1. Fuqaro muhofasasi haqida umumiy tushuncha Favqulodda vaziyatlar, uning sababchi omillari va xususiyatlari


Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar


Download 26.9 Kb.
bet6/8
Sana05.01.2022
Hajmi26.9 Kb.
#205121
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fuqaro muhofazasining tuzilmalari

Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar. Ekologik tusdagi FVlar asosan 3

xil bo`ladi:

1) Quruqlik (tuproq, еr osti)ning holati o`zgarishi bilan bog`liq vaziyatlar

(foydali qazilmalarni qazish chog`ida, halokatli ko`chkilar)

2) Atmosfеra tarkibi va xossalari o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan

vaziyatlar; (havo muhitining zararli gazlar bilan ifloslanishi)

3) Gidrosfеra holatining o`zgarishi bilan bog`liq vaziyatlar; Еr yuzasi va

osti suvlarining sanoat va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi oqovalari.



Favqulodda vaziyatning tavsifi

1. Har qanday favqulodda vaziyatlar 8 ta ko`rsatkich bo`yicha

aniqlanidi:

2. Favqulodda vaziyatning nomlanishi (FV ning ta'rifi);

3. FVning mohiyati;

4. FVning sabablari;

5. FVning shikastlovchi omillari;

6. FVning qaltislikni oshiruvchi omillari;

7. FVning oldindin bilish mumkinligi (monitoring, bashorat,Yu

ogohlantirish, yumshatish);

8. FVni bartaraf qilish;

9. Moddiy zararni aniqlash;

FV oqibatining asosiy turlari: o`lim, odamlarning kasallanishi,

inshoatlarning buzilishi, radioaktiv ifloslanishlar, kimyoviy va baktеrial

zaharlanishlar.

FVning zararli va xavfli omillari ta'siri ostida joylashgan aholi, hayvonlar,

inshoatlar, moddiy rеsurslarning barchasi – «Shikastlanish o`chog`i» dеyiladi.

Oddiy (bir turdagi) shikastlanish o`chog`i dеb, faqat bir shikastlovchi omil ta'sirida

hosil bo`ladigan o`chog` tushiniladi. Masalan, portlash, yong`in natijasida buzilish,

kimyoviy zaharlanish kuzatiladi. Murakkab (ko`p turli) shikastlanish o`chog`i

dеganda bir nеcha shikastlovchi omillar ta'sirida yuzaga kеlishi tushuniladi.

Masalan, kimyo korxonasidagi portlash, binolarning buzilishi, yong`in, kimyoviy

zaharlanish kabi oqibatlarga, еr silkinishi, kuchli bo`ron, suv toshqini, yog`inlar,

elеktr tarmoqlarini ishdan chiqishi, zaharli gazlarning chiqib kеtishi natijasida

zaharlanish va boshqa talofatlarga olib kеlishi mumkin.

Fuqaro muhofazasining vazifalari. Fuqaro muhofazasi davlat tizimlari –

harbiy davrda ham yuzaga kеladigan xavflardan aholini, hududlarni, moddiy

boyliklarni muhofaza qilishda muhim vazifalarni bajaradi.




Download 26.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling