1. Fanning maqsadi va vazifalari Mamalakatimizda oziq-ovqat sanoati


Download 22.48 Kb.
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi22.48 Kb.
#1476289
  1   2
Bog'liq
1-maruza


1-ma’ruza. 60720700 - Oziq-ovqat sanoati texnologik mashina va jihozlari ixtisosliklari bo’yicha fanlar tizimi
Reja:
1. Fanning maqsadi va vazifalari
2. Mamalakatimizda oziq-ovqat sanoati
3.Oziq-ovqat sanoati texnologik mashina va jihozlar ixtisosliklari bo’yicha fanlar tizimi.

Fanni o‘qitishdan maqsad- talabalarni tanlagan ixtisosliklari, hamda kelgusida ular ishlaydigan tarmoqning kelajagi bilan tanishtirishdir. Undan tashqari fanning maqsadi talabalarni institut sharoitlariga hamda institutni faol hayotiga tezroq o‘tishiga ko‘maklashishdir.
Fanning vazifasi-talabalarda kelajakda egallaydigan ixtisosligiga qiziqish uyg‘otish va ularni institutda yaxshi o‘qishga yo‘naltirish. Fanning asosiy maqsadlaridan biri- talabalarga oliy texnik ta’limni asosiy vazifasi va maqsadini, mutahassislarni tarmoqda tutgan o‘rnini tushuntirishdir.
Mamalakatimizda oziq-ovqat sanoati- Dunyoning xar bir mamlakati o‘zining saloxiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda o‘z xalqini turli tuman xildagi va assortimentdagi oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqaradi va taʼminlaydi.O‘zbekistonda xam qadim-qadimdan zamon va makon talablaridan kelib chiqqan xolda oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarilgan xamda xalqimizga uning isteʼmoli uchun tuxfa qilingan.
Oziq-ovqat maxsulotlari xillari va asartimentlarini tayorlashda va isteʼmolga yo‘naltirishda asosiy xom-ashyo va resurslar bazasi qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan turli xil o‘simlik va xayvon xom-ashyolari va resurslari xisoblanadi
Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan o‘simliklar qishloq xo‘jaligi yerlarida yetishtirilgan yoki tabiatda o‘sadigan o‘simliklar va xayvonot organizmlaridan tayyorlangan xom-ashyo va resurslari xamda kimyoviy sintez orqali olingan o‘simlik xayvonot xom-ashyolaridan va minerallardan olinadigan kimyoviy moddalarni analoglari ( o‘xshashliklari ) xisoblanadi
Bugungi kunda mamlakatimizda 10 mingga yaqin oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 18 foizdan ko‘proqni tashkil qiladi. Bunda oziq-ovqat bozorining asosiy ishtirokchilari bo‘lgan “O‘zbekoziqovqatxolding”, “O‘zdonmahsulot”, “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyalari, shuningdek, xususiy ishlab chiqarish sub'yektlarining salmoqli hissasi bor.
Xususan, “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi sohani o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, amaliyotga xom ashyoni chuqur qayta ishlaydigan so‘nggi texnologiyalarni kengroq joriy etish bo‘yicha samarali ish olib bormoqda. Bugungi kunda uning tarkibida turli mulkchilik shaklidagi 300 dan ortiq korxonalar faoliyat yuritayapti. Meva-sabzavot, go‘sht, sut, qandolat mahsulotlari, chanqovbosdi ichimliklar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan mazkur sub'yektlar orasida “Nestle”, “Koka-Kola”, “Pepsi” va dunyoga mashhur boshqa kompaniyalarning shu'ba korxonalari ham borligi diqqatga sazovor.

Download 22.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling