Mavzu: Beton To’ldiruvchilar turlari
Download 9.18 Kb.
|
Mavzu Beton To’ldiruvchilar turlari-fayllar.org
Mavzu: Beton To’ldiruvchilar turlari Mavzu: Beton To’ldiruvchilar turlariReja: To‘ldiruvchilarning tavsifi va turlari Tabiiy to‘ldiruvchilar Tabiiy to‘ldiruvchilar klassifikatsiyasi 1.To‘ldiruvchilarning tavsifi va turlari To`ldiruvchilar – bu ma’lum zarrachalar tarkibiga ega tabiiy ëki sun’iy materiallar bo`lib, bog‘lovchilar va suvning ratsional aralashmasi bilan beton hosil qiluvchi materialdir. Narxi beton va temirbeton konstruksiyalarning 30….50 % ni tashkil qiladi, shuning uchun ularni o`rganish, to`ldiruvchilarni to`g‘ri tanlash, ularni me’ërida ishlab chiqarish va qo‘llash katta ahamiyatga ega. Betonning asosiy aktiv qismi - bog‘lovchi semendir. Bog‘lovchi suv bilan aralashib xamir hosil qilishi, tishlashish va qotib qattiq xolatga o`tishi va betonga aylanish xususiyati ega. To‘ldiruvchi nima uchun kerak? 1. To`ldiruvchilar betonning 80% gacha hajmini tashkil qiladi, sement va boshqa bog‘lovchilarni sarflanishini keskin kamaytiradi, qaysiki ular beton tarkibida yuqori baxoli va defitsit material xisoblanadi. 2. Sement toshi qotishida xajmiy deformatsiyalarga yo`liqadi. Uning cho`kishi-2 mm/m ga etadi. CHo`kish deformatsiyalarining notekis bo`lishi ichki zo`riqishlar va yorilishlarni keltirib chiqaradi. Kichik ëriqlar ko`zga ko`rinmaydi, lekin ular sement toshini mustaxkamligini va chidamliligini keskin pasaytiradi. To`ldiruvchi betonda qattiq karkas xosil qiladi, u esa cho`kish deformatsiyalarini qabul qilib, cho`kishini kamaytiradi, (bu taxminan 10 baravar kam, sement toshiga nisbatan). 3. YUqori mustaxkamlikdagi to`ldiruvchilardan iborat qattiq karkas mustaxkamlik va qayishqoqlik modulini oshiradi (yani konstruksiyaning yuk ta’siridagi deformatsiyasini kamaytiradi). 4. Engil g‘ovak to`ldiruvchilar betonning zichligini va issiqlik o`tkazuvchanligini kamaytiradi, bunday betonlar to`siq konstruksiyalar va issiqlik izolyasiyalari uchun ishlatiladi. 5. Alohida og‘ir va gidrat to`ldiruvchilar betonning radiatsiyadan yaxshi saqlaydi(atom elektrostansiyalarida). YUqoridagi sanab o‘tilgan bandlar to`ldiruvchilarni ishlatish joylarini belgilaydi, qaysiki bular betonning juda katta tarkibiy qismidir, ularning xususiyatlari va texnik iqtisodiy samaradorligini belgilaydi. Download 9.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling