Moliyaviy hisobotlarni yoritish
Download 32.5 Kb.
|
Moliyaviy hisobotlarni yoritish
Moliyaviy hisobotlarni yoritish.Tushuntirish xatlari moliyaviy hisobotlarning ajratilmas qismi hisoblanadi. Ular tashqi auditorlar tomonidan tekshiriladi va hisobotlar to‘liq bo‘lishi uchun taqdim qilinishi kerak. Tushuntirish xatlari hisobotning asosiy matniga kiritilgan va kiritilmagan turli javhalarga keng tushuntirish beradi va foydalanuvchilar uchun juda katta ahamiyatga egadirlar. Ma’lumotlar hisobotda ko‘rsatilgan raqamlarni foydalanuvchilar tomonidan tushunishga yordam beradigan bayonotni o‘zida ifodalaydi. Odatda moliyaviy hisobotlarda joylashgan ilk tushuntirish xati hisob siyosatining umumiy yorityilishi hisoblanadi. Moliyaviy hisobotlar tuzishda foydalaniladigan siyosatni bilish moliyaviy hisobotning aniq raqamlarini tushunish uchun kerakdir. Masalan, firma o‘z TMZlarini baholash uchun FIFO usulini ishlatmay AVECO ( yoki LIFO ) usulini ishlatganligini bilsak, TMZ-larning qiymatini shuningdek sotilgan mahsulotlarning tannarxini to‘g’ri talqin qilish uchun asosga ega bulamiz. Umuman, yoritish daromadni tan olish va xarajatlarni joriy va kelgusi davrlarda aktivlarga taqsimlashga tegishli tamoyillari nisbatan muhim xulosalar qilishni talab qiladi. Agar aniqroq aytadigan bo‘ladigan bo‘lsak, yoritish o‘z ichida quyidagi masalalarga tegishli bo‘lgan buxgalteriya hisobi usullari va tamoyillari o‘z ichiga oladi: mavjud bo‘lgan ma’qul o‘zga usullarni tanlash; ushbu soha uchun muhim bo‘lgan tamoyil va usullarni qo‘llash. Turli kompaniyalar o‘z hisob siyosatining muhimqismlaridaturlimod- dalarni aks ettiradilar. Moliyaviy hisobotda ko‘rsatilgan summalarni tushun-tirish zarur bo‘lgan va foydanuvchiga muhim bo‘lgan barcha siyosat turlarini yori-tishi zarur. Ulardan tashqari keltiriladigan moliyaviy hisobotlarni yoritishlarquyidagi vazifalarni bajarishlari kerak: tafsilotlarni tushuntirish; operatsiyalarni izoxlash; hisobotlarda aks ettirilmagan moddalarga tushuntirish; yangi ma’lumotlarni keltirish; boshqa zaruriy izoxlar. Tafsilotlarni tushuntirish - moliyaviy hisobotning yuzaki qismiga kiritilgan bo‘lsa chalkashmovchilik kelibchiqishimumkin, bu esa hisobotning tushunar- liligini pasaytiradi. Shuning uchun ham olinadigan hisobvaraqlar, TMZ, asosiy vositalar, qarz majburiyatlari, aktsionerlik kapitaliga nisbatan tafsilotlar ko‘pincha tushuntirish xatlarida yoritiladi. Download 32.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling