1. Fitopatologiya fanining taraqqiyoti Respublikamizda fitopatologiya fanini rivojlanishi


Download 0.76 Mb.
bet1/3
Sana09.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1696515
  1   2   3
Bog'liq
fitopatologiya fanining rivojlanish


Mavzu: Umumiy fitopatologiya faninig maqsadi va vazifalari


Reja:


1.Fitopatologiya fanining taraqqiyoti
2. Respublikamizda fitopatologiya fanini rivojlanishi
3. O‘simliklarni himoya qilishda xalqaro aloqalar


Barcha agrobiologik fanlar qatori fitopatologiya fani ham o‘z taraqqiyotida fanlar rivojlanish qonuniyatlariga amal qilgan. Ya’ni, insoniyat qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish jarayonida


o‘simliklarning turli kasalliklardan nobud bo‘lganliklarini va hosil sifatining pasayishini xis qilganlar. Ayniqsa, bu jarayon dehqonchilikmadaniyati past bo‘lgan va ob-havo sharoiti yomon yillarda yaqqol
ko‘zga tashlangan. Zamburug‘lar keltirib chiqaradigan kasalliklar to‘g‘risidagi ta’limotlar fan va texnika taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog‘liqdir va dastlabki ma’lumotlar eramizdan oldingi IV asrda
Teofrat tomonidan aytilgan. Bu fanning rivojlanishini quyidagidavrlarga bo‘lish mumkin:
1 davr — 19-asr o‘rtalarigacha bo‘lgan muddatda, 1578-yilgolland botanigi K.Klauzis 200 turdagi zamburug‘lar atamalarinichop ettiradi.
18-asr ikkinchi yarmida Person (1761—1838) zamburug‘larning dastlabki tafsilotlarini ikki tomli asarida bayon qilgan bo‘lsa (1801), keyinchalik shved botanigi E.Frisa (1832) zamburug‘larning birinchi sistematikasini yaratadi. Mikologiya fani rivojlanishining II davri 19-asr oxirigachabo‘lgan davrlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda A-de Bari tomonidaneksperemenal mikologiya fani asoslab berildi. U zamburug‘larnio‘stirish va sof kulturasining oshishi usulini ishlab chiqdi.M.S.Voronin tomonidan kungaboqar o‘simligining zangkasalligi, mikoriza hosil qiluvchi zamburug‘lar biologiyasi vakasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar sistematikasi o‘rganilgan.Bu davrda umumiy mikologiya, fitopatologiya fanlari paydobo‘ldi.
III davr 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida zamburug‘lar sitologiyasi faniga asos solinib, ularning yadrosi, genetikasi, fiziologiyasi, biologiyasi, ekologiyasi ilmiy asoslari yaratildi. Bu davrda A.A.Yachevskiy tomoindan (1863—1932) dastlab mikologiya laboratoriyasi, keyin o‘simliklarni himoya qilish instituti tashkil qilindi. 1897-yilda A.A. Yachevskiy Rossiyada birinchi bo‘lib zamburug‘larni aniqlagichni yaratdi. Rossiya hududida uchraydigan zangzamburug‘larining dastlabki tafsiloti V.G. Transhelo (1939) tomonidan yozildi. 20-asr boshlaridan boshlab zamburug‘lar fiziologiyasi faniga asos solindi. Mikologiya fanining IV davrida zamburug‘lar fiziologik va biologik xususiyatlarini o‘rganish boshlandi. Zamburug‘larning molecular tuzilishini o‘rganish asosida zamburug‘lar metobolitlaridan meditsinada, qishloq xo‘jaligida, sanoatda foydalinish masalalari hal qilindi. N.A. Naumov(1888—1959) mog‘or zamburug‘larning morfologiyasini, sistematikasini, Rossiyaning ayrim regionlaridagi qishloq xo‘jalik ekinlarining mikoflorasini o‘rganadi. S.I.Vanin (1890—1955) yillar davomida daraxt o‘simliklari kasalliklarini o‘rgandi. A.S. Bondarsyev tomonidan Yevroosiyo materigining Yevropa qismida ko‘katlar va madaniy o‘simliklarni kasallantiradigan zamburug‘ kasalliklari to‘g‘risida mukammal ma’lumotlar chop etildi. L.I. Kursanov (1956)—mikologiya asoslari vatuban o‘simliklar aniqlagichini tuzib chiqadi. Fitopatologiya fani Respublikamiz sharoitida qishloqxo‘jaligining muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarini hal qilmoqda. Dastlab, Respublikamizga Rossiyadang‘ o‘z kasalliklarini o‘rganish uchun kelgan A. A. Yachevskiygommoz, fuzarioz kasalligining kelib chiqish sabablarini o‘rganib, ularga qarshi kurash choralarini tavsiya qildi. Fitopatologiya fani Respublikamizda ham keng ko‘lamda
rivojlangan. Bunda birinchi bo‘lib Shreder tomonidan g’o‘zaning kasalliklari o‘rganilgan. A.Yachevskiy tomonidan fuzarioz kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburg‘larga batafsil tavsif berilgan.





Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling