Tavsifi va sinflanishi


To’ldiruvchilarning sinflanishi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana13.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1354787
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 Мавзу

 To’ldiruvchilarning sinflanishi. 
O‘z RST 669-96 “Noruda qurilish ashyolari. Sanoat chiqindilaridan 
olinadigan zich chaqiq tosh va qum. Betonbop g‘ovak to‘ldiruvchilar” bo’yicha 
to’ldiruvchilarning standartlashtirilgan sinflanishi quyidagilar bo’yicha belgilanadi: 
kelib chiqishi, zarrachalar yirikligi, zarrachalar shakli, zichligi (jadval-2.1). 
To’ldiruvchilar kelib 
chiqishi, 
yirikligi 
va 
boshqa 
xususiyatlari 
bo‘yicha quyidagicha tavsiflanadi: 
1) Kelib chiqishi bo’yicha 3 ta guruxga bo’linadi: 
a) tabiiy, shu jumladan yo‘l-yo‘lakay qazib olinadigan jinslar va
boyitishdagi chiqindilar;
b) sanoat chiqindilari asosidagi to’ldiruvchilar; 
v) sun’iy (maxsus tayyorlangan). 
Kimyoviy tarkibi va fazoviy xolatini o‘zgartirmay, tog‘ jinslarini kelib 
chiqishi va petrografik nomlanishi yoki chiqindilar turini xususiyatlaydigan tabiiy 
materiallar va sanoat chiqindilari. Masalan, magmatik chuqurlikdagi (intruziv) 
jinslar – granit, sienit, diorit; domna Shlаklari. Sun’iy to‘ldiruvchilar xomashyo turi
(tabiiy, chiqindilardan yoki ular aralashmasidan) va ishlab chiqarish texnologiyasi 
(ishlov berish usuli) bilan xususiyatlanadi. Masalan, tabiiy xomashyoni kuydirib 
ko‘pchitish –keramzit; domna Shlаklari eritmalarini g‘ovaklashtirib olinadigan – 
Shlаkli pemza. 
2) Zarrachalar yirikligi bo’yicha to’ldiruvchilar bo’linadi: 
a) yirik, zarrachalari o‘lchami 5 mm dan katta (chaqiq tosh, shag‘al);
b) mayda, zarrachalari o’lchami 5 mm dan kichik (qum). 
3) Zarrachalar shakli bo’yicha to’ldiruvchilar bo’linadi:
a) burchaksimon (noto‘g‘ri) shakldagi, maydalab olinadigan (chaqiq tosh, 
maydalashdagi qum va b.); 
b) yumaloq shakldagi zarrachalar (shag‘al, tabiy qum va b.); 
4) To‘ldiruvchilar zarrachalar zichligi buyicha zich va g‘ovak turlarga 
bo‘linadi (2 g/sm

dan katta yoki kichik ).
5) Uyilgan zichligi bo‘yicha xam to‘ldiruvchilar tavsiflanadi:
Uyilma zichlik yirik g‘ovak to‘ldiruvchilar uchun 1200 kg/m³ dan 
oshmasligi va g‘ovak qumlar uchun -1400 kg/m³ dan oshmasligi kerak.
6) To‘ldiruvchining ko‘rinishi tuzilmasi bo‘yicha xam betonlar zich, g‘ovak 
va maxsus to‘ldiruvchi turlariga bo‘linadi.


11 
7) To‘ldiruvchilar asosiy kursatkichlari va vazifalari buyicha og‘ir betonlar
engil betonlar, mayda zarrachali betonlar, maxsus betonlar uchun to‘ldiruvchilar 
turkumini tashkil kiladi. 
8) To‘ldiruvchilar asosiy vazifasiga ko‘ra: og‘ir, engil, maydazarrachali 
betonlar uchun, maxsus betonlar uchun (olovgabardosh, kimyoviy chidamli
manzarali, radiatsion-himoya, issiqizolyasion va b.).

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling