1. Fuqarolarning burch va majburiyatlari. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari tushunchasi


Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari


Download 27.74 Kb.
bet3/4
Sana05.11.2023
Hajmi27.74 Kb.
#1749739
1   2   3   4
3. Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari.
Bir inson tug’ilganda unga davlat tomonidan ta’minlanadigan bir qator huquq va erkinliklar beriladi. Ular insonlarning bu hayotda munosib yashashini ta’minlaydi. Shaxsiy huquqlar fuqarolarning hayoti, sog’ligi, e’tiqodi bilan bog’liqdir. Bugungi kunda dunyoning ko’pchilik mamlakatlari demokratik huquqiy davlat barpo etish yo’lidan bormoqda. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga nazar tashlaydigan bo’lsak, unda “O’zbekisaton suveren demokratik respublika” deb yozib qo’yilgan. Demokratik davlatda esa shubhasiz inson manfaatlari bosh ahamiyat kasb etadi. Shuningdek,Konstitutsiyada fuqarolarninghuquq va erkinliklari uch guruhga bo’lib mustahkamlangan.Bular, “Shahsiy huquq va erkinliklar”, “Siyosiy huquqlar”, “Ijtimoiy va iqtisodiy huquqlar”. Shaxsiy huquq va erkinliklarni odatda, tabiiy huquqlar deb ham deb atasa bo’ladi. Ularga har bir davlat fuqarolari ega. Shaxsiy huquq va erkinliklarga yashash, shaxsiy daxlsizlik, vijdon erkinligi kabi huquqlar misol bo’ladi. Jumladan mamlakatimizdagi barcha fuqarolar tili, dini, irqi, millati, ijtimoiy kelib chiqishi va mavqeyidan qat’iy nazar qonun va sud hokimiyati oldida teng bo’lib yuqoridagi huquq va erkinliklarga egadirlar. Bulardan siyosiy huquqlar fuqarolarning bevosita davlat faoliyatida ishtirok etishi, nomzodlarni saylashi, siyosat va davlat faoliyati haqida o’z fikirlarini bildirishi uchun imkoniyat beradi. Shaxsiy huquqlardan farqli o’laroq siyosiy huquqlar faqat ma’lum bir davlat tomonidan o’sha davlatning fuqarosi bo’lgan insonlarga taqdim etiladi. Ya’ni chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ulardan foydalana olmaydi. Fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlariga mulkdor bo’lish, mehnat qilish, erkin kasb tanlash, dam olish, ijtimoiy ta’minot olish, bilim olish va shu kabi bir qator huquqlar va erkinliklarni ko’rsatish mumkin. Bu huquq va erkinliklarni ta’minlashni esa davlat o’z zimmasiga oladi.Ikkinchi Jahon urushi 1939-1945 –yillarni o’z ichiga olgan bo’lib, unda millionlab insonlarning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati poymol qilindi. Qanchadan-qancha insonlar boshpanasiz qoldi. Shunday vaziyatda bunday xunrezliklarqayta takrorlanmasligi uchun dunyoning ko’pgina mamlakatlari rahbarlari yig’ilib Birlashgan Millatlar Tahkilotiga asos soldi. Bu tashkilot tomonidan qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasi” bu sohadagi ishlarning izchil va davomli bo’lishini ta’minladi. Mamlakatimiz ham mustaqillikka erishgan yillarda inson huquqlarini ta’minlash ustuvor maqsad etib belgilandi. Jumladan mamlakatimiz konstitutsiyasi g’oyalarini ishlab chiqishda ”Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasi” qoidalariga amal qilindi. Dekloratsiyani qo’llab-quvvatlash dasturiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1996-yil 31-noyabrdagi “Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini tashkil etish masalalari tog’risida’’gi Vazirlar Mahkamasining qarori Milliy markaz faoliyatining tashkiliy-huquqiy asosi hisoblanadi. Ayni paytda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan insonlar huquqlari bo’yicha milliy institutlardan Oliy Majlis Inson huquqlari bo’yicha vakili hisoblanganOmbudsman, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonunchilik monitoringi institutlari ham o’ziga yuklatilgan vazifalarni to’laqonli bajarish yo’lida xizmat qilib kelmoqda. Mulkdor bo’lish huquqiga ham O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va mamlakatimizda yashovchi boshqa shaxslar mustaqillik natijasida erishdi. Chunki sobiq tuzum davrida qabul qilingan konstitutsiyalarda bunday huquq yo’q edi.Bir so’z bilan aytganda mamlakatimizda mustaqillikdan keyingi yillarda har jabhada misli ko’rilmagan ishlar amalga oshirildi. Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash maqsadida ko’plab qonunlar, farmonlar qabul qilindi hamda ijrosi ta’minlandi. Shuningdek,og’ir jinoyat sodir etgan shaxslarga belgilangan o’lim jazosi ham Prezident farmoni bilan 2008-yil 1-yanvarda jinoiy jazo turlari qatoridan olib tashlandi. Har bir shaxsning erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqi konstitutsiyada ham mustahkamlandi. 2005-yil 8-avgustda “Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o’tkazish to’g’risida” Prezidentning navbatdagi Farmoni qabul qilindi. Bu bilan shaxs erkinligi va daxlsizligini ta’minlash kuchaytirildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev o’z nutqlaridan birida shunday deydi: ”Bizning faoliyatimiz eng muhim konstitutsiyaviy qoidaga
–ijtimoiy adolat tamoyilini ta’minlashga
qaratilishi shart. Ijtimoiy adolat
–bu siyosiy qarashlari, jinsi, millati, tili va diniy
e’tiqodidan qat’iy nazar, qonun oldida barcha fuqarolarning tengligini
ta’minlashdir”.
angi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarda “inson qadri uchun”, degan tamoyil ustuvor maqsad etib belgilangan. Bu yoʻlda yangi tahrirdagi konstitutsiyamizning qabul qilingani mamlakatimizning yangi rivojlanish davrini boshlab berdi.
Zero, bosh qonunimizda inson qadri, uning huquq va manfaatlari kafolatlari bilan bogʻliq koʻplab normalar oʻz aksini topganki, bu mamlakatimizning chinakam demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat sifatida jahon hamjamiyatidagi oʻrnini yanada mustahkamlaydi.
Aytish joizki, Konstitutsiyamizda ilgari qonunchilikda mavjud boʻlmagan bir qator muhim qoidalar mustahkamlandi va ular mazmun-mohiyatiga koʻra, “Inson — jamiyat — davlat” tamoyilini konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga qaratilgan.
Binobarin, 15-moddada Konstitutsiya mamlakat hududida toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etishi qatʼiy belgilandi.
Shu paytga qadar Konstitutsiya normalari tegishli qonun va qonunosti hujjatlari orqali hayotga tatbiq qilinar, bu esa huquqni qoʻllash amaliyotida ayrim boʻshliqlarga sabab boʻlayotgan edi. Yuqoridagi norma, bir tomondan, shaxs huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat ekanini amalda taʼminlasa, ikkinchidan, xalqimizning mavjud huquqiy tizimga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Asosiy qonunning 20-moddasida “Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi”, deyilgan.
Ayni qoida inson huquq va erkinliklariga bevosita amal qilish uchun qandaydir mezonlar talab etilmasligini koʻrsatadi. Shunga koʻra, endilikda inson huquq va erkinliklari bilan bogʻliq normalarga biror-bir qonun va qonunosti hujjati qabul qilinmasdan turib, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilinadi. Bu esa barcha davlat organlari tizimida inson huquqlariga rioya etish madaniyati va mexanizmlarini takomillashtirishni taqozo etadi.
Maʼlumki, shu vaqtga qadar normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan, qonunlarning asosiy funksiyasi bu ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat edi. Yangilangan Konstitutsiyaga asosan, inson huquq va erkinliklarini ifodalash qonunlarning ajralmas funksiyalaridan biriga aylandi.
Oʻz navbatida, insonning huquq va erkinliklari davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mazmun-mohiyatini belgilashi toʻgʻrisidagi qoida davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatini tubdan isloh qilishga olib keladi. Unga koʻra, davlat xizmatchilarining asosiy maqsad, vazifa, funksiya hamda majburiyatlari inson huquq va erkinliklarini ifodalashga qaratiladi.
Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlishi kerakligi belgilandi. Ushbu qoida shaxsga qoʻllaniladigan barcha huquqiy taʼsir choralarini insonparvarlik tamoyillari asosida qaytadan koʻrib chiqishni nazarda tutadi.
Inson bilan davlat organlarining oʻzaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyat va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi belgilab qoʻyildi.
Shu paytga qadar qonunchilikda boʻshliq yoki ziddiyatlar mavjud boʻlib, huquqni qoʻllash boʻyicha kompetensiyalar toʻliq shakllanmagan edi. Qonun bilan tartibga solinmagan holda qanday harakat qilish yoki qonunlardagi ziddiyatlarda qanday yoʻl tutish lozim, degan masalada hatto malakali huquqshunoslar ham qatʼiy pozitsiyaga ega emas. Yangi Konstitutsiya orqali ayni masala yechimini topdi.
Yaʼni oʻzaro teng yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasida tafovut yuzaga kelgan taqdirda fuqarolar manfaatiga xizmat qiladigan konstitutsiyaviy normalarga amal qilinishi qatʼiy belgilandi.
Oʻz navbatida, Konstitutsiyaning 21-moddasida inson huquq va erkinliklarini cheklash asoslari aniq belgilab qoʻyildi.
Xususan, insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sogʻligʻini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini taʼminlash maqsadida zarur boʻlgan doirada cheklanishi mumkin.
Inson huquqlarini cheklash asoslari faqat qonunlarda belgilangan boʻlishi kerak, vazirlik, idora va tashkilotlarning hujjatlari inson huquqlarini cheklay olmaydi.
Eʼtibor qaratish lozim boʻlgan masalalardan yana biri inson huquqlarini cheklash asoslari belgilangan qonunlar ijrosi yuzasidan qabul qilinayotgan qonunosti hujjatlari tegishli qonunlarda nazarda tutilganidan koʻra, koʻproq darajada inson huquqlarini cheklamasligi kerak.
Jinoyat-protsessual munosabatlarda shaxs huquqlarini himoya qilishning konstitutsiyaviy asoslari yanada mustahkamlandi.
Xususan, insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizligi, zoʻravonlik va qiynoq holatlarining oldini olish, “Miranda qoida”si, “Xabeas korpus” instituti, aybsizlik prezumpsiyasi, yuridik yordam olish huquqiga oid normalarning Konstitutsiya darajasida belgilab qoʻyilgani surishtiruv, tergov, sud hamda jazoni ijro etish jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi organlar zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklamoqda.
Bundan tashqari, shaxsiy hayot daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega boʻlish, oʻz shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqining konstitutsiyaviy asoslari kengaydi. Har kim oʻz shaxsiga doir maʼlumotlarni himoya qilish, shuningdek, notoʻgʻri maʼlumotlarning tuzatilishini, oʻzi toʻgʻrisida qonunga xilof yoʻl bilan toʻplangan yoki huquqiy asoslarga ega boʻlmay qolgan maʼlumotlarning yoʻq qilinishini talab qilish huquqiga egaligi ilk bor Konstitutsiya darajasida belgilab qoʻyildi.
Yana bir muhim jihat: har kimning yozishmalari, telefon orqali soʻzlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega ekanligi belgilandi. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyilishi nazarda tutildi.
Yangilangan Konstitutsiyada axborot erkinligiga oid muhim normalar oʻrin olgan. Xususan, davlat internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanishni taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratishini, axborotni izlash, olish va tarqatishga boʻlgan huquqni cheklashning aniq asoslari belgilab qoʻyilganini taʼkidlash joiz.
Yangi normaga koʻra, axborotni izlash, olish va tarqatishga boʻlgan huquqni cheklash boʻyicha qatʼiy tartib belgilanmoqda. Mazkur qoida davlat organlari faoliyatida ochiqlikni taʼminlash bilan bir qatorda, fuqarolarga ular tomonidan soʻralgan axborotni taqdim etishda idoraviy manfaatlarni roʻkach qilish kabi salbiy holatlarning oldini olishni taʼminlaydi.
Konstitutsiyada nazarda tutilgan inson huquq va erkinliklariga oid yangi normalar sudlar zimmasiga nihoyatda katta masʼuliyat yuklaydi.
Inson huquq va erkinliklari qonunlarning mazmun va mohiyatini belgilashi hamda inson huquqlari konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sogʻligʻini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini taʼminlash maqsadida zarur boʻlgan doirada cheklanishi mumkinligi toʻgʻrisidagi qoidalar sudlar faoliyatini yangi mezonlar asosida tashkil etishni taqozo etadi.
Deylik, inson bilan davlat organlarining oʻzaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyat va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishiga oid masalalar boʻyicha sud qarorlari faqat individual tusda boʻlishi kerak emas. Bunday qarorlar ana shunday barcha holatlar uchun yechim boʻlishi zarur. Bu esa sud amaliyoti hujjatlariga pretsedentlik elementlarini aks ettirishni talab qiladi.
Xulosa qilib aytganda, yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiya Yangi Oʻzbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi.
Bu esa inson huquq va erkinliklariga oid masalalarda huquqni qoʻllash amaliyotiga yangicha yondashuvlar joriy qilishni dolzarb zaruratga aylantirmoqda.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiya Yangi Oʻzbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi.
Bu esa inson huquq va erkinliklariga oid masalalarda huquqni qoʻllash amaliyotiga yangicha yondashuvlar joriy qilishni dolzarb zaruratga aylantirmoqda.
Zero, barchamizning vazifamiz inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan va hurmat qilinadigan adolatli jamiyat barpo etishdir.


Download 27.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling