1. Fuqarolarni himoya qilishning asosiy tamoyillari Fuqarolarni favqulodda vaziyat haqida “ogohlantirish” tartibi


Download 1.25 Mb.
bet11/14
Sana16.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1488610
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
FUQAROLARNI XAFLI HUDUDDAN XAVFSIZ XUDUDGA KO‘CHIRISH

Resperatorlar asosan radioaktiv va mexanik changlardan nafas organlarini saqlovchi vosita hisoblanadi. Fuqarolar muhofazasida asosan R-2 va ShB-1 rusumli resperatorlar ishlatiladi. Resperator R-2 filtrlovchi yarim niqob va mahkamlovchi tasmadan iborat. Niqobda 3ta klapan: 2tasi nafas olish uchun va bittasi nafas chiqarish uchun xizmat qiladi. Resperatorni tashqi tomoni poliuretanli materialdan, ichki tomoni esa yupqa xavo o‘tkazmaydigan polietilenli plyonkadan tarkib topib, ularni o‘rtasiga filtrlovchi polimer tolalari joylashtirilgan (3-rasm).

3-rasm. Resperator R-2: 1-yarim niqob; 2-nafas oluvchi klapan; 3-nafas chiqaruvchi klapan; 4-burun qisqichi; 5-tasmalar.
Chiqarilgan havo esa tashqariga haydaydigan klapan orqali chiqarib yuboriladi.
Resperator R-2 uch xil o‘lchamda chiqarilib, uning o‘lchami yuz balandligini o‘lchash orqali aniqlanadi.
1-o‘lcham 99-109 mm, 2-o‘lcham 109-119 mm va 3-o‘lcham 119 dan katta. Bolalar uchun resperator nol o‘lchamda chiqariladi. Resperatorlar polietilenli qopchada germetik ravishda saqlanadi.
SHB-1 rsumli resperator 1 martali ishlatiladigan o‘lchamsiz saqlovchi vosita hisoblanib, bunda filtrlovchi element sifatida Petryanov matosi ishlatiladi. SHB-1 resperatori Chernobl avariyasida qo‘llanilib, yaxshi natijalar berganigi ma’lum.
Matoli niqoblar - nafas organlarini saqlovchi vositalarning asosiy uslubi sanalib, u radiaktiv moddalardan, biologik tumanlardan saqlovchi vosita hisoblanadi. Lekin bu vosita zaharli moddalardan saqlay olmaydi. Bunday vositalar zich to‘qilgan matolardan har bir fuqaro o‘zi tayyorlashi mumkin va uning rusumi MM-1 deb ataladi. Yana nafas organlarini saqlovchi oddiy vositalar qatoriga paxta, dokali taqqichlar ham kiradi.
Terini saqlovchi vositalar.
Terini saqlovchi vositalar ham saqlash darajasiga ko‘ra: filtrlovchi va izolirlovchi xillarga bo‘linadi. Izolirlovchi terini saqlovchi vositalar havo o‘tkazmaydigan rezinali elastik materiallardan ( masalan, PVX) tayyorlanadi. Ular germetik va nogermetik holda bo‘ladi. Germetik vositalar butun teri a’zolarini berkitib, zaharli moddalarning bug‘i va tomchilaridan butunlay saqlaydi. Germetik bo‘lmagan vositalar esa faqat zaharli moddalarning tomchilaridan saqlaydi. Izolirlovchi terini saqlovchi vositalarga: kombenzon va kostyum, engil himoya kostyumi L-1 va umumqo‘shin himoya jamlamas kiradi. Himoya kombenzoni, bitta qilib tikilgan kurtka, shim va bosh kiyimdan tashkil topgan. Kombenzon va kostyum tarkibiga shlemosti (podshlemnik), rezinali oyoq kiyimi va rezinali qo‘lqop kiradi. Himoya kombezoni va kostyumi odamlarning tuzilishiga ko‘ra 3 o‘lchamda ishlab chiqariladi: 1-o‘lcham 166 sm gacha, 2-o‘lcham 165-172, 3o‘lcham 172 sm dan yuqori.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling