Har qancha vajohatli ko‘ringani bilan, baribir, kuchsiz (yomon) rahbar o‘zini o‘zi fosh qilib qo‘yaveradi — ishida, yurish-turishida, oddiy narsalarda. Xo‘sh
Download 19.04 Kb.
|
Har qancha vajohatli ko
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Kuchsiz» (yomon) rahbarning umume’tirof etilgan, tipik xususiyatlari nimalardan iborat 1.
Har qancha vajohatli ko‘ringani bilan, baribir, kuchsiz (yomon) rahbar o‘zini o‘zi fosh qilib qo‘yaveradi — ishida, yurish-turishida, oddiy narsalarda. Xo‘sh, no‘noq rahbarning qusurlari nimalardan iborat — shulardan ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz. Qanday bo‘lmaslik lozimligini bilish — menejmentda o‘z yo‘l va uslubini topishni istaganlar uchun birinchi qadam. «Kuchsiz» (yomon) rahbarning umume’tirof etilgan, tipik xususiyatlari nimalardan iborat? 1. Doim oldindan kutilmagan va ko‘rilmagan vaziyatlarga tushib yuradi, ularni barham etishga esa juda ko‘p vaqtini va kuchini sarflaydi. Bunga sabab shuki, u, birinchidan, muammoning yaqinlashayotganini ilg‘ay olmagani uchun ham oldindan bunga tayyorgarlik ko‘rolmaydi; ikkinchidan, u doim ikkinchi darajali ishlar bilan band bo‘lgani uchun ham eng asosiy ish: aynan shu «kutilmagan vaziyatlar» yuzaga kelmasligi uchun bajarilishi lozim bo‘lgan strategik vazifalarni vaqtida bajarishni nazardan qochiradi. 2. Ishni hammadan zo‘r bilishiga va bajarishiga ishonchi komil, shuning uchun barcha ishni o‘zi qilishga urinadi. Bu menejmentdagi ikki muhim aksiomani tushunmaslikning oqibati: a) menejer har kuni jismoniy imkoniyatidan ko‘proq vazifalarni hal etishi lozimligi mutlaqo normal holat. Shuning uchun professional menejer vazifalarining bir qismini qo‘l ostidagilarga taqsimlab, shunga yarasha kerakli vakolatlarni ham taqdim etishi kerak; b) ko‘p xodimlar o‘z ishini shefdan yomon bilmasligi mutlaqo normal holat. Kim ishlab chiqarsa — u boshqarmaydi, kim boshqarsa — u ishlab chiqarmaydi. Shefning ishi o‘zi qilishmas, balki — boshqarish (nimanidir kimlarningdir qo‘li bilan bajarish). Professional menejer insonlarni mehnatga taqsimlaydi va buni qanchalik samarali amalga oshirishni biladi. 3. Doim ish bilan band, hamma narsaga aralashishni istaydi, shuning uchun vaqti yo‘q. Bir paytning o‘zida odamlarni qabul qiladi, telefonga javob beradi, buyruqqa qo‘l qo‘yadi, xodimlariga og‘zaki topshiriqlar beradi. Bu ish usulini, mabodo jo‘shqin faoliyat imitatsiyasi bo‘lmasa, Yuliy Sezar usuli deb atash mumkin. Rim imperatori birvarakayiga juda ko‘p ishlarni uddalash qobiliyati bilan tilga tushgandi. Ammo zamonaviy rahbar taqlid qilish uchun o‘ziga boshqa qahramon topgani ma’qul (Yuliy Sezarning taqdiri qanday kechganini bilasiz). 4. Ish stoli qog‘ozga to‘lib ketgan. Tushunarsiz: qaysi biri muhim-u qay biri shoshilinch yoki umuman keraksiz. Menejer ish stolidagi bu «tartib» bilan nafaqat o‘ziga kerakli hujjatli vaqtida topa olmaydi, balki mehnatni tashkil etish, eng muhim vazifalarni belgilashdagi no‘noqligini ko‘rsatib qo‘yadi. 5. Erta tongdan kechgacha, ba’zida tungacha ishlash. Butun vujudi bilan «ishga ko‘milgan» bunday menejerning dastidan na o‘zida, na xodimlarida halovat bor. Achinishdan boshqasiga yaramaydigan bunday rahbar uchun samarali boshqaruvning eng asosiy qoidalari ham bir pul: a) har bir ishga uning bajarilishi uchun ajratilgan vaqt sarflanadi; b) kuniga sakkiz soatdan ortiq ishlash o‘ta samarasiz, oqibati qimmatga tushadi. Download 19.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling