absolyut haqiqatga yaqinlashib boramiz, ammo uni hyech qachon to‘la-to‘kis egallay va tushunchada ifodalay olmaymiz, chunki tabiatning o‘zi bilish ob'ekti sifatida kengligi jihatidan ham, chuqurligi jihatidan ham cheksizdir. Bilimlarimizning haqiqat yoki yolg‘onligini, ularning absolyutlik va nisbiylik darajasini konkret joy va vaqt sharoiti belgilab beradi. Joy va vaqt sharoiti almashinib, o‘zgarib turadigan omil ekanligi sababli bir sharoitda haqiqat bo‘lgan narsa o‘zgargan sharoitda yanglish yoki yolg‘on bo‘lib chiqadi. Joy va vaqt sharoitini har tomonlama hisobga olish talabi biluvchi sub'ektni dogmatik xatolardan ehtiyot qiladi. Joy va vaqt sharoitining o‘zgarishi yetilgan vazifalarni hal qilishga ijodiy yondashuvni zarur qilib qo‘yadi, zarur bo‘lib qolganda o‘rtaga qo‘yilgan maqsadga erishish taktikasi, metodi va usullarini o‘zgartira bilishni taqozo etadi. Shu boisdan ham bilishning u yoki bu shakllari, metodlari va usullarini absolyutlashtirish mumkin emas, eskirgan xulosalar va formulalarni o‘z vaqtida yangilari, o‘zgargan sharoitga mos keladiganlari bilan almashtirish zarur, chunki ayni bir xil qonuniyatlar turli tarixiy sharoitda turli natijalarga olib keladi. Agar haqiqatga jarayon deb qarab unga uning rivojlanishi nuqtai nazaridan yondashiladigan bo‘lsa, bu holda konkret haqiqatga abstrakt haqiqat qarama-qarshi qo‘yiladi.
Abstrakt haqiqat – bu to‘liq bo‘lmagan, rivojlanmagan, birtomonlama haqiqat, konkret haqiqat esa, aksincha, - to‘liq, rivojlangan, ko‘ptomonlama haqiqat. Har qanday haqiqat, u bilish jarayonida rivojlanib borganligi sababli, abstraktlikni ham, konkretlikni ham o‘z ichiga oladi. Haqiqat o‘z rivojining keyingi bosqichiga nisbatan abstrakt va ilgarigi rivojlanish bosqichiga nisbatan konkretdir. Haqiqatga darhol erishib bo‘lmaydi; unga erishish bilishning qiyin, ko‘p bosqichli jarayonidir.
Dunyoni bilish – bu nafaqat nazariy, balki hayotiy, amaliy jarayondir. Falsafiy nuqtai nazardan qaraganda, insoniyatning amaliyoti – bu insoniyatning tabiatni ongli ravishda va maqsadga muvofiq tarzda o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatidir, bu insoniyatning ijtimoiytarixiy sharoitlar bilan birga qaralgan mehnat jarayonidir. Amaliyot hamisha ijtimoiy harakterda bo‘ladi, kishilar o‘rtasidagi aloqa va munosabatlarsiz amaliyot bo‘lishi mumkin emas. Amaliyot tarixiydir, u qurshab turgan tabiatni ham, insonning o‘zini ham, kishilarning turmush sharoitini ham o‘zgartirishdan iborat. Gnoseologik kategoriya sifatida amaliyot sub'ekt bilan ob'ekt o‘rtasidagi shunday munosabatni ifodalaydiki, bunda sub'ekt ob'ektni biron-bir jihatdan o‘zgartirish maqsadida unga ongli ravishda ta'sir ko‘rsatadi. Amaliy faoliyat jarayonida, ob'ektning o‘zgarishi ta'siri ostida sub'ekt ham o‘zgaradi, uning amaliy qobiliyati va malakasi chuqurlashadi, fikrlash doirasi kengayadi, ongi va xotirasi boyiydi, dunyoqarashi o‘zgaradi.
Bilish jarayoni ijtimoiy-tarixiy amaliyot natijasida va vositasida sodir bo‘ladi. Kishilarning amaliy faoliyati o‘zi o‘zgartirishga qaratilgan ob'ektga va o‘zi erishmoqchi bo‘lgan maqsadga bog‘liq holda turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Eng keng, falsafiy ma'noda, amaliy faoliyatdagi kishilarning ob'ektga nisbatan konkret-tarixiy birligi bo‘lgan jamiyat amaliyot sub'ekti bo‘lib chiqadi. Bunda ob'ektiv reallikning odamlar ta'sir o‘tkazadigan tomoni esa amaliyot ob'ekti bo‘ladi. Moddiy ishlab chiqarish va jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi amaliyotning eng muhim shakllaridir. Amaliyot nazariy bilimdan yuqori turadi. U nafaqat umumiylik, balki bevosita voqyelik hislatiga ega. Amaliyotda asosiy qarama-qarshiliklar – ideal qarama-qarshilik (sub'ektiv reallik sifatida) va moddiy qarama-qarshilik (ob'ektiv reallik sifatida) – birga qo‘shilishadi. Amaliyot – bu voqyelikni insoniyat oldida turgan maqsadlarga muvofiq tarzda uzluksiz o‘zgartirish jarayonidir. Agar jamiyatda biron-bir amaliy ehtiyoj paydo bo‘lsa, bu bilish jarayoniga o‘nlab universitetlarga qaraganda ko‘proq asos bo‘ladi, chunki amaliyot ehtiyojlari
ilmiy bilishning o‘zini olg‘a siljitadi. Amaliyot bilish jarayoniga boshidan oxirigacha «amaliyot – nazariya, yana amaliyot – yana nazariya» tarzidagi formula bo‘yicha kirib borib uni boyitadi. Amaliyotdan ajralgan bilish bo‘lishi mumkin emas. Faqat amaliyotgina u yoki bu nazariyaning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini ko‘rsatib beradi. Amaliyot o‘zgarmas emas, fan yutuqlari tufayli u doimo takomillashib, boyib va rivojlanib boradi. Bilish va amaliyot bir-biridan ajralmasdir. Amaliyot bilish haqiqatligining asosiy nuqtasi, harakatlantiruvchi kuchi, maqsadi va mezonidir.
Agar biz sezgilar vositasida hodisalar olamini aks ettirsak, sezgi bilan idrok etib bo‘lmaydigan mohiyatni aql bilan bilib olamiz. Aql bizning sezgi a'zolarimiz tashqi olamdan olgan axborotlarga asoslanib, hodisalar mohiyatini xiralashtiruvchi va yashiruvchi tashqi, tasodifiy holatlardan abstraktlashib hodisalar dunyosini tashqi, nomuhim xususiyatlar va aloqalardan xalos qiladi. Muhimni nomuhimdan farqlantira va ajrata olmaydigan sezgilardan farqli o‘laroq, aql hodisalardan hamma narsani emas, balki faqat eng muhimini, barqarorini, qonuniyatlisini oladi. Shuning uchun abstraksiyalar xissiy bilish uchun g‘oyat harakaterli bo‘lgan yorqinlik, bevositalik va yaqqollikdan mahrumdir. Ratsional, abstrakt-mantiqiy tafakkur hodisalar olamining qonuniyatli aloqalarini bilishga imkon beradi, bu esa insonga tashqi dunyoni bemalol tushunib olish va tevarak-atrofdagi voqyelik hodisalari va jarayonlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish uchun zarurdir. Ratsional bilishning asosiy shakli tushunchadir. Tushuncha – bu tajriba ma'lumotlarini umumlashtirish natijasidir, dunyoni o‘rganish yakunidir. Tushunchalarning paydo bo‘lish jarayoni o‘rganilayotgan predmetning bir qator ikkinchi darajali alomatlari va xossalarini e'tiborga, hisobga olmaslik, ulardan chalg‘ishdir, abstraktlashishdir. Tushunchaga ta'rif berish – torroq tushunchani kengroq tushuncha ostiga qo‘yishdir. Masalan: olma - meva, fil - hayvon, Erkin - odam, terak - daraxt va hakozo. Tushunchalarning paydo bo‘lishi – bu biluvchi inson ongi faoliyatining oliy maxsulidir. Bilish jarayonida tushunchalarni ifodalabgina qolmasdan, balki ularni qo‘llay bilish ham kerak. Tushunchalarni qo‘shib biz hukm shakllantiramiz, hukmlarni bir-biri bilan qo‘shib ulardan aqliy xulosa chiqaramiz.
Hukm tafakkurning shunday shakliki, unda inson narsani uning aloqalari va munosabatlarida ifodalaydi. Gnoseologik nuqtai nazardan, hukm – bu biron bir narsani tasdiqlash yoki inkor etish yo‘li bilan voqyelikni aks ettirish shaklidir. Shu boisdan hukm tasdiqlovchi («hozir yomg‘ir yog‘moqda» kabi) yoki inkor etuvchi («bugun yomg‘ir yog‘maydi» kabi) hukmlarga bo‘linadi. Agar biz ikki yoki bundan ko‘proq hukmni bir-biri bilan tenglashtirib, taqqoslab, solishtirib ko‘rsak, u holda biz yangi hukmga ega bo‘lishimiz, ya'ni aqliy xulosa chiqarishimiz mumkin. Aqliy xulosaning, mantiqiy natijaning chinakam to‘g‘ri bo‘lishi uchun ikki shart zarur. Birinchisi: mantiq ilmida asoslar deb atalgan dastlabki hukmlar haqiqiy bo‘lmog‘i, ya'ni voqyelikka mos kelmog‘i lozim. Ikkinchisi: boshlang‘ich asoslardan aqliy xulosa chiqarish jarayonining o‘zi mantiq ilmining qonunlariga muvofiq to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim. Mantiq ilmining asoschisi Aristotel sillogizmga klassik misol keltiradi: Hamma odamlar o‘ladi} asos Suqrot odam} asos Suqrot o‘ladi – aqliy xulosa Agar biz mantiq qonuniga amal qilsagu, lekin boshlang‘ich hukm haqiqiy bo‘lmasa, u holda sillogizm ham haqiqiy bo‘lmaydi, balki soxta bo‘ladi. Masalan: Suqrot – odam Hamma odamlar o‘lmaydi Suqrot o‘lmaydi – soxta aqliy xulosa
Insonning olamni bilish jarayoni uning sezgilari va ongi zo‘r berib ishlashini talab qilibgina qolmasdan, uning uzluksiz qizg‘in g‘ayrishuuriy faoliyat ko‘rsatishini ham taqozo etadi. Insonning g‘ayrishuuriy bilish faoliyati intuitiv bilish nomini oldi, intuitsiyaning o‘zi esa - bu bilish ob'ektining muayyan sharoitda boshqacha yo‘l bilan asoslab berish mumkin bo‘lmagan xossalarini bevosita, g‘ayrimantiqiy tarzda haqiqat deb bilishdir. Intuitsiya sezgi va aql harakatiga qarshi turmaydi, balki bilishning xissiy va ratsional jihatlari bilan birgalikda chiqib ularni to‘ldiradi. Inson biron-bir hodisani g‘ayrishuuriy tarzda oldindan sezgan oddiy, kundalik hayotda ham, olim bilib olinmagan jabhada uzoq vaqt adashib toliqib yurganidan keyin to‘satdan uning ko‘z o‘ngida yorishish, insayt sodir bo‘lib, shu asnoda ilmiy kashfiyot yuzaga keladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatida ham intuitsiyaning roli juda kattadir. Akademik N.N.Moiseev hozirgi ilmiy bilishda intuitsiyaning roliga yuqori baho berib, mantiqiy va matematik bilish metodlari qanchalik mukammal bo‘lmasin, ular intuitsiya, tusmol, faraz, sezgirlik, yorishish o‘rnini bosolmaydi, deydi. Intuitsiya tasavvur bilan uzviy bog‘liqdir, chunki biz biror narsani tasavvur qilar ekanmiz shu tasavvur qilinayotgan obrazga ilgari bilib olingan ob'ektlar belgilarini, tomonlarini intuitiv tarzda nisbat beramiz. Tasavvur - xissiylik, mantiqiylik va intuitivlikning qotishmasidir, bunda tafakkur xissiy obrazlarni umumlashtiradi va ularga ma'no beradi. Bilishga yangi g‘oyalar kerak, ammo birgina empirik materialning o‘zi buning uchun aslo yetarli emas, rivojlangan intuitsiya, tasavvur, fantaziya kerak. Intuitsiya fenomeni uzoq o‘tmishdan boshlab o‘ziga e'tiborni tortib kelgan. Ved yaratuvchilari, Pifagor va uning izdoshlari, Aflotun va Aristotel o‘zlari bevosita bilish deb tushungan intuitsiya jumbog‘ini ochib berishga uringanlar. XVII asrda R.Dekart intellektual intuitsiya haqida ta'limot yaratadi. Dekartning fikricha, ilmiy bilish asosida yotgan boshlang‘ich g‘oyalarning haqiqatligi intuitiv tarzda anglab yetiladi, bilish sub'ektining aqli bilan bevosita aniqlab olinadi. Intuitiv bilimga o‘z-o‘zidan ravshanlik, aniqlik nisbat berilgan. Dekart intuitsiya inson aqlining tug‘ma qobiliyati, intuitivlik bilan ratsionallik bir-biri bilan bog‘lik, lekin intuitivlik birinchi o‘rinda turadi va bilishning oliy shaklidir deb hisoblagan. Intuitiv bilishning to‘satdan, yorishish yo‘li bilan paydo bo‘lishi, natijaning aniqligi, uni mavjud ma'lumotlardan chiqarib bo‘lmasligi, muammo yechimining to‘g‘riligiga ishonch va uni mantiqiy asoslash zarurligini tushunish xissi kabi o‘ziga xos belgilarini qayd etmoq lozim. Fanda ko‘pgina kashfiyotlar intuitiv tarzda amalga oshirilgan. Hozirgi zamon matematikasida yaxlit bir yo‘nalish: intuitsionizm mavjud. Unga nemis filosofi I.Kant, fransuz matematigi va faylasufi A.Puankare va gollandiyalik matematik L.Brauer asos solganlar. Geometriyada intuitsionizmni asoslab bergan Puankarening fikricha, bilish jarayonida ijod qilish intuitsiyani, g‘ayrishuuriy ishni albatta o‘z ichiga oladi. Bilish quyidagi bosqichlardan tarkib topadi: birinchi urinishda jo‘yali hyech nimaga erishib bo‘lmaydi, so‘ngra ozdirko‘pdir uzoqroq tanaffus boshlanadi, uning davomida g‘ayrishuuriy ish qilinadi, shundan keyin ongli ishning yangi bosqichi boshlanadi, u ham natijasizdek tuyuladi, lekin to‘satdan yorishish sodir bo‘ladi, hal qiluvchi fikr tug‘iladi, so‘nggi zaruriy bosqich - vazifaning olingan yechimini tekshirib ko‘rish.
G‘ayrishuuriy intuitiv ish faqat undan oldin va undan keyin ongli ish bo‘lgan taqdirdagina samarali bo‘lishi mumkin. Puankare bilish natijalarini ularning aniq bo‘lib tuyulishiga va intuitiv aniqligiga qaramay, albatta tekshirib ko‘rish zarur deydi. Intuitiv yorishish, tusmollab bilish tegishli muammoni hal qilishga olib kelgan yo‘llarni insonning o‘zi aniq anglamagan holda o‘z-o‘zidan, bexosdan, to‘satdan amalga oshadi. Bunda turli kishilarda turli sharoitlarda intuitsiya ongdan turli darajada uzoqlashgan bo‘ladi. Intuitsiya olingan natijaning mazmuni, harakteri, o‘rganilayotgan hodisaning mohiyatiga qanchalik chuqur kirib borishi, sub'ekt uchun shaxsiy ahamiyati bo‘yicha o‘zining individual xususiyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga intuitsiya nafaqat hissiy bilishdan, nafaqat abstrakt mantiqiy bilishdan iborat. Unda bilishning shu ikkala jihati mavjud, lekin ular doirasidan tashqariga chiquvchi narsa ham borki, bu intuitsiyani shu shakllardan birontasiga ham mansub deb qarashga imkon bermaydi. Shuning uchun hozirgi zamon bilish nazariyasida intuitiv bilim hissiy bilishga ham, ratsional bilishga ham teng ahamiyatli bo‘lgan o‘rin egallaydi.
Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi. «Qadimgi Sharq» tushunchasi eramizdan avvalgi VI-IV ming yilliklarda
Misrdan Xitoygacha bulgan ulkan hududdagi sivilizatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Sharq madaniyati dunyo xalqlari taraqqiyotida katta rol o‘ynadi hamda Sharqning o‘ziga xos madaniy taraqqiyoti ushbu hududni jahon sivilizatsiyasining beshigi deb atalishiga asos soldi. O‘zbek xalqining milliy, falsafiy, ilmiy merosi Sharq sivilizatsiyasi ildizlari bilan chambarchas bog‘liq ekanligi Sharq tafakkur tarixining ilk kurtagi bo‘lgan asotiriy qarashlarni atroflicha o‘rganishga asos yaratadi.
“Qadimgi madaniyat makoni bo‘lgan Markaziy Osiyoning qulay geografik joylashishi, tabiati, iqlimi mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning avvalroq boshlanishini ta’minladi va Sharq bilan G‘arb, Mesopatamiya, Eron, Misr keyincha Yunoniston va Rimni Xitoy va Hindiston bilan bog‘lovchi, turli xalqlar madaniyatining chatishuvini ta’minlovchi halqa vazifasini o‘tadi” ,- deydi antik va qadimgi dunyo adabiyoti hamda falsafasi haqida monografiya yozgan olima F.Sulaymonova.
Asotiriy yoki mifologik tasavvurlar falsafaning tub ildizlari, ma’naviy manbalaridan biridir. Inson tafakkurining ilk tarixiy bosqichlarida Sharq mifologiyasi dastlabki dunyoqarash shaklining mahsuli sifatida vujudga keldi. Unda insonning uni o‘rab turgan olamga munosabati ifoda etilib, atrof-muhitning sirasrorlarini bilishga intilish, tabiat qonuniyatlarini anglashda badiiy, obrazli tasavvurlar tizimining naturalistik xarakteri namoyon bo‘ladi. Misol uchun, insoniyat tamaddunining beshigi sanalmish Hindistonda ilk asotiriy tasavvurlar Vedalarda mavjud bo‘lgan. Veda bilim, ta’limot degan ma’noni bildirib, to‘rt qismdan – Rigveda, Yajurveda, Samoveda, Axtarvavedadan iboratdir. Uning eng qadimgi qismi «Rigveda» eramizdan oldingi II ming yillikka taalluqli bo‘lib o‘zida asotiriy qarashlarni ifodalagan, tabiat va ilohiyot haqidagi madhiyalar ko‘rinishidagi qadimgi hind adabiy yodgorligidir. U koinot madhi deb atalgan she’rlar to‘plamidan iborat bo‘lib, ushbu madhda bu dunyo nimadan paydo bo‘lgan, u qanday va kim tomondan yaratilgan, degan savollarga javob izlangan.
Vedalardagi asotiriy qarashlar juda murakkab tuzilgan. Unga asosan butun dunyo oliy xudo Braxmadan iborat. Braxma dastlab haybatli odam Purushaning tanasini bo‘lib-bo‘lib koinot, yulduzlar, er, samoni yaratdi va o‘zi bir vaqtda u bilan birlashdi. Butun borliq dunyoviy ruh – purusha (erkak boshlang‘ich) material borliq – prakriti (ayol boshlang‘ich)ning birikuvidan iboratdir.
Xitoy asotirlari ham o‘z tarixi bilan eramizdan oldingi uzoq ming yillarga borib taqaladi. Shuningdek, Xitoy asotirlari o‘z shakllanish davrida qadimgi Xitoy, daosizm va buddaviylik va kechki Xitoy xalq og‘zaki ijodi mifologik tizimlarini birlashtira borgan. Asotiriy qarashlar aks etgan qadimgi asarlardan biri «Shan xay szin» («Tog‘lar va daryolar kitobi») bo‘lib u eramizdan avvalgi IV-II asrlarda yozilgan. Unda qadimgi Xitoy afsonalari voqealarini umumlashtiruvchi tasvirlar mavjud. Unda dastlab dunyo vujudga kelguncha tuman va qorong‘ulik bilan to‘lgan tubsiz xaos mavjudligi, koinot kuchlari bo‘lgan Yan va In vositasida tartibga keltirilganligi haqida tasavvurlar bor. Ba’zilarida esa dunyo g‘ayri tabiiy umumiy inson bo‘lgan Pan-Gudan paydo bo‘lganligi aytiladi. Ayni shu afsonada Xitoy falsafasi uchun muhim bo‘lgan, shaxsiyatga ega bo‘lmagan dunyoviy qonun bo‘lmish «dao» haqidagi g‘oya shakllantirilgan. Pan-Gu haqidagi afsona, shuningdek inson va tabiat birligi, mirokosmos-inson va makrokosmos-dunyoning birligi, chambarchas bog‘liqligiga ishora qiladi. Bu qarashlar inson bilan bog‘liq barcha sohalar: san’at, adabiyot, meditsina, sport va boshqa sohalarda ham insonga tabiat orqali yo‘l mavjudligini ta’kidlaydi. Xitoy mifologik merosi uning geografik hududi va iqlimi bilan bog‘liqdir. Masalan, bu afsonalarda osmonni ulug‘lovchi, zamirida ko‘proq shamanlik bilan bog‘liq bo‘lgan asotirlar ham, shuningdek tabiiyilmiy fikr kurtaklari bilan bog‘liq ma’lumotlarga ham duch kelamiz. Xususan, Shan davrida, eramizdan oldingi II ming yillik boshlarida xitoyliklar to‘rtinchi tartib hududida hisob yuritishni bilganlar, Xan sulolasi davrida esa algebratik tenglamalarning echimi haqida ham ma’lumotlar mavjud bo‘lgan.
Yaqin Sharqning ilk mifologik qarashlari Ikki daryo oralig‘i yoki Mesopatamiyada vujudga kelgan Gilgamish haqidagi dostonda ifodalangan. Bu dostonning qadimiyligi eramizdan avvalgi IV ming yillikka borib taqaladi.
Gilgemish ikki qismi xudo, bir qismi odamdan iborat afsonaviy qahramon bo‘lib, u Mesopatamiyaning qadimiy hududlarida istiqomat qilgan SHumer va Akkad mamlakatlari qahramoni bo‘lgan. Gilgamish haqidagi dostonning turli variantlari mavjud. Bu afsonaviy qarashlarda Gilgamish xudolar yoki tabiat kuchlari bilan kurashuvchi qahramon emas, do‘sti Enkidaga sodiq inson, insoniy munosabatlarni qadrlovchi obraz sifatida tasvirlanadi. Bu afsona mifologik dunyoqarashda tabiat kuchlariga berilgan imtiyoz sekin-asta inson omiligi qaratilganidan dalolat berar edi.
Yaqin Sharq va Turon zaminni birlashtirib turuvchi mifologik qarashlar
“Avesto”da o‘z ifodasini topgan. Zardushtiylikning bu yozma manbai boy dunyoqarash mazmuniga ega bo‘lib, uning bosh g‘oyasini Axuramazda va Axrimon obrazlari orqali ifodalangan ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi qarama – qarshilik kurashi va bu kurashda ezgulikning g‘alaba qozonishi tashkil etadi. Shuningdek,
unda olamning boshlang‘ich asoslari va tuzilishi, yaxlitligi to‘g‘risida muhim fikrlar mavjud. Zardushtiylik qadimgi Hindiston va Yaqin Sharq diniy mifologiyasi mitraizmning Markaziy Osiyo xususan qadimgi Turonzamin va Erondagi kechki ko‘rinishi bo‘lib, unda Quyosh xudosi va unga bog‘liq bo‘lgan olovning muqaddaslashtirilishi e’tiborlidir. Axuramazda timsolida gavdalangan dunyoviy Aql hamda suv, er, havo, olov biridan biriga o‘tuvchi yoki birlashuvchi-
unifakatsiyalanuvchi elementlardir. Bunday mifologik – falsafiy fikrlar keyinchalik
Qadimgi Sharq va G‘arb falsafasi, xususan, lokayata falsafiy ta’limoti, Platon va Aristotel ontologik konsepsiyalarida olamning ibtidosi masalasining qo‘yilishi va hal etilishiga ko‘rsatgan ta’siri yaxshi ma’lum.
Sharq mifologik merosi o‘zining yuqori badiiy-falsafiy tuzilishi, gnoseologik va ontologik tizimiga ega. Mifologik-asotiriy qarashlar naturfalsafiy xarakterga ega bo‘lgani uchun ham Sharq sivilizatsiyalari tabiiy-ilmiy bilimlar sohasida ulkan natijalarga erishdi va jahon fani rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bizgacha etib kelgan Papirus yozuvlari misrliklarning matematika va geometriya (turli shaklning xajmi va yuzasini o‘lchash), astronomiya (aniq quyosh taqvimining tuzilishi keyinchalik Evropada taqvimga asos bo‘lgan), tibbiyot (anatomiya tuzilishi, miya va qon tomirlari xaqidagi ta’limot, jarrohlik), kimyo (turli moddalarning xususiyatini o‘rganish va bu bilimlardan mayitni mumiyolashda foydalanish) sohalaridagi keng tushunchalari xaqida dalolat beradi. Mesopotamiya qo‘shni hududlarga matematika va astronomiya sohasidagi bilimlar bilan katta ta’sir ko‘rsatdi. Mesopotamiyaliklar matematika va astronomiyaga oid kashfiyotlar qilib, oy fazalarini bo‘lish tizimini yaratdi, quyosh tizimiga oid jarayonlar, yulduz va sayyorlar ro‘yxati, ko‘plab harakat holatlarini aniqlash bo‘yicha yangiliklar kiritdi. Ikki daryo oralig‘ida astrologik bilimlar ham rivojlandi.
Qadimgi dunyoning ma’lum tarixiy davrigacha falsafiy tafakkurni alohida o‘ziga xos dunyoqarash sifatida shakllanishi kuzatilmagan. Eramizdan avvalgi VII- VI asrlar insoniyat tarixida muhim burilish davri bo‘lib, qadimgi Hindiston, Misr, Xitoyda falsafiy tafakkurning kurtaklari vujudga kela boshlaydi. Mifologik davr nihoyasiga etdi, ratsional idrok davri shakllandi, xozirgacha mavjud bo‘lgan asosiy tushuncha va tasniflar ishlab chiqildi. Buddaviylik din va falsafani birlashtiruvchi umumiy qarashlarni ilgari surdi. Xitoyda falsafa maktablari rivojlandi. Eronda zardo‘shtiylik mifologik – falsafiy ta’limoti davlat dini darajasida qabul qilindi va qonunlashtirildi. Hindistonda Veda ta’limotining yangi falsafiy maktablar yaratish davri boshlandi, Upanishadalar paydo bo‘ldi. Diniy-afsonaviy tasavvurlar bilan bir qatorda, boshqa bir ma’naviy zamin tajribaviy bilimlar va ilm-fan kurtaklari (riyoziyot, astronomiya, tabobat, Yer ishlari haqidagi bilimlar, metallurgiya, jug‘rofiya) va bu bosqich doirasida shakllanayotgan tahliliy tafakkur edi. Bunday burulish davriga ijtimoiy va u bilan mutanosib rivojlangan gnoseologik omillar sabab bo‘ldi.
Chunki bu davrga qadar qadimgi hind va xitoy fani xam ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan edi. Hindistonda noldan foydalanib o‘nlik sanoq tizimi yaratilishi bilan algebra rivojlana boshladi («son», «tub son», «sinus» kabi atamalar Hindistonda paydo bo‘ldi). O‘lim sababini aniqlash maqsadida murda tanasini anatomik tadqiq qilish tajribalari anatomiya va fizologiyani rivojlantirib, meditsinada katta yutuqlarga erishildi. Hindistonda tibbiyot taraqqiyoti xaqida manbalarda jarrohlikning 300 turi bo‘lganligi va 120 ta jarrohlik asbobi mavjudligi eslatiladi. Barchaga ma’lumki, Xitoy ipak, chinni va qog‘ozning vatani hisoblanib, mil. avv. II asrda kashf qilingan, shuningdek, Xitoyda porox, kompas (mil. av. III asr) Yer qimirlashini aniqlovchi asbob (seysmograf) ham ixtiro qilingan. Mil. av.
613 yilga tegishli Xitoy qo‘lyozmalari topilib unda Galley kometasi xaqidagi eng qadimgi ma’lumotlar uchraydi. Mil. av. II asrda Xitoyda osmon yoritqichlarining xarakati tasvirlangan birinchi osmon globusi, 2500 yoritqichning o‘rni ko‘rsatilgan yulduzlar katologi yaratilgan. Yangi taqvim joriy qilinib (mil. av. 104 y.), unga ko‘ra bir yil 365 241 kunga teng bo‘lgan. Mil. av. 28 yilda Xan imperiyasining astronomlari quyoshda dog‘lar mavjudligini kuzatganlar. Xitoy matematiklari tarixda birinchi bo‘lib xisobda manfiy sonni qo‘llaganlar. Tibbiyotda igna ukoli, nuqtali davolash kabi ajoyib usulni ishlab chiqqanlar.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytganda Pifagor va qadimgi davrning boshqa faylasuflari donolikka davo ham qilmaganlar, zero, o‘sha davrda keng tarqalgan tasavvurga ko‘ra, haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga o‘tib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng so‘nggi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bo‘lgan bashoratgo‘ylar, kohinlar va oqsoqollar etirof etilgan. Ularning so‘zlari birdan-bir to‘g‘ri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, ularning fikriga ko‘ra donishmandlik muxlisi bo‘lishi, e’tiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o‘z aqliga tayanib, ijodiy yo‘l bilan, shuningdek boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo‘lgan.
Biroq, insonning dunyo va o‘ziga bunday munosabati darhol yuzaga kelgani yo‘q. Insonning tabiatga qarshilik ko‘rsatish, ishlab chiqarish vositalarini yaratish va ko‘paytirish qobiliyatlari rivojlangunga va o‘sgunga, buning natijasida etarli tajriba va bilimlar to‘plangunga, odamlar aqli ko‘p sonli savollarga javob izlash uchun etarli darajada yuksalgunga qadar insoniyat uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan. SHu bois falsafaning mohiyatini, shuningdek uning paydo bo‘lish sabablari va sharoitlarini tushunish uchun gapni inson dunyoqarashidan boshlash lozim. Nima uchun? Shuning uchunki, falsafa dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllaridan biri hisoblanadi. Falsafa haqida gapirish – inson dunyoqarashi, uning oqilona fikrlash qobiliyati haqida, binobarin, uning mohiyati va Erda hayot paydo bo‘lish tarixi haqida gapirish demakdir. Bu erda biz hali kam o‘rganilgan murakkab muammolarga duch kelamiz, zero insonning kelib chiqishi odamlar doim javobini topishga harakat qilgan buyuk jumboqlardan biri hisoblanadi. Ammo bilimning bu sohasida echilmagan muammolar bugungi kunda ham bisyor. Xususan, inson nima uchun, qaerdan, qaysi sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan, degan savolga aniq, umumiy etirof etilgan javob hanuzgacha mavjud emas. Shuningdek, aql faqat insonga xosmi yoki uning inson borlig‘ida mavjudligi obektiv borliqning bir parchasi, ayrim hodisasimi?, degan savol ham hali o‘z javobini topganicha yo‘q.
Mutaxassislar fikricha, insonda ong paydo bo‘lib, ijtimoiy mavjudot sifatida uzil-kesil shakllanganidan beri, uning asosiy xususiyatlarida jiddiy o‘zgarishlar yuz bergani yo‘q, yani u hozirgi odamlardan deyarli farq qilmaydi. Ong paydo bo‘lishi esa, ilmiy tasavvurlarga muvofiq, inson tarixiy rivojlanishining odam miyasi o‘sib borayotgan mehnat faolligi va verbal (nutq orqali) muloqot tasirida o‘ta rivojlanib, murakkab mavhumliklarni tushunadigan darajaga etgan davri bilan bog‘lanadi. SHunday qilib, inson tushunchalarga tarif berish, mulohazalar bildirish va mushohadalar yuritish yo‘li bilan sodda, lekin tom manoda aqliy ish olib bora boshladi.
Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va funksiyalari. Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash oddiy dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining tizimsiz majmui sifatida amal qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, faoliyatida yo‘l ko‘rsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi.
Keng manoda, dunyoqarash – insonning o‘zini qurshagan borliqqa va o‘zo‘ziga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek uning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, e’tiqodlari, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo‘ljallaridir.
Shu tariqa tariflanadigan dunyoqarash faqat insonga xos bo‘lib, bu unda shakllangan ong va oqilona faoliyat mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bunda inson nafaqat tushunchalar yaratish va mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish va qoidalarni tariflash qobiliyatini kasb etadi, balki tayyor bilimdan yangi bilim olish uchun foydalana boshlaydi.
Dunyoqarashning shakllanishiga ijtimoiy muhit tasir etadi. Aql paydo bo‘lishi bilan inson o‘zini fikrlovchi mavjudot sifatida anglay boshlaydi, unda o‘z «meni» va o‘zgalar haqida tasavvuri shakllanadi va rivojlanadi. Shu tariqa u o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni anglaydi, o‘zi va boshqa odamlarni, o‘zi va tashqi muhitni farqlaydi, ilgari o‘ziga malum bo‘lmagan dunyoning yangi va yangi jihatlarini idrok etadi. Bunday qarashlar insonning o‘zi va o‘zini qurshagan borliq haqidagi tasavvurlari majmui sifatida shakllanadigan dunyoqarash negizini tashkil etadi. Bunda inson o‘ziga maqul va nomaqul narsalarni farqlaydi, baholar beradi, ustuvorliklar tizimini yaratadi va muayyan maqsadlarga erishishda tegishli tarzda ish ko‘radi.
Dunyoqarashning tuzilishi - dunyoni sezish, dunyoni idrok etish va dunyoni tushunish kabi eng muhim elementlardan iborat.
Dunyoni sezish – bu o‘zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etish bo‘lib, bunda tuyg‘ular, kayfiyat dunyoni go‘yoki ranglarga bo‘yaydi, uning obrazini subektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi. Masalan, bemor odamga haddan tashqari yorug‘ bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lgan nur, sog‘lom odam uchun normal bo‘ladi; daltonik ranglar gammasini, ko‘rish qobiliyati normal bo‘lgan odamga qaraganda butunlay boshqacha idrok etadi. Bundan dunyoni sezishning har xil, xususan optimistik, pessimistik, fojeaviy tiplari kelib chiqadi.
Dunyoni idrok etish – bu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishida namoyon bo‘ladi. Dunyoni idrok etish to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishi, yani borliqqa mos kelmasligi mumkin. Bu holda borliq noto‘g‘ri tasavvur qilinadi yoki illyuziyalar, suv parilari, alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga o‘xshash fantaziyalar paydo bo‘ladi.
Dunyoni tushunish – insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlash, shuningdek tabiatda yuz beruvchi voqea va jarayonlarning o‘zaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir.
Dunyoni sezish va qisman (elementar shakllarda) dunyoni idrok etish barcha tirik mavjudodlarga xos bo‘lsa xos bo‘lsa, dunyoni tushunish esa faqat insongaga xos xususiyatdir.
Dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq-atvorni belgilash funksiyalari mujassamlashadi.
Dunyoqarashning bilish funksiyasi insonda qiziqish uyg‘otuvchi barcha savollarni, shuningdek muayyan javoblarni o‘z ichiga oladi. Bilish odamlar dunyoqarashini boyitadi va kengaytiradi, u jamiyatning rivojlanishiga qarab yanada teranroq va mazmunan boyroq bo‘lib boradi.
Dunyoqarashning qadriyatlarga munosabat funksiyasi – insonnning hayotni va o‘zini oliy qadriyat deb hisoblagan holga shakllanadi. Zero, o‘z qadrini bilmagan inson o‘zgalar qadrini bilmaydi va hayotda o‘z o‘rnini topa olmaydi.
Dunyoqarashning xulq atvorni belgilash funksiyasi – insonda o‘z-o‘zini tarbiyalash, manaviy madaniyatini takomillashtirish va faqat o‘zining manaviy dunyosiga munosib muhit tanlash malakalarini shakllantiradi..
Shu bois, muammolarga nisbatan muayyan tarzda yondashadigan har bir odamning dunyoqarashi, savollari va javoblari doim shaxsiy o‘ziga xoslik bilan ajralib turadi va hech bo‘lmasa shu sababga ko‘ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech qachon o‘xshamaydi.
Dunyoqarashning intellektual, emotsional va ruhiy asoslari uzviy bog‘liq bo‘lib, ular har bir inson uchun mutlaqo muayyan, individual xususiyatlar sifatida amal qiladi.
Intellektual, emotsional va ruhiy asoslar iroda bilan uyg‘unlikda e’tiqodlar – odamlar faol qabul qiladigan, ularning ong darajasi va hayotdagi mo‘ljallariga mos keladigan qarashlarni yuzaga keltiradi.



Download 27.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling