1. G’alvirlash jarayoning kinetikasi


Download 1.13 Mb.
Sana19.06.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1601214
Bog'liq
boyitish 1

  • Mavzu:G’alvirlarning turlari va ularni tanlash
  • Reja:
  • 1. G’alvirlash jarayoning kinetikasi
  • 2. G’alvirlarning turlari
  • 3. G’alvirlarni tanlash

1.G’alvirlash jarayoning kinetikasi

Elаsh sаmаrаdоrligi vа vаqti оrаligidа o‘zаrо bоg‘liklik mаvjud. Elаshning bоshidа uning sаmаrаdоrligi tеz оrtаdi, kеyingtsida оrtish pаsаyadi. (21-rаsmga Еgоrоv). Bu hоlаtni shundаy tushuntirish mumkin: elаsh jаrаyonining tеzligi elаkning tеshiklаridаn o‘tаdigаn zаrrаlаrning sоnigа tеng. Birinchi nаvbаtdа аsоsаn оsоn elаnuvchi zаrrаlаr o‘tаdi vа elаsh jаrаyoni tеz kеtаdi. Vаkt o‘tishi bilаn ulаr ning sоni bоrgаn sаri kаmаyadi. Qiyin elаnuvchi zаrrаlаr esа elаnish uchun uzоk vаkt tаlаb kilаdi. Shuning uchun elаsh sаmаrаdоrligi vаqt o‘tishi bilаn sеkinlаshаdi.

Fаrаz qilаylik, zаrrаni elаkdаn o‘tish tеzligi dm/dt bеrilgаn vаqt t dаvоmidа elаkdа qоlgаn quyi sinf zаrrаlаrining mаssаsi m gа to‘g‘ri prоpоrsiоnаl, ya’ni

  • Fаrаz qilаylik, zаrrаni elаkdаn o‘tish tеzligi dm/dt bеrilgаn vаqt t dаvоmidа elаkdа qоlgаn quyi sinf zаrrаlаrining mаssаsi m gа to‘g‘ri prоpоrsiоnаl, ya’ni
  • dm/dt = –k0m,
  • bundа k0 – prоpоrsiоnаllik kоeffitsiyеnti .
  • Minus bеlgisi vаqt o‘tishi bilаn m ning kаmаyishini ko‘rsаtаdi.
  • Tеnglаmаni intеgrаllаb lnm = –k0
  • t + c ni оlаmiz. t = 0 dа m = m0
  • c= lnm0
  • U hоldа lnm = k0, t + lnm0
  • bundа m0 – elаsh jаrаyonining bоshidа elаkdа bo‘lgаn quyi sinf zаr-rаlаrining mаssаsi.

2.G’alvirlarning turlari

  • g’alvirlar geometrik shakli, g’alvirlovchi yuzaning hususiyati, uning gorizontal tekislikka nisbatan joylashishi bilan bir-biridan farq qiladi. g’alvirlovchi yuzaning shakliga qarab yassi, silindrik (barabanli) yoki yoysimon shakldagi g’alvirlar mavjud. g’alvirlovchi yuzaning joylashishiga qarab gorizontal va qiya, ba’zi hollarda vertikal g’alvirlarga bo‘linadi.
  • Barabanli g’alvirlarning ishchi maydoni silindr yoki kesik konus shaklida bo’lib, odatda teshik-teshik listlardan yig’iladi. Silindr barabanining o‘qi gorizontga nisbatan 4-70 ga qiya holda, konusli barabanning o‘qi esa gorizontal o‘rnatiladi.
  • Dastlabki mahsulot baraban ichiga yuqori qismidan beriladi. Bunda baraban teshiklaridan kichik o‘lchamdagi mahsulot teshiklardan o‘tib ketadi, yirik mahsulotlar esa barabanning ichida pastga tomon harakatlanadi
  • qo‘zg’almas panjarali g’alvirlar alohida orasi ochiq panjaralardan tashkil topib, gorizontga nisbatan 40-450 burchak ostida rudani g’alvirlash uchun, 30-350 burchak ostida ko‘mirni g’alvirlash uchun o‘rnatiladi. Mahsulot panjaraning yuqori qismidan berilib o‘z oqimi bilan harakatlanadi, bunda mayda mahsulot panjara orasiga tushadi, yirik mahsulot esa panjara ustidan g’alvirning oxiriga tomon harakatlanadi. Bunday g’alvirlar yirik mahsulotni g’alvirlash uchun ishlatiladi. Panjara orasidagi masofa 50 mm va undan ortiq bo‘lishi kerak

3.G’alvirlarni tanlash

G’alvirlash - foydali qazilmaning yirikligiga qarab, bir yoki bir necha g’alvir

orqali elab, sinflarga ajratish jarayonidir.

G’alvirlashga tushayotgan mahsulot - dastlabki, g’alvir ustida qolgan mahsulot- g’alvir usti, g’alvirdan o`tgan mahsulot esa - g’alvir osti mahsuloti deyiladi

G’alvirlashda qabul qilingan g’alvir ko`zlari o`lchamining kattadan kichikka tomon ketma-ket qatori g’alvirlash shkalasi, ikkita ketma-ket kelgan g’alvir ko`zlari o`lchamining bir-biriga nisbati shkala moduli deyiladi. Masalan: 48, 24, 12, 6,3 mm li shkala uchun modul 2 ga teng. Mahsulotni n ta g’alvirda g’alvirlashdan so`ng n+1 ta mahsulot olinadi. Mahsulot yirikligi quyidagicha belgilanadi: -d+d yoki d-d.

G’alvirlashda qabul qilingan g’alvir ko`zlari o`lchamining kattadan kichikka tomon ketma-ket qatori g’alvirlash shkalasi, ikkita ketma-ket kelgan g’alvir ko`zlari o`lchamining bir-biriga nisbati shkala moduli deyiladi. Masalan: 48, 24, 12, 6,3 mm li shkala uchun modul 2 ga teng. Mahsulotni n ta g’alvirda g’alvirlashdan so`ng n+1 ta mahsulot olinadi. Mahsulot yirikligi quyidagicha belgilanadi: -d+d yoki d-d.

Masalan: -50+12 mm; 12-50 mm. G’alvirlashning quyidagi turlari qo`llaniladi: yordamchi, tayyorlovchi, mustaqil hamda boyitish mahsulotlaridan suvni ajratish jarayoni sifatida ishlatiladigan g’alvirlash jarayoni. Dastlabki mahsulotning yirikligi va g’alvir ko`zining o`lchamiga qarab g’alvirlashning quyidagi turlari mavjud. Dastlabki mahsulot G’alvir ko`zining yirikligi,mm Yirik -1200+0 300-100 O`rta -360+0 60-25 Mayda -75+0 25-6 Mayin -10+0 5-0,5 O`ta mayin -1+0 0,05 gacha


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling