1. Fuqarolarni himoya qilishning asosiy tamoyillari Fuqarolarni favqulodda vaziyat haqida “ogohlantirish” tartibi
Download 1.25 Mb.
|
FUQAROLARNI XAFLI HUDUDDAN XAVFSIZ XUDUDGA KO‘CHIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Filtrlovchi himoya kiyimlari (ZFO-58).
- Oddiy terini himoya qiluvchi vositalarga
- Yakka tartibdagi tibbiyot vositalaridan foydalanish.
- Filtrlovchi himoya kiyimi ZFO-58
Engil himoya kostyumi L-1. U qalpoqchadan shim bilan birga tikilgan paypoq hamda ikki qavatli qo‘lqop va podshlemnikdan tashkil topgan.
L-1ning ham o‘lchamlari huddi himoya kombinzoniga o‘xshash bo‘ladi; L1 kiyimlari asosan fuqarolar muhofazasining razvedka qismlarida kiyiladi. Umumiy himoya jamlamasi (OZK) vositasi himoya plashidan (OP-1) va himoya paypoq, qo‘lqopdan tashkil topgan. Umumqo‘shin himoya jamlamasii qo‘yilgan maqsadga ko‘ra: a) radioaktiv birikmalardan, zaharlovchi moddalar va biologik vositalar ta’sirlaridan saqlashda, radioaktiv moddalar va biologik shikastlangan joylarda hatti-xarakatlar hamda texnika, transportlarni zararsizlantirish ishlarini bajarishda yopqich ko‘rinishda; b) shikastlangan o‘choqlardagi xatti-harakatlarda va qutqaruv-evakuatsiya ishlarini bajarishda kombenzon ko‘rinishda foydalaniladi. Filtrlovchi terini himoyalovchi vositalar paxtali materiallardan tayyorlangan kiyimlarga maxsus kimhviy moddalar shimdirilgan bo‘ladi. Bunda zaharli moddalar kiyimdan o‘tayotganda yutilib qoladi va terini shikastlashdan saqlaydi. Filtrlovchi himoya kiyimlari (ZFO-58). Bu vosita kombenzondan, paytava, shlemostiligidan tashkil topgan. ZFO-58 gazniqob, rezinali etik va qo‘lqopdan iborat jamlama holda ham foydalaniladi (4-rasm). Kombenzon 3 xil o‘lchamdada chiqariladi: 1 - 160 sm gacha, 2 - 161-170 sm gacha va 3 - 171 sm dan yuqori bo‘yli odamlar uchun. Oddiy terini himoya qiluvchi vositalarga oddiy hech narsa shimdirilmagan yopqich, plashlar, qalin zich to‘qilgan paltolar, paxtali, charmterili kurtkalar, va boshqa kiyim kechaklar kiradi. Trikotajdan, sherstdan va paxtali materiallardan tayyorlangan kiyimlar, qo‘lqoplar faqat radioaktiv changlardan va biologik ta’sirlardan saqlaydi. Yakka tartibdagi tibbiyot vositalaridan foydalanish. Ionlantiruvchi nurlardan, zaharlovchi moddalardan, bakterial vositalardan hamda kuyishdan saqlashda shaxsiy (SHD-2) doriqutilardan foydalaniladi (5-rasm). Bu vosita 130 gr. bo‘lib, saqlanish muddati - 3 yil. Doriqutiga dori va moddalar va qirg‘in qurollari ta’siriga qarshi kurashadigan protektorlar joylashtirilgan: shaxsiy tibbiyot doriqutisiga og‘riq qoldiradigan shprits - tyubik, ninasi bilan joylashtirilgan; fosfor organik zaharli moddalar bilan zaharlanganda ishlatiladigan taren-6 tabletka dorisi bor. Bu dori kimyoviy ogohlantirishda bir tabletkadan ichiladi; v) baktereologik vositalarga qarshi ishlatiladigan dori. «№1» (oq shishada - tetratsiklin gidroxlorid) joylashgan. Bu dorini baktereologik qurol ishlatilganda, jarohatlar olgan va kuyganlar uchun foydalaniladi. Bunda bir yo‘la 5ta tabletka ichiladi va yana 6 soatdan keyin yana 5 tasi ichiladi (vabo, o‘lat, sibir yarasi); 4-rasm. Filtrlovchi himoya kiyimi ZFO-58: 1-kombenzon; 2-kapyushonkani maxkamlovchi qism; 3-bosh klapani; 4-mahkamlovchi klapan; 5-qo‘lqopni ushlovchi; b-podshlemnik-qalpoqni ichidan kiyadigan bosh kiym. g) biologik ta’sirlarga qarshi ishlatiluvchi (sulfodometoksin-15 tabletka dorisi) qo‘yilgan. Bu dorini oshqozon-ichak kasali boshlanganda bir yo‘la 7ta tabletkasi va keyingi kunlarda 4tadan ichiladi; Radiosaqlovchi vosita №1 (tsistamin) joylashgan bo‘lib u γ nurlanish yuz berganda bir yo‘la 6 ta tabletka ichiladi; Radiosaqlovchi vosita №2 (kaliy yodit) bo‘lib, har kuni bitta tabletkadan ichiladi (10 kun maboynida). Bu dori radioaktiv changlar tushganda ichiladi; j) Qusishga qarshi ishlatiladigan vosita - etaperazin (havorangli shishada) joylashtirilgan. Bu dori odam nur qabul qilganda, et uzilganda ichish tavsiya etiladi. Yuqorida qayd etilgan dorilarni kichik bolalarga ham ichish tavsiya etiladi, 8 yoshgacha bo‘lganlar: 1/4 tabletka, 8-15 yoshgacha 1/2 tabletka. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling