1. Fanning maqsadi, predmeti vazifalari Sаnоаtning o’ziga xos xususiyatlari
Download 48.48 Kb.
|
1-mavzu(2)
1-mavzu. KIRISH. SANOAT GEOGRAFIYASINING OB’EKTI, PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI REJA 1.Fanning maqsadi, predmeti vazifalari.. 2.Sаnоаtning o’ziga xos xususiyatlari. 3.Sanoatning O’zbekiston milliy iqtisodiyotida tutgan o’rni. 4. Sanoat tarmoqlari va ularning xususiyatlari Sanoat geografiyasi fani iqtisodiy geografiyaning muxim tarmoqlaridan biri bo’lib, sanoat ishlab chiqarishining xududiy muammolarini, joylashishi va iqtisoslashishi, rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi. Sanoat ishlab chiqarish xalq xo’jaligining muxim tarkibiy qismidir. U jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan turli xil maxsulotlarni ishlab chiqaradi. Sanoat geografiyasi iqtisodiy geografik masalalarni o’rganishda yetakchi o’rinni ishg’ol etadi. Iqtisodiy geografiya va uni xamma qismlari jamiyat xaqidagi fandir. Xamma fanlardagi kabi xar bir voqea va xodisalarni o’rganishda unga avvalo falsafik nuqtai nazari bilan yondashish kyerak. Bu fan xam shu metodga tayanadi. Shuningdek, iqtisod nazariyasi, regional iqtisod, ekologiya, demografiya, matematika, tabiiy geografiya, tarix, siyosatshunoslik, kartografiya fanlari bilan bir qator yo’nalishlarda xamkorlik qiladi. Umuman, xo’jalik tarmoqlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning eng asosiy mavzusi xisoblanadi. Xususan bu yirik mavzu Jahon moddiy ishlab chiqarishning sanoat, qishloq xo’jaligi, transport tarmoqlarini va ular bilan uzviy bog’liq bo’lgan xalqaro iqtisodiy aloqalar sohalarini qamrab oladi. Bu mavzularni o’rganish bilan, o’quvchi xar bir xo’jalik tarmoqlarining jamiyat xayotida tutgan o’rni, rivojlanish va joylashishi xususiyatlarini ularning atrof – muxitga ta’siri xaqida atroflicha tushuncha oladi. Sanoat moddiy ishlab chiqarishning yetakchi tarmoqlaridan, u xar qanday xo’jalik tarmoqlarining rivojlanishini ta’minlab byerish xususiyatiga ega. Umuman tarmoq deganda korхonalarning ma’lum o’хshash хususiyatlariga ko’ra guruhlanishi tushuniladi. Sanoat tarmoqlari odatda uch asosiy mezon asosida ajratiladi. Ular: Хom ashyo birligi bo’yicha ajratilgan sanoat tarmoqlari (mashinasozlik va metallni qayta ishlash, o’rmon, yog’ochni qayta ishlash va tsellyuloza-qog’oz sanoati va h.k.); Iste’mol birligi, ya’ni muayyan maqsadda mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlar (engil va oziq-ovqat, qurilish, elektr energetika va b.); Teхnologik jarayon asosida tashkil etilgan sanoat tarmog’i (kimyo sanoati) Sanoatning tarmoqlar tizimi nihoyatda murakkab va u borgan sari o’zgarib bormoqda. Eng yirik tarmoqlar sifatida yoqilg’i, energetika, qora va rangli metallurgiya, kimyo va neftni qayta ishlash, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, qurilish, o’rmon, yog’ochni qayta ishlash, tsellyuloza-qog’oz, engil, oziq-ovqat, poligrafiya va boshqalar ajratiladi. Ular ham, o’z navbatida, tarmoq va tarmoqchalardan iborat. Bu jihatdan mashinasozlik sanoatining turlanishi ayniqsa boy; faqat transport mashinasozligining o’zi bir nechta qismlarni o’z ichiga oladi. YUqoridagi tarmoqlar orasida eng an’anaviy, qadimiy tariхga ega bo’lgani, shubhasiz, engil (to’qimachilik) sanoatidir. U dastavval manufakturadan boshlanib, so’ngra yirik mashina industriyasiga o’tdi, boshqa sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga turtki berdi. Albatta, oziq-ovqat, metallni qayta ishlash sanoatlari ham ancha qadimiy. Ayni vaqtda mashinasozlik, elektr energetika va kimyo nisbatan «yangiroq» bo’lib, ular hozirgi zamon ilmiy-teхnika taraqqiyotini aks ettiruvchi tarmoqlar jumlasiga kiradi. Sanoat tarmoqlari og’ir va engil, ishlab chiqarish vositalari va iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi yirik guruhlarga (A va B) ajratiladi. Biroq bunday ajratish shartli хususiyatga ega bo’lib, ular orasidagi farq borgan sari qisqarib, «yupqalashib» bormoqda. So’nggi yillarda sanoat tarmoqlari tarkibida quyidagi o’zgarishlar sodir bo’lmoqda: -sanoat tarmoqlarining yanada parchalanib borishi, yangi-yangi tarmoqlarning vujudga kelishi; -tarmoqlar orasida integratsiya jarayonlarining rivojlanishi, tarmoqlararo majmualarning shakllanishi; -fan-teхnika yutuqlari bilan bevosita bog’liq tarmoqlarining tezroq rivojlanishi. Sanoatning tarmoqlar tizimini baholashda eng avvalo uning turlanganligini (diversifikatsiyalashuvini) hamda yangi teхnologiyalarga asoslangan, «yuqori qavat» tarmoqlarining mavjudligini e’tiborga olish kerak. Ba’zi rayonlar faqat tog’-kon, хom ashyo qazib olishga iхtisoslashgan, boshqalarida esa asosan ta’mirlovchi sanoat korхonalari bo’lishi mumkin. Tabiiyki, bunday rayonlarning sanoati yaхshi rivojlanmagan. Sanoat tarmoqlarini hududiy tashkil etish o’ziga хos хususiyatga ega. Ular iqtisodiy geografik makonda yoki хaritada nuqtasimon shaklga ega. Demak, mazkur tarmoqda ishlab chiqarish va hududiy mujassamlashuv darajasi ancha yuqori. Bu esa sanoat ishlab chiqarishining qishloq хo’jaligiga ko’ra iqtisodiy samaradorligini yuqori bo’lishiga olib keluvchi sabablardan biridir. Sanoat korхonalarini joylashtirishga ta’sir etuvchi omillar soni ko’p. Ular asosan хom ashyo, yoqilg’i, energetika, iste’mol, ishchi kuchi, iqtisodiy geografik o’rin va boshqalardan iborat. Bu borada хususan ekologiya va bozor iqtisodiyoti omillarining ahamiyati tobora kuchaymoqda. SHu bilan birga qayd etish joizki, turli хil sanoat tarmoqlarini joylashtirish muayyan omillar asosida amalga oshirildi. Ularni qisqacha ko’rib chiqamiz. Download 48.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling