1. Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar


Download 328.96 Kb.
bet1/5
Sana12.11.2020
Hajmi328.96 Kb.
#144309
  1   2   3   4   5
Bog'liq
PQ-4702 01.05.2020




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar;

3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]

[TSZ:

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar;

2.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida

Mamlakatda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish, aholi bilan muloqot tizimini yo‘lga qo‘yish, aholi turmush darajasi va bandligini oshirish, hududlarni jadal va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlashda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.



Shu bilan birga, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hozirgi holatini chuqur tahlil qilishda istiqbolga yo‘naltirilgan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish uchun uni kompleks baholashning hamda yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqqan holda ularga tezkorlik bilan va lozim darajada javob qaytarishning yagona muvofiqlashtirilgan mexanizmi yo‘qligi to‘sqinlik qilmoqda.

Hududlarni barqaror va jadal rivojlantirish uchun ularning kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini, tabiiy xomashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini, iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini, shuningdek, hududlarning boshqa qiyosiy ustunliklarini baholashning yagona tizimini joriy etish maqsadida:

[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]

1. Statistik ko‘rsatkichlar va so‘rovnomalar natijalari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini reyting baholash tizimi (bundan buyon matnda — reyting baholash) joriy etilsin va bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratilsin:

barqaror va mutanosib iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, iqtisodiy islohotlar samaradorligi;

yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsizlikni kamaytirish va mehnat bozori samaradorligini ta’minlash;

ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va aholi turmush sifatini yaxshilash;

aholi va biznes uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ishlab chiqarish infratuzilmasining barqarorligi hamda ishonchliligini ta’minlash;

hududlarning raqobatbardoshlik darajasini oshirish, ularning iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish;

ishbilarmonlik muhiti sifatini yaxshilash, tadbirkorlikni doimiy qo‘llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish;

hududlarning moliyaviy mustaqilligiga erishish hamda bank-moliya sohasini rivojlantirish;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va ma’lumotlarning ochiqligini oshirish.

[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar]

2. Reyting ko‘rsatkichlari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilansinki:

reyting baholash ushbu qarorning 6-bandida nazarda tutilgan axborot tizimi ishlab chiqilgandan so‘ng 2019-yil uchun sinov rejimida amalga oshiriladi;

reyting baholash natijalari asosida reyting ko‘rsatkichlarini aniqlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kesimida amalga oshiriladi;

o‘tgan yil uchun reyting baholash natijalari har yili 1-fevral (tezkor baholash) va 15-iyunga (yakuniy natijalar) qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritiladi;

reyting baholash natijalari har yili Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati vakillik organlari yig‘ilishlarida tanqidiy muhokamaga qilinishi shart.

4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga reyting baholash natijalarini umumlashtirish, shuningdek, reyting baholashni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tegishli organlar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish hamda muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga, zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda reyting ko‘rsatkichlari tizimi hamda ularni hisoblash usullariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati berilsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (keyingi o‘rinlarda — Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti), “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (keyingi o‘rinlarda — “Ijtimoiy fikr” markazi), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (keyingi o‘rinlarda — Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi), Davlat statistika qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi:

ikki oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda hududlarni reyting baholash uchun aholi va tadbirkorlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish metodologiyasini ishlab chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun kiritsin;

tasdiqlangan metodologiya asosida har yili tuman hamda shaharlarda aholi va tadbirkorlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birga 2020-yil 1-iyunga qadar mas’ul organlar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan hududlar reytingini tuzish uchun ma’lumotlarni onlayn rejimda kiritish imkonini beruvchi axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) ishlab chiqilishini, shuningdek, 2019-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan sinov rejimidagi reyting baholash natijalari asosida uning takomillashtirilishini ta’minlasin.

7. Belgilab qo‘yilsinki:

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi — axborot tizimining buyurtmachisi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar — axborot tizimini yaratish hamda uni kelgusida qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, so‘rovnomalarni tashkil etish va o‘tkazishning moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga uning asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, so‘rovnomalarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasi hisobidan zarur mablag‘larni;

2020-yildan boshlab har yili axborot tizimini texnik va dasturiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, so‘rovnomalarni o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi buyurtmanomalariga asosan zarur mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutgan holda ajratsin.

9. Belgilab qo‘yilsinki:

davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari hisobot yilidan keyingi 15-yanvar (tezkor) va 1-iyundan (yakuniy) kechiktirmay hisobot yili yakuni bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni axborot tizimiga haqqoniy va o‘z vaqtida kiritishni ta’minlaydi;

reyting jarayoniga jalb etilgan davlat organlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari so‘rovnomalarni shaffof va xolisona o‘tkazish hamda tegishli ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritish uchun shaxsan javobgardir;

davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan axborot tizimiga ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritish, shuningdek, ularni o‘z vaqtida kiritmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, tegishli rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

11. Mazkur qaror ijrosini tashkil etishning quyidagi tartibi belgilansin:

a) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov:

mazkur qaror ijrosini sifatli ta’minlasin, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishga mas’ul vazirlik va idoralarning samarali faoliyatini tashkil etsin hamda muvofiqlashtirsin, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etsin;

axborot tizimiga kiritilgan statistik ko‘rsatkichlar va so‘rovnoma natijalarini o‘z vaqtida umumlashtirsin hamda hududlar reytingini aniqlasin;

ushbu qarorning maqsad va vazifalariga erishish, shuningdek, baholash mezonlari va tahlil usullarini aniqlash maqsadida Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, “Ijtimoiy fikr” markazi, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Davlat statistika qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning mas’ul xodimlari uchun davriy seminarlar tashkil etsin;

reyting ko‘rsatkichlarining monitoringini va ommaviy axborot vositalari, shu jumladan rasmiy veb-saytda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar muntazam ravishda keng yoritilishini ta’minlasin;

b) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining o‘rinbosari B.T. Turabov — hududlarning reyting ko‘rsatkichlari shakllantirilishini monitoring qilsin;

v) mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari — axborot tizimiga ma’lumotlarning o‘z vaqtida, sifatli va to‘laqonli kiritilishi hamda so‘rovnomalar o‘tkazilishi uchun barcha zarur choralarni ko‘rsin;

g) O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko‘chimov va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi A.D. Xadjayev — mazkur qarorning mazmun-mohiyati, uning amaliy ahamiyatini yoritib berish bo‘yicha maqolalar chop etilishini hamda matbuot anjumanlari, tematik teleko‘rsatuvlar o‘tkazilishini tashkil etsin.

12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 1-may,

PQ-4702-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi PQ-4702-son qaroriga


1-ILOVA

[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar]

Reyting ko‘rsatkichlari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash tartibi to‘g‘risida

NIZOM

I bob. Umumiy qoidalar



1. Ushbu Nizom reyting ko‘rsatkichlari asosida hududlarning (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

reyting ko‘rsatkichlari — hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash uchun foydalaniladigan sifat va miqdor ko‘rsatkichlari hamda so‘rovlar natijalari tizimi;

reyting — reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini baholash orqali hududlarning reyting o‘rnini aniqlash.

3. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini reyting ko‘rsatkichlari asosida baholash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

II bob. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlari

4. Baholash ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar bo‘yicha alohida hisoblab chiqiladi.

5. Baholash ko‘rsatkichlarini shakllantirish ikki bosqichdan iborat.

Birinchi bosqich. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini baholash uchun statistik ko‘rsatkichlar asosida baholanadigan quyidagi 8 ta ustuvor yo‘nalish belgilanadi:

iqtisodiy rivojlanish va samaradorlik;

mehnat bozori samaradorligi;

ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati va sifati;

infratuzilmadan foydalanish imkoniyati va uning rivojlanganligi;

iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va diversifikatsiya qilinganligi;

ishbilarmonlik muhiti sifati va tadbirkorlikni rivojlantirish;

moliyaviy mustaqillik, bank-moliya sohasining rivojlanishi;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va ma’lumotlarning ochiqligi.

Ikkinchi bosqich. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol tasdiqlangan metodologiya asosida quyidagilarni aniqlash maqsadida alohida so‘rovlar o‘tkazish orqali baholanadi:

aholining ijtimoiy o‘zini his etishi va turmush sifati;

tadbirkorlar va investorlar uchun ishbilarmonlik muhitining holati;

jamiyatning islohotlarga ishonchi darajasi hamda davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat institutlarining sifati.

Aholi va tadbirkorlar o‘rtasida reyting baholash bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazish metodologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tumanlar va shaharlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlari ushbu Nizomga 2, 2a, 3 va 3a-ilovalarga muvofiq aniqlanadi.

III bob. Reyting tizimi ko‘rsatkichlarini hisoblash

7. Reyting ko‘rsatkichlari quyidagicha hisoblanadi:

mazkur Nizomga 2, 2a, 3 va 3a-ilovalarda ko‘rsatilgan statistik ko‘rsatkichlarga asosan, ularga muvofiq hudud uchun eng yuqori ball 50 ballni tashkil etadi;

o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, unga muvofiq hudud uchun eng yuqori ball 50 ballni tashkil etadi.

8. 5-bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan har bir ustuvor yo‘nalish uchun maksimal ball ularning tarkibiy reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha teng taqsimlanadi.

9. Ustuvor yo‘nalishlarni tashkil qiluvchi statistik ko‘rsatkichlar ham ijobiy, ham salbiy bo‘lishi mumkin.

10. Ijobiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ballar quyidagi formula asosida hisoblanadi:



bunda: Xball — hududning muayyan ko‘rsatkich bo‘yicha balli; X — hudud ko‘rsatkichi; Xmax — hududlar orasida ushbu ko‘rsatkichning maksimal qiymati; Xball max — ushbu Nizomga 2, 2a, 3, 3a-ilovalarda berilgan ko‘rsatkichning eng yuqori balli.

11. Salbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ballar quyidagi formula asosida hisoblanadi:



bunda: Xball — hududning muayyan ko‘rsatkich bo‘yicha balli; X — hudud ko‘rsatkichi; Xmax — hududlar orasida ushbu ko‘rsatkichning maksimal qiymati; Xball max — ushbu Nizomning 2, 2a, 3, 3a-ilovalarda berilgan ko‘rsatkichning maksimal balli.

12. Hudud uchun birinchi bosqich bo‘yicha jami ballar ustuvor yo‘nalishlarning statistik ko‘rsatkichlari ballarini jamlash yo‘li bilan hisoblanadi.

13. Hudud uchun yakuniy ball statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha jami ballar va o‘tkazilgan so‘rov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballarni qo‘shish orqali aniqlanadi.

14. Yakuniy ballar asosida quyidagi 2 ta reyting shakllantiriladi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha;

tumanlar va shaharlar bo‘yicha.

IV bob. Baholash natijalarini taqdim etish va ulardan foydalanish

15. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hududlarni reyting baholash natijalari bo‘yicha har yili quyidagi muddatlarda tahliliy ma’lumotnoma tayyorlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda davlat hokimiyatining vakillik organlariga kiritadi:

1-fevralgacha (tezkor ma’lumot) — aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish uchun;

15-iyungacha (yakuniy natijalar) — keyingi kalendar davr uchun dasturiy chora-tadbirlar va strategiyalarni ishlab chiqishda foydalanish uchun.

16. Reyting baholash natijalari har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis palatalari va xalq deputatlari Kengashlari majlislarida tanqidiy muhokama qilinishi lozim.

V bob. Yakunlovchi qoidalar

17. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘linmasi Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi.

18. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar bo‘ladi.

Reyting ko‘rsatkichlari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga


1-ILOVA

Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini reyting ko‘rsatkichlari asosida baholash

SXEMASI

Bosqichlar

Tadbirlar

Mas’ullar

Bajarish muddatlari




I bosqich

Reyting baholash uchun so‘rovnoma o‘tkazish metodologiyasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish.

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, “Ijtimoiy fikr” markazi, Davlat statistika qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi

Qaror qabul qilingandan so‘ng

2 oy ichida






II bosqich

Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasi bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni onlayn rejimida axborot tizimiga kiritish.

Davlat boshqaruvi organlari, tashkilot va muassasalar

Har yili

15-yanvargacha (tezkor),

1-iyungacha
(yakuniy)





III bosqich

Aholi va tadbirkorlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish, uning natijalarini umumlashtirish va tegishli ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritish.

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, “Ijtimoiy fikr” markazi, Davlat statistika qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi

Har yili

15-yanvargacha (tezkor),

1-iyungacha
(yakuniy)





IV bosqich

Axborot tizimiga kiritilgan statistik ko‘rsatkichlar va so‘rov natijalarini umumlashtirish hamda hududlar reytingini aniqlash.

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Har yili

25-yanvargacha(tezkor),

10-iyungacha
(yakuniy)





V bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda davlat hokimiyati vakillik organlariga ma’lumotlar va reyting ko‘rsatkichlarini kiritish.

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Har yili

1-fevralgacha (tezkor),

15-iyungacha
(yakuniy)





VI bosqich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Xalq deputatlari kengashlari majlislarida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlari natijalarini muhokama qilish.

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati, Xalq deputatlari kengashlari (viloyatlar, tumanlar, shaharlar)

Har yili

10-fevralgacha (tezkor),

15-iyulgacha
(yakuniy)





VII bosqich

Vazirlar Mahkamasi majlisida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlari natijalarini muhokama qilish.

Vazirlar Mahkamasi

Har yili

10-fevralgacha (tezkor),



15-iyulgacha
(yakuniy)

Download 328.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling