Zararlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun ishlatiladigan tibbiy muhofaza vositalari Reja


Download 18.61 Kb.
bet1/3
Sana26.06.2023
Hajmi18.61 Kb.
#1655906
  1   2   3
Bog'liq
5. Zararlanganlar


Zararlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun ishlatiladigan tibbiy muhofaza vositalari
Reja:
1. Tibbiy muhofaza vositalari
2. Individual bog‘lov paketi (IPP) . Tuzilishi va undan foydalanish
3. Kimyoviy xujumga qarshi paketlar. IPP-8, IPP-10 to‘zilishi, ishlatilishi
4. Tibbiy vositalar to‘plamidan foydalanib zararlanganlarga yordam ko‘rsatish Mashg‘ulot ta’minoti: plakatlar, bukletlar, AI-2, IPP-8, IPP-10, xarbiy tibbiy sumka, bint, plastir, paxta, jgut, shprits tyubik, TD-1 trubkasi
Tibbiy muhofaza vositalariga AI -2 shaxsiy aptechkalar, ximiyaga qarshi shaxsiy paketlar, shaxsiy bog‘lov paketlari.
AI - 2 shaxsiy aptechkasi atom, kimyoviy va bakterial hamda boshqa guruhdagi qurollarning shikastlovchi ta’sirini kamaytirish yoki ularning ta’sirini oldini olish maqsadida o‘ziga va o‘zaro yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.
Aptechka plasmassadan tayyorlangan bo‘lib, dorilar uning ichidagi maxsus uyachalarga joylashtiriladi.
Plastmassa quti qopqog‘i ichkarisiga dori vositalarining qo‘llanish sxemasi joylangan. Aptechka shunday konstruksiyaga egaki, undagi har bir dori vositasi osonlik bilan olinadi va tezlik bilan qo‘llanadi. Aptechka harbiy xizmatchilar kiteli yoki gimnast yorqasining tashqi cho‘ntagida olib yuriladi. Saqlanadigan dori vositalari boshqa (komandir) ko‘rsatmasi asosida qo‘llaniladi. AI - 2 aptechkasiga quyidagi dorilar joylanadi:
- fosfororganik moddalardan zararlangan paytda qo‘llaniladigan afin yoki budaksim aptechkaning 1-uyasiga joylashtirilgan. Afin yoki budaksim preparatlari dala sharoitida tezlik bilan qo‘llash uchun steril holatda shprits -tyubikda chiqariladi, qopqog‘i qizil bo‘ladi. Ushbu ziddi-zahar zararlanishning birinchi alomatlari yuzaga chiqishi zahoti (ko‘z qorachig‘i qisqarishi, ko‘rish xiralashishi, ko‘z sohasida kuchli og‘riq paydo bo‘lishi, ko‘p so‘lak oqishi, ko`krakda og‘riq turishida, muskullar orasiga yuboriladi. Ziddi - zaharni zararlangan kishi o‘ziga yuborishi yoki bir-biriga yordam ko‘rsatishda muskullar orasiga yuborishi mumkin. Shuni esda tutish kerakki, preparat qancha tez yuborilsa, zararlanishning oqibatlari oldi shuncha tez olinadi. Zarur bo‘lganda preparat qaytadan muskullar orasiga yuborilishi mumkin. Shprits -tyubikdan foydalanish usuli 2 -bobda ko‘rsatilgan. Ishlatilgan shprits -tyubik zararlangan kishining cho‘ntagiga solib qo‘yiladi.
- aptechkaning 2-uyasi bo‘sh qoldirilgan, keyingi vaqtlarda ushbu uyaga fosfororganik zaharlovchi moddalardan zararlanishning oldini dimetpramid na 0,002 g sidnokarb bor. Bu preparat ham bitta tabletkadan qo‘llaniladi, zarur bo‘lgan hollarda 4-5 soat oralatib sutkasiga 3-4 martadan ko‘p bo‘lmagan holda ichiladi. Ushbu preparatlar boshliq (komandir) buyrug‘i asosida qo‘llanadi.
Ximiyaga qarshi shaxsiy paketlar (IPP-8, IPP-9, IPP- 10). Terining ochiq joylariga tushgan zaharlonchi moddalarni degazatsiya qilish va terining ochiq joyiga tegib turadigav (bo‘yni, yuz, qo‘llar) formali kiyim-kechak engini, yoqasini hamda protivogazning yuz qismini degazatsiya qilish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, ushbu paketlardan jangovor holatlarda zarur bo‘lib qolgan vaqtda shaxsiy qurol va harbiy texnikaning ayrim qismlari, kishilar tegadigan joylarni degazatsiya qilish uchun ishlatiladi.
Ximiyaga qarshi IPP-8 shaxsiy paket kavsharlangan polietilen xaltadan iborat bo‘lib, uning ichiga degazatsiya qiluvchi suyuqli solingan shisha flakon va to`rtta paxta- dokali tampon solingan.
Ximiyaga qarshi shaxsiy paketlar IPP-9 IPP-10, IPP-12 metall ballondan iborat bo‘lib, ichiga degazatsiya qiluvchi suyuqlik solingan.
Zaharlovchi moddalar teriga tushgan vaqtda tezlik bilan shaxsiy
paketlar chap qo‘lga olinadi; IPP-8 paketining shisha idishi qopqog‘i
ochiladi; IPP-9, IPP-10 metall ballonlarining yuqori qismi maxsus
teshuvchi moslama yordamida teshiladi; teridagi suyuq-tomchi holidagi
zazarlovchi moddalar asta-sekinlik bilan quruq paxta-dokali
tampon ga shimdirib olinadi; paxta-dokali tomponning ikkinchisi
olingan va degazatsiya qiluvchi suyuklikka xo‘llanib zaharlovchi modda
tushgan joylar va protivogazning yuz qismi sinchiklab artib chiqiladi
(odamning yuz qismi artilayotgan vaqtda ko‘zga suyuqlik tushmasligiga harakat qilish kerak) ishlov o‘tkazib bo‘lingandan so‘ng shisha flakon qopqog‘i yoki metall ballonlar qopqog‘i mahkam qilib yopiladi va protivogaz sumkasiga solinadi.

Download 18.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling