1-Laboratoriya ishi Mavzu


Download 268.81 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi268.81 Kb.
#1443902
Bog'liq
1-Laboratoriya ishi


1-Laboratoriya ishi
Mavzu:AutoCAD grafik muharririni ishga tushirish va uning interfeysi. “Model’” va “List” fazolari va ulardan foydalanish xususiyatlari. AutoCAD tizimida 2 o‘lchamli modellashtirish asboblar panellari. Standart va boshqa jixozlar panellari. Tushuvchi menyular, holatlar qatori, ekran menyusi kabi vositalardan foydalanish.


Ishdan maqsad: Talabalarda AutoCAD grafik muharririni ishga tushirish va uning interfeysi bo’yicha malakalarini shakllantirish.
Masalaning qo’yilishi: AutoCAD grafik dasturini ishga tushirish, dasturda ishlash va yaratilgan ob`ektlarni chop etish.


Ishni bajarish uchun namuna
AutoCAD grafik dasturining grafik imokniyatlari


AutoCAD chizmani komp’yuterda taxrirlash dasturi Amerikaning Autodesk firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, dastlabki versiyalari o‘tgan asrning 80 yillarida ishlab chiqarilgan va keng ommalashib ketgan.
Bugungi kunga kelib AutoCAD grafik dasturining 2020 yil versiyasi ishlab chiqarilib foydalanuvchilar xukmiga xavola etildi. Bundan ko‘rinib turibdiki dasturning muntazam rivojlanib borishi natijasida foydalanuvchilarning taklif va tavsiyalari inobatga olinib borilayotganini bildirada. Bu dastur chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanining nazariyasi asosida yaratilgan, ya`ni chizma chizish qoidalari, davlat standartlari asosida chizish ishlari amalga oshirish mumkin.
Liniya(Otrezok)_,_Obrezat_,_Podobie_,_Faska_,_Mnogostrochniy'>AutoCAD grafik dasturida oddiy chiziq chizishda tortib murakkab sirtlarni yaratish kabi amallarni bajarish mumkin. Bundan tashqarish 2D o‘lchovli, 3D o‘lchovli ob`ektlarni yaratish va ularni taxrirlash ishlarini bajarish mumkin. Dasturda oddiy shaklni modelga aylantirish imkoniyatlari diqqatga sazovordir.


AutoCAD grafik dasturida Liniya(Otrezok), Obrezat, Podobie, Faska, Mnogostrochniy, Razorvat v tochke, Ves liniy, Lineynie buyruqlar.








Misol. CHizmalarni rasmiylashtirish bo‘yicha muqova hamda asosiy yozuv(burchak shtamp) tayyorlash.

CHizmalarni rasmiylashtirishda eng avvalo muqova va asosiy yozuvni tayyorlash zarur. A4 format uchun:



  1. Liniy buyrug’i yordamida to‘g’ri chiziq chiziladi(210x297). To‘rtburchak shaklda ramka xosil qilinadi

  2. Podobie buyrug’i yordamida yuqori, past, o‘ng tomonlardan 5 mm, chap tomondan esa 20 mm masofa qoldirib ichki ramka xosil qilinadi.

  3. Faska buyrug’i yordamida chiziqlarning tutashtirish natijasida ortiqcha joyi olib tashlanadi.

  4. Mnogostrochno`y buyrug’i yordamida matni kiritiladi.

  5. Asosiy chiziqlarni qalinlashtirish uchun Vesa liniy buyrug’i yordamida amalga oshiriladi. Asosiy chiziq qalinligi kamida 0.70 mm bo‘lishi shart.

  6. CHiziqni bir nuqtadan uzish uchun Razorvat’ v tochke buyrug’idan foydalaniladi.

AutoCAD grafik dasturida chop etish uchun Fayl menyusidan Pechat qatori tanlanadi(1.1-rasm). Xosil bo‘lgan oynada Printer nomi tanlanadi va chop etiladigan ob`ekt ko‘rsatiladi hamda prosmotr(chop etishdan oldin ko‘rish) tanlanadi(1.2-rasm).





1.1-rasm.






1.2-rasm.


Topshiriq


1.Muqova va burshak stamp tayyorlash va chop etish.


Foydalanilgan adabiyotlar


  1. Randy H. SHih. AutoCAD 2014 Tutorial - First Level: 2D Fundamentals. – SDC publications.

  2. Madsen D.A., Madsen D.P. Engineering Drawing and Design (fifth edition). The textbook. – 2012, Delmar, Cengage learning. – 1328 p.

  3. Spravka po AutoCAD 2007.

  4. http://www.autodesk.com/autocad-rus

Download 268.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling