1. Fermentlar injenerligining asosiy vazifalari Tozalanmagan, kompleks ferment preparatlarining olinishi


Download 69.35 Kb.
bet8/11
Sana10.11.2023
Hajmi69.35 Kb.
#1761557
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fermentlar injenerligi

Affinli xromatografiya usali. Bu usul oqsil va fermentlarni tozalash va ajratishning adsorbsiya hodisasiga asoslangan usullari orasida alohida o'rinni egallaydi. Ko'pincha uni affinli xroma­tografiya yoki bioaffinli yoki bo'imasa, biospetsifik xromatografiya deyiladi.
Ma'lumki, barcha biologik faol birikmalar, xususan, fermentlar ham ligandlaryoki affinli ligandlar deb nomlanadigan birikmalarga maxsus bog'lanish xususiyatiariga egadir. Agarda shunday ligand-larni inert matritsaga kovalcnt bog'lasa faqat kerakli fermentni ushlovchi va qolgan oqsil va moddalarni o'tkazib yuboruvchi maxsus adsorbentni olish mumkin.
Maxsus yuvuvchilardan yoki jarayon sharoitlarining farqi asosida, ligandni fcrmenlga bo'lgan xususiyatini o'zgartirish yo'li bilan oqsilni desorbsiyaga uchratib, tozalash natijasida yuqori tozalikka ega bo'lgan fermentni ajratib olish mumkin bo'ladi. Lekin ligand va uni ushlab turuvchini tanlash juda qiyin vazifadir. Ko'p-chilik hollarda affinli adsorbentlarni sintez qilishda tozalanayotgan fermentning xususiyatlarini e'tiborga olish kerak. Affinli xroma-tografiya uchun bar xil turdagi erimaydigan sorbentlardan foyda-laniladi, lekin eng ko'p tarqalgani ko'ndalang qilib ulangan agaroza donachalaridir. Ular yuqori bosimda o'z shaklini saqlaydi va bufer-iarni hamda erituvchilarni almashtirishga bardoshlidir.
Ligandlar esa matritsaga shunday bog'langan bo'lishi kerakki, oqsfflarhech qiyinchiliksiz ularga kelib bog'lanishi mumkin bo'lsin, buning uchun esa matritsa bilan ligand o'rtasida ko'prikcha bo'lishi kerak. Bulardan tashqari, ligand boshqa birikmalar bilan o'zaro bog'lanmasligi, faqat matritsaga bog'langan va yuvish, regeneratsiya jarayonlariga chidamli bo'Ushi shartdir.
Gelxromatografiya usuli. Gelfiltratsiya jarayonini amalga oshi-rish uchun dekstran asosida olingan gellardan foydalaniladi va ular yordamida o'lchamiga qarab har xil makromolekulalarni tez ajratish mumkin. Gel ochiq holdagi ko'ndalang tikilgan uch o'l-chamli molekula turi bo'lib, kolonkalarni oson to'ldirish uchun yumaloq donachalar (granula) ko'rinishida bo'ladi. Donachalarda kichik teshikchalar bo'Ub, ularga faqat juda kichik molekulali birik­malar kiradi va yirik molekulalar esa kirmaydi. Bu usul gellarning aynan shu xususiyatiga asoslangandir.
Bu usul fermcntlarni tozalash va ajratishda nafaqat laboratoriya, balki sanoat miqyosida ham keng qo'llaniladi. Gelfiltratsiya uchun ko'ndalang tikilgan dekstran (sefadekslar va'sefakrillar) gellaridan, ko'ndalang tikilgan poliakrilamid gellaridan (biogellar), akrilamid polimer zanjiri yopishtirilgan agaroza gellardan (ultragellar) va boshqa agaroza gellaridan foydalaniladi.
Kolonkada ferment eritmasining bir qismi gel donachalar ora-sida va bir qismi esa donachalarning teshikchalari ichida joylashadi. Gelfiltratsiya — bu tarqaluvchan xromatografiyaning bir shakli bo'lib, eritilgan moddalar eritmaning birmuncha yuzada joylashgan harakatchan va ichki tomonida joylashgan kam harakatli qismlarida tarqalgan bo'ladi. Kolonkada eritilgan moddaning ushlab qolinish darajasi uning gei teshikchalariga kira olish qobiliyatiga bog'liqdir. Shuning uchun gelfiltratsiya jarayonida kolonkadan awal yuqori molekulali moddalar va keyin esa kichik molekulalilari birin-ketin chiqa boshlaydi. Bunda gel molekulyar to'r vazifasini bajaradi. Bu jarayon ideal ravishda olib borilishi uchun gel tayyorlangan material erigan birikmalar ta'siriga juda ham inert bo'lishi kerak. Afsuski, bugungi kunda ishlatilayotgan barcha gellar inert emas va ba'zan malum pH ko'rsatkichida ular so'rish (adsorbsiya qilish) qobiliyatjni namoyon qilishi mumkin, masalan, shunday gellarga sefakrilljirni kiritish mumkin. Gelfiltratsiya usuli bilan mayda gel donachalarida yuqori bosim ostida juda ko'p har xil moddalarning, shu jumladan, oqsillarning aralashmalari ajratilmoqda. Bu yangi, «yuqori bosim ostida suyuq xromatografiya uslubi» qisqa vaqt ichida fermentlarni yuqori darajada tozalash imkonini berdi va u ayniqsa fermcntlarni tozalashning oxirgi bosqichlarida juda katta samara bilan ishlab kelinmoqda.



Download 69.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling