Tavsifi va sinflanishi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana13.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1354787
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 Мавзу




2-MAVZU. BETON TO‘LDIRUVCHILARNING TURLARI.
TAVSIFI VA SINFLANISHI.

Reja 
1.Beton to‘ldiruvchilarning
turlari,
tavsifi. 
2.To‘ldiruvchilarning umumiy klassifikatsiyasi.
To’ldiruvchilar – bu ma’lum zarrachalar tarkibiga ega tabiiy yoki sun’iy 
materiallar bo’lib, bog‘lovchilar va suvning ratsional aralashmasi bilan beton xosil 
qiluvchi materialdir. Narxi beton va temir-beton konstruksiyalarning 30….50 % ni 
tashkil qiladi, shuning uchun ularni o’rganish, to’ldiruvchilarni to’g‘ri tanlash, 
ularni me’ërida ishlab chiqarish va qo‘llash xalk xo’jaligida katta ahamiyatga ega. 
Betonning asosiy bog‘lovchi faol qismi bu - sement. Bog‘lovchi suv bilan 
aralashib xamir xosil qilishi, tishlashish va qotib qattiq xolatga o’tishi va betonga 
aylanish xususiyati ega.
 To‘ldiruvchilar vazifasi: 

To’ldiruvchilar betonning 80% gacha hajmini tashkil qiladi, beton 
tarkibidagi defetsit va qimmat bo‘lgan sement va boshqa bog‘lovchilar sarfini 
kamaytiradi . 

Sement toshi qotishida xajmiy deformatsiyalarga yo’liqadi. Uning 
cho’kishi-2 mm/m ga etadi. Cho’kish deformatsiyalarining notekis bo’lishi ichki 
zo’riqishlar va yorilishlarni keltirib chiqaradi. Kichik ëriqlar ko’zga ko’rinmaydi, 
lekin ular sement toshini mustaxkamligini va chidamliligini keskin pasaytiradi. 
To’ldiruvchi betonda qattiq karkas xosil qiladi, u esa cho’kish deformatsiyalarini 
qabul qilib, cho’kishini kamaytiradi, (bu esa taxminan sement toshiga nisbatan 10 
baravar kam). 

Yuqori mustaxkamlikdagi to’ldiruvchilardan iborat qattiq karkas beton 
mustaxkamlik va qayishqoqlik modulini oshiradi (ya’ni konstruksiya’ning yuk 
ta’siridagi deformatsiyasini kamaytiradi), betonning cho‘ziluvchanligini kamaytiradi 
(ya’ni yuklarning uzoq vaqt ta’sirida betonning qaytmas plastik dnformatsiyalarini 
kamaytiradi). 

Yengil g‘ovak to’ldiruvchilar betonning zichligini va issiqlik 
o’tkazuvchanligini kamaytiradi, bunday betonlar to’siq konstruksiyalarda issiqlik 
izolyasiyalari uchun ishlatiladi. 

Alohida og‘ir va gidrat to’ldiruvchilar betonning radiatsiyadan yaxshi 
saqlaydi (atom elektrostansiyalarida va sh.k.). 


10 
To’ldiruvchilarni sanab o‘tilgan vazifasi, betonlarda samarali ishlatilishini 
belgilaydi, shuningdek ular betonning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning 
xususiyatlari hamda texnik iqtisodiy samaradorligiga ta’sir etadi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling