1. «Folklor» atamasi etimologiyasi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
1-10-variant javoblar folklor
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI
1-variant 1. «Folklor» atamasi etimologiyasi. J: «Folklor» atamasi inglizcha so`zdan olingan bo`lib, «xalq donoligi», «xalq donishmandligi» ma`nolarini anglatadi. Bu atama birinchi marotaba 1846 yilda Vilyam Toms tomonidan qo`llangan va bugungi kunda jahon ilmu fanida xalq ijodi tushunchasini bildiradi. Masalan, biz «folklor» so`zini qo`llaganda xalq og`zaki ijodini nazarda tutamiz. Shu bilan birga «folklor» so`zi xalq amaliy san`ati, xalq me`morchiligi va boshqa sohalarni ifodalaydigan atamadir. Faqat har bir soha mutaxassisi folklor deganda o`z sohasini, masalan, biz xalq og`zaki ijodini, xoreograf xalq raqsini, musiqashunos esa xalq kuylarini nazarda tutadi. 2. Qahramonlik afsonalari. Ularning janriy xususiyati. J: Qahramonlik dostonlari. 0 ‘zbek xalq dostonchiligi taraqqiyotida ko‘pgina qatlamlar bo‘lsa-da, ayniqsa, ikki qatlam, davomiy ikki bosqich — qahramonlnk va romanik dostonlar bosqichi alohida ajralib turadi. 0 ‘zlarining yaratilish davri, mundarijasi, g‘oyaviy mazmuni, ijtimoiy voqelikni tasvirlash tamoyillari bilan ham bu dostonlar bir- birlaridan jiddiy farq qiladi. Biroq ular bir necha asrlar davomida baxshilar tomonidan baravar kuylab kelingan, shuning uchun ham bu xil dostonlar orasida muayyan yaqinliklar mavjud. Demnk, biriga xos xususiyatning ikkinchisida zohir bo'lishi, sof qahramonlik dostonlariga xos belgilarning keyingi o ‘ringa surila borishi, qahramonlik dostonlaridan romanik motivlar va epizodlarning o'rin olishi tabiiy edi. «Qahramonlik» termini o ‘zbek folklorshunosligida ikki m a’noda — keng ma’noda, umuman o ‘zbek eposiga nisbatan, tor ma’noda, uning bir turiga nisbatan ishlatiladi. Qahramonlik dostonlari patriarxal-urug‘chilik munosabatlari, ko‘chmanchilik va yarim ko'chmanchilik hayot tarzi bilan mahkam bog‘liqdir. Bunday dostonlar xuddi shu turmush tarzining ifodasi sifatida patriarxal-urug‘chilik jamiyatining so‘nggi bosqichlarida yoki ilk feodalizm davrida turli urug‘lar o‘rtasida nizolar davom etayotgan va ular muayyan hududlarga joylashayotgan hamda yagona xalq sifatida uyusha boshlagan davrlarda yaratilgan. Bir qator urug‘ va qabilalarning muayyan xalq sifatida tashkil topa borishi, ilk davlatchilik kurtaklarining paydo bo'lishi va shu munosabat bilan xalqlar ham da elatlarn in g o ‘z m ustaqilliklari u ch u n chet el bosqinchilariga qarshi
mardonavor kurashlari qahramonlik dostonlam uchun boy material bo'ldi. Mana shu kurashlar va tarkib topishlar, birlashishlar va joylashishlar jarayonida o‘z-o ‘zini anglashning buyuk
ifodasi sifatida qahramonlik eposi yuzaga keldi. «Qahramonlik eposining mahobatli realizmi real ijtimoiy voqelikni qahramonlik idealizatsiyasi shakllarida tasvirlaydi. Shu bilan birga, qahramonlar obrazi va ular amalga oshirgan jasoratlar tabiiylik chegarasidan birmuncha yuqori bo'ladi. Shu ma’noda ular ajoyib- g'aroyib, qiziqarli, ammo g‘ayritabiiy emas, kuychining subyekliv uydirmasi va ijodiy fantaziyasiga asoslangan romanik fantastika b o 'lm ay d i. Q adim iy qah ram o n lik cposida ajo y ib-g'aroyiblik mifologiyaning, xalq isho n ch -e'liq o d in in g real unsuri sifatida namoyon b o ‘ladi...».62 Qahramoilik dostonlari bizgacha sof holida «Alpomish» misolida yetib kelgan. 3. Maqollarning boyib borishini ta‘minlovchi omillar. J: Maqollar insonlaming turli sohalardagi faoliyatlari jarayonida uzoq muddatli sinovlardan o'tgan turmush tajribalarining hosilasi-barqaror va o‘zgarmas, to ‘g‘ri va haqqoniy xulosasi tarzida yuzaga kelgan. Bu hoi maqollarda mavzular doirasini behad kengaytirgan va xilmaxШashtiгgan. Binobarin, inson hayoti va turmushining barcha qirralari maqollarda axloqiy bahoga aylangan. Shuni ta’kidlash o ‘rinlidirki, hadislar ham maqollaming paydo bo‘lishi va taraqqiyotida ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan, aniqrog‘i, hadislar jo n li s o ‘zlashuv jarayonida qayta ishlanib, yanada ixchamlashib, obrazlilik kasb etgan holda xilma-xil maqollar shaklida faolroq qo‘llana boshlagan. Masalan, Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilinadigan «Alloh Taoloning rozi bo'lishi otaning rozi bo'lishiga va uning g‘azabi ham otaning g'azabiga bog‘liqdir» hadisi mavjud. U xalq ijodida «Ota rozi-xudo rozi, Ota norozi-xudo norozi», «Ota oldida kek urma, odobingga chek urma», «Ota oldidan o‘tma, odob oldidan ketma», «Ota o ‘g‘li bo'lsang, ota nomini baland tut» singari o ‘nlab maqollarning yuzaga kelishiga turtki bo‘lgan. Xalq maqollari ko‘p asrlik tadrijiy yo‘lni bosib, avloddan-avlodga, og‘izdan-og‘izga o ‘tish jarayonida yanada silliqlanib, zamon ruhiga yo‘g‘rilib, teranlashib borgan. Ijtimoiy hayotdagi o ‘zgarish ularda ham aks topa borgan. M.Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida uchraydigan «Osh totug‘i tuz» maqoli arablar istilosidan so‘ng arabcha so‘zlarning turkiy tilda faollasha boruvi tufayli «Oshning ta’mi tuz bilan» shaklida leksik va sintaktik o'zgarishga uchragan holda qo‘llana boshlagan. Bunda arabcha «tam» so ‘zi turkiy «totuq» so'zini almashtirgan va «bilan» ko'makchisi yordamida maqolning transformatsiyaga uchragan yangi shaklda yashashini ta’minlagan. 0 ‘tmishda ustoz-shogird munosabatini ifodalovchi «Ustoz ko‘rgan
shogird andin-mandin qarmalar, ustoz ko‘rmagan shogird har maqomda yo‘rg‘alar» maqoli qachonlardir ikki qismdan iborat bo‘lgan. Unda ustoz shogirdni o‘z xonadonidagi tekin xizmatkorlik muddatini cho‘zish maqsadida hunari sirini o‘rgatishni paysalga solar yoki istar-istamay tushuntirar, shunda ziyrak shogird faqat o ‘z ustozi ko‘rsatmalari bilan cheklanmay, boshqa ustozlar ishlarini sinchkovlik bilan kuzatish asosida mahorat sirlarini o'zlashtirib borar edi. Maqolning birinchi qismida ana shu axloqiy ibrat ifodasini topgan bo‘lsa, ikkinchi qismida usta ko‘rmagan, yani shogird tushib, hunar o ‘rganmagan kishining har maqomda yo‘ig‘alishi — uquvsizligi kesatilgan. Davrlar o ‘tishi Ьйап ustoz-shogird o ‘rtasidagi munosabatlardagi o ‘zgarishlar tufayli maqolning birinchi qismi tushib qolib, maqol yanada ixchamlashgan. 4. Animistik tasavvurlar o’z ifodasini topgan ertak va dostonlardan misollar keltiring. “Animizm” lotin tilidagi “anima”dan olingan bo'lib, ilmiy adabi- yotlarda jon, rah ma’nosini anglatishi ta’Mdlanadi. Animizmga binoan qadimgi ajdodlarimiz dunyodagi hamma narsaning joni bor, deb bil- ganlar. Ibtidoiy davrda inson tana va ruhdan iborat hisoblangan. Ruh tanani tark etganda inson o ‘ladi, deb o‘ylashgan. Har bir narsaga bu tushuncha tatbiq etilgan. Shuning uchun mifologiyadagi totemizm va fetishizm hodisalariga ishonch bildirishni, ulaming mavjudligiga bo'lgan e’tiqodiy munosabatni animizm bilan bog'lash ma’qul. Soddaroq qilib aytganimizda, odamning totemizm va fetishizm hodisalariga ishonishi uyg'un holatda animizmda namoyon bo'ladi. So'zning magik - mo'ji- zaviy kuchidan foydalanib inson ruhiyatiga ta’sir etishi, uni xastalikdan xalos etishi, tabiatiga ruhiy tetiklik bag'ishlashi animizm fazilatlari hisoblanadi. Shuning uchun xalq baxshilari deganda baxshilik, ya’ni shifo bag'ishlash ma’nosi saqlanib qolgan. Hayot taraqqiy etib, asta-sekin miflar, xudolar, afsonaviy qahra- monlar, voqea-hodisalar o'mida ilmiy kashfiyotlar paydo bo'ldi. Jum- ladan, yeming dumaloq ekani, oy va quyoshning tutilishi, yer qimir- lashlar zamon o'tishi bilan olimlar tomonidan ilmiy asoslandi. Shu tariqa inson tabiat hodisalariga aralashdi. Dehqonchilik, chorvachilik sohasida hayotiy yangiliklar ro‘y bera boshladi. Miflarda tasvirlangan qahramon- liklar esa urf-odatlarda saqlanib qoldi. Natijada, badiiy tafakkur rivoj- langani sari og'zaki ijodda mukammallik ustuvor o'ringa chiqdi. Xullas, “Avesto”, “Kitobi Dada Qc'rqut”, “O'g'uznoma” kabi asarlaming yozma nusxalari vujudga keldi. “Avesto”ning yaratilganiga yaqin uch ming yil bo'ldi. Unda Zardusht - otashparastlik dinining asosiy qonun-qoidalari aks etgan. Zardusht Mazda Ahuraga murojaat qilib, dunyo, inson, koinot, haqiqatning vujud ga kelishi haqida son-sanoqsiz savollar beradi. Kitobning bugungi kunda- gi ahamiyati yurtimizda istiqomat qilgan ajdodlarimiz qadim zamonlarda ham mehnat, haqiqat, ozodlik, poklikka alohida hurmat bilan qaraganlik- lari haqida hozirgi farzandlariga xabar beradi. Xususan, yerga don ekish, hosil yig'ish haqida shunday deyiladi: “Kimdakim bug'doy eksa, u Ashah (haqiqat)ni ekadi. U Mazda dinini yana va yana ko'kartiradi... Qachonki egatlarda urug' yetilsa, devlar o'rinlaridan qo'padilar. 41 Qachonki bug'doy gurkirab ko‘karsa, devlar dahshatdan titray boshlaydilar. Qachonki bug'doy un bo‘Isa, devlar nola chekadilar. Qachonki bug'doy xirmonga uyulsa, devlar nobud bo‘ladilar. Qay bir xonadonda bug'doy bosh chiqarsa, u xonadonga devlar yaqinlasha olmaydilar. Qay bir xonadonda bug'doy bosh chiqarsa, devlar u xonadondan qochadilar. Qay bir xonadonda bug'doy ombori bo'Isa, go‘yo qizdirilgan temir devlar bo‘ynini chirmab tashlaydi”11. Agar yuqoridagi matnni zehn bilan o ‘qisak, in son mehnati butun yomonlik va fojialami daf etuvchi kuch ekani aniq seziladi. Bug'doy so'zini xohlang aynan qabul qiling, xohlang mehnat orqali oilani qo'llash ma’nosida tushuning, baribir har bir shaxs o‘z oilasi hayoti, kelajagi uchun o‘zi harakat qilishi lozimligi ta’kidlanadi. Bu nasihatga amal qilish insonni, qon-qarindoshlarni turli yovuzliklardan asrashi devlaming xonadondan qochishi misolida aniq ko‘rsatilgan. “Avesto”da inson qasamining ahamiyati uning inson ekanligi bilan bog'liqlik ham ko'rsatilgan: Ey dunyoni yaratgan Zot! Ey haqiqat! Qasamlaming sanog‘i nechadir? Ahura Mazda javob berdi: - Mening qasamlarim oltita: Birinchi - so‘z qasami; Ikkinchi - qo'l qasami; Uchinchi - qo'y qasami; To'rtinchi - sigir qasami; Beshinchi - odam qasami; Oltinchi - ekin qasami; eng yaxshi, eng obod, eng serhosil zamindagi ekin”12. Bu qasamlaming tartibiga e’tibor bering. Birinchisi - so'z qasami. In- sonning so'zi uning ori, uyati, g'ururi ekani qayd etilmoqda. Oxirgi qa- sam esa inson oilasining bahosi bilan o‘lchanmoqda. Zardusht bu qasam- lami buzish qanday jazolanishi haqida so'raganda, Ahura Mazda javob-11 Авесто. Тарихий-адабий ёдгорлик. - Т.: Шарк НМАК, 2001. - Б, 115. 12 Уша жойда. - Б. 117. 42
larini bayon etadi. Bu jazolami o ‘qiganingizda, etlar jimirlashib ketadi. Qasamning buzilishi uni bergan odam uchun o ‘lim ekani aniq seziladi. Umuman, “Avesto” bilan tanishish asaming qomusiy mazmunga ega ekanini ko‘rsatadi. Ayrim parchalar xuddi bugungi kunda yozilgandek tuyiladi: “Yomon tarbiyachi o ‘z ta’limi bilan ilohiy so‘zlami teskari qiladi va tiriklik idrokini xarob qiladi”. “0 ‘zgalami yaxshilikka olib borgan kimsalargagina yaxshilik nasib etadi”. “Fikr, so‘z va amal olamidan ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amalni tanlayman”. “Yerga yaxshi va kuchli urug‘ sepmoq dunyodagi eng zarur qonun hisoblanadi”. Hatto, kitobda aytilishicha, qarz olib, qarzini bermagan odam o‘g‘irlik qilgan kishiga tenglashtiriladi. Olovga порок narsani tashlab yoqish qoralanadi. “Avesto” kitobida ezgulik olamini yaratuvchi Ahura Mazda bilan yomonlik olami xudosi Angra Manyu (Ahriman) qarama-qarshi qo‘yil- gan. Ular o‘rtasidagi munosabatni tasvirlash davomida Mitra, Anahita, Kayumars, Jamshid, Gershasp kabi qahramonlar ishtirok etgan voqealar bayon etiladi. Xullas, “Avesto” uch ming yil muqaddam yashagan ota- bobolarimizning hayot tarzi qanday bo‘lganidan aniq va daliliy xabar beruvchi go‘zal tarixiy-adabiy yodgorlikdir. Uning hozirgi bizga ma’lum bo‘lgan eng qadimgi 1324 yilda ko‘chirilgan nusxasi Kopengagen shahrida saqlanadi. Professor N.M. Mallaevning ma’lumot berishicha, miflar haqida yana “Bundaxishn” kitobi ham bor. “Mifologiyaga ko‘ra, Gaya Martan (Kayumars) yer yuzida paydo bo'lgan birinchi odam bo‘lib, go‘yo u Ahura Mazda (Hurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: ho‘- kizdan va odamdan tashkil topgan ekan. Insoniyatning ashaddiy dush- mani bo'lgan Ahriman Kayumarsni o‘ldiradi. Kayumars jasadining ho‘kiz qismidan 55 xil don, 12 xil o ‘simlik, sigir va ho‘kiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo bo‘ladi; odam qismidan insonning erkak va ayoljinsi hamda metall vujudga keladi” J: "YORILTOSH" — oʻzbek xalq ertagi. Mavzui keng tarqalgan. Xorazmda "Oltin beshik", Toshkent, Buxoro, Samarkand, Fargʻonada "YO.", "Ochil, ochil qamishlar" nomi bilan mashhur. Mazkur variantlarning mavzu va gʻoyasi mushtarak, ayrim epizodlaridagina farq bor. Haqiqat va ezgulikning yomonlik ustidan tantanasi "YO."ning gʻoyaviy mazmunini tashkil etadi. Ertak qahramonlari sehrjodu taʼsirida boʻladilar. Singilning tosh va kiyikka aylanishi, ayolning suv ostida ikki farzand koʻrishi kabi hodisalar tilsim bilan bogʻliq boʻlib, sehr yechilganda ular oʻz asliga qaytadilar. Opasingillarning tabiat kuchlarini ilohiylashtirib, muqaddas bilib topinishi, madad soʻrashida ibtidoiy inson tafakkuri bilan bogʻliq boʻlgan mifologik va
Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling