Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik
SHoirning bolalik va yigitlik yillari
Download 335.49 Kb.
|
portal.guldu.uz-NAVOIYSHUNOSLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sulton Husayn Boyqaro
2. SHoirning bolalik va yigitlik yillari.
3. Davlat arbobi sifatidagi faoliyati. 4. Hayotining so‘nggi yillari. Alisher Navoiyning hasbi holi bilan bog‘liq masalalar avvalo shoirning o‘z asarlarida, shuningdek zamondoshlari Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla’i sa’dayn va majmai bahrayn”, Mirxondning “Ravzat us-safo”, Xondamirning “Xulosat ul-axbor”, “Makorim ul-axloq”, “Habib us-siyar”, Zayniddin Vosifiyning “Badoe’ ul-vaqoe’”, Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro”, Mu’iniddin Muhammad al-Zamjiy al-Isfizoriyning “Ravzat ul-jinnot”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” kabi tarixiy va tazkira asarlarida uchraydi. Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Amir Temurning o‘g‘li SHohruh Mirzo hukmronligi davrida Hirotda tug‘ildi. Xondamirning “Makorim ul-axloq” asarida ma’lumot berilishicha, shoirning tug‘ilgan sanasi hijriy 844 yil ramazon oyining 17 kunida bo‘lib, tovuq yiliga to‘g‘ri keladi. Uning otasi G‘iyosiddin Muhammad (uni G‘iyosiddin Kichkina deb ham atashgan)8 temuriylar saroyining amaldorlaridan, onasi (ismi ma’lum emas) Kobul amirzodalaridan SHayx Abu Said CHangning qizi bo‘lgan. Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla’i sa’dayn” va Mirxondning “Ravzatu-s-safo” asarlarida keltirilishicha, Alisherning bobosi Amir Temurning o‘g‘li Umarshayx bilan emikdosh (ko‘kaldosh) bo‘lgan. Navoiy “Vaqfiya” asarida o‘z ota-bobolarining temuriylar saroyida yuqori mavqeda bo‘lganliklari haqida shunday yozadi: “...bu xokisorning ota-bobosi ul hazrat (Sulton Husayn Boyqaro)ning bobo va ajdodi xizmatlarida... ulug‘ marotibqa sazovor va biyik manosibqa komgor bo‘lg‘on erdilar”9. Alisherning tog‘alari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali G‘aribiylar ham shoir bo‘lishgan. Bo‘lajak shoir ana shunday muhitda, alohida tarbiya va nazoratda o‘sadi. Kichiklik chog‘idan o‘z davrining mashhur olimu fozillari davrasida bo‘ladi. Uch-to‘rt yoshlarida mashhur shoir Qosim Anvorning Rindemu oshiqemu ҷahonso‘zu ҷoma chok, Bo davlati g‘ami tu zi fikri ҷahon chi bok (Mazmuni: Rindmiz, oshiqmiz, jahon o‘rtovchi va yoqavayronlarmiz, sening g‘aming turganda dunyo fikridan ne foyda) baytini yod aytib, mehmonlarni hayratga soladi. Bu haqda keyinchalik “Majolis un-nafois”ning birinchi majlisida eslab o‘tadi. Bir yildan so‘ng, ya’ni 1445 yilda maktabga boradi va yosh Husayn bilan birga o‘qiydi. 1447 yilda Shohruh Mirzo vafot etadi va temuriy shahzodalar orasida toj-taxt uchun kurash boshlanadi. Hirotda ro‘y bergan notinchlik sababli Alisherlar oilasi Iroqqa yo‘l oladi. Yo‘lda, Taft shahrida yosh Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, “Zafarnoma”ning muallifi Sharafiddin Ali YAzdiy bilan uchrashadi va ulug‘ tarixchi 6 yoshli Alisherning haqqiga duo o‘qiydi. Bu haqda Navoiyning o‘zi keyinchalik “Majolis un-nafois” va “Nasoyim ul-muhabbat” asarlarida ma’lumotlar keltiradi. 1451 yilda Xuroson ancha tinchib, Alisherlar xonadoni Hirotga qaytadi. Tarixchi Xondamir o‘zining “Makorim ul-axloq” asarida yozishicha, karvon YAzd cho‘li orqali Hirotga qaytar ekan, kunduzi issiq bo‘lganligi uchun kechasi yurilgan. Tungi yurishlardan birida Alisher egar ustidan erga tushib qoladi va uyqu zo‘ridan bexabar yotaveradi. Quyosh eru ko‘kni yoritgandan keyingina uyg‘onib, uzoqda ko‘ringan bir qora nuqtani izlab yo‘lga chiqadi. Bo‘lajak shoirning yo‘qolib qolganini bir oz vaqt o‘tgach bilgan ota-ona bir mulozimni YAzd tomonga jo‘natadilar va bolani topib oladilar. 1452 yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o‘tiradi va notinchliklar ancha bosiladi. Abulqosim Bobur ma’rifatli hukmdor bo‘lib, tasavvuf ilmidan xabardor, tab’i nazmga moyil shaxs edi. Navoiy bu haqda keyinchalik o‘z tazkirasida shunday ma’lumot beradi: “Bobir Mirzo – darveshvash va foniysifat va karimul-axloq kishi erdi. Himmati olida oltunning dag‘i kumushning tosh va tufrog‘cha hisobi yo‘q erdi. Tasavvuf risolalaridin “Lama’ot” bila “Gulshani roz”g‘a ko‘p mash’uf erdi. Tab’i dag‘i nazmg‘a muloyim erdi...” Abulqosim Bobur Alisherning otasi G‘iyosiddin Muhammadni Sabzavorga hokim qilib tayinlaydi, G‘iyosiddin Muhammad o‘z oilasi bilan shu shaharga ko‘chib o‘tadi va Alisher o‘qishni davom ettiradi. Alisher Sabzavorda o‘z davrining shoiru fozillari Xoja Ahmad Mustavfiy, Mavlono YAhyo Sebak, Darvesh Mansur, Hofiz Ali Jomiy, Xoja Mahmud, Mavlono Nomiylar bilan tanishadi, Darvesh Mansurdan aruz ilmini o‘rganadi. Sa’diy SHeroziyning “Guliston”, “Bo‘ston” asarlarini o‘qiydi, Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” dostonini yod oladi. Bu haqda keyinchalik “Lison ut-tayr” dostonida shunday yozadi: Istabon tashxisi xotir ustod, Download 335.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling