17-Maruza Мавзу. Yengil betonlar va ularning klassifikatsiyasi. Sergovak va mayda zarrachali betonlar. Beton mustaxkamligi. Мавзу


Download 75.64 Kb.
bet1/6
Sana18.03.2023
Hajmi75.64 Kb.
#1282291
  1   2   3   4   5   6

16-17-Maruza
Мавзу. Yengil betonlar va ularning klassifikatsiyasi.Sergovak va mayda zarrachali betonlar. Beton mustaxkamligi. Мавзу.
Режа


1. Yengil va mayda zarrachali betonlarning xususiyatlari. G’ovakli to’ldiruvchilar asosidagi yengil betonlar
2. Serg’ovak betonlar.
3. Mayda zarrachali betonlar
1. Yengil va mayda zarrachali betonlarning xususiyatlari

Yengil betonlar deb quruq holatdagi zichligi (xajmiy og’irligi) ρ=200÷1800 kg/m3 bo’lgan betonlar toifasiga aytiladi.


Yengil betonlar quyidagi belgilari bilan sinflanadi: qo’llanilishi, bog’lovchilarning xili, to’ldiruvchilarning turlari va tarkibi bo’yicha.
Qo’llanilish soxasi bo’yicha yengil betonlar konstruksion va maxsus
( issiqbardoshligi va h.k)
Bog’lovchilarning xillari bo’yicha – sementli, ohakli, gipsli betonlarga bo’linadi.
G’ovak to’ldiruvchilar xiliga ko’ra keramzitbeton, shungizitobeton, agloporitobeton, g’ovak tog’ jinslari ko’rinishidagi shag’albeton va x.k. Tuzilishi bo’yicha zich, g’ovak va juda g’ovak betonlar.
Yengil betonlar siqilishdagi mustahkamligi bo’yicha quyidagi sinflarga bo’linadi: konstruksion betonlar V2, V2,5, V3,5, V5, V7,5, V10, V12,5, V15, V17,5, V20, V22,5, V25, V30, V40;issiqlik ushlovchi betonlar uchun: V0,35, V0,75, V1,0. Suvga chidamlik bo’yicha V12, V10, V8, V6, V4, V2 va sovuqbardoshligi bo’yichaMrz 25, 35, 50, 75, 100, 150, 250, 300, 400, 500 kabi markalarga bo’linadi.
Dast ko’rsatmasiga asosan yengil betonlarning sinfi va o’rtacha mustahkamligi orasida quyidagicha bog’lanish mavjud.
V=R (1-t·ν) (13.1)
Bu yerda ν=0,135 variatsiyalash koeffitsiyenti;
t – loyixa ishlarida beton sinfining to’g’riligini ta’minlovchi koeffitsiyent.
Qo’llanilish sohasi yengil betonlar – issiqlik saqlovchi, o’rtacha zichligi ρ<500km/m3, mustahkamligi bo’yicha sinfi V15 va V25, isssiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti λ=0,14 Vt/(m.s).
Konstruksion - issiqlik saqlovchi – asosan devorlarga tashqi qoplama sifatida ishlatiladigan, o’rtacha zichligi ρ=500÷1800 kg/m3 , sinfi V35 va yuqori, issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti λ=0,14....0,54 Vt/(m.s). Konstruksion - zichligi ρ=1400-2000 kv/m3 va yuqori sovuqbardoshli.
Yengil betonlar asosida betonlarning yirik panellari, devor bloklari , tom plitalari, parda devor va karniz elementlari, balkalar, ko’prik qurilmalari, suv inshootlari va qishloq xo’jalik qurilish qurilmalari va x.k tayyorlanadi.



Download 75.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling