1 fidic shartnomalarini fuqarolik-huquqiy tartibga solishning ayrim masalalari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/18
Sana24.12.2022
Hajmi0.67 Mb.
#1054333
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
FIDIC

 
 
15
 
“Engineer” degan subyekt ham mavjud. Bu atamani mutaxassislar “muhandis” – 
“loyiha rahbari” deb ham tarjima qilishadi
16
.
Ba’zi davlatlar qonunchiligida muhandislarning qurilish pudrat ishlarida 
ishtiroki maxsus normalar bilan mustahkamlangan. Masalan, Belarusiya Fuqarolik 
kodeksining 704-moddasiga binoan, buyurtmachi qurilish ustidan nazoratni amalga 
oshirish va pudratchi bilan munosabatlarda o‘z nomidan qaror qabul qilish uchun 
pudratchining roziligisiz tegishli muhandis (muhandislik tashkiloti) bilan bunday 
xizmatlarni taqdim etish to‘g‘risida shartnoma tuzishi mumkin
17

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 676-moddasiga ko‘ra,
buyurtmachi pudratchining faoliyatiga aralashmagan holda ish borishini va sifatini 
tekshirishga haqli. Biroq, FIDIC “Qizil kitobi”ning 16.2-bandida, Buyurtmachi
uning vakili – muhandis orqali, pudratchidan yetarlicha malakaga ega bo‘lmagan, 
o‘z ishini yetarli darajada bajara olmayotgan, mehnat yoki texnika xavfsizligini 
buzayotgan ishchini ish joyidan olib tashlashni talab qilishga haqli ekanligi ko‘zda 
tutilgan
18
. Nazarimizda, ikkinchi norma ishlar to‘g‘ri olib borishi ustidan kim 
nazorat olib bora olishi doirasini yanada aniqroq belgilab bermoqda, shuningdek, 
buyurtmachiga uning o‘zidan ko‘ra shu sohani mutaxassisi tomonidan ishlarni 
qanday ketayotganligini nazorat qilinish ko‘proq manfaatliroq bo‘lishi mumkin.
Bir qator xorijiy davlatlarda, xususan Belarusiya Respublikasida 
“Buyurtmachi va pudratchi o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlar, ularning roziligi 
bilan, qonun talablariga rioya qilish zarurligini hisobga olgan holda Xalqaro 
muhandis-maslahatchilar Federatsiyasining (FIDIC) xalqaro standart kontraktlarini 
16
Larisa Belorusova. «BRIDGE CONSULT» MCHJ direktori. FIDIC shartnomalari bo‘yicha mutaxassis (ish tajribasi 10 
yildan ortiq), nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha mustaqil adjyudikator (Adjudicator, DAB/DAAB), mustaqil 
mediator, yuridik konsultant, ISO standartlari bo‘yicha konsultant 
17
Гражданский Кодекс Республики Беларусь 218-З от 7.12.1998 г.
18
FIDIC shartnomalarini O‘zbekistonda tadbiq etishning o‘ziga xos xususiyatlari va muammolari. X.Jo‘rayev, 
B.Ochilov. Science and culture on the vision of young scientistsand leaders. Kokand.June26, 2020 



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling