1. Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining
Download 23.65 Kb.
|
2- TOP. O'ZB...
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javoblar 1.
SAVOLLAR. 1.Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni takdim qilishning qanday zamonaviy shakllarini joriy etish mumkun? 2.“Elektron xukumat”, “xalq bilan mulokot”, “virtual qabulxona”, “xalq qabulxonalari”, “tankidiy taxlil”, "qat’iy tartib intizom hamda shaxsiy mas’uliyat”, “yo‘l xaritasi”, “ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari” kabi yangi iboralarning mazmuni tushuntiring. 3.Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish uchun mamlakatimizda qanday ishlar amalga oshirilmoqda? 4.YUridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qanday yangi xizmatlar joriy etildi?
«Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishda quyidagi muhim, ustuvor vazifalar amalga oshirilishi bo‘yicha aniq takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga alohida e’tibor qaratilsin: joylarda «xalq qabulxonalari»ni tashkil etishning aniq huquqiy, tashkiliy-amaliy, moddiy-texnik va moliyaviy asoslarini belgilash, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, fuqarolarning murojaatlari eng ko‘p tushadigan sohalarda byurokratik to‘siqlar va muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish; Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni – bu Bosh vazir yoki uning o‘rinbosarlari bo‘ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar hokimi bo‘ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi kerak. 3. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, davlatimiz suvereniteti, chegaralarimiz daxlsizligi ta’minlandi, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini kuchaytirish, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan, eski boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechib, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tilgani, pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatiuchun yo‘l ochib berilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlash, inflyasiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolish, eng muhimi, xalqimizning hayot sifati darajasini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili bugungi kunda jahon bozorida kon’yunktura o‘zgarib, raqobat tobora kuchayib borayotganini har tomonlama hisobga olishni, shu asosda davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha strategik yondashuv va tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo‘yicha eng muhim ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida: Butun xalqimiz, ayniqsa, uning eng faol qatlamiga aylanib borayotgan tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan va quyidagilarni nazarda tutadigan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda – Harakatlar strategiyasi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatimizni modernizatsiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi va davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish borasidagi funksiyalarini qisqartirish, “yagona oyna” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini keng joriy etish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish va fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish yo‘lida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish; sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash, yurtdoshlarimiz tomonidan odil sudlovga erishish darajasini oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash uchun qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga e’tiborni yanada kuchaytirish; 4.YUridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish; advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo‘jalik ishlarini ko‘rib chiqishda advokatlaring o‘rni va nufuzini oshirish; notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari tizimini isloh qilish. Download 23.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling