1. Fiskal siyosatning asosiy maqsadi va vazifalari Fiskal siyosatning umumiy talabga tasir etish mexanizmi
-rasm. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi
Download 150.01 Kb.
|
FISKAL SIYOSAT SOLIQ BYUDJET KUR ISHI
2-rasm. Budjet taqchilligi va ortiqchaligiDavriy pasayish bosqichida soliqlar avtomatik pasayishi, davlat transfertlarining oshishi natijasida budjet taqchilligi kelib chiqadi. Davriy yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik ko‘payishi va davlat xarajatlarining kamayishi natijasida budjet ortiqchaligi paydo bo‘ladi. Davlat xarajatlari o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda ham budjet taqchilligi va ortiqchaligi mavjud bo‘lishi mumkin. Davriy taqchillik va ortiqchalik miqdorlari soliq va budjet funksiyalari grafiklarining «tikligiga» bog‘liq. Davriy pasayish sharoitida daromadlar pasayishi tufayli solik stavkalari pasayadi. Bu esa jami talabning oshishiga, ishlab chikarishni kengaytirishga ragbatni yuzaga kelishiga olib keladi. SHuningdek pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan ishsizlik nafakasi to`lovlari mikdori oshadi. Bu xolat xam jami talabni oshirib, jami taklif xajmini oshishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Iqtisodiy yuksalish davrida ortikcha talab iktisodiyotga inflyatsion ta`sir ko`rsatayotgan sharoitda daromadlar darajasi oshishi bilan soliklar stavkalari pasayadi va bu jami talabga cheklovchi ta`sir ko`rsatadi. Ayni paytda davlat xarajatlari (ishsizlarga nafakalar, davlat transfertlarining bir kancha turlar) xam pasayadi. Ammo nodiskret fiskal’ siyosat vositalari iktisodiy tebranishlarni to`lik yumshatish imkonini bermaydi va u diskret fiskal siyosat yuritishni inkor etmaydi. Iqtisodiyotning o`rnatilgan barkarorligi darajasi davriy byudjet takchilligi va ortikchaligi mikdorlariga boglik. Davriy takchillik (ortikchalik) iktisodiy faollik pasayishi (oshishi) sharoitida solik tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi) va davlat xarajatlarining avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga keladigan davlat byudjeti takchilligi (ortikchaligi)dir. Davriy pasayish boskichida soliklar avtomatik pasayishi, davlat transfertlarining oshishi natijasida byudjet takchilligi kelib chikadi. Davriy yuksalish boskichida soliklar avtomatik ko`payishi va davlat xarajatlarining kamayishi natijasida byudjet ortikchaligi paydo bo`ladi. Davlat xarajatlari o`zgarmas bo`lgan sharoitda xam byudjet takchilligi va ortikchaligi mavjud bo`lishi mumkin. Davriy takchillik va ortikchalik mikdorlari solik va byudjet funktsiyalari grafiklarining «tikligiga» boglik. Solik funktsiyasi T ning egilish burchagi chegaraviy solik stavkasi t ning mikdoriga boglik. t kancha yukori bo`lsa T chizigi shuncha tik bo`ladi. Davlat byudjetidan beriladigan transfertlar xajmi o`zgarishining daromadlar o`zgarishiga boglikligini xarakterlovchi γ koeffitsent kancha kichik bo`lsa, G chizigi xam shuncha tik bo`ladi. Demak daromad oshgani sari byudjetga solik to`lovlari oshaveradi, byudjetdan transfert to`lovlari esa kamayadi. Davlat xarajatlari daromadga boglik bo`lmagan o`zgarmas mikdor bo`lganda t kanchalik katta bo`lsa T chizigi shuncha tik va ikttisodiyotning o`rnatilgan barkarorligi darajasi xam shunchalik yukori bo`ladi. Ammo iktisodiy o`sishning ta`minlash vazifasi T va G chiziklarini yotikrok bo`lishini takozo etadi. O`rnatilgan barkarorlashtirgichlar muvozanatli YAMM xajmini , uning potentsial xajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to`lik tugatmaydi va ishlab chikarishning xar kanday darajasida mavjud bo`lishi mumkin. To`liq bandlikni ta`minlagan diskret fiskal’ siyosat yuritilishi natijasida davlat byudjetining tarkibiy takchilligi (ortikchaligi), ya`ni to`lik bandlik sharoitida byudjet xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) o`rtasidagi fark yuzaga keladi. Davriy takchillik ko`pincha davlat byudjetining xakikiy takchilligi va tarkibiy takchillik farki sifatida baxolanadi. Davlat byudjdeti kamomadini moliyalashtirish usullari: 1. Pul-kredit emissiyasi; 2. Davlat zayomlarini chikarish; 3. Davlat byudjetiga solik tushumlarini ko`paytirish. Davlat byudjeti kamomadi pul chikarish orkali koplanganda muomalada pul massasini ko`paytirish inflyatsiyaga olib keladi. Inflyatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo bo`ladi. YA`ni, solik to`lovchilar tomonidan davlatga to`laydigan soliklar to`lovini atayin kechiktirish xollari yuzaga keladi. Bu esa davlat byudjeti kamomadi oshishiga olib keladi. Byudjet takchilligi tufayli davlat xususiy ishlab chikaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib olsa-yu, lekin ular to`lovlarni kechiktirsa, xususiy ishlab chikaruvchilar o`z maxsulotlari narxlarini oldindan oshirib ko`yishadi. Bu esa inflyatsiyaning oshishiga olib keladi. Keyingi yillarda O`zbekiston Respublikasida solik stavkalarini pasayishi natijasida solik tushumlari kiskarishi tendentsiyasi saklanib koldi. 2004 yilda Davlat byudjeti daromadlari YAIMga 23,7%ni tashkil etdi, bu esa 2003-yilga nisbatan 0,5 foizga,2000 yilga nisbatan 4,8 foizga kamdir (5—jadval). Bu esa iktisodiyotga solik yukining izchil kamayayotganligidan dalolat beradi. Download 150.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling