1 foydalanuvchining qo’llanmasi 05. 12. 2018 3 versiyasi
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
foydalanuvchiqollanmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Tez tez beriladigan savollar
- Agar DT xalqaro kartalar, kreditlar, omonatlarni aks ettirmasa nima qilish kerak
- Hamyon nima uchun kerak
- Kreditni so ’ndirdim, biroq kredit qoldig’i o’zgarmadi.
- Mening pullarim qayerga ketdi
- Telefon/e- mailni o’zgartirish
- YO’RIQNOMA 4. Mobil ilovada ro’yxatdan o’tkazish
- Mobil bankingning to’laqonli funksiyalari bilan DT ni ro’yxatdan o’tkazish uchun
- 6. Ekspress- o’tkazmalar
- 11. Kurslar va konversion operatsiyalar
- 12. Aloqa markaziga murojaat qilish
- 14. Kartalarni buyurtma qilish (tez kunda)
1 FOYDALANUVCHINING QO’LLANMASI 05.12.2018 1.3 VERSIYASI 2 UMUMIY MA’LUMOTLAR 1. Loyiha tavsifi Loyihaning bosh g ’oyasi Foydalanuvchi – jismoniy shaxslarga masofadan turib bank xizmatlarini ko’rsatish imkoniyatini yaratish. IPAK YO`LI MOBILE Mobil ilovasi ( keying o’rinlarda – DT) juda sodda va qulay interfeysga, stilli dizaynga va uchta klassik tilli matn interfeysiga ega.
DT quyidagi uchta darajadagi versiya bilan amalga oshiriladi: - identifikatsiya qilinmagan foydalanuvchilar uchun cheklangan versiya; - «Ipak Yo ’li» banki Mijozlari uchun to’liq versiya; - ro
’yxatdan o’tkazilmagan shaxslarga ko’rish uchun versiya (demo-versiya, tez kunda).
DT, mijozning o ’z moliyaviy resurslari (mobil hamyon, kartalar, hisobvaraqlar, omonatlar, kreditlar, maqsadlar) ni quyidagi yo’llar bilan boshqarish imkonini beradi: - hisobvaraqlar/kartalar/shartnomalar bitim shartlari, qoldiq mablag’lar to’g’risidagi ma’lumotlarni olish; - ommaviy to ’lovlarni va bank o’tkazmalarini amalga oshrish, konversion operatsiyalarni o’tkazish; - bankka arizalar berish (kartalar chiqarish, ma ’lumotlar berish, pul o’tkazmalarini qabul qilish, qayta qo’ng’iroq buyurtmasi berish) va ularning statusini kuzatish, sotuv nuqtalarining joylashuvini ko’rish, chat, xat orqali bank bilan muloqot qilish; - push-xabarnoma yordamida xalqaro kartalar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar bo’yicha xabarnomalarni olish.
DT doimiy rivojlanishda. Mazkur yo’riqnoma talqinga ega va to’ldirilishi mumkin. Mobil ilovada va bank saytida amaldagi versiya aks ettiriladi. Mazkur yo ’riqnomada aks ettirilgan, biroq ayni vaqtda joriy qilinmagan holatlar – “tez kunda” deb belgilab qo’yilgan.
DT dan samarali foydalanish uchun, Foydalanuvchi mazkur yo ’riqnoma bilan tanishib chiqishi lozim. DT dan foydalanish bilan bog ’liq muammo yuzaga kelgan taqdirda, “Tez tez beriladigan savollar” bo’limini o’qib chiqishni tavsiya etiladi. Agar masalani must aqil hal qilish imkoni bo’lmasa, xatoning skrinshotini yaratish va uni support@ipakyulibank.uz manziliga yuborish yoki onlayn chat orqali (“mobil banking savollari” mavzusini tanlagan holda) berish yoki 781406900 raqami orqali Bankning tun-u kun ishlaydigan aloqa markaziga qo’ng’iroq qilish yoki Bank Filialiga murojaat qilish lozim .
Mobil banking xizmatini qanday yoqtirish mumkin? Bankda yangi mobil ilovani yuklab olishingiz lozim b o’ladi. Buning uchun https://bit.ly/2SQ2bG8 manzilga o`ting yoki Ipak Yo ……. jumlasini marketdan qidiring.
Yangi login yaratgan holda (o ’z xoxishingizga ko’ra) yangi mobil ilovada ro’yxatdan o’tishingiz va mobil telefon raqamini ro’yxatdan o’tkazish uchun bankning aloqa markaziga (agar Siz ilgari bizning bankimizda jismoniy shaxslar uchun mo ’ljallangan shaxsiy kabinet va mobil ilovadan foydalangan bo ’lsangiz) yoki Bank ofisiga borishingiz kerak. Ro ’yxatdan o’tkazish vaqtida Sizning telefoningizga sms-kod kelib tushadi va uni bank xodimiga aytasiz. Bank xodimi tomonidan kod kiritilganidan so ’ng Sizga “Shaxsiy kabinet” tizimidan foydalangan holda AIT “Ipak Yo’li” bankida jismoniy shaxslarga masofaviy bank xizmatlarini ko’rsatish Qoidalarini qabul qilishi to’g’risidagi ariza taqdim etiladi.
3
Kartalar qanday qilib biriktiriladi? Kartalar Uzcard tizimiga qo’lda biriktiriladi. Buning uchun, asosiy sahifadagi “Kartalar” bo’limida “qo’shish” tugmasi bosilishi kerak. Bir nechta kartalarni qo’shish mumkin, bunda har bir biriktirilganda kartaning sms- axborot yuboriladigan telefon raqamga dialog oynaga kiritilishi lozim bo’lgan tekshiruv kodi jo’natiladi. Agar kartada sms-axborot bo’lmasa, unda kartani biriktirib bo’lmaydi. Buning uchun, UzCard kartalariga xizmat ko’rsatuvchi yaqin oradagi infokiosk, bankomatda sms-axborotni sozlash lozim. DT xalqaro kartani qo ’lda biriktirish imkonini bermaydi. DT ga to’liq kirish huquqi mavjud bo’lgan taqdirda, kartalar avtomatik tarzda aks etadi.
Agar Siz identifikatsiyalanmagan foydalanuvchi bo’lsangiz – Sizda DT cheklangan miqdordagi funksiyalari mavjud bo’ladi, shuning uchun xalqaro kartalar bilan operatsiyalarni amalga oshirish vaqtincha mavjud emas. Agar Siz DT ga to ’liq kirish huquqiga ega bo’lsangiz, unda kartalar avtomatik tarzda aks etadi (bloklangan kartalar bundan mustasno). Agar DT Sizning xalqaro kartalar (kreditlar, omonatlar) ingizni ko’rsatmayotgan bo’lsa, buning uchun, ushbu kartalar (kreditlar, omonatlar) chiqarilgan bank ofisiga yoki aloqa markaziga (agar avval mobil ilova bilan foydalangan mijoz bo`lsangiz) murojaat qilishing iz lozim bo’ladi va bank xodimi yetishmayotgan (aks etmayotgan) elementni qo’lda qo’shib qo’yadi.
To’lov o’tmayaptimi? Istalgan darajadagi kirish huquqiga ega bo ’lgan Foydalanuvchilar Uzcard tizimidagi kartadan kartaga, DT tizimida mavjud bo ’lgan xizmatlar yetkazib beruvchilarning hisobraqamlariga to’lovlar va kreditlarni so ’ndirish imkoniga ega. To ’liq foydalanish huquqi mavjud bo’lgan taqdirda (identifikatsiyalangan mijoz), 24/7 rejimda hisobraqam/hamyondan yoki hisobraqam/hamyonka to ’lovlarni, konversion operatsiyalarni amalga oshirish mumkin. Kartaga mablag ’larni kiritish shu zahoti amalga oshiriladi, hisobvaraqqa esa agar bank ABT si ishlayotgan bo ’lsa (amaliyot kunini yopish jarayoni ketmayotgan bo’lsa). Agar to ’lov o’tmasa – “o’tkazish” bosilgan vaqtda, ekran pastida xatolik chiqadi (misol uchun summa limitdan ortiqcha va boshqalar). Chiqqan xatolik asosida o ’z harakatlaringizni to’g’irlashga urinib ko’ring (rekvizitlarni o ’zgartirish, to’lov maqsadi, summasi). Agar xatolik bartaraf etilmasa – to’lovni keyinroq amalga oshirishga urinib ko’ring yoki aloqa markaziga murojaat qiling.
to’lov qanday ishlaydi? Muntazam to ’lovlarni amalga oshirish qulay bo’lishi uchun (misol uchun: repititor kartasiga har hafta to ’lanishi lozim bo’lgan ingliz tili darsi uchun to’lovlar, MTM – bolalar bog’chasi hisobraqamiga to ’lanadigan har oylik to’lovlar) avtoto’lov funksiyasi mavjud. To ’lovlarning davriyligi (haftalik, oylik), to’lov kuni (oy kuni yoki hafta kuni), to’lov summasi (so’m yoki qoldiqdan foiz), shuningdek agar summa yetarli bo ’lmasa DT nima qiladi (n-kundan keyin urinib ko’rish yoki qoldiqdan n-% ni yechib olish) – shunday to’lovlar amalga oshirilganidan keyin foydalanuvchi tomonidan qo ’lda sozlanadi. DT Siz bilan Toshkent vaqti bilan 12:00 da ko ’rsatilgan karta/hisobraqamlardan avtoto’lovni amalga oshiradi.
Hamyon nima uchun kerak? Mobil hamyon to ’lovlarni amalga oshirish va qabul qilish (ekspress – o’tkazmalardan tashqari) imkonini beruvchi ishonchli, mukammal to ’lov instrumenti hisoblanadi. Ko’pgina bank mahsulotlari (onlayn kredit berish (tez kunda), onlayn omonatning asosiy summasi va foizlarini olish (tez kunda) hamyonni qo ’llagan holda amalga oshiriladi. Hamyon orqali operatsiyalarni amalga oshirganlik uchun komissiya miqdori, kartalarni qo ’llagan holda amalga oshirganga qaraganda ancha past. Hamyon tun-u kun rejimida ishlaydi, amaliyot kuni yopilishi davom etayotgan holatlar bundan mustasno (ABT ishlamasa).
4
Agar menda naqd pul mablag’lari bo’lsa kreditni qanday so’ndiraman? Agar Sizning qo’lingizda naqd pul mablag’lari mavjud bo’lsa, Ipak Yo’li Banki kreditni yoki istalgan xarajatlarni to’lashning eng sodda usulini taklif etadi. Buning uchun, mobil ilova yordamida Ipak Yo’li bankining yaqin oradagi bankomatini topish lozim bo ’ladi. Bankomat orqali o’z kartangizni to’ldirishingiz mumkin (hozirda bankomat Ipak Yo’li bankida chiqarilgan Uzcard kartasini to’ldirishni amalga oshiradi, boshqa banklarning Visa va Uzcard kartalarini to’ldirish – tez kunda). Karta to’ldirilganidan so’ng, mobil ilova yordamida to’lovlarni amalga oshirish.
Izoh: Ipak Yo’li banki bankomatlari yoki Uzcard kartalariga yoki Visa (UnionPay Master Card – tez kunda)
kartalariga xizmat ko’rsatadi. Bankomat qidirilayotganda, Sizning so’rovingiz uchun mos keladiganini qidiring ( tez kunda interaktiv kartaga karta tizimiga kirishi mumkin bo’lgan identifikator qo’shiladi, hozirda bu ma’lumotlarni aloqa markazi orqali olish mumkin).
Kreditni so ’ndirdim, biroq kredit qoldig’i o’zgarmadi. Kreditni so ’ndirishga yo’naltirilgan to’lovlar kreditni shu zahoti so’ndirmaydi. Mablag’lar jamg’arma hisobraqamga tushadi va amaliyot kuni yopilayotganda muddati o’tgan qarzdorlikni so’ndirish uchun yo’naltiriladi. Ortiqcha mablag’lar jamg’arma hisobraqamda qoladi va kreditni so’ndirishning keyingi transhini kutadi. Kredit muddatidan ilgari so ’ndirilgan taqdirda (tez kunda), jamg’arma hisobvarag’idagi mablag’lar mavjud muddati o’tgan qarzdorlikni va joriy oy foizlarini so’ndiradi va qolgan summa keying transhlarni so ’ndirishga yo’naltiriladi.
Mening pullarim qayerga ketdi? Agar hisobvaraqlardagi va kartalardagi mablag ’lar qoldig’i Siz kutganingizdek bo’lmasa, qoldiqni yangilashni bosing (asosiy sahifada). Agar qoldiqlar Sizning kutganingizdek bo ’lmasa, kartalar hisobvaraqlarining ko ’chirmasini yoki «To’lovlat tarixi» sahifasini oching. Ko ’chirma yoki tarix hisobiga Siz mablag’laringiz qayerga ketganini ko’rishingiz mumkin. Misol uchun avtoto ’lov ishlab ketishi mumkin, “Maqsadlar” ni shakllantirish uchun mablag’larni yechib olish mumkin, yoki kreditning muddati o ’tgan summasini so’ndirish uchun ketishi mumkin (to’lov muddati kelgan taqdirda, bankda karta/hisobvaraqdan mablag ’larni yechib olish huquqi mavjud bo’ladi).
Telefon/e- mailni o’zgartirish? Agar Siz telefon raqamingizni yoki elektron pochta manzilingizni o ’zgartirgan bo’lsangiz, kartalarda qayd etilgan raqamlarga va Bankning mijoz ma ’lumotlariga o’zgartirish kiritish lozim bo’ladi. Buning uchun, Bank bo’limiga kelish lozim. Bank xodimi kartadagi sms-axborot raqamini va Bank ABT dagi ma’lumotlarni qanday qilib o’zgartirish kerakligini ma’lum qiladi. YO’RIQNOMA 4. Mobil ilovada ro’yxatdan o’tkazish Mobil ilovani yuklab olish uchun, quyidagi havoladan o’tish lozim: https://bit.ly/2SQ2bG8
Ilovaga birinchi marta kirishda, “Ro’yxatdan o’tish” tugmasini bosish yo’li bilan loginni ro’yxatdan o’tkazish lozim. Login erkin to ’ldirilishi mumkin, u lotinchada kiritilishi va beshtadan ortiq simvoldan iborat bo’lishi lozim. Keyingisi bosilganidan so ’ng, tizim parolni yaratishni taklif etadi. Saqlash bosilganidan keyin, aloqa ma’lumotlarini kiritish lozim: mobil telefon raqami va elektron pochta manzili ( agar mavjud bo’lsa). Mobil telefon yoki elektron pochtaga parol oynasiga yozilishi kerak bo’lgan tekshiruv kodi yuboriladi. Agar yuborilgan parol va kiritilgan parol bir-biriga mos kelsa, ro’yxatdan o’tish jarayoni muvafaqqiyatli o’tkazilgan hisoblanadi. To ’rt belgili paroldan iborat grafik kalitni kiritish yoki mobil ilovaga keyinchalik kirishni soddalashtiradigan barmoq izi so’nggi qadam hisoblanadi. 5
Foydalanuvchi sozlamalarda yoki qayta avtorizatsiya qadamlari kiritilgan “parolni unutdingizmi” ni tanlash yo’li bilan ilovaga kirishda parolni almashtirishi mumkin. Mobil bankingning to’laqonli funksiyalari bilan DT ni ro’yxatdan o’tkazish uchun: Agar mobil ilovaga kirishda, foydalanuvchi nomiga bosilganda «Siz identifikatsiya qilinmagan foydalanuvchi" degan yozuv chiqsa, bu Foydalanuvchi ilovaning cheklangan versiyasidan foydalanayotganligini anglatadi.
DT ning to’liq versiyasidan foydalanishlari uchun, mijoz telefon raqamini ro’yxatdan o’tkazish uchun bank bo ’limiga murojaat qilishi lozim. Telefon raqamni bank tomonidan ro’yxatdan o’tkazish mijoz tomonidan “Shaxsiy kabinet ” tizimidan foydalangan holda AIT “Ipak Yo’li” bankida jismoniy shaxslarga masofaviy bank xizmatlarini ko’rsatish Qoidalari akseptlanganidan so’ng amalga oshiriladi.
Asosiy ekran foydalanuvchining barcha moliyaviy resurslarini aks ettiradi: hisobvaraqlar, kartalar, kreditlar, omonatlar, maqsadlar, ulardagi qoldiqlarni aks ettirgan holda.
Moliyaviy resurslarning barcha qoldiqlari summasi mening moliyam bo ’limida aks ettirilishi uchun, qo’shish mumkin bo ’lgan bo’limlarni tanlab olish lozim:
6
Sozlama “sozlash” ni tanlash va qo’shilishi lozim bo’lgan bo’limlarni ajratish yo’li bilan amalga oshiriladi. Istalgan bo’lim bosilganda bo’limni detalizatsiyalash amalga oshiriladi. Misol uchun – Kartalarga bosilganda, Foydalanuvchida mavjud bo’lgan barcha kartalar ochiladi:
Detallar, ko ’chirma, tarix, karta bo’yicha foydali ma’lumotlar aks etadi (misol uchun – oylik ish haqi olish uchun hisob hisobvarag ’i, SWIFT-o’tkazmalar), operatsiyalar va Foydalanuvchi uchun boshqa axborotlar.
o’tkazmalar Mobil ilova foydalanuvchining karta/hisobvarag ’ining raqamini kiritmagan holda mobil ilovaning boshqa foydalanuvchisiga pul mablag ’larini berish imkonini beradi (manzilsiz o’tkazmalar analogi). Minimalniy limit - 1000 so ’m, maksimal – 10 млн. so’m. 500 ming so’mdan ortiq o’tkazmalar amalga oshirilgan taqdirda, karta telefoniga yuborilgan sms-parolni kiritish talab qilinishi mumkin. O ’tkazmani tashkil qilish uchun, to’lov ustunchasida, «Ekspress-perevod» ni tanlash lozim: 7
Yuborish bo ’limida so’mda summani kiritish lozim:
Bundan keyin “tayyor” ni bosish lozim. Bundan keyin, “bo’lishish” ekrani paydo bo’ladi:
U bosilganidan keyin kodni jo ’natishning barcha mumkin bo’lgan xizmatlari chiqadi. Ushbu xizmatlardan istalgan birini tanlash (misol uchun telegram) , unda oluvchini tanlagan holda jo’natishni bosish lozim. Oluvchi “olish” (yoki havolaga bosish) bo’limida yozishi kerak bo’lgan kodni (misol uchun bunday: IYPJGUKAEX yoki havola) oladi.
8 7. O ’z hisobvaraqlari/kartalari o’rtasida o’tkazmalar Hozirgi vaqtda milliy valyutadagi hamyon, hisobvaraqlar va kartalar o ’rtasida o’tkazmalar yo’lga qo’yilgan. O’z xalqaro kartalari o ’rtasida o’tkazmalarni yo’lga qo’yish mo’ljallanmoqda (tez kunda). O’tkazmalarni amalga oshirish uchun "O ’z hisobvaraqlari o’rtasida" tugmachasi bosiladi:
Misol uchun “hamyon” tanlanadi.
Ommaviy to’lovlar DT 85 dan ortiq xizmatlar yetkazib beruvchilarining xisobvaraqlariga to ’lovlarni amalga oshirish imkonini beradi (kommunal to ’lovlar, internet, YHXBB jarimalari va boshqalar). Minimal limit - 1000 so’m (yoki tashqi to’lov tizimlari tomonidan o ’rnatilgan boshqa summa). Maksimal limit – 10 mln. so’m (yoki tashqi to’lov tizimlari tomonidan o ’rnatilgan boshqa summa). Buning uchun, “to’lovlar” bo’limida “mablag’larni o’tkazish” maydonchasi tanlanadi yoki “xizmatlar uchun to’lov” bo’limida zarur izlangan bo’lim tanlanadi: 9
Maydon (identifikator va summa) to ’ldiriladi va «o’tkazish» bosiladi. Shundan so’ng to’lov amalga oshiriladi. 9. Hisobvaraqlarga va kartalarga to’lovlar Jismoniy va yuridik shaxslarning hisobvaraqlari, kartalariga mablag ’larni o’tkazish uchun “Mablag’larni o’tkazish” bo ’limida zarur tugma tanlanadi (misol uchun «Ipak Yo’li bankidagi hisobraqamga» yoki «boshqa bankdagi hisobraqamga»).
Keyin bo ’sh maydoncha to’ldiriladi va “keyingisi” bosiladi. 10
Kartadan kartaga to ’lovlar 24/7 rejimida amalga oshiriladi. Bitta to’lovning maksimal summasi – 10 mln. so’m (summa
xabarnomasiz ko’rib chiqilishi mumkin). Hisobvaraqdan yoki hisobvaraqqa to’lovlar ABT ishlayotgan vaqtda amalga oshiriladi. 500 ming so’mdan ortiq to’lovlarda, boshqa kartalardan to’lovlar amalga oshirilganda, sms-tasdiqni kiritish so’ralishi mumkin. Har qanday to'lovni amalga oshirganingizdan so'ng, siz uni tanlangan sifatida joylashtirishingiz, keyinroq qidirish uchun bir toifani berishingiz mumkin. Har bir to’lovni to’lovni muntazamligi shartini bajargan holda muntazamlashtirish mumkin (savol va javoblarga qarang). Barcha muntazam va tanlangan to ’lovlar ekranning yuqori qismidagi “To’lovlar” bo’limida aks ettiriladi. Shuningdek, istalgan to ’lovni takrorlash yoki keynroq tanlanganlarga qo’yish, “to’lovlar tarixi” sahifasidan uni filtr yordamida to’lov kategoriyasi yoki amalga oshirilgan vaqtiga qarab toppish mumkin.
“Ipak Yo’li” bankining jismoniy shaxsga berilgan krediti istalgan shaxs tomonidan, istalgan karta bilan so’ndirilishi mumkin. Agar kredit foydalanuvchiga tegishli bo’lsa, unda uni DT asosiy ekranining “Kreditlar” bo’limida toppish mumkin:
Kreditga bosib, uning barcha detallarini ko’rish mumkin:
11
Istalgan raqamni ko’chirib olish mumkin. Shunigdek, kreditni so’ndirish grafigini ko’rish mumkin: Kreditni so ’ndirish uchun, “So’ndirish” ni tanlash lozim, shundan so’ng dialog oynasi ochiladi. Bunday oyna “To’lovlar” bo’limida ham ochiladi:
To'lov miqdori muddati o'tgan qarz miqdori asosida avtomatik ravishda kiritiladi. To ’lov summasi – Foydalanuvchi tomonidan to ’g’irlanishi mumkin, shundan so’ng, “keyingisi” ni bosamiz va to’lovni amalga oshiramiz. Mablag’lar jamg ’arma hisobraqamga kelib tushadi, undan ABT mustaqil mablag’larni kreditning muddati o’tgan qismini 12 so ’ndirish uchun oladi. Ertasi kuni qoldiqlardagi o'zgarishlarni tekshirish tavsiya etiladi, chunki ortiqcha pul mablag'lari jamg'arma hisobvarag'ida qolishi va keyingi transhni so'ndirish muddatini kutishi mumkin. DT foydalanuvchini oldindan ogohlantirmagan holda mustaqil ravishda mablag ’larni kredit shartnomasi bilan Bankka berilgan huquqlar doirasida kredit bo ’yicha muddati o’tgan qarzdorliklani so’ndirish uchun yo’naltirishi mumkin (Qarzdorning barcha hisobvaraqlari va kartalaridan kreditni so ’ndirish uchun mablag’larni akseptsiz hisobdan chiqarish).
“Kurslar” bo’limida valyutaning so’mga nisbatan amaldagi kurslari aks ettiriladi. Yanada qulay bo’lishi uchun qator valyuta kurslari bekitilgan bo ’lib, ularni “ko’prog’ini ko’rsatish” bosilganda ko’rish mumkin.
DT da AQSh dollarini sotib olish va sotish bo ’yicha operatsiyalarni amalga oshirish mumin (o’zbek so’miga ayirboshlash). Konversiyani boshlash uchun “ayirboshlash” ni bosish lozim. Boshqa bankning Uzcard kartasi biriktirilganda DT foydalanuvchisining FISh bilan karta egasining FISh muvofiqligi yuzasidan nazorat amalga oshiriladi. Tranzaksiyaning minimal summasi - 1 AQSh dollari yoki 1000 so ’m. Jismoniy shaxs – norezident hisobidan AQSh dollarini sotib olish yuzasidan cheklovlar mavjud. “Exchange” statusi bilan konversiya amalga oshiriladigan xalqaro kartalarga konversion operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha bank tomonidan cheklovlar o’rnatilishi mumkin. Bir martalik tranzaksiyaning maksimal summasi - 1000 AQSh dollari. Yirik tranzaksiya amalga oshirilganda – SMS-xabarnoma kiritilishi talab qilinishi mumkin. 13
DT rivojlanish strategiyasi doirasida so ’mdagi hisobvaraq/hamyondan Ipak Yo’li bankida chiqarilgan xalqaro kartaga dollar sotish sotib olish operatsiyasini o ’tkazish imkoniyati yo’lga qo’yiladi (tez kunda). Yaqin vaqtlarda dollar/yevro valyuta juftliklari o ’rtasida konversiyani joriy qilinadi. Bunda zarur hisobvaraqlar mavjud bo ’lmasa, talab qilinadigan valyutada ular ochiladi va yuqoridagi valyuta juftliklari o’rtasida ayirboshlash amalga oshiriladi.
DT da aloqa-markaziga qisqa xabar yordamida murojaat qilish imkoniyati joriy qilingan. - xat yordamida. Buning uchun “Ariza” bo’limida “xat jo’natish” tugmasi tanlanadi. Tizim foydalanuvchini pochta dasturi oynasiga o’tkazadi:
Unda foydalanuvchi aloqa markazi manziliga xat shakllantiradi va uni ixtiyoriy shaklda yuboradi. - qayta qo ’ng’iroqni buyurtma qilish yo’li bilan: 14
Bunda mijoz murojaat turi va aloqa markazi qayta qo ’ng’iroq qiladigan o’zining telefon raqamini kiritadi. - bank bilan chat tashkil qilish yo’li bilan. Buning uchun, “bank bilan onlayn chat” maydonchasi tanlanadi: Hurmatli Foydalanuvchilar! Bank chatdagi xabarlarga tezda munosabat bildirishga harakat qiladi. Har bir xabar albatta aloqa markazi tomonidan ko ’rib chiqiladi va ular kelib tushgandan keyin bir necha soatlar ichida javob beriladi. O’z xabarlaringiz va ularga berilgan javoblarni Siz tomoningizdan tashkil etilgan suhbat oynasida tekshirasiz. Agar aloqa markaziga murojaat qilish Foydalanuvchining muammolarini hal qilmasa , “bank menejmentiga murojaat
” satrini tanlagan holda bank chakana biznes menejeriga to’g’ridan to’g’ri murojaat qilish mumkin. 13. Xaritada bank DT da yaqin oradagi bankomatni, savdo nuqtasini tezda topish imkoniyati yo ’lga qo’yilgan. Buning uchun, “Ariza” bo ’limida “xaritada bank” satri tanlanadi. Unda bankomat, filial, ekspress-markaz yoki shunchaki “xaritada” tanlanadi.
15 Misol uchun, bankomatlar tanlanganda unda barcha bankomatlar, eng yaqinidan eng uzog ’igacha bo’lganlari ko ’rsatiladi. Ulardan biri tanlanganda – bankomat xaritada aks etadi va unga olib boradigan yo’nalish ko’rsatiladi. Bankomatlarni qidirish funksiyasi foydalanuvchining geoma’lumotlariga ilovaning ruxsati mavjud bo’lgan taqdirda samarali.
DT da kartani masofadan turib buyutma qilish imkoniyati joriy qilinadi. Visa virtual kartasi va plastik kartaning boshqa turlari mavjud bo’ladi. Kartani tanlash va buyurtma qilish uchun, “Ariza” bo’limidagi “Yangi kartani buyurtma qilish” satriga o’tish lozim. Bank mahsulotlari katalogi ochiladi va unda foydalanuvchi har bir karta va uning tariflarining barcha ustunliklarini ko’radi:
Karta tanlangandan keyin, foydalanuvchi “Kartani buyurtma qilish” ni bosadi:
Kartani chiqarganlik uchun komissiya ariza berish vaqtida yechib olinadi. Agar pul mablag’lari yetarli bo’lmasa, ariza qabul qilinmaydi. Kartaning tayyorlik holatini, mijoz “Mening arizam” satri orqali ko’rishi mumkin. 16 YO’RIQNOMANI TASDIQLASH Mazkur yo ’riqnoma tavsiyaviy xarakterga ega
U.Tavakkalov Chakana biznes departamenti boshlig’i 5.01.2019
Document Outline
Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling