O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
MUZAFFAR MAMATQULOV
NAVOIYSHUNOSLIK
Guliston – 2018
MUNDARIJA:
O‘quv reja
Fan dasturi
Ishchi o‘quv dasturi
FANNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI
MA’RUZA MATERIALLARI
1-mavzu. Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi.
2-mavzu. Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati
3-mavzu. Alisher Navoiyning lirik merosi
4-mavzu. “Xazoyin ul-maoniy” – lirik qomus sifatida
5-mavzu. Xamsanavislik an’anasi va Alisher Navoiy “Xamsa”si
6-mavzu. “Farhod va SHirin” dostonining yaratilish tarixi
7-mavzu. «Layli va Majnun» – pok va yuksak muhabbat ifodasi
8-mavzu. “Sab’ai sayyor” dostonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari
9-mavzu. “Saddi Iskandariy” – falsafiy-ta’limiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’rifiy asar
10-mavzu. «Lison ut-tayr» falsafiy-tasavvufiy doston sifatida
11-mavzu. Alisher Navoiyning ilmiy merosi
AMALIY MASHG‘ULOTLAR
TA’LIM METODLARI
“Germenevtik suhbat” metodi
“Germenevtika” – yunoncha so‘z bo‘lib, “talqin qilmoq” ma’nosini bildiradi, bunda mavzuga doir biror tushunchani turli jihatdan talqin qilish nazarda tutiladi.
Texnologiyaning maqsadi: Ushbu texnologiya mavzuni yoritishda muayyan bir predmet yoki ob’ektga asoslanib suhbat qurishni nazarda tutadi, bunda mavzuga yondashishda umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Texnologiyani amalga oshirish tartibi:
qatnashchilarga mavzuga oid muayyan tushunchani aks ettirgan biror surat yoki predmet taklif etiladi;
ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdim qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |