1. Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
Download 130.41 Kb.
|
1 2
Bog'liq102 08.04.2009
[OKOZ: 1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.05 Prokat] [TSZ: 1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Davlat mulkini ijaraga berishni yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari huzurida davlat unitar korxonalari shaklida davlat mulkini ijaraga berish markazlari (keyingi o‘rinlarda — markazlar deb ataladi) tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Belgilansinki, quyidagilar tashkil etilayotgan markazlarning asosiy vazifalari hisoblanadi: davlat mulkini ijaraga berishni tashkil etish va ijaraga berish; ijaraga berilayotgan davlat mulkini va uni ijaraga berishdan tushadigan mablag‘larni hisobga olish va monitoringini olib borish; ijaraga beriladigan davlat mulki bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish; ijara obyektlaridan maqsadli foydalanilishini va ularning saqlanishini, shuningdek ijara to‘lovi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini nazorat qilish; ijaraga berilgan davlat mulkini har choraklik asosda xatlovdan o‘tkazish; Oldingi tahrirga qarang. foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi to‘g‘risidagi e’lonlarni va ijaraga berilayotgan davlat mulki ro‘yxatini davriy nashrlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasining veb-saytlarida joylashtirish. (2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda) 3. Quyidagi tartib o‘rnatilsin, unga muvofiq: davlat mulki yuridik va jismoniy shaxslarga markazlar orqali ijaraga beriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; Oldingi tahrirga qarang. davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan hamda Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan ijaraning eng kam stavkalarini hisoblab chiqish asosida tegishli koeffitsiyentlar belgilangan holda har yili 31-dekabrgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi; (3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda) Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. markazlarning tranzit hisob raqamlariga tushadigan ijara to‘lovi mablag‘larining 25 foizi tegishli mahalliy budjet daromadiga, 25 foizi — Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasiga, 40 foizi — davlat mulkini balansida saqlovchiga va 10 foizi — tegishli markazga yo‘naltiriladi; (3-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-sonli qarori tahririda) Oldingi tahrirga qarang. Toshkent davlat yuridik universiteti, yuridik texnikumlar va Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyning mol-mulkini ijaraga berishdan kelib tushadigan mablag‘lar elektron savdo maydonchasi operatori to‘lovini chegirib tashlagan holda, to‘liq hajmda mazkur muassasalarning rivojlantirish jamg‘armalariga o‘tkaziladi; (3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son) Oldingi tahrirga qarang. 2022-yil 1-yanvardan boshlab, oliy ta’lim muassasalarining ko‘chmas mulkini ijaraga berishdan tushgan mablag‘ning 1 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy bo‘linmalari huzuridagi davlat mulki ijara markazlariga, qolgan qismi esa elektron savdo maydonchasi operatoriga to‘langan to‘lov chegirilgandan keyin — mazkur oliy ta’lim muassasasining rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi; (3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son) Oldingi tahrirga qarang. oliy ta’lim muassasalarining oshxona va bufetlarini ijaraga berishdan kelib tushadigan mablag‘lar elektron savdo maydonchasi operatori to‘lovini chegirib tashlagan holda, to‘liq hajmda mazkur muassasalarning rivojlantirish jamg‘armalariga o‘tkaziladi. (3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 09/21/563/0859-son) Oldingi tahrirga qarang. 2018-yil 1-oktabrdan boshlab, xalq ta’limi muassasalarining ko‘chmas mulkini ijaraga berishdan tushgan mablag‘ning 1 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy bo‘linmalari huzuridagi davlat mulki ijara markazlariga, qolgan qismi esa elektron savdo maydonchasi operatoriga to‘langan to‘lov chegirilgandan keyin — xalq ta’limi muassasalarini rivojlantirishning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltiriladi. (3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son) Oldingi tahrirga qarang. ijara to‘lovi muddatini o‘tkazib yuborganlik uchun undirilgan penya summasining va shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun jarima summasining 50 foizi markazlar ixtiyorida qoladi, qolgan qismi esa Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. (3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 543-modda) Oldingi tahrirga qarang. Belgilab qo‘yilsinki, tegishli markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olinayotgan sof foydasining bir qismi yoki hammasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasida jamlanadi. (3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasida jamlanadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan budjetdan tashqari jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq belgilangan tartibda sarflanadi. (3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda) Oldingi tahrirga qarang. 3-1. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida faoliyat yuritayotgan, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari shartlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq davlat mulkida bo‘lgan binolar va inshootlarda joylashtiriladigan budjet tashkilotlari, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish guruhlari uchun ijara haqining nol stavkasi belgilanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili ko‘chmas davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini tasdiqlashda davlat mulki bo‘lgan binolar va xonalarda joylashgan budjet tashkilotlari uchun ijara to‘lovining nol stavkasini belgilashni nazarda tutsinlar. (31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda) Oldingi tahrirga qarang. 32. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulkini ijaraga olishda ijara to‘lovlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoniga 1-ilovada belgilangan imtiyozlar qo‘llanilishi nazarda tutilsin. (32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 450-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/450/0691-son) 4. Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Oldingi tahrirga qarang. 4-1. Belgilab qo‘yilsinki, ijaraga berilgan davlat mulkiga zarar yetkazganlik belgilari aniqlangan taqdirda yetkazilgan zarar summasi baholash tashkiloti tomonidan uni baholash yo‘li bilan aniqlanadi va aybdor shaxslardan belgilangan tartibda undiriladi. Zarar summasi tegishli markazning tranzit hisob raqamida jamlanadi hamda markazning baholashni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlari va sud xarajatlari chegirilgan holda davlat mulkini balansida saqlovchiga yo‘naltiriladi. (4-1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda) 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi 2009-yil 1-iyungacha davlat mulkini ijaraga berish yuzasidan ilgari tuzilgan, shu jumladan davlat mulkini balansida saqlovchi bilan tuzilgan shartnomalarni xatlovdan o‘tkazish, ularni hisobga qo‘yish va belgilangan tartibda shartnomalarni qayta rasmiylashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin. 6. Belgilansinki, davlat mulkini balansida saqlovchilarning mansabdor shaxslari ularning tasarrufida bo‘lgan foydalanilmayotgan davlat mulki to‘g‘risidagi ma’lumotlar markazlarga o‘z vaqtida, to‘liq va ishonchli berilishi uchun shaxsan javob beradilar. Oldingi tahrirga qarang. Davlat mulkini ijara shartnomasi tuzmasdan ijaraga berish, ijara shartnomasida ijaraga berilgan mulkning parametrlari va soni ataylab noto‘g‘ri qayd etilganligi, buning natijasi ijara to‘lovining yashirilishiga olib kelganligi holati aniqlangan taqdirda markaz buzilish aniqlangan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida, belgilangan tartibda davlat mulkidan foydalanganlik davri uchun ijara to‘lovini ikki baravar miqdorda hisoblab chiqadi va uni undirish uchun tegishli hujjatlarni balansida saqlovchiga taqdim etadi. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda) Oldingi tahrirga qarang. Hisoblab yozilgan to‘lov summasi balansida saqlovchi tomonidan to‘lanmagan taqdirda davlat mulki joylashgan joydagi markaz hujjatlar balansida saqlovchiga taqdim etilgan sanadan boshlab o‘n ish kuni o‘tgach hisoblab yozilgan to‘lov summasini belgilangan tartibda undirish uchun materiallarni sudga topshiradi. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda) 7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bir oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat mulkining asosiy turlari bo‘yicha namunaviy ijara shartnomalarini ishlab chiqsin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda markazlarning namunaviy ustavlarini, ularning namunaviy tuzilmasini va xodimlarining cheklangan sonini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda markazlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, joylashtirilishini va ular malakali mutaxassislar bilan butlanishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida bir oy muddatda takliflar kiritsin. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 9. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda xalqaro tajribani o‘rganish asosida bir oy muddatda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2009-yil 8-aprel, 102-son Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qaroriga ILOVA Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida NIZOM I. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududidagi davlat mulkini ijaraga berish tartibini belgilaydi. Chet eldagi davlat mulkini ijaraga berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan shartlar va tartibda amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Ushbu Nizomning amal qilishi turar joylar, yer uchastkalari, yer osti boyliklari uchastkalari, teatr-tomosha korxonalarining mol-mulkini, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berishga nisbatan tatbiq etilmaydi. (1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-martdagi 53-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 11-son, 123-modda) Oldingi tahrirga qarang. Davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berishda undan foydalanish maqsadi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadigan Moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq belgilanadi. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-oktabrdagi 881-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2019-y., 09/19/881/3936-son) 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: Oldingi tahrirga qarang. davlat mulki — davlat korxonalari va budjet tashkilotlari balansidagi mol-mulk, shuningdek yuridik shaxslarning ommaviy mulkni boshqaruvchi yoxud vakolatli davlat organi tomonidan tasarruf etish huquqisiz ularga berilgan mol-mulki (davlat mulki obyektlarini investitsiya majburiyatlari va boshqa majburiyatlar bilan sotish hollari bundan mustasno); (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda) LexUZ sharhi 2-bandning ikkinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-maydagi 126-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Hujjatning rus tilidagi matniga qarang. Oldingi tahrirga qarang. ijaraga beruvchi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari huzuridagi Davlat mulkini ijaraga berish markazlari; (2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda) balansda saqlovchi — ijaraga berilayotgan davlat mulki uning balansida hisobga olingan yuridik shaxs; ijaraga oluvchi — ushbu Nizomda belgilangan shartlarda va tartibda davlat mulki bo‘yicha ijara shartnomasini tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs. Oldingi tahrirga qarang. texnopark — kamida 10 000 kv.m tutash hududdan, davlat mulki (binolar va inshootlar)dan hamda mahalliy davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq tashkil etilgan (o‘z faoliyatini o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash tamoyili bo‘yicha va O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligining tegishli hududiy organlari bilan kelishilgan biznes-reja asosida amalga oshiradigan) yuridik shaxsga ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun tasarruf etish huquqisiz berilgan zarur infratuzilmadan iborat bo‘lgan mulkiy kompleks. (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-maydagi 126-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 21-son, 246-modda) Oldingi tahrirga qarang. 3. Ijaraga berilishi qonunchilikka zid bo‘lmagan korxonalar, binolar, inshootlar yoki ularning qismlari, asbob-uskunalar, transport vositalari shaklidagi davlat mulki va boshqa mol-mulk ijaraga berilishi mumkin. (3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 4. Davlat mulki ularga nisbatan ijaraga beruvchida: ilgari tuzilgan davlat mulki ijarasi shartnomalari bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi; ularning muomalaga layoqatsizligi yoki muomala layoqati cheklanganligi (jismoniy shaxslarga nisbatan) to‘g‘risida ishonchli ma’lumot mavjud bo‘lgan shaxslarga ijaraga berilmaydi. 5. Agar ijaraga berish natijasida balansda saqlovchining ishlab chiqarish va/yoki moliyaviy ko‘rsatkichlari yomonlashsa va/yoki budjetdan moliyalashtirishning nazarda tutilgan limitlaridan ortiq bo‘lsa, davlat mulki ijaraga berilishi mumkin emas. Ko‘rsatib o‘tilgan holatlar yuqori turuvchi tashkilot yoki muassis (mavjud bo‘lganda) bilan kelishgan holda balansda saqlovchi tomonidan hujjatlar bilan asoslanishi kerak. 6. Ijaraga berilgan davlat mulki (uning bir qismi), shuningdek davlat mulkini (uning bir qismini) ijaraga olish bo‘yicha ijaraga oluvchining huquqi o‘zgaga berilishi, garovga qo‘yilishi yoki boshqacha tarzda ijaraga oluvchi tomonidan uchinchi shaxslarga o‘tkazilishi mumkin emas. Ijaraga oluvchi ijaraga olingan davlat mulkini uchinchi shaxslarga, shu jumladan subijara shartlarida berishga haqli emas. Ijaraga oluvchi mol-mulkni soz holatda saqlashi, o‘z hisobidan joriy ta’mirlashi va mulkni saqlash bo‘yicha xarajatlarni qoplashi shart. Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. 7. Davlat mulki ijarasining eng ko‘p muddati besh yilni, nodavlat professional ta’lim tashkilotlari uchun o‘n yilni, kichik tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun esa o‘n yilni tashkil etadi, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. (7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 612-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2022-y., 09/22/612/0949-son) Texnopark hududidagi davlat mulkini ijaraga berishning eng ko‘p muddati, davlat mulkini ijaraga berishning ilgari tuzilgan shartnomalari bo‘yicha majburiyatlar o‘z vaqtida va to‘liq bajarilgan taqdirda ushbu muddatni uzaytirish imkoni bilan o‘n yilni tashkil qiladi, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. (7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 71. Texnopark hududidagi davlat mulki tadbirkorlik subyektlariga ijara shartnomasi asosida, ular tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan ijaraga beriladi. Investitsiya majburiyatlari va ularni tadbirkorlik subyektlari tomonidan bajarish shartlari ijara shartnomasida belgilanadi. (71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-maydagi 126-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 21-son, 246-modda) Oldingi tahrirga qarang. 72. Kichik sanoat zonalari hududidagi davlat mulkini uzoq muddatli ijaraga berish, tanlov komissiyasi qarorlariga muvofiq, ijaraga beruvchi, Kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuziladigan uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (72-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 378-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 10-modda) 8. Davlat mulkini ijaraga berish jarayoni har qanday jismoniy va yuridik shaxslarning (keyingi o‘rinlarda tashabbus ko‘rsatuvchi) tashabbusi asosida boshlanishi mumkin. Ushbu maqsadlarda tashabbus ko‘rsatuvchi davlat mulki joylashgan joydagi ijaraga beruvchiga: davlat mulkining tavsifini va u joylashgan joyni; balansda saqlovchini (bunday ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda) ko‘rsatgan holda tegishli taklifni taqdim etadi. Taklif ko‘rib chiqilishi va taklif olingan paytdan boshlab bir hafta muddatda tashabbus ko‘rsatuvchiga asoslangan javob yuborilishi shart. II. Ijara to‘lovini aniqlash 9. Binolar va inshootlar bo‘yicha ijara to‘lovini (ijara to‘lovining tayanch stavkasi) hisoblab chiqish quyidagi tarzda aniqlanadi: Ts=Es*Kz*(Kq+Kh+Ko), bunda: Download 130.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling