1. Fanlarni integratsiyalab o‘qitishning metodologik asoslari
Download 66 Kb.
|
BILET 48
BILET №8 1. Fanlarni integratsiyalab o‘qitishning metodologik asoslari. 2. O’quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. 3. Pedagogik texnologiyalarga berilgan ta’riflar. savollarga javoblar 1."Integratsiya" atamasi nomi jihatdan yangi bo‗lib, mazmun va moxiyati jixatdan o‗zaro tarixga ega. Koinotda, jamiyatda, xayotda, turmushda va ishlab chiqarishda, ta‘limda, ya‘ni mikro olamdan tortib makro olamgacha integratsiya muhim ahamiyat kasb etadi. Integratsiya—juda keng ma‘nodagi tushuncha. Bugungi kunga kelib, insoniyat integratsiya jarayonining mohiyatini yaxshi anglash, uning rivojlantiruvchi funksiyalarini amalda qo‗llay olish natijasidagina sayyoramizdagi muhim ekologik muammolarini hal qila olish, hayotni saqlab qolishi mumkinligini anglagan xolda, unga ehtiyoj zarurligini sezmoqda. Bumuammolarni hal qilishda, ayniqsa, pedagogikaning, ta‘limdagi integratsiya jarayonining muhimligini ko‗pchilik mamlakat olimlari tomonidan tahlil qilinmoqda. Integratsiyaning ta‘limdagi nazariy va amaliy jihatdan muhimligi juda qadimdan ma‘lum. Aslida "integratsiya" so‗zi lug‗atda lotincha "tegragrac" so‗zidan olingan bo‗lib, qayta qurish, tiklash, to‗ldirish ("integr"— to‗liq, butun, yaxlit) degan ma‘noni anglatadi. Xususan Qo‗shchanov M.K.,AkobirovS.T.,Adxamova N.A va b. "Ruscha o‗zbekcha lug‗at"ida (1983) "integratsiya" -boģ‗langan xolda rivojlantirish, "integrirovat — bir butun qilib birlashtirmoq, yaxlit xolga keltirmoq— deb bayon qilingan. Binobarin integratsiya deganda, aloxida elementlarini yig‘ib. ularni birlashtirish, yaxlit xolga keltirish deb tushunish mumkin. SHuningdek, ko‗pchilik olim va metodistlar integratsiya muammosining mazmun moxiyatini aniqlash bo‗yicha fikr berganlar. Hozirgi kunda "integratsiya" tushunchasining aniq ta‘rifi, metodik adabiyotlarda, bumuammo bo‗yicha shug‗ullangan olimlar tomonidan bir —biriga yaqin bo‗lgan ta‘riflarda berilgan.Xususan N.S.Svetlovskaya integratsiyani "aniqlangan bir jinsli elementning turli birlikda bo‗lgan bir nechta bo‗laklaridan yangi butun narsani (o‗quvpredmetlari, faoliyat turlarini) yaratish, keyin esa, bu element bo‗laklarini ilgari mavjud bo‗lmagan alohida yaxlit sifatga birlashtirish" deb tushunadi. Va, u integratsiya bir nechta o‘quv predmeti materiallarini, metodikaning vazifasi va yagona maqsadiga tabiiy bo‘ysundirish asosida tuzish usuli - deb ta‘riflaydi.L.N.Bakareva "integratsiya" tushunchasini shunga o‗xshash talqin qiladi. U integratsiyani fanlarni aloqasi va yaqinlashishi sifatida ochib beradi. "Integratsiya-fanlararo aloqa, o‘qitishni yangi sifat darajaga ko‘taruvchi, ya’ni bir butun "bilimlar monoliti" ni yaratishga imkon beruvchi vosita" debta‘rif beradi.YU.M.Kolyaginning fikriga ko‗ra, "integratsiya" tushunchasini ikki xilma‘noda anglash mumkin. Birinchisiga ko‗ra, "integrapiya" — deganda, atrof muxit haqida yaxlit tasavvurni yaratish (bu yerda integratsiya, o‗qitish maqsadi sifatida qaraladi). Ikkinchisiga ko‗ra, integratsiya- o‗qitish vositasi sifatida qaralib, predmetlardagi bilimlarni yaqinlashtiruvchi umumiy platformani topish vositasi sifatida). Integratsiya ta’riflari "Integratsiya"—bir nechta o‗quv predmeti materiallarini, metodikaning vazifasi va yagona maqsadiga tabiiy bo‗ysundirish asosida tuzish usuli N.S.Svetlovskaya."Integratsiya"-fanlararo aloqa, o‘rnatishning yangi sifati darajasiga ko‘taruvchi, bir butun bilimlar "monoliti"ni yaratishga imkon beruvchi vosita L.N.Bakareva. "Integratsiya" predmetlararo bog‗lanishning eng yuqori darajasi, umummetodologik prinsiplar asosida muammoni kompleks o‗rganish yo‘li LT.Tarasov.'Ingegratsiya"-atrof-muxitni, yahlit tasavvurni, predmetlardagi bilimlarni yaqinlashtiruvchi umumiy platformani topuvchi vosita. YU. M.Kolyagin. Insoniyat tarixiga, jumladan fan tarixiga nazar tashlasak, fanlar kishilarning amaliy ehtiyojlari tufayli yuzaga kelib so‗ngra "shoxlab" o‗sib rivojlana borgan, vaqt o‗tishi bilan fanlarning defferensiyasi-tarmoqlanishi yuzaga kelgan. Inson ongining rivojlanishi, aql tafakkuri bilimlarga umumlashtirish ko‗zi bilan qaragan. Integrallash qomusiy ajdodlarimiz Zardo‗shtiy, Aristotel, Muso al-Xorazmiy, al-Farobiy, Axmad al-Farg‗oniy, Abu Rayxon Beruniy, Ulug‗bek kabi o‗nlab ma‘naviy yuksalish davrini daholarining g‗oyalarida yuzaga kelgan."Integratsiya" tushunchasi bevosita XVIII asrlarda G.Spenser tomonidan o‗zqo‗lyozmalarida qo‗llanilgan. Integratsiya tushunchasining mazmuni keng qamrovli bo‗lib, koinotdagi jismlararo mujassamlashuvdan tortib, fanlararo bilimlarning integratsiyalashuvigacha ob‘ektiv tarzda qaraladi.Tadqiq etilayotgan ob‘ektni integrativ xolda o‗rganish, ob‘ektni xar tomonlama aloqalar, munosabatlar jihatlarini mukammal bilishga imkon beradi.Ilmiy nuqtai nazardan qaraganda, integratsiyaning asosini olamning yaxlitligi uni tashkil etuvchi elementlarning o‗zaro aloqadorligi, o‗zaro munosabatlari tashkil etadi.Pedagogik, ta‘limiy jixatdan esa integratsiya, uzviylik, fanlararo va o‗zaro aloqadorlikni ifodalaydi. U o‗zaro bir—birini to‗ldiruvchi, kengaytiruvchi, chuqurlashtiruvchi vosita sifatida xizmat qiladiO‗quv predmetlari mazmunining, eng kamida, DTS darajasida sintezlovchi, mantiqan tugallangan natijasi xisoblanadi.Integrativ yondashuv, o‗rganilayotgan ob‘ektni yaxlit tizim shaklida, xar tomonlama aloqadorlik nuqtai nazardan o‗rganishni talab etadi.O‗tmishdagi ko‗pgina allomalar, o‗z asarlarida Koinot, Yer, o‗simlik, inson va hayvoalarning tuzilishi, yashash sharoiti bir—biriga bog‗liqligi haqida ma‘lumotlar keltirib integratsiyaning insonpavvarlik, ekologik aspektlariga alohida e‘tibor berishgan. Eramizdan oldingi VII —VI asrlarda yashab o‗tgan xorazmlik Zardo‗sht "Avesto" kitobida Koinotning insoniyatga ta‘sirini, ona zaminni undagi suv, tuproq, havoni asrash to‗g‗risidagi fikrlari ular haqidagi hozirgi zamon tasavvurlari uchun ham qimmatlidir. Jumladan, buyuk alloma Muxammad al—Xorazmiyning "Kitob surat—al—arz" asarida, yerning asosiy boyliklari, ulardan oqilona foydalanish kerakligi, inson sog‗ligi tabiat bilan bog‗liqligi to‗g‗risidagi muxim ekologik muammolar haqida yaxshi ma‘lumotlar berilgan.Abu Rayxon Beruniy o‗zining "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida, insonning egallashi lozim bo‗lgan tarix, handasa, riyoziyot, falakiyot, falsafa fanlarining ahamiyatini, "Saydana" asarida, borliqni o‗rganishda, ularningob‘ektlarining o‗zaro aloqasi xaqida malumotlar keltirib o‗tgan.Mir Alisher Navoiy asarlarida xam inson, har tomonlama bilimga ega bo‗lib, tabiatga ongli munosabatda bo‗lishi kerakligi ko‗rsatib o‗tilgan. Uning 1484 yilda yozgan "Sab‘ai sayyor" (Yetti sayyora) dostonida osmondagi yetti sayyoraga bog‗liq holda haftaning yetti kunining kelib chiqishining tarixi, tabiat bilan insonlar o‗rtasidagi muvozanatning buzilishi, asarning bosh qaxromoni— Bahromdek har tomonlama yetuk bilimga ega bo‗lmasa, yomon oqibatlarga olib kelishi qayd qilingan.Fan va texnikaning rivojlanishi, hosilaviy fanlar sonining ko‗payishiga, axborotlar hajmining keskin ortishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, XX asrga kelib, fanlardagi differensiyalashuv — tabaqalashtirilish ta‘limda o‗quvchi va talabalarni 2O'quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. Ma'lumki, bilish faoliyatining sub'yekti o'quvchi sanaladi. Shu bois ijtimoiy- pedagogik asoslarga ega ta'lim markazida uning shaxsi, ongi, ham o'rganilayotgan olamga, ham bilish faoliyatidagi hamkorlariga: o'quvchilar va uning ta'lim olishini tashkil etuvchi va yo'naltiruvchi o'qituvchilar munosabati yotadi. Bu masala barcha davrlarda birdek ahamiyat kasb etib kelgan. Ta'limda o'quvchilarning faoliyati haqida gap borganda o'quvchining bilish faolligi tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi. O'kuvchining bilish faolligi uning bilish jarayonidagi intellektual mulohazasida, umumiy va alohida topshiriqlarni bajarishida namoyon bo'ladi. Bu xususiyatlar o'quvchilarning faqatgina yuqori darajadagi bilim olishini kafolatlab qolmay, balki uning hayotiy faoliyati, ya' ni o'quvchi shaxsining shakllanishi, uning amaliyotga, hayotga bo'lgan faol munosabati uchun harakterlidir. Shu sababli bilish faolligini oshirish insonning faol hayotiy qarashlarini shakllantirish deb bemalol aytish mumkin. O'quvchining bilish faoliyatining yana bir farqli xususiyati uning kechish xarakteridir. O'quvchining bilish faoliyati maqsadi ham, mazmuni ham, usullari ham dasturga kiritilganligi bois, o'quvchi jalb etilayotgan ta'lim jarayoni turlicha kechishi; sub'yekt (o'quvchi) kuchi faolligi, mustaqilligi, turlicha sarf etilishi bilan borishi mumkin. Ayrim hollarda uning jarayoni taqlidiy reproduktuv, boshqalarda izlanishli, uchinchisida ijodiy xarakterga ega bo'lishi mumkin. Aynan faoliyat jarayonining kechish xarakteri uning oxirgi natijasi egallangan bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalari xarakteriga ta'siretadi. O'quvchining bilishi xuddi etuk ilmiy bilish yo'li kabi haqiqat o'qituvchi tomonidan fandagi faktlar, ilmiy kashfiyotlarni o'rganish ularning tarixiy yo'lini o'zlashtirish yordamida kechadi. Insonning asl ijtimoiy mulki sifatida faoliyatining muhim belgisi faoliyat sub'yektining atrof-muhit bilan o'zaro ta'siri va muhim boyliklar yaratuvchi faoliyatining qayta yaratuvchi xarakteridir. O'quvchilarning ta'limmuassasasidagi bilish faoliyatining xarakteri shundaki, uning natijasi hamma vaqt ham moddiylashgan mahsulga ega emas va o'quvchining o'zi hamma vaqt ham his etmaydi - javobi uchun yomon baho olgan o'quvchining xafa bo'lib, "men o'qidim, o'rgandim! Adolatdan emas" degan fikrni qat'iy takrorlashi bejiz emas. Bilishga qiziqish o'qishning eng muhim va eng qimmatli motivi sifatida bolani maktabga, darslarga, o'z bilish faoliyatiga nisbatan ijodiy munosabatiga ko'maklashadi. O'quvchilarning bilishga qiziqishi motiv sifatida rivojlanishi o'ziga xos uzoq yo'liga ega bo'lishi mumkin. Ayrim o'quv- harakatlari ta'sirchisidan to butun faoliyatning ustuvor motivigacha. Hatto o'qishning etakchi motivlaridan biriga aylanib, qiziqish shaxsning ma'naviy boyishiga ko'maklashuvchi umumiy yo'nalganligining ahamiyatli qismiga aylanishi mumkin. Har qanday motiv singari bilishga qiziqish ajralgan holda rivojlanmaydi, uning tiklanishi boshqa motivlar (axloqiy, ijtimoiy, o'quv va h.k.) bilan birga kechadiki, qiziqish ular bilan boyiydi va ularga ijobiy ta'sir etadi. Ma'lumki, o'quv jarayoni modeli o'zida uch tarkibiy qismni aks ettiradi: o'qituvchi faoliyati, o'quvchi faoliyati hamda o'qituvchi va ta'lim oluvchilarning jadal o'zaro faoliyati. O'qituvchining o'quvchilar bilan o'zaro harakatini konstruktiv pedagogika nuqtai nazaridan qator belgilariga ko'ra tasnif etish mumkin: yo'nalganligiga ko'ra (qayta aloqalar bilan yoki qayta aloqalarsiz); axborot jarayonining turiga ko'ra (o'zaro harakatni tashkil etishda axborot jarayonining yo'nalganlik darajasi); boshqarish va axborotlarni uzatish vositalari turiga ko'ra. O'quvchilar bilimlarni o'zlashtirish jarayonida turli darajadagi faollikni namoyon etishadi. Ana shu sababli, o'quvchilarga bilimlarni sust ravishda qabul qiladi kabi nuqtai nazardan qarash to'g'ri bo'lmaydi. Shu sababli bilish faoliyatiga quyidagicha yondashish zarur: o'quv faoliyatining inkor etilmagan tavsifi asosida unga munosabat o'zgaradigan bilishning quyi darajasi; quyidan mo'tadillashgan bosqichga o'tish sifatidagi vaziyatli faoliyat; o'quv jarayonida ijro etuvchilik faoliyati; o'quvchining sub'yektiv nuqtai nazarini maksimal darajada ochishga imkon beruvchi ijodiylik. Yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, bilish faolligi ko'rsatkichi sifatida mo'tadillik, ishtiyoq, o'rganishning anglanganligi, ijodiy namoyon bo'lishi, nostandart o'quv vaziyatlaridagi xulq-atvor, o'quv vazifasini hal etishdagi mustaqillik va boshqalarni aytib o' tish mumkin (4-rasm). O'quvchilarning o'quv jarayonidagi ishtiroki va faolligining namoyon bo'lishi - bu rivojlanib boruvchi, o'zgaruvchan jarayon. O'qituvchi yordamida o'quvchilarning bilish faolligi quyi darajadan vaziyatli-faollikka, undan faol ijrochilikka o'tib boradi. Ko'p jihatdan o'quvchining bilish faolligi ijodiylik darajasiga ko'tarilishi yoki ko'tarilmasdan qolishi o'qituvchiga bog'liq. 4-rasm. O'quvchilarning bilish faoliyati ko'rsatkichlari Didaktlaming ishlarida shu narsa yaqqol ko'rinadiki, o'quv jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar orasidagi munosabat sub'yekt-sub'yekt tavsifiga ega bo'lishi zarur. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, ta'lim - bu keng tarzda sotsiumning bo'lajak a'zosini umumiy mehnat, hamkorlikka o'rgatish uchun zarur bo'lgan birgalikdagi faoliyat. Hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlash nuqtai nazaridan zamonaviy ta'lim jarayonini ko'rib chiqish asosida o'quvchilarning rollar orqali namoyon bo'lishi quyidagicha ko'rinish kasb etadi: o o'quv jarayoni bilan dastlab tanishishda tomoshabin, kuzatuvchi; o guruhli faoliyatning ishtirokchisi; o namuna bo'yicha uy vazifasini mustaqil bajargandan so'ng faoliyat egasi; o faoliyatning shaxsiy namunasini yaratishda faoliyat egasi + fikr egasi; o o'z faoliyati natijasida yuzaga keladigan o'z-o'zining faoliyati egasi. 7. Ta'lim qonuniyatlari va tamoyillari. Pedagogikada qonuniyatlar - bu qonunlarning aniq sharoitldaridagi harakat ifodasi. Ularning asosiy xususiyati qonuniyatlar pedagogikada ehtimoliy-statistik xarakter berishida aks etadi, qonunlarni esa ta'lim jarayonida amalga oshirishni hamma holatlarda ham aniq ko'rib bo'lmaydi. Ta'lim jarayonining tarkibiy qismlari orasidagi ob'yektiv, mavjud, barqaror, takrorlanuvchi aloqadorlik ta'lim qonuniyati deb ataladi. Ta'limninig umumiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi: ta'limning maqsadi jamiyatning rivojlanish sur'ati va darajasi; jamiyatning talablari va imkoniyatlari; pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari bilan bog'liqlikda aniqlashtiriladi; ta'lim mazmunini belgilashda ta'limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari; ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur'ati; o'quvchilarning yoshi imkoniyatlari; ta'lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasiga asoslaniladi; ta'limning sifati avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan natijalar; o'rganilayotgan material xususiyati va hajmi; o'quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta'sir ko'rsatish: o'quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta'lim vaqtiga bog'liq; ta'lim metodlari samaradorligi ta'lim maqsadiga; o'quvchilarning yoshi, ta'lim olish imkoniyatlariga; ta'lim muassasasining moddiy-texnik ta'minotiga bog'liq; ta'limni boshqarish samaradorligi ta'lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va korrektsiyaga, ta'sir ko'rsatishning asoslanganligiga bog'liq; ta'limda rag'batlantirish samaradorligi ichki va tashqi stimullarning o'zaro uyg'unligiga bog'liq. Shuningdek, pedagogikada ta' limning xususiy qonuniyatlari ham mavjud: gnoseologik: ta'lim natijalari o'quvchilarning o'zlashtirish ko'nikmalariga; ta'lim samaradorligi o'quvchilarning o'quv faoliyati hajmiga; bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirish samaradorligi ularning amalda qo'llanilishiga; o'quvchilarning aqliy rivojlanishi o'zaro aloqador bilim, ko'nikma va malakalarning o'zlashtirilish hajmiga to'g'ridan to'g'ri bog'liq; psixologik: ta'lim samaradorligi o'quvchilaming o'quv faoliyatiga qiziqishiga; fikrlash darajasi, kuchi, jadalligi va o'ziga xosligiga; xotiraning rivojlanganlik darajasiga; bilish faolligi darajasiga bevosita bog'liq; kibernetik: ta'lim samaradorligi qayta aloqalarning tezligi va hajmiga; bilimlarning sifati nazoratning to'g'ri olib borilishiga; ta'lim sifati o'quv jarayonini boshqarish sifatiga; boshqaruvning samaradorligi boshqaruvga doir axborotlarning soni va sifatiga bevosita bog'liq; sotsiologik: individning rivojlanishi u bevosita va bilvosita muloqotda bo'ladigan individlarning rivojlanishiga; ta'lim samaradorligi "intellektual muhit"ning mavjud holatiga, o'zaro bir-biriga o'rgatishning jadalligiga; o'qituvchi va o'quvchilar muloqotining sifatiga bevosita bog' liq; tashkiliy: ta'lim natijasi o'quvchining o'quv mehnatiga, o'zining o'quv majburiyatlariga munosabatiga; o'quvchining ishchanlik qobiliyatiga; o'quvchilarning aqliy faolligini oshirish o'quv mashg'uloti jadvalining tuzilishi, unda jismoniy tarbiya va mehnat mashg'ulotlarining joylashtirilishiga bevosita bog'liq. Ta'limning xususiy qoniniyatlariga gnoseologik, psixologik, kibernetik, sotsiologik, tashkiliy qonuniyatlar kiradi. Ta'lim tamoyillari. Ta'lim qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadi. Ta'lim yamoyillari o'quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilab beruvchi boshlang'ich qoidalardir. Ta'lim tamoyillarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: ta'limning mazmunga aloqador va tashkiliy-metodik tamoyillari. Ta'lim mazmuniga aloqador tamoyillarga quyidagilar kiradi: insonparvarlashtirish; tabiat bilan uyg'unlik; madaniyat bilan uyg'unlik; ilmiylik; ta'limning fundamentalligi va amaliy yo'nalganligi; ta'lim va tarbiyaning uyg'unligi. Ta'limni insonparvarlashtirish - uning mazmuni, tamoyillari, shakl va metodlarini yangilash, ularning o'zaro aloqasi va birligini ta'minlash orqali shaxsni har tomonlama shakllantirish va rivojlantirishga yunaltirishdir. Shaxsning rivojlanishi va o'quvchilarning ijtimoiy ahamiyatga ega sifat va qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ta'limning insonparvarlik mazmuniga yaqinlashish, ularni hayotda faol ishtirok etishga jalb etish, uning bilish bilan qo'shiluvi va madaniyatni o'zlashtirishi hamma-hammasi so'nggi yillarda sezilarli shakllandi. Mazkur yo'nalishda so'nggi yillarda tarbiyalanuvchilar ongidagi aldam-qaldamlik, ularning xulq-atvorini haddan tashqari qat' iy belgilash, ularga qattiq ta'sir etish, tanqidiy fikrlash tarziga ega bo'lmagan qarashlardan voz kechish yordamida ko'plab innovatsiyalar yo'naltirildi. Bunday aqidaparastlikka qarama-qarshi o'laroq, milliy va chet el pedagogikasida tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilishga yo'naltirilgan, unda mustaqillikni shakllantiruvchi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar orasida insonparvar, ishonchga asoslangan munosabatlarni tarkib toptirish qoidalaridan foydalanish, "ta'limni insonparvarlashtirish", ya'ni insonparvarlik tamoyili yuzaga chiqadi. Bunday asosga qurilgan ta'lim esa, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim deb nomlanadi. Ta'limning tabiat bilan uyg'unligi tamoyili. Ya.A.Komenskiy tomonidan fanga kiritilgan bo'lib, tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta'lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligi g'oyasiga asoslanadi. O'quvchilarga ularning yosh davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi ushbu bilimlarning ular uchun tushunarli bo'lishini ta'minlaydi. Umuman olganda, ta'lim jarayoni bolaning rivojlanishi, ya'ni tabiati bilan uyg'un bo'lishi lozim. 3Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, o’quvchi va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, isonparvarlik tuyg’ulari tizimi shakllantiriladi. Ma’lumotlilik asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan avtoritar va soxta tafakkur yuritish usulidan voz kechgan, sabr-bardoshli, qanoatli, o’zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxsiy sifatlarni shakllantirishni ko’zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning yechimi qaysidir darajada ta’limni texnologiyalashtirish bilan bog’liqdir. Dastlab "texnologiya" tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan - "texnos" (techne) - san’at, mahorat, hunar va "logos" (logos) - fan so’zlaridan tashkil topib "hunar fani" ma’nosini anglatadi. Biroq, bu ifoda ham, zamonaviy texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon, har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda, operatsiyalarning muayyan ketma-ketlikda bajarilishni ko’zda tutadi. Aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon - bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi mashina)ning faoliyatidir. Ana shu ta’rifni tadqiqot mavzusiga o’giradigan bo’lsak, ya’ni: Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning ta’lim-tarbiya vositalari yordamida o’quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxsiy sifatlarni shakllantirish jarayonidir. Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki, pedagogik texnologiya tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham, bu tushunchaga berilgan ta’riflar pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Pedagogik adabiyotlarda "texnologiya" atamasining xilma-xil ko’rinishlarini uchratish mumkin: "o’qitish texnologiyasi", "ta’limli texnologiya", "ma’lumot texnologiyasi", "o’quv jarayoni texnologiyasi" va hokazo. O’qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyaga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir qatorda turadi. Pedagogik texnologiya esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va "o’qituvchi - pedagogik jarayon o’quvchi (talaba)" funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi. Alohida qayt etib o’tish joizki, ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy-g’oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas. Pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar berilgan. Yuqorida qayd etilganidek, pedagogik texnologiya nazariyasi o’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo’lsa-da, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” deya ta’riflaydi hamda asosiy diqqatni o’quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi. N.F.Talzina esa pedagogik texnologiyaning “fan va amaliyot oralig’ida muayyan tamoyillarni olg’a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi, ularni izchil qo’llash kabi masalalarni hal etishga yo’naltirilgan mustaqil fan” bo’lishi lozimligini qayd etadi va hokazo. 2. Pedagogik texnologiyaning ta’riflari.Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan iborat. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi.Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bo’lib, har bir ta’rif ma’lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va ularning sharxlarini ko’rib chiqamiz.Pedagogik texologiya-barkamol insonni shakllantirish faoliyati.Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan usullar, yo’llar yig’indisi (Izohli lug’at).Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o’zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig’indisi (V.M.SHepel).Pedagogik texnologiya – o’qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo’llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig’indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev).Pedagogik texnologiya-o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan xolda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir (V.B.Bespalьko).Pedagogik texnologiya-ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti (I.P.Volkov)Pedagogik texnologiya-o’quv jarayonining o’quvchilar va o’qituvchi uchun so’zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha hamma detallari o’ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M.Monaxov).Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi o’qitish va bilimlarni o’zlashtirishning xamma jarayonlarini yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli metodi (YuNESKO).Pedagogik texnologiya-bu o’qitishga o’ziga xos yangicha (innovatsion) yondoshuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalashi, texnokatik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko’chirilgan tasviri, ta’lim jarayoning muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman).O’qituvchining o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchilarga muayya sharoitva izchillikda ta’sir ko’rsatish hamda mazkur faoliyatning mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayoni (N.Saidahmedov).Yuqorida keltirilgan ayrim ta’riflarning o’zaro har xilligidan ko’rinadiki, pedagogik texnologiya tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, unga pedagogik, psixologik, didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai nazalardan yondashish mumkin.Pedagogik texnologiya-axborotlarni o’zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog’liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o’rgatish jarayonidan iborat.Pedagogik texnologiya-ta’lim metodlari, usullari, yo’llari hamda tarbiyaviy vositalar yig’indisi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalari majmuidir.Pedagogik texnologiya-ma’lumotlarni o’zlashtirish uchun qulay shakl va usulda uzatish va o’zlashtirish jarayonidan iborat.Demak, pedagogik texnologiya-insonga (ta’lim-tarbiya oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bo’yicha ta’sir o’tkazish faoliyatidan iborat.Pedagogik texnologiya o’quvchini mustaqil o’qishga, bilim olishga, fikrlashga o’rgatishni kafolatlaydigan jarayondir. Xulosa. Pedagogik texnologiya jarayonida o’qituvchi rahbarligida o’quvchi mustaqil ravishda bilim oladi, o’rganadi, o’zlashtiradi.Bu faoliyatni amalga oshirish uni tashkil qilish, olib borish, takomillashtirish, tahlil qilish, tadqiq qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, boshqarish, nazorat, baholash kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi. Download 66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling