mashg‘ulot.( soat)
Download 12.11 Kb.
|
1 2
Bog'liq4 seminar
8-mashg‘ulot.( 2 soat)Tibbiy evakuatsiya boskichlarida jonlantirish Reja: Dastlabki ko‘zdan kechirishni o‘tkazish Sun’iy nafas berish usullari O‘pka-yurak reanimatsiyasi Mashg‘ulotning ta’minoti: plakatlar «YUrak ishining tuxtashi», « YUrakning yopik massaji», tonometr, fonendoskop. «Ogizdan – ogiz» va « ogizdan burunga», Silvester, Kallistova, Vilsena- SHaffara metodlari bo‘yicha plakatlar YUrak va nafas olish faoliyati to‘xtab qolsa, masalan odamni elektr toki urganda, suvga cho‘kkanida nafas olishi, yurak faoliyati birdan to‘xtashi mumkin. Sun’iy nafas oldirish va yurakni bilvosita uqalash, ya’ni massaj qilishga barvaqt kirishilsa odam hayoti asrab qolinadi. Sun’iy nafas oldirishda o‘pkaga havo yuborish uchun “og‘izdan-og‘izga” yoki “og‘izdan- burunga” usullari bilan sun’iy nafas oldirishga kirishiladi. Sun’iy nafas oldirishga kirishishdan aval shikastlangan odamni tekis joyga chalqancha yotqizib, imkoni boricha boshi orqaga egiladi, shunda nafas yo‘llari keng va ravon ochiladi. SHikastlangan odamning jag‘i qisilib qolgan bo‘lsa, uning pastki jag‘ini oldinga tortib, engagini bosish, og‘zini ochish, sochiq yoki dastro‘mol bilan labi va og‘iz bo‘shlig‘idagi so‘lak hamda qusuq massalaridan tozalash zarur. So‘ngra shikastlangan odamning ochiq turgan og‘izga bir qavat salfetka yoki dastro‘mol qo‘yib, burnini qisish, chuqur nafas olib, lablari juftlashtirgan holda yoki maxsus naycha, havo o‘tkazgich yordamida kuch bilan ichkariga havo puflanadi. “Og‘izdan burunga” usuli qo‘llanganda esa og‘zini berkitib, burunga salfetka yoki dastro‘mol tashlab, kuch bilan puflash joiz. SHikastlangan odamni qattiqroq joyga cholqancha yotqizib, yuragini massaj qilishga qirishish kerak. YOrdam beruvchi uning chap tomoniga o‘tib, usma-ust qo‘yilgan kaftlarini shikastlangan odam to‘sh suyagining pastki uchidan bir qismiga qo‘yadi. Keyin bir maromda dadil va shaxdam harakatlar bilan to‘sh suyagiga har daqiqada 50-60 marta bosib turadi. Ushbu holatda ko‘krak qafasining oldingi devori eng kamida 3-4 sm ichkariga tushib- chiqib turishi zarur. Bunday sharoitda qo‘llar bir oz bo‘shaydi, ko‘krak qafasi yoziladi. Har safar kaft bilan to‘sh suyagi sohasi bosilganida yurak ustiga tushgan bosim ta’sirida uning ichidagi qon tomirlargan tarqaladi, kaftlar ko‘tarilgach, bosim to‘xtatilganda esa, yon atrofdagi vena tomirlaridan qon yurak tomon siljib, so‘rab olinadi. Qon oqishini vaqtincha to‘xtatishda esa qonning arteriya, vena yoki kapilyarlardan oqayotganiga qarab, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda qon oqishi vaqtincha,yoxud uzil-kesil to‘xtatiladi. Arteriyadan tarqariga otilib chiqayotgan qonni vaqtincha to‘xtatish uchun rezina jgut yoki burama solish, qo‘l yoki oyoqni imkoni boricha qattiqroq bukilgan holatda bog‘lash, arteriyaning shikastlangan joyidan biroz yuqori qismini barmoqlar bilan bosish maqsadga muvofiqdir. Bosh shikastlanganda bosh miya lat eyishi, chayqalishi mumkin. Bu holatda odam es-hushini yo‘qotmaydi, boshi og‘rib, ko‘gil aynib, ba’zan qusadi. Ko‘ngili behuzur bo‘lishi mumkin. Bosh miya qattiq chayqalganda odam hushidan ketadi, boshi aylanib, qattiq og‘riydi, qo‘ngli aynab, ketma-ket qusadi. Bunday hollarda shikastlangan odamning boshiga sovuq narsa bosish kerak. Boshga qattiq zarb tekkanda odam hushini yo‘qotishi, boshi aylanib gapirib bilmay qolishi, shuningdek qulog‘i og‘ir bo‘lib, ko‘z oldi xiralashuvi, xotirasi yo‘qotilishi yoki susayishi mumkin. Bunday og‘ir holatdagi shikastlanganini imkoni boricha tezroq tekis joyga yotqizib, “tez yordam” chaqirish zarur. Download 12.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling