1. fotodetektorlar haqida umumiy tushuncha fotoelementlar va fotoeffekt fotoqabul qilgichlar


Download 0.59 Mb.
bet1/8
Sana23.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1652012
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAVZU 20 FOTODETEKTORLAR VA ULARNI QO\'LLANILISHI


MAVZU: FOTODETEKTORLAR VA ULARNING QO’LLANILISHI
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………..2
1.FOTODETEKTORLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA……………………..4
2. FOTOELEMENTLAR VA FOTOEFFEKT………………………………………..10
3. FOTOQABUL QILGICHLAR………………………………………………………14
4. OPTIKA ALOQA………………………………………………………………….....16
XULOSA……………………………………………………………………………….…28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………………….29

KIRISH
Hozirgi vaqtda jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan va tobora keng qo’llanish topayotgan optik aloqa tizimlari ana shunday aloqa vositalari sirasiga kiradi.
O‘tgan asming so‘nggi o‘n yillari davoniida yorag‘likning to‘lqin va korpuskulyar tabiati bilan bog’liq fundamental xossalaridan foydalanish, optoelektronika, integral optika, golografiya bo‘yicha erishilgan yutuqlar, jumladan, yuqori samarali yarimo‘tkazgichli yorag‘lik manbalari — yorag‘lik va lazer diodlarining, katta sezgirlikka ega bo‘lgan, tezkor foto-qabulqilgichlar — fotodiodlar, ko'chkili
fotodiodlar, yuqori darajadagi shaffof, kam yo‘qotishli yorag‘lik
uzatkichlar — optik tolalarning yaratilishi aloqa tizimlarining yangi
va istiqbolli yo‘nalishi optik aloqaning paydo bo‘lishi, jadal sur’atlar
bilan rivojlanishi va keng qo‘llanishiga olib keldi. Optik aloqaning bir qator xususiyatlari uning telefon tarmoqlari, kabel televideniyesi, kosmik apparatlar, samolyot, suv usti va suv osti kemalarining bort aloqasi, elektron hisoblash mashinalar orasidagi ichki va tashqi aloqani tashkil etish, shuningdek, texnologik jarayonlarni boshqarish maqsadlarida keng qo‘llanish topishiga olib keldi va u raqobatbardosh aloqa turlaridan biriga aylandi.
Har qanday aloqa tizimi axborotni bir manzildan boshqa manzilga uzatish uchun xizmat qiladi. Aloqa tizimlarining barcha turlari ikki muhim omili axborot eltuvchi va axborot uzatuvchi muhitning mavjudligini nazarda tutadi. An’anaviy elektr aloqa tizimlarida axborot eltuvchi vazifasini elektromagnit to‘lqinlar axborotni uzatuvchi muhit xizmatini esa elektr o‘tkazgich simlar o‘taydi. Bu hol ushbu turdagi aloqa tizimining halaqitlar (tashqi elektr va magnit maydonlarining ta’siri)ga
bardoshliligini ta’minlash choralarini ko‘rishni talab etadi va natijada aloqa liniyalarining o‘lchamlari va vaznining ortishiga olib keladi. Radioaloqa tizimlarida axborot eltuvchi o'rnida radiodiapazon (104—108 Hz) va o‘ta yuksak chastota diapazonlarida (109—1012 Hz)gi elektromagnit to'lqinlar, axborotni uzatuvchi muhit sifatida yer atmosferasi yoki kosmik muhitdan foydalaniladi.
Optik aloqa tizimlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda axborot eltuvchisi vazifasini yorug'lik diapazonidagi (1014—1015 Hz) elektromagnit to'lqinlar — elektr jihatdan neytral foton zarrachalari, axborotni uzatuvchi muhit xizmatini esa yer atmosferasi yoki tashqi elektr va magnit maydonlari ta’siriga berilmaydigan dielektrik to'lqin uzatkich — optik tola o'taydi. Yorug'lik zarrachalari — fotonlar va
dielektrik to‘lqin uzatkichlaming yuqorida qayd etilgan fundamental
xossalari optik aloqa tizimlari (ayniqsa, tolali optik aloqa tizimlari)ning bir qator afzalliklari - o‘tkazish oralig‘i (polosasi) ning kengligi, axborotlami uzatish tezligining kattaligi, halaqitlarga yuqori darajada bardoshliligi, o‘lchamlari va vaznining kichikligi, iqtisodiy jihatdan samaradorligi va h.k.larda namoyon bo'ladi.
Hozirgi vaqtda dunyoning barcha taraqqiy etgan mamlakatlarida optik aloqa tizimlari, xususan, tolali optik aloqa tizimlarini takomillashtirish, ulardan axborotlar oqimini uzatish va ularga ishlov berish tarmoqlarida foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Bizning mamlakatimizda ham o‘n yilliklar davomida jadal rivojlanishi va keng qo‘llanishi sabablari,
ochiq va tolali optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsiplari, tolali optik aloqa tizimlarida ikki tomonlama aloqani tashkil etish, mazkur tizimlarning liniyaviy traktida axborot oqimini zichlashtirish va sinxronlash masalalariga oid asosiy ma'lumotlarbayon etiladi. Unda optik aloqa tizimlarida qo‘llaniladigan aktiv va passiv elementlar yorug‘lik manbalari (yorug‘lik va lazer diodlari), fotoqabulqilgichlar (fotodiod, p-i-n fotodiodi, ko‘chkili fotodiod, fototranzistorlar),
optik kuchaytirgichlar (tolali va yarimo‘tkazgichli kuchaytirgichlar),
yorug‘lik modulyatorlari (elektrooptik, akustooptik, magnitooptik va yarim o‘tkazgichli modulyatorlar), optik ulagichlar va tarmoqlagichlar, optic attenyuatorlar, filtrlar, izolyator va sirkulyatorlar, multipleksor va demultipleksorlar, optik kommutator va h.k.larning ish mexanizmlari, xarakteristika va parametrlari, qoilanish xususiyatlari batafsil ko‘rib chiqiladi.
Darslikda shuningdek, tolali optik aloqa tizimlarining liniyaviy
traktini tashkil qilish, axborotlar oqimini kodlash va dekodlash,
magistral, mintaqaviy, mahalliy, lokal va abonentlik optik tarmoqlarini tuzish hamda optik aloqa tizimlarini ekspluatatsiya qilish usullariga, mazkur tizimlarning rivojlanish istiqbollariga oid asosiy masalalar ham muhokama etiladi.
Darslik Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Telekommunikatsiya injiniringi» kafedrasi o‘qituvchilari — kafedra professori, texnika fanlari nomzodi
R.I. Isayev (so‘zboshi, 1, 10, 11, 12, 13-boblar), dotsent, fizikamatematika fanlari nomzodi N. Yunusov (so‘zboshi, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 14-boblar), katta o‘qituvchi G.X. Mirazimova (1, 2, 7, 11, 12, 13-boblar) tomonidan yozildi. O‘z-o‘zidan ayonki, universtetimizda «Telekommunikatsiyalar» bakalavrlatura ta’lim yo‘nalishida taTim oluvchi talabalar uchun keyingi o‘quv yillarida o'qitilayotgan yangi «Optik aloqa asoslari» fani bo'yicha birinchi marta yozilgan va nashrga tayyorlangan ushbu darslikning tarkibiy. tuzilishi, mavzularning yoritilish darajasi, ularni bayon etish usuli bo‘yicha muayyan kamchiliklarga ega bo’lishi mumkin.
Shu munosabat bilan mualliflar bu haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan o‘quvchilarga minnatdorchilik bildiradilar.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling