1. Fitopatologiya fanining taraqqiyoti Respublikamizda fitopatologiya fanini rivojlanishi


Download 0.76 Mb.
bet2/3
Sana09.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1696515
1   2   3
Bog'liq
fitopatologiya fanining rivojlanish

Respublikamizda fitopatologiya sohasida mutaxassislar tayyorlash 1920-yildan boshlab O‘rta Osiyo Davlat universitetining qishloq xo‘jalik fakultetida N.G. Zaprometov rahbarligida boshlangan. Keyinchalik, 1941-yilda Toshkent Qishloq xo‘jalik institutida O‘simliklarni himoya qilish fakulteti ochilib, unda Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasining 50 ga yaqin davlatlari uchun mutaxassislar tayyorlangan. Respublikamizda bu fanning rivojlanishiga qator mahalliy olimlar o‘zlarining munosib hissasini qo‘shgan. S. Ramazanovaning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari Respublikamiz sharoitida uchraydigan Verticillium turkumiga mansub zamburug‘larning sistematikasi, biologiyasi, tarqalishiga oid bo‘lib, u paxtazorlarda g‘o‘za navlarini kasallantirishga moslashgan rassalarining hosil bo‘lish qonuniyatlarini ochgan. A. Hakimovning Respublikamiz sharoitida g‘o‘za o‘simligining vilt kasalligiga qarshi biologic kurashda Trihodermalignorum zamburug‘ini tuproqda qo‘llash bo‘yicha ilmiy tavsiyalari paxta hosildorligini oshirish va Verticillium zamburug‘larining infeksiyasi miqdorini kamaytrish muommasini hal qilgan. B.A. Hasanov Respublikamiz sharoitida g‘alla ekinlarining zang kasalligi tarqalishi, sistematikasi, turlarini o‘rganib, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqqan.
E. Safiyazov tomonidan g‘o‘zada vilt kasalligini keltirib chiqaruvchi Verticilliumdahliae zamburug‘ining biologiyasi, hujayrasining sitofiziologiyasi va o‘zgaruvchanligi o‘rganib, kasallikka chidamli navlarni yaratish asosida vilt kasalligiga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
I.M. Azimjonov tut daraxti vilt kasalligining kelib chiqishida qatnashgan Verticillium turkumiga mansub zamburug‘larning turlar tarkibini mevali bog‘larda va tutzorlarda o‘rganib, kasallik iqtisodiy
Zararining ortib borishi ekologik sharoit bilan bog‘liqligini asoslagan. Muallif Respublika sharoitida qishloq xo‘jalik ekinlari va begona o‘tlarda uchraydigan Fusarium zamburug‘larining sistematikasini, biologiyasini, tarqalishini o‘rganish asosida ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqqan. Qishloq xo‘jalik ekinlarining fuzarioz kasalligi bu turkum vakillarining kompleks turlarining ta’sirida kelib chiqishini aniqlagan.

Fuzarioz kasalligiga qarshi kurashni tashkil qilishda va chidamli navlarni yaratishda kompleks turlar asosida yaratilgan infeksionfonlardan foydalanish seleksiya ishida yaxshi samara berishi va begona o‘tlarni ekinzorlardan bartaraf qilish infeksiya manbaini kamayishiga olib kelishini aniqlagan. A. Sheraliyev Tosh DAU professori sifatida mikologiya, fitopatologiya sohasida 1974-yildan boshlab olib brogan ilmiy ishlari va pedagogic faoliyati davomida o‘simliklarning kasalliklariga bag‘ishlangan 180 danortiqilmiy, o‘quv uslubiy ishlarni yaratgan. Uning “Tutning fuzarioz kasalligi” (1991), ”Fitopatologiyadan amaliy mashg‘ulotlar” (2003), “Umumiy va qishloq xo‘jalik fitopatologiyasi” (2004), “Mikro organizmlar fiziologiyasi” (2005), “Texnik ekinlar kasalliklari” (2006), “O‘simliklar immuniteti” (2007), “Tut kasalliklari va hasharotlari” (2007), “Fitopatologiya” (2007), “Qishloq xo‘jalik ekinlari karantini” (2007) kabi darsliklari Respublikada o‘simliklar himoyasi va karantini bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda o‘quvchilarga manzur bo‘lmoqda. Vertitsilum zamburug‘ining ixtisoslashuvi masalasi V.F.Idessis tomonidan o‘rganilishi asosida bu zamburug‘larning turli oilalarga mansub o‘simliklarni kasallantirish xususiyati aniqlangan. M.G. Gulyamova tuproqda uchraydigan vertitsilum zamburug‘ining 17 ta turini aniqlab, tadqiqotlar asosida vertitsilum zamburug‘iga nisbatan antagonistic xususiyatga ega bo‘lgan saprotrof zamburug‘larning xususiyatlaridan foydalanishni tavsiya etgan. G.S. Bashirova Sirdaryo viloyati sharoitida tuproqda hayot kechiruvchi zamburug‘lar 177 turga mansubligini aniqlab, tuproq sharoitining o‘zgarishi, o‘zlashtirishda rajasi zamburug‘lar turlar tarkibining o‘zgarishiga sabab bo‘lishini isbotlagan. S.T. Pestsova (1973) Toshkent viloyati sharoitida qovunda, T.I. Pestsov (1995) pomidorda uchraydigan Fusarium zamburug‘i turlar tarkibi va ularga qarshi kurash choralarini o‘rgangan. R.K. Sattorova (1970) Respublika sharoitida g‘o‘zada uchraydigan gammoz kasalligiga qarshi biologic kurash choralarini ishlab chiqishda bakteriyalardan foydalanishni tavsiya etgan.


M.M. Xoliqova (1989) Toshkent viloyati sharoitida uchraydigan makromitsetlar 118 turga mansubligini aniqlab, ularni sun’iy ozuqa muhitida o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqqan va Respublika aholisi uchun mahalliy qo‘ziqorin namunalarini o‘stirish usullarini yaratgan. V.I. Xoxlachyeva (1981) Respublikamiz sharoitida tut va tut ipak qurtining mikoflorasini o‘rganish asosida ularning pathogen turlariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqqan. M.A. Zuparov (1984) tut rizosferasimikoflorasini o‘rganish asosida ular 143 turga mansubligini, sog‘lom o‘simliklarda saprotrofturlar miqdorining ko‘pligini isbotlagan. Bu turlar payvandlash va ko‘chatlarni ko‘chirib o‘tqazish jarayonida ildizlar mexanik zararlanganda, saqlash sharoitlari buzilganda ularning chirishiga sabab bo‘lishini ko‘rsatgan. Ya.S.Saliyeva, X.Nuraliyev(1989) Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari sharoitida ko‘p yillik daraxtlarda uchraydigan mikro mitsetlar 352 ta, Botanika bog‘ida 313 ta turga mansubligini aniqlagan. Ularning mavsumiy tarqalishi va patogenlik xususiyatlari zamburug‘larning parazitlik xususiyatlari bilan bog‘liqligini isbotlagan. U.X. Rahimov (2001) tomonidan kartoshka va baqlajonda kasallik keltirib chiqaruvchi tuproq zamburug‘lari orasida fuzarium turlari asosiy rol o‘ynashi aniqlangan. Zamburug‘ning iqtisodiy zararini kamaytirishda va kasallikka qarshi kurashda biologic kurash choralarini qo‘llash tuproqda ekologik holatning yaxshilanishini ta’minlashini isbotlagan. Bug‘doyzorlarda fuzariozkasalligini keltirib chiqaruvchi infeksiyaning saqlanishida va tarqalishida begona o‘tlarning roli K.U.Buxarov (2005) tamonidan o‘rganilgan. Bu ishlarni amalga oshirishda fermer xo‘jaliklarida o‘simliklarni himoya qilish borasida mehnat qilayotgan agronomlar, tuman, viloyat va Respublika qishloq xo‘jalik kimyo aksionerlik uyushmasi tizimidagi malakali mutaxassislarga olimlar ishlab chiqqan tavsiyalar asosiy rol o‘ynaydi. Qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshishida qishloq xo‘jaligini intensivlashtirish bilan birga, ekinzorlarning fitosanitariya holatini yaxshilashda tuproqdagi infeksiya miqdorini nazorat qilishga qaratilgan ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish muhimdir. Qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklarining zararini kamayishida agrotexnik, kimyoviy, biologic kurash choralarini kompleks qo‘llash ijobiy natija beradi.





Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling