1. Fonostilistikaning o‘rganish ob'yekti nima? A so‘zlarning hayotiy ma'nolarini o‘rganadi


Download 14.5 Kb.
Sana19.11.2020
Hajmi14.5 Kb.
#147344
Bog'liq
Testlar


Testlar:

1. Fonostilistikaning o‘rganish ob'yekti nima?

A) So‘zlarning hayotiy ma'nolarini o‘rganadi.

B) Nutq organlarining tovushdagi hosil qilish paytidagi harakati va holati, tovush o‘zgarishlarini tekshiradi.

S) Nutq tovushlarining nutqning ta'sirchan vosita bo‘lib xizmat qila olish usullari va qonuniyatlarini o‘rganadi.

D) Qo‘shimchalarning uslubiy xususiyatlarini o‘rganadi.

2. She'rda undoshlar takrori yordamida o‘ziga xos jozibador ohang hosil bo‘lishi...?

A) assonans

B) alliteratsiya

S) anafora

D) ishtiqoq

3. Lotinchada “yonida”, “harf” degan tushunchalarni bildiruvchi badiiy san'at turi...?

A) assonans

B) alliteratsiya

S) anafora

D) geminatsiya

4. Assonans hodisasi nima?

A) Undoshlar takrori bilan hosil qilinadigan stilistik ma'no.

B) Unlilar takroriga asoslanib ifodaviylikni kuchaytiriuvchi vosita.

S) Tovush tushishi hodisasi.

D) So‘zlar takrori orqali ma'no kuchaytirish hodisasi.

5. Buzib talaffuz qilish bilan ma'no kuchaytirilgan javobni aniqlang.

A) Ziyodni onasi o‘pkasi to‘lib-to‘lib chaqirdi.

--Ziyod-u-u-u!!! (T.Murod)

B)”Bumm” degan tovush eshitildi. (gazetadan)

S) Kuy sehrladi bizni. (gazetadan)

D) - Jinni bo‘ldingmi, Ne'mat?

-Men sizga Ne'mat emasman, o‘rtoq Babbayev bo‘laman, o‘rtoq Xajjayip. (S.Ahmad)

6. Fonostilistik ma'no hosil qilishda qanday fonografik vositalardan foydalaniladi?

A) abzats, ko‘p nuqta, katta harflar, qo‘sh undov va tire

B) vergul, nuqtali vergul, tutuq belgisi

S) nuqta, chiziqcha, tutuq belgisi

D) so‘roq belgisi, ikki nuqta, nuqtali vergul

7. Sochilgan sochingdek sochilsa siring...

Cho‘lpon yuqoridagi she'rida qanday fonostilistik vositadan foydalangan?

A) iyhom

B) assonans

S) alliteratsiya

D) geminatsiya

8. Ohang yordamida so‘zlarni ikki ma'noda tushunishga asoslangan san'at?

A) tajohuli orif

B) iyhom

S) takrir



D) tarse'
Download 14.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling