1. «Folklor» atamasi etimologiyasi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
1-10-variant javoblar folklor
maqol,
qo‘shiq, ertak, doston(shular haqida fikr yuriting) kabi janrlaming o‘ziga xoslik tomonlari tadqiq etiladi. Xalq og‘zaki ijodi janrlari, ulaming tarkibi, avvalo, ulaming jins, tur, janrlarga bo'linishidan tashqari bir butun meros ekanini tasdiqlaydi. Janrlararo yaqinlik og'zaki ijodning asrlar davomida dunyoqarashi jihatidan yaqin ijodkorlaming iqtidori mahsuli natijasi sifatida baholanishi mumkin. Og'zaki asar qaysi janrga taalluqli ekanidan qat’i nazar yosh avlodning barkamol farzand bo'lib yetishishini ta’minlash maqsadini amalga oshirishda xalq xizmatida bo'lgan. 3. «Go’ro’g’lining tug’ilishi» dostonining g’oyaviy badiiy xususiyati. J:
"GOʻROʻGʻLI" — xalq ogʻzaki poetik
ijodi
yodgorligi . Yaqin
va Oʻrta
Sharq , Markaziy Osiyo va
Jan. Kavkaz
xalqlari orasida keng tarqalgan qahramonlik eposi ,
turkumi
. Turkumga birlashgan dostonlar turli davrlarda yaratilgan. Ulardan ayrimlarining ildizlari bir yarim-ikki ming yil ilgarigi davrlarga borib taqaladi. Bu dostonlar taxminan 17-
asrdan boshlab bir turkumga birlasha boshlagan. "G." turkum iga
kiruvchi barcha
dostonlar muayyan
mustaqillikka ega.
Ular ogʻzaki
epik anʼanada
yakka-yakka ijro etiladi hamda eshituvchi va kitobxon ularning har birini alohida asar sifatida qabul qiladi. Ammo bu silsila dostonlar Goʻroʻgʻli
obrazi
, uning doimiy yoʻldoshi Gʻirot , epik ozodlik oʻlkasi Chambil yurti, anʼanaviy obrazlar Soqibulbul, Hasan Koʻlbar, Ahmad Sardor
kabilar orqali
bir-birlari bilan
oʻzaro birlashadi. O'rta Osiyo versiyalari, xususan, o'zbek variantlarida esa umumlashtirish va ideallashtirishning juda yuqori darajasini ko'ramiz. Bunda qahramonona o'tmish aniq tarixiy voqealar aspektida emas, balki mislsiz romantik lavhalarda, xalqning beqiyos ideallari ko'lamida tasvirlanadi. Hamma narsa — hayot ham, xalq turmushi ham, tarixiy voqelik ham, mavjud zamon yetishtirgan qahramonlar ham ko'tarinki romantik bo'yoqlarda, bepoyon ideal badiiy tasavvurlarda, cheksiz obrazlar girdobida gavdalanadi. Ana shu bepoyon ideallik va cheksiz romantika bu dostonlarni yanada real, hayotiy, xalqqa yaqin va davrimizga hamohang qilgan. O'zbek "Go'ro'g'li"si boshqa xalqlar "Go'ro'g'li"sidan turkumga birlashgan dostonlarning hajman kattaligi (monumentalligi) va xilma- xilligi, turkumlashishning murakkab jihatlariga asoslanganligi bilan ajralib turadi. O'zbek dostonlarida Go'ro'g'li turkman va o'zbeklarning begi, qonuniy hukmdor, o'z xalqi, vatani uchun qayg'uruvchi va uni turli dushmanlar bosqinidan himoya qiluvchi dono murabbiy, ko'plab xalq botirlarini tarbiyalab yetishtirgan yengilmas bahodir sifatida tasvirlanadi. Bosh qahramonga berilgan mana shu estetik bahodan kelib chiqib, epik Chambil yurtining azamat hukmdori Go'ro'g'lining bahodir qirq yigiti bilan birgalikda ona yerining xavfsizligi va ozodligiga tahdid soluvchi qo'shni podsholiklarga qarshi olib borgan kurashi butun xalq harakati, ozodlik urushi tarzida namoyon bo'ladiki, bu o'zbek eposidagi bosh masaladir. "Go'ro'g'li" turkumi dostonlari O'zbekistonning barcha yerlarida yashagan baxshilardan, shuningdek, mamlakatimizdan tashqarida yashovchi o'zbeklar orasidan yetishib chiqqan ijodkorlardan ham yozib olingan. Xalq shoirlari Go'ro'g'lini buyuk samimiyat va iftixor bilan ardoqlab, uning xalqqa bo'lgan mehr-sadoqati, dushmanlarga cheksiz g'azab- nafrati, mamlakat mudofaasida yovuz bosqinchilarga qarshi ayovsiz kurashlari, el-yurt farovonligi uchun g'amxo'rligini zavq bilan kuylaydilar. Turkumga kiruvchi barcha dostonlar ma'lum bir nisbiy mustaqillikka ega bo'lib, jonli og'zaki epik an'anada yakka-yakka ijro etilsalar-da, ular epik Chambil yurti, Go'ro'g'li tipi, uning jangovar safar yo'ldoshi G'irot, bir qator an'anaviy obrazlar (qirq yigit, Ahmad Sardor, Soqibulbul, parilar va boshqalar) kabi qator vositalar bilan o'zaro birlashadi. 4. Fetishistik tasavvurlar o’z ifodasini topgan ertak va dostonlardan misollar keltiring.
J: Fetishizm — fransuzcha ≪fetiche≫ so‘zidan olingan bo‘lib, ibtidoiy ajdodlarimizning qadimiy e ’tiqodiga ko‘ra, narsalarga irim qilib
sig‘inish yoki ularga magik kuchga ega deb qarash asosida sig‘inishni anglatadi. Xalq ertaklarida uchrovchi oyna, qilich, igna, maijon,
tosh, taroq va boshqa shu xildagi predmetlar magik kuchi tufayli
qahramonlarga yordamchi vositaga aylangan. Qadimgi ajdodlarimiz o ‘z turmush-tirikchiligida otdan keng foydalanganlar. Ot ularga ham oziq, ham uzoqni yaqin qiluvchi ulov, ham chorvani boqishda ko‘makdosh ish hayvoni sifatida xizmat ko'rsatgan. Hatto otning yolidan turli kasalliklarni davolashda foydalanilgan. Ot kalla suyagi yovuz ruhlardan himoya qiluvchi vosita hisoblangan. Otdan shunchalik katta naf ko‘rgan qadimgi odam uni kult darajasida ilohiylashtirib, e’tiqod timsoliga aylantirgan. Tabiiyki, bunga otning jozibadorligi ham ma’lum darajada ta ’sir ko‘rsatgan. Ot kultiga aloqador qarashlar natijasida folklor asarlarida otning epik badiiy timsoli paydo b o ‘lgan. Jumladan, o ‘zbek xalq dostonlaridagi G ‘irot, G‘irko‘k, Boychibor, Jiyronqush, Majnunko‘k kabi epik ot obrazlari bunga yorqin dalil bo‘la oladi. Ot kultiga aloqador urug‘ nomlari va geografik joy nomlari ham bor. Bu haqda ≪Hazorasp≫ nomli toponimik afsona yaratilganligi ma’lum. Eng qadimgi davr folklorining ilk bosqichida ko‘p miflar yaratilgan. Miflar qadimgi davr folklorida alohida o‘rin tutadi. Ularda dunyoning paydo bo'lishi, tabiat hodisalari, xudolar va hayvonlar haqida to‘qima hikoya qilinadi. Miflarning bizgacha yetib kelishida zardushtiylik (otashparastlik) dinining muqaddas kitobi ≪Avesto≫ muhim rol o'ynaganligini alohida e’tirof etish lozim. Eng qadimgi davr folklorida jangnoma tipidagi epik asarlar ham muhim o‘rin egallaydi. Ular tarixiy voqea va hodisalar bilan bog'liq holda yuzaga kelgan. ≪To‘maris≫ va ≪Shiroq≫ kabi rivoyatlar buning yorqin namunalaridir. Bosh qahramoni To‘maris va Shiroqbo‘lgan ushbu qadimgi epos namunalarida vatanparvarlik va qahramonlik madh etiladi. ≪To‘maris≫ rivoyatining qisqacha mazmuni Gerodotning ≪Tarix≫ asarida keltirilgan. Unda Eron shohi Kir bilan massagetlar qabilasi o‘rtasida yuz bergan jang voqealari tasvirlanadi. Massagetlar qabilasi boshlig‘i To‘marisning vatanparvarligi va qahramonligi alohida qayd i nl.tdi \:iU| livoyalida To'maris obrazi qadimgi jangovor ayollaming 111чк ч.1 kill silalida talqin etiladi. Uning jasurligi, o‘ktamligi, donoligi i. 11. i n 1111111 qilinadi. ■ I o'maris≫ rivoyatining yaratilishiga matriarxat jamiyatida (onalik ■„illauaii davrida) yashagan qahramonjangchi ayollar — amazonkalar i inisoli yetarli ta’sir ko'rsatgan. Rivoyatda hikoya qilinishicha, adolatli, ladhirkor, mustahkam idorali, jasur va jangovor ayol, qabila boshlig‘i I o'maris Eron shohi Kirning hiyla-nayranglarini donolik bilan idrok ri ib, Kir boshlagan fitna-jangdan el-yurtini omon saqlab qoladi.
O.ibila mustaqilligini himoya qilish uchun jang boshida turib kurashadi va mardlarcha g‘alaba qozonib, Kirni yo‘q qiladi. Kcyinchalik ≪To‘maris≫ rivoyati asosida ≪Oysuluv≫ dostoni yaratilgan. ≪Shiroq≫ rivoyatining yaratilishiga Eron shohi Doro bilan shak
qabilalari o‘rtasida yuz bergan tarixiy janglar asos bo'lgan. I3u
rivoyatning qisqacha mazmuni yunon tarixchisi I’olicnning ≪llarbiy biylalar≫ nomli kitobi orqali yctib kclgan. Unda hikoya qilinishicha, Doro shak qabilasiga qarshi yurish qilganda, slni qabila olboqari harbiy holatni muhokama qilib o'tirgan qabila boshliqlari Saksfar, Omarg va To‘maris huzuriga tashrif buyurib, agar bolalari va
nabiralariningtirikchiligita’minlansa, Doro qo‘shinlariga qarshi borib, ularni bir o‘zi yengishini aytadi. Shak hukmdorlari uning taklifiga rozi b o ‘lgach, o tboqa r o ‘z quloq va b u rn in i kesib, g o ‘yo
qabiladoshlaridan ozor ko‘rgan qiyofada Doro qo‘shinlari huzuriga boradi va ularni aldaydi. Shiroqning achinarli holatini ko‘rgan Doro uning gaplariga ishonadi va u boshlagan yo‘ldan yuradi. Shiroq uni yetti kun yurdirib, jazirama cho‘lning o‘rtasiga olib boradi. Shiroqning yetti kunlik suv va ovqat olish taklifi bilan yo‘lga chiqqan qo‘shinning suvi va ovqati tugab, hammasi charchaydi. Yettinchi kuni ham
shaklardan darak topolmagan qo'shin aldanganini sezadi. Qo‘shin
boshlig‘i Shiroqni aldab-suldab yo'lga solmoqchi bo'ladi. Lekin u
shuncha qo‘shinni bir o‘zi yengganligini aytib, faxrlanadi. Qo'shin
lashkarboshisi Ranosbat g'azablanib, Shiroqni chopib tashlaydi. Ko'rinyaptiki, rivoyatda vatan uchun jon fidolik, tinchlik va ozodlik uchun kurashda mardlik, jasorat va qahramonlik g'oyalari madh etilmoqda. Bu motivlar esa qadimiy eposga xos an’anaviy motivlardir.
4-variant 1. Xalq og’zaki badiiy ijodining o’ziga xos xususiyati (og’zakilik). J: Og`zakilik va badihago`ylik og`zaki ijod asarlarining shakliy ko`rinishi bilan bog`liqdir. Asrlar davomida bizgacha yetib kelgan doston, ertak, qo`shiq, maqol va boshqa asarlar og`zaki tarzda yaratilgan, og`zaki tarzda ajdoddan-avlodga o`tgan va xalq madaniyatining og`zaki merosiga aylangan. Ko`p yillardan buyon og`zaki ijodnamunalarini o`rganish bo`yicha olib borilgan kuzatuvlar og`zakilikning ijobiy va salbiy jihatlari borligini tasdiqlamoqda. Bizningcha, og`zakilik xalq ijodining omma orasiga tarqalishida va keng tus olishida ijobiy ahamiyatga ega. Chunki asarlarning bu shaklda ijro etilishi ijrochi zimmasiga ortiqcha mas`uliyat yuklamaydi. Ammo masalaning ikkinchi tomonini ham qayd etmoq lozim, xususan, ayrim ijod namunalari aynan og`zaki tarzda ijro etilganligi uchun ijrochining vafoti bilan asarning hayoti ham to`xtaydi, unutiladi. Ayrim ijod namunalarining shogirdlar tomonidan o`zlashtirilmaganligi yoki olimlar tomonidan yozib olinmaganligi oqibatida vaqt o`tish bilan esdan chiqadi, asar yo`qolib ketadi. 2. Xalq dostonlarining janriy xususiyatlari. J: V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifovlarning ta ’rilida xalq doslonlarining bosh xususiyati, M.Saidov nazarda tutgan adabiy in.itnning asosiy belgisi, ya’ni dostonlarning mazmunan qahramonlik \arakteriga ega bo‘lishi va ular afsonaviy bahodirlar, ulug‘ shaxslar haqida epik idealizatsiya doirasida to ‘qilgan rivoyaviy asarlar ekanligi birinchi o ‘ringa qo‘yilgan. Bu ta ’rifda dostonning o ‘tmish bilan, xalq tarixi bilan mahkam bog‘liqligi ham o ‘ziga xos ravishda hisobga olingan. Chindan ham dostonlarda tarixni xalqona tushunish, uni jonlantirish mavjud. Ularda xalqimiz boshidan kechirgan ijtimoiy- siyosiy voqealaming, etnik birlik va mustaqillik uchun olib borilgan kurashlarning tarixiy mohiyati badiiy bayon etilgan. Shunday qilib, dostonlar haqiqiy va ideal tarix birlashib, chatishib ketgan olamshumul voqealarni tasvirlagan, x alqim izning axloqiy. falsafiy, diniy qarashlarini, hayoti, urf-odatlari va maishatini qomusiy
bir tarzda
ifodalagan o‘tmish
yodnomalaridir.Dostonlarda tarixiy
voqelik xalq
fantaziyasi asosida umumlashgan obrazlarda o‘z ifodasini topadi. Binobarin, ularda epik umumlashtirish liukmronlik qiladi. Bunday umumlashtirish xalqning ijtimoiy adolat haqidagi ideallari va orzu-umidlari bilan yo‘g‘rilgan. Demak, dostonga epiklik, monumentallik xos bo‘lib, kompozitsion va sujet qurilishi jihatidan murakkab voqea-hodisalarni qamrab oladi. Bunday voqea va hodisalar mazmunan qahramonlik xarakteriga ega bo‘lib, ular xalq idealidagi bahodir atrofiga birlashtiriladi. Favqulodda kuch-qudratga ega bunday yakka shaxslarda butun bir xalqning orzu- u m id lari, im k o n iy at va in tilish lari m ujassam lashgan. Xalq dostonlarining janr xususiyatlari uning o ‘ziga xos uslubi va badiiy shaklini belgilaydi, ya’ni kuy va ijro bilan mahkam bog'liq bo'lgan yirik hajmli va keng ko'lam li dostonlarning poetik bayoniga ko‘tarinkilik, tantanavorlik, an’anaviylik, she’riy va pro/aik qismlaming davomiy almashinib kelishi xosdir. 3. Folklor asarlarining tarixiy etnografik ahamiyati. J:
4. Ardvisura Anaxita haqidagi mif. J: Amudaryoni ilohiylashtirish Ardvisura, Anaxita nomi bilan bog`liqdir.Amudaryo ma'budasi Anaxita matriarxat davriga oid bo`lib, bir zamonlar uning nomiga qasida yozilgan, qasrlar va haykallar mavjud bo`lgan. Hatto Anaxitaga atab odamlar qurbonlik qilganlar. Anaxita – zardushtiylik dinida obodonlik va farovonlik ma’budasi. Qadimgi dehqonlar yog‘ingarchilik va hosildorlikni A.ning mo‘jizasi deb hisoblashgan. Qadimgi haykaltaroshlar A.ni bir qo‘lida anor yoki olma ushlab turgan ayol shaklida tasvirlaganlar. Arxeologik qazishmalarda A.ning sopoldan yasalgan haykalchalari ham uchrab turadi.
5-variant 1. Xalq og’zaki badiiy ijodining o’ziga xos xususiyati (ommaviylik va jamoaviylik). J:Jamoaviylik va ommaviylik tushunchasi ham xalq og`zaki ijodida muhim belgi hisoblanadi. Bu o`rinda asarning yaratilishi jamoa bilan, uning tarqalishi xalq orasida yashashi ommaviylik bilan bog`liqligini ta`kidlab o`tish zarur. Xalq og`zaki ijodidagi har bir asarning vujudga kelishi, janr sifatida takomillashuvi, so`z san`atining namunasi sifatida xalqqa ta`sir etishi unda jamoaning ishtiroki bilan belgilanadi. Folklordagi jamoaviylik tushunchasi bilan biron jismoniy mehnatni amalga oshirishdagi jamoaviylik tushunchasi o`rtasida farq bor. Folklorshunos olimlarning ta`kidlashlariga ko`ra jamoa bo`lib paxta terish mumkin, imorat qurish mumkin, lekin bevosita jamoa bo`lib asar yaratish mumkin emas. Doston, ertaklarning, shakllanishida jamoaviylik tushunchasi nisbiy ma`noga ega bo`ladi. Chunki folklor asarining yaratilishida birinchi vazifani ijod qilish iqtidoriga ega bo`lgan shaxs bajaradi. Ammo shaxs yaratgan dastlabki asar ko`rinishi yillar davomida og`zaki usulda ijro etilishi natijasida, xalqning boshqa iqtidorli farzandlari tomonidan unga qayta-qayta o`zgarishlar kiritiladi, natijada jamoa ijodi sifatida shakllanadi.Olimlarning
kuzatishlari shuni
tasdiqlayaptiki, hatto tinglovchilar ijro davomida asardagi tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan o`zlarining qiziqishlarini bildirishlari orqali ham mazkur asar nusxasiga o`zgarishlar kiritar ekanlar. O`ylaymizki, ana shu jarayonni ham folklordagi jamoaviylik belgisi bilan bog`lash mumkin bo`ladi. Binobarin, xalq og`zaki ijodida jamoaviylik va individual ijod tushunchasi bir- birini inkor etmaydi. Ommaviylik esa yaratilgan folklor namunasining xalq vakillari istiqomat qiluvchi hamma hududlarda tarqalishi bilan bog`liqdir. To`g`ri, bu hududlar ba`zan tarixiy - etnografik jihatdan chegaralangan bo`lishi mumkin. Masalan, doston, ertak, askiya va boshqa janrlardagi asarlar O`zbekistonning hamma viloyatlarida bir xil ijro etilmaydi. Ammo shunga qaramay, asarlar tarqalishidagi ommaviylik har bir namunaning o`zbek xalqi madaniy merosiga taalluqli ekanini tasdiqlayveradi. 2. Xalq dostonlarining mavzu jihatdan turlari. J:kitobiy,tarixiy, ishqiy-sarguzasht, qolganini o’zlariz topiyla????? 3. Xozirgi kunda o’zbek folklorining ahvoli, o’rganilishi. J:
O '/bck folklorshunosligi xalqimizning o‘z-o‘zini anglashdan iborat intilislilari tnqo/osign ko'ra vujudga keldi. Bu stixiyali jarayon tarzida ming yillar davomida
sodir bo‘lgan esa-da, asosan, XIX asrning so'nggi clwragida izchil bir yo‘nalishga kira bordi va XX asrda to'la-to'kis barqaror hodisaga aylandi. Zero, folklor asarlarini to ‘plash, kitobat qilish, o‘rganish va ulardagi g'oyalardan ilhomlanib yangi asarlar yaratish, bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish barcha davrlarda ham dolzarb masalaga aylangan edi.Xalq ijodiyoti namunalarini yozib olish juda qadimiy an’ana bo‘lib, folklorshunoslik shakllanishining ilk bosqichini tashkil etadi. Buyo‘nalishdagi izlanishlar tarixi juda olisga borib taqaladi. Chunonchi, qadimgi dunyo sayyohlari va tarixchilaridan G erodot, Polien, Strabon, Xores Mitilenskiy, Apellodor, Ibn Battutalarning yozib olib bizgacha yetkazgan afsona va rivoyatlari, turli-tuman urf- odatlar va marosimlar haqidagi qaydlari, shuningdek, yozma toshbitiklar davridan boshlangan folklorga qiziqish jarayoni xalq ijodiyotini o ‘rganish sari qo‘yilgan ilk qadam edi.M a’lumki, folklor asarlari yaratilgandan so‘ng uni jonli ijroda kuylash, aytish, o ‘ynab namoyish etish, kuylab namoyish etish, tarqatish yoki qayta ijod etish tufayli yana ikkinchi shaklda davom yetaveradi. Lekin ularning ikkinchi shakli, yoki aniqrog‘i, folklor nam unalarining tarixiy va badiiy yodnomalardan, yozuvchi va bastakorlar asarlaridan o 'rin o lish i-fo lk lo rizm lar hisoblanadi. Folklorizmlar tarixi esa xalq ijodini yozib olish va o ‘rganish tarixi emas, albatta. Chunki endi ular ko‘pchilikning (xalqning) emas, yakka shaxsning o ‘y-kechinmasi, ovozi singishgan hodisa sanaladi.Turkiy xalqlar, jumladan, o ‘zbek folklorining yozib olinishi va kitobat qilinishi Mahmud Qoshg‘ariy no mi bilan boshlangan. «XI asrning ulkan olimi, tilshunos Mahmud Qoshg‘ariyni hech ikkilanmay folklorist sifatida ham baholash mumkin, — deb yozgan atoqli folklorshunos Hodi Zarif. — Uning muhim kapital asari «Devonu lug‘otit turk» muallifning yuksak m a’lumot egasi, olim sifatida maqol va matallarni, mehnat, sevgi, urf-odat, mavsum-marosim qo‘shiqlarini, afsona va rivoyatlami to ‘plaganligini, imkoniyat doirasida ularning yaratilishi tarixi bilan qiziqqanligini, turli xil turkiy urug‘lar, jumladan, o'zbek xalqining qadimiy ajdodlari o‘rtasida xalq poeziyasi terminlarini o‘rganganligini yorqin ko‘rsatib turibdi. Muallif tomonidan berilgan izohlar, ayniqsa, maqol va matallarning mazmuni va qo'llanish о‘mi haqidagi m a ’lu m o tlar M ah m u d Q o sh g 'ariy keltirgan folklor materiallarining ilmiy qimmatini yanada oshiradi»4. Shuningdek, xorazmlik tilshunos Abulqosim Mahmud Zamaxshariy yozib olgan maqol va matallar hamda olimning shu maqol va matallarning badiiy xususiyatlariga oid qaydlari, ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiyning o'zbek xalq poeziyasi namunasi sanalgan chinkalar, Abu Rayhon Beruniy, Narshaxiy, Mirxond, Sharafiddin Ali Yazdiy, G ‘iyosiddin Xondamir,Davlatshoh Samarqandiy, Zayniddin Vosifiy, Hofiz Tanish Buxoriylar yozib qoldirgan afsona va rivoyatlar, Gulxaniy hamda Rojiylar yaratgan «Zarbulmasal»lardagi ko‘p sonli maqollar, xalq askiyalari folklomiп> |il.isli yo'lidagi izlani.shlarning o'ziga xos ko‘rinislil;miliiI olklorni to ‘plashning boshqa bir ko‘rinishi ham mavjiulki. muiifntohiynlini H.Zarif shunday ta’riflagan edi: «Folklorni o'rganish i.iiim imj'a nisbatan faqat ilmiy maqsadlar bilan yondashilganlikni ku/alisli bilangina cheklanmaydi, shu bilan birga o ‘zlari mansub bo'lgan sml ilnnyoqarashi nuqtayi nazaridan folklorni turlicha tushungan va o '/asaiiarida u yoki bu sinf manfaati doirasida undan foydalangan yozma adabiyot namoyandalarining ham xalq ijodiga qiziqishlarini hisobga olmoq va ularni diqqat bilan o ‘rganmoq juda ham zarurdir. 4. Kayumars va Jamshid haqidagi mif. J: Kayumars haqida mif qadimgi O’rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan. Uning turli xil variantlarini qadimiy yozma manbalardan «Avesto», «Tarixi Tabariy» hamda Abu Rayhon Beruniyning «O’tmish asrlardan qolgan yodgorliklar» nomli kitobida, Firdavsiyning «SHohnoma» asarida ko’rish mumkin. Kayumars «Avesto»da, asosan Gaya Maretan, ba`zi o’rinda esa Gaya Martan deb yuritildi. «G’iyosul lug’at»da esa Kayumars Gavomard deb ko’rsatiladi. Arxeolog S.P.Tolstovning fikricha, Gavomardning ma`nosi inson- buqa. U Amudaryo bo’yida yashagan. Bo’yi daryoning u beti bilan bu betiga etgan. Gavomard – Kayumars Xorazmda yashagan. Ushbu mifning Beruniy asaridagi bayoniga ko’ra, Axrimanning yomon qilmishlaridan xudo hayratda qoladi. Uning peshanasidan ter chiqadi. Terni artib tashlaganda, ter donasidan Kayumars tug’iladi. Xudo Kayumarsni Axriman yoniga jo’natadi. Kayumars Axriman yoniga etib kelib, uning elkasiga minib oladi vash u holda dunyoni aylana boshlaydi. Nihoyat, Axriman bir hiyla bilan Kayumarsni elkasidan uloqtirib tashlaydi va uning ustiga minib olib eyajagini aytadi. Seni qaysi tomoningdan eyay, deb so’raydi Axriman. Oyoq tomonimdan, deb javob beradi Kayumars, toki dunyo go’zalligidan uzoqroq bahra olib turayin. Ammo Kayumars Axrimanning u aytgan gapning teskarisini qilishini bilar edi. Axriman Kayumarsni boshi tomonidan eya boshlaydi. Beliga etganda Kayumarsning urug’donidan ikki dona erga tushadi. Ulardan o’simlik o’sib chiqadi. O’sha o’simliklardan bir o’g’il, bir qiz (Meshi va Meshona) paydo bo’ladi.Mifda Kayumars erda paydo bo’lgan birinchi odam sifatida ta`riflangan. Kayumars yaxshilik va ezgulikning yovuzlik ustidan g’alabasi haqidagi ibtidoiy ishonchning obrazli ifodasidir.
6-variant 1. Xalq og’zaki badiiy ijodining o’ziga xos xususiyati (variant va versiyaviylik). J:
ijodda deyarli ko`zga tashlanmaydi. Chunki bir asarning bir muallif tomonidan turli o`zgarishlar bilan o`quvchiga taqdim etilishi son va sifat jihatidan variantlilikning vujudga kelishiga imkon bermaydi. Ba`zi hollardagina yozma adabiyotdagi variantlilik haqida fikr yuritish mumkin. Jumladan, adabiyotshunoslarning ma`lumot berishicha, Said Ahmadning «Ufq» romani «Sharq yulduzi» jurnali va alohida nashr variantiga ega. Vaholanki, og`zaki ijodda bir asarning baxshilar tomonidan ijro etilishi o`nlab variantlarni vujudga keltiradi. Folklorshunoslikka «Alpomish»dostonining 100 ga yaqin varianti
ma`lum bo`lib, shulardan 30 dan ortig`i yozib olingan. Shunday qilib, variantlilik deganda, bir asarning bir xalq doirasida syujet va kompozitsion o`zgarishlar bilan ijro etilishi tushuniladi. Har bir ijrochi o`zi ijro etayotgan asarga mahalliy sharoitdagi o`zgarishlarni, o`z dunyoqarashini, aholi o`rtasida alohida esda qoladigan voqealarni singdirib borishi oqibatida o`z nusxasini yaratadi. Bu nusxa boshqa ijrochilarnikidan voqealarni ifodalash, obrazlarni yaratish, badiiy tasvir vositalaridan foydalanish jihatlariga ko`ra o`ziga xoslikka ega bo`ladi. Olimlarning eslashicha, «Alpomish» dostonini Ergash Jumanbulbul o’g’li sevgi dostoni sifatida, Fozil Yo`ldosh o`g`li qahramonlik dostoni sifatida kuylaganlar.Versiyalilik variantlilikdan ko`ra kengroq tushunchadir. Versiyalikni bir badiiy asar doirasida qahramonlar nomidagi o`xshashlik, ayrim voqealar bayonidagi umumiylik tashkil etadi. Masalan, «Alpomish» dostonining Qo`ng`irot, Oltoy, Qipchoq, O`g`uz versiyalari bor. Bu versiyalarni asosan asar qahramonlarining farzandsizligi, keyinchalik farzandga ega bo`lishlari, bu farzandning qahramonlik ko`rsatishi, tutqunlikda bo`lishi, ozodlikka chiqishi kabi ayrim umumiy voqealargina birlashtirib turadi. Hatto asarning nomlanishidan ham farqlar aniq seziladi. Shuningdek, «Go`ro`g`li» turkumidagi dostonlarning O`zbekiston va Kavkazorti versiyalari mavjudligini ta`kidlash lozim. 2. Xalq ertaklarining janriy xususiyatlari. J:maishiy , sehrli, hayvonlar haqidagi va talabalar haqidagi ertaklar 3. Fozil Yo’ldosh o’g’lining hayoti va ijodi. J:
uyushtirildi. Bu paytda Fozil Yo‘ldosh o‘g ‘li tirik edi. Bizgacha yetib kelgan xotiralardan bilamizki, keksa baxshi bu paytda dostonni qoralovchi majlislarda soatlab o'tirishga majbur bo‘lgan ekan, ammo qo‘yilayotgan ayblami mutlaqo tushuna olmagan ekan, chunki savodsiz, o‘qishni ham bilmagan Fozil shoir xalq qadriyatlarini tushunish sohasida tanqidchi “olim”lardan tasawur qilib bo‘lmaydigan darajada yuqori turgan.Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li 1872-yilda Samarqand viloyati Bulung'ur tumaniga qarashli Bo‘dana hududidagi Loyqa qishlog‘ida dehqon Yo‘ldosh aka oilasida tug‘iladi. 1873-yilda Loyqa qishloq aholisi Chelak qishlog‘i atrofiga ko‘chishga majbur bo‘ladi. Ammo yashash manzilining o‘zgarishi oila maishiy sharoitida ijobiy o'zgarish yasamadi. Turmush qiyinchiligiga chiday olmagan Yo‘ldosh aka 1877-yilda vafot etadi. Fozil oilasi yanada og‘ir
iqtisodiy ahvolda qoldi.Fozil juda yosh boiishiga qaramay G‘allaorol qishlog‘iga borib ya- shash uchun non topish ilinjida og‘ir mehnat qilishga majbur boidi. Bu haqda keyinchalik “Kunlarim” termasida shunday deydi: Olti yoshda qo‘msab-qo‘msab otamni, Og‘ir mehnat ezdi sho'rli enamni. Ena-bola topolmadik bir nonni, Parcha non deb o'tgan kunlarim. 4. Odami Od haqida mif. J:
Mifning qisqacha mazmuni quyidagicha: O’tgan zamonda Nuh payg’ambar bo’yi bulutga etadigan bir duradgor ustani chaqirib, kema yasab berishni so’rabdi. Bu odamning nomi Odami Od ekan. U nihoyatda baland bo’yli, kuchli bo’lib, daryo va dengizda baliqni ushlab, quyosh issig’iga tutib pishirib, eb keta berar ekan. Odami Od Nuh payg’ambarni elkasiga mindirib toqqa olib chiqibdi. Qaerda baland daraxt bo’lsa, kema uchun kesmoqchi bo’libdi. Tog’da to’rtta katta chinor bor ekan. U chinorlarni tomir-pomiri bilan sug’urib olib, o’z elkasiga ortib, ustiga Nuh payg’ambarni o’tqazib, dengiz bo’yiga ravona bo’libdi. Odami Odning qorni hech ovqatga to’ymas ekan. Nonushtasiga bir hovuz suvga non to’g’rab er ekan. Odami Od kemani bitiribdi. Hamma odamlarni kemaga solib, dengizga tushib, o’zi kemani torta ketipti. Hikoyada Odami Od odamlar ajdodi birinchi odam sifatida namoyon bo’lgan. Mazkur naqlda qadimgi inson dunyoqarashi o’z ifodasini topgan. Od so’zi tojik va fors tilida ulkan odam ma`nosini bildiradi. Binobarin, mifologik obraz qadimiy urug’lardan birining himoyachisi, homiysi bo’lgan bo’lishi kerak. Od naqlda umumxalq manfaatini ko’zlab ish tutadi. Nihoyatda ulkan va g’ayri tabiiy kuchga ega. Demak, mazkur mif didaktik mazmun kasb etgan. Umuman olganda, mif, afsona, asotir, rivoyat va boshqa qadimgi asarlarda insoniyatni yaxshilikka etaklash, ezgulik asosida tarbiyalash bosh mavzu qilib tanlanganligini ko’ramiz. Bir so’z bilan aytganda, bu janrlar tom ma`nodagi didaktik masalalarni qamrab olgan va asrlar davomida avloddan-avlodga o’tib kelgan. Hozir ham bu noyob asarlar o’z qimmati yo’qotgan emas. Bu manbalar yozma adabiyotga ham kata xizmat qilib kelmoqda.
7-variant 1. Xalq og’zaki badiiy ijodining o’ziga xos xususiyati (an‘anaviylik). J:
An`anaviylik xalq og`zaki badiiy ijodining asrlar davomida hayot tajribasida sinalgan asosiy xususiyatlaridan biridir. Yuqorida ta`kidlaganimizdek, folklorshunos olim Omonilla Madayev an`anaviylikni folklorninig asosiy va birinchi xususiyati, deb hisoblaydi.Gap shundaki, xalqning hordiq chiqarishida, madaniy dam olishida asosiy vosita hisoblangan doston, ertak, qo`shiq, askiya, topishmoq ijrolari qadim zamonlardan buyon ma`lum an`anaga bo`ysunadi. Bu holatni bir necha yo`nalishda ayd etish mumkin: 1. Folklor asarlarining og`zaki usulda yaratilishida. 2. Og`zaki ijod asarlarining matnida. 3. Ijroning shaklida. Folklorshunos olimlar B. Karimov, H. Zarifov, M. Afzalov, M. Alaviya, Z. Husainovalarning ma`lumot berishicha, og`zaki ijod asarlarini ijro etishda ijrochilar qat`iy odatlarga amal qilganlar. Xususan, ertak aytuvchilar tinglovchilari yig`ilganidan so`ng o`z oldiga suv, kul, tuproq, isiriq, supurgi, taroq, cho`p va boshqalarni ma`lum tartibda qo`yib ertak aytishni boshlaganlar. Topishmoq aytishda esa g`olib va mag`lub taraflarni belgilovchi shartlar e`lon qilingan. Doston ijrosida Samarqand, Xorazm, Farg`ona, (Namangan) an`analari mashhur bo`lgan. Demak, turli janrlarga oid asarlar ijrosi davomida doimiy ravishda tak rorlanuvchi an`analar muhim rol uynagan. Shubhasiz, folklorshunoslikda matniy an`analarga e`tibor berish muhimroq hisoblanadi. Biz bu o`rinda doston, ertak janrlariga mansub asarlarni nasriy va nazmiy shakllarini, asar boshlanmasidagi an`anaviy o`rinlarni nazarda tutamiz. Adabiyotshunoslikda obraz yaratish, konflikt badiiy tasvir vositalari kabi tushunchalar yetakchi xususiyatlar sanaladi. Xalq qo`shiqlaridan tortib dostonlarigacha, maqollardan tortib ertaklargacha obraz yaratish, voqeani bayon qilish, badiiy tasvir vositalaridan foydalanish kabilar o`ziga xos ko`rinishlarga egadir. Shuning uchun xalq orasidan yetishib chiqqan va alohida iqtidorga ega bo`lgan ijodkor - ijrochilar o`zlari yaratgan asarlarini har bir janr an`anasini hisobga olgan holda ijod qilganlar. Natijada, ular yaratgan yangi asar an`ana jihatdan original bo`lmagan. Shuninig uchun ham yangi ertak yoki doston yaratuvchi shaxs o`z nomini muallif sifatida eslashga jur`at etmagan. Shunday qilib, an`anaviylikni xalq og`zaki ijodning o`ziga xos muhim belgilaridan biri sifatida ko`rsatish mumkin bo`ladi. 2. Xalq ertaklarining mavzu jihatdan turlari. J: :maishiy , sehrli, hayvonlar haqidagi va talabalar haqidagi ertaklar; 3. Po’lkan shoirning hayoti va ijodi. J: Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li Po'lkan 1874-yilda Samarqand viloyati Xatirchi tumanidagi Qatag'on qishlog'ida dehqon oilasida dunyoga keladi. Po‘lkan Fozil shoirga o‘xshab yoshligidanoq yetim qoladi. U ham 10 yoshidan dehqonchilik bilan shug'ullanadi. Ko‘p o‘tmay cho'ponlik qila boshlaydi. Shuning uchun podani ma’lum o‘tloqqa qo‘yganidan so‘ng, uni nazorat qilishdan boshqa ishi bo‘lmaydi. Natijada, do'mbira chertib vaqt o'tkazishni odat qiladi. 0 ‘zicha terma va dostonlardan parcha aytishni o’rganadi. Ammo undagi tabiiy iqtidor tez orada mashhur baxshi- 199
laming e’tiborini o‘ziga jalb qildi. Katta ustozlik tajribasiga ega Jassoq baxshi unga baxshilik sirlarini o‘rgatadi. Muhimi, Jassoq baxshi Polkanning o‘ziga xos doston aytish usuliga to'siq bo‘lmay mustaqil ijro qobiliyatini rivojlantirdi. Natijada, ikki yil o‘tar-o‘tmay Po'lkan ustoz baxshilar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tib, shoir nomiga munosib topiladi. Bu muvaffaqiyat Poikanga o‘z raashqlariga mas’uliyat bilan yondashish kerakligini ta’kidlagandek bo‘ldi. Jassoq baxshining 4 yil u bilan mashq qilishi oqibatida baxshilik tajribasiga ega bo‘ldi. 25 yoshida sinovdan o‘tib taxminan 1899-1900-yillar atrofida nomdor baxshi sifatida tilga tushdi. Ammo u paytda Muhammadqul baxshi deb atalgan Polkan o'ziga o‘ta talabchan inson edi. Shuning uchun mustaqil baxshilar faoliyat olib borish huquqiga va imkoniyatiga ega bo‘lsa-da, Jassoq baxshidan ajralmadi. Ustozining hamma dostonlari repertuarini to‘liq o‘zlashtirishga harakat qildi, eshitgan va o‘rganganIariga muttasil yangiliklar kiritib bordi. Lekin hayot unga o‘ta murakkab sinov lavhalarini tayyorlab qo‘ygan edi. Gap shundaki, 1914-yilda Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li 40 yoshda ekanida chor Rossiyasi podshohi farmoniga binoan Turkiston o‘lkasidan birinchi jahon urushida qora ishlami bajarish uchun mardikorlikka olingan mahalliy aholi qatorida ona yurtini tashlab ketishga majbur bo‘ldi: qishlog‘idagi Bo‘riboy ismli bir badavlat odam mardikorlikdan ozod bo‘lish mablag'ini tolaydi va uning o‘miga Muhammadqul mardikorlikka olinadi va Rossiyaga jo‘natiIadi. Bu safar natijasida baxshining “Mardikor” dostoni vujudga keladi. Unda oq podshoh zulmiga, o‘zbek xalqiga hech qanday aloqasi yo‘q urush tashvishlariga bo'lgan norozilik o‘zining badiiy ifodasini topgan. Po'lkan nomi esa “polk” so‘zidan olingan bo‘lib, mardikor bo‘lib yurgan zamonlardan xotira sifatida front orqasidagi polkda xizmat qilgani uchun unga taxallus bo‘lib qoldi. Po‘lkan o‘tgan asming 20-yillaridan o‘zbek folklorshunos olimlari e’tiboriga tushdi. Hodi Zarif, Buyuk Karimov, Mansur Afzalov, keyinchalik undan yozib olingan asarlami Oxunjon Sobirov, Muhammadnodir Saidov, Malik Murodov o‘rgandilar. Baxshi “Go‘ro‘g‘lining tug'ilishi”, “Yunus pari”, “Gulnor pari”, “Avazxon” dostonlarini alohida mahorat bilan ijro etgan. Shuningdek, “Yodgor”, “Shayboniyxon”, “Qironxon”, “Kuntug'mish” dostonlarini ham o‘ziga xos usulda aytganligi ma’lum. 0 ‘zbek folklorshunosligi fani rivojiga munosib qissa qo‘shgan olimlar V.M. Jirmunskiy va H.T. Zarifov 1947-yilda nashr qilingan “0 ‘zbek qahramonlik eposi” kitobida Po‘lkan ijrosidagi “Qironxon” dostoni 20000 200
misra she’rdan iborat ekanini alohida ta’kidlaganlar94. Taniqli olim Mansur Afzalov “Po‘lkan shoir” kitobida: “Po‘lkan shoir chet el bosqinchilarining ayyorlik, qo‘rqoqlik sifatlarini ustalik bilan ko‘rsatib, dushmanlar obrazini yorqin chizib beradi. “Rayhon arab qo'rquvdi”, “0 ‘lgandan qo‘rqqan yomon”, “Tishi toshday urishib” va boshqalar...”95 - deydi. Har bir baxshi o‘z xalqini, yosh avlodini komil inson sifatida tarbiyalanishi uchun munosib hissa qo'shadigan asl insondir. Po'lkan o‘zining ustozidan Qo‘rg‘on dostonchilik maktabiga xos usullami mukammal o‘zlashtirgani uchun butun ijodi davomida yoshlami ajdodlarimiz qadriyatlariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat bilan qaradi. Ayniqsa, “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” u yoddan bilgan 70 ta doston orasida о ‘ zining voqealami aniq ifodalashi, tilining soddaligi, qadimgi odatlami ulug‘lab tasvirlashiga ko‘ra juda ibratlidir.
4. «To’maris» afsonasida To’maris timsoliga tasnif. J:
«To‘maris» rivoyatining qisqacha mazmuni Gerodotning «Tarix» asarida keltirilgan. Unda Eron shohi Kir bilan massagetlar qabilasi o ‘rtasida yuz bergan jang voqealari tasvirlanadi. Massagetlar qabilasi boshlig‘i To‘marisning vatanparvarligi va qahramonligi alohida qaydi nl.tdi \:iU| livoyalida To'maris obrazi qadimgi jangovor ayollaming 111 чк ч .1 kill silalida talqin etiladi. Uning jasurligi, o ‘ktamligi, donoligi i. 11 . i n 1111111 qilinadi.■ I o'maris» rivoyatining yaratilishiga matriarxat jamiyatida (onali■„illauaii davrida) yashagan qahramonjangchi ayollar — amazonkalar i inisoli yetarli ta’sir ko'rsatgan. Rivoyatda hikoya qilinishicha, adolatli, ladhirkor, mustahkam idorali, jasur va jangovor ayol, qabila boshlig‘iI o'maris Eron shohi Kirning hiyla-nayranglarini donolik bilan idrok ri ib, Kir boshlagan fitna-jangdan el-yurtini omon saqlab qoladi.O.ibila mustaqilligini himoya qilish uchun jang boshida turib kurashadi va mardlarcha g‘alaba qozonib, Kirni yo‘q qiladi.Kcyinchalik «To‘maris» rivoyati asosida «Oysuluv» dostoni yaratilgan.
8-variant 1. Qadimgi davr folklori. J:
Folklorshunos olimlar o`zbek folklorini quyidagi davrlarga bo`ladilar:
1. Qadimgi davr folklori. 2. X-XIX asarlar folklori. 3. XX asr folklori. 4. Mustaqillik davri folklori
Folklor taraqqiyotining bunday bo`linishi, albatta, shartlidir, Chunki folklor asarlari o`z xususiyatidan kelib chiqib barcha davrlar uchun umumiylik kasb etadi. Shuningdek, ma`lum folklor asarining yaratilgan davri aniq bo`lmaydi. Ammo davrlashtirilganda ko`proq umumiylik nazarda tutiladi, ya`ni ayrim yozma manbalar, tarixiy voqealar hisobga olinadi. Qadimgi davr folklori deganda qadim zamonlardan to X asrga qadar yaratilgan va ijro etilgan folklor asarlarini nazarda tutamiz. Tabiiyki, bu davrda yaratilgan folklor asarlarini qaysi manba orqali o`rganamiz yoki boshqalardan qanday ajratamiz degan savol tug`iladi. Qadimgi davr folklori haqidagi ma`lumotlarni bizga qadar etib kelgan ayrim yozma manbalardan, arxeologik topilmalardan o`rganamiz. Qadim zamonlarda bugungi kunda qozoq, qirg`iz, turkman, tatar, boshqird, ozarbayjon, o`zbek, turk va h.k. deb atalayotgan turkiy xalqlar bir qavm hisoblanganlar. Shuning uchun XVII asrgacha «turkiy» deb nomlangan atama ilmiy adabiyotlarda ko`p uchraydi. «Avesto», «O`g`uznoma», «Kitobi Dada Qurqut» kabi asarlar qadimgi turkiy xalqlar og`zaki ijodining yodgorliklaridir. To`g`ri, «Avesto»da forsiy xalqlar hayoti ham o`z ifodasini topgan. Ammo bu kitobda qadimga ajdodlarimiz ijodi ham aks etgan. «Avesto»ning muallifi esa xorazmlik yurtdoshimiz Zardusht bo`lganligi diqqatga sazovordir. «Avesto» yubileyining YUNESKO miqyosida nishonlanishi munosabati bilan bu haqdagi bilimlarimizga yanada aniqlik kiritildi va uning o`zbekchaga o`girilishi katta yutuq bo`ladi.
2. Xalq ertaklarining mavzu jihatdan turlari. J: :maishiy , sehrli, hayvonlar haqidagi va talabalar haqidagi ertaklar;
3. XX asr yozma adabiyot vakillari ijodida folklor asarlarining tutgan o’rni. J:
Aslida, o‘zbeklammg dunyoda ilg‘or, benazir madaniyatga ega bo'lgan xalq ekanligini tasdiqlovchi fikrlar mustabid tuzum paytida ham aytilgan. Ammo bunday hur gaplaming mualliflar qatag'on qilingan edilar. Ulaming ko‘pchiligi sirU vaziyatlarda hayotdan ko‘z yumdilar. Fitrat, Cho‘lpon, Qodiriy, Otajon Hoshim, Sulaymon Xo‘ja va boshqalar esa o'ylab topilgan yolg'on jinoyatlarda ayblanib otildilar. Ayrimlari - Usmon Nosir, keyinchalik Mirtemir, Maqsud Shayxzoda, Said Ahmad, Shukrullo, Shuhrat kabilar uzoq muddatga qamoqqa olindilar. Ammo trkinlikni, o ‘trnishdagi xalq allomalarining kashfiyotlarini targ'ib etuvchi asarlar tizimi murakkab vaziyatda ham to'xtab qolmadi. XX asming 60- 70-yillari adabiy hayotiga yosh ijodkorlar sifatida kirib kelgan Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi shoirlar “0 ‘zbegim”, “0 ‘zbekiston” kabi poetik asarlar yaratdilarki, bu davrda yashagan yurtdoshlarimiz 0 ‘zbekiston qadimdan ilm-ma’rifat, kashfiyotlar va qadriyatlar yurti ekaniga komil ishonch bildira boshladilar. Xalqimizning haqiqiy farzandlari sa’y- harakati bilan “Xalq og‘zaki ijodi” turkumida “Alpomish” dostoni, Ergash Jumanbulbul, Fozil shoir, Po‘lkan, Islom shoir, Bola baxshi ijro etgan epos namunalari, xalq qo'shiqlari, ertaklari, askiya, latifa, topishmoqlaming nashr qilinishi nur ustiga nur bo‘ldi.Shuningdek, o‘tgan asming 50- yillarida Ibrohim Mo‘minov, Vohid Zohidov, Hodi Zarif kabi taniqli ziyolilar turli sabab va vajlar bilan Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘oti-t-turk” (Solih Mutallibov), Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” (Qayum Karimov), Navoiyning “Xamsa”, Bobuming “Bobumoma” (Parso Shamsiyev) kabi bir qator asarlarini nashrga tayyorladilar va chop etdilar. Qizig'i shundaki, bizning olimlarimiz mumtoz adabiyot namunalaridan sobiq sho‘ro tuzumi siyosatiga mos kelmaydigan o'rinlami atayin keskin tanqid qilishar, boylar va yo‘qsillar madaniyati haqida siyosatbop gaplami topishar, ammo asarlami to‘liq nashr qilishdek oliy niyatlariga ham erishar edilar.Tabiiyki, “Sobiq sho‘ro tuzumi davrida bevosita xalq orasida hukmron siyosatni tanqid qiluvchi xalq og'zaki ijodi asarlari yaratilmadimi?” - degan savol tug'iladi. Gap shundaki, xalq og‘zaki ijodi asarlari yozib olinmasa, ulaming ommalashuvi uchun sharoit bo'lmasa, vaqt o‘tishi bilan bu asarlar o‘z-o‘zidan g‘oyib bo'ladi: aytuvchining yodidan ko‘tariladi, taqdir taqozosi bilan aytuvchi vafot etadi va hokazo. Ulami yozib olish esa hamisha ham amalga oshavermaydi. Bugungi kunda o‘sha paytda dohiy deb tan olingan tarixiy shaxslar haqida o ‘nlab latifalar to‘qilganim,qo‘shiqlarda maqtalayotgankolxozlar, besh yilliklaming asl qiyofasi tanqid qilinganini e'tirof etish mumkin, xolos. Jumladan, o‘z paytida Otajon Hoshim tomonidan yozib olingan qo‘shiqlarda kolxoz tuzumiga, hamma ekin maydonlariga faqat paxta ekish siyosatiga salbiy munosabat bildirilgan qo‘shiqlar borligi haqidagi xotiralar mavjud, xolos. Afsuski, taqdir taqozosi, turli sabablar bilan bu yozuvlar yo‘qolgan. 4. Qadimgi xalq qo’shiqlaridan yod ayting. “Sust хоtin, suzmа хоtin, Ko’lаnkаsi mаydоn хоtin! Yоmg’ir yоg’dir ho’l bo’lsin, yеru jаhоn ko’l bo’lsin, Mаysаlаr qulоq yоzsin, Sutu qаtiq mo’l bo’lsin!”
Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling