www.arxiv.uz
O’lcham asboblar paneli
Taxrirlash – bu o`zgartirish demakdir. Taxrirlash asboblar paneli asosan yaratilgan ob`ektlar ustida ishlaydi. Taxrirlash asboblar paneli piktogrammalari bilan tanishib chiqsak:
Стереть – O`chirish buyrug`i
U shbu buyruq tugmasi tanlangan ob`yektni o`chirishni nazarda tutadi.
Taxrirlash ketma-ketligi:
I usul:
Ob`yekt sichqoncha yordamida tanlanadi.
Стереть – O`chirish buyruq piktogrammasi bosiladi.
II usul:
Стереть – O`chirish buyruq piktogrammasi bosiladi.
Sichqoncha ko`rsatkichi ob`yekt tanlash rejimiga o`tadi va «Выберите объекты:» - Ob`ektlarni tanlang: axborotini beradi.
Ob`yekt sichqoncha yordamida tanlanadi.
Sichqoncha o`ng tugmasi bosiladi yoki klaviaturadan “Enter” tugmasi bosiladi.
III usul:
Ob`yekt sichqoncha yordamida tanlanadi.
Klaviaturadan “Delete” tugmasi bosiladi.
Копировать – Nusxa olish buyrug`i
U shbu buyruq tugmasi ob`ektlardan nusxa ko`chirish va ularni ko`paytirishni nazarda tutadi.
Taxrirlash ketma-ketligi:
I usul:
Ob`ekt sichqoncha yordamida tanlanadi.
Копировать – Nusxa olish buyrug`i piktogrammasi tanlanadi.
E kranga «Базовая точка или ↓» - Bazaviy nuqta yoki ↓ degan axborot chiqadi. Ob`yektning biror nuqtasi sichqoncha yordamida tanlansa, shu nuqta nusxa olingan ob`yektni ko`chirish uchun asos qilib olinadi. Bu usul nusxa olingan ob`yektni aniq bir nuqtasi asosida ko`p nusxada ko`chirishni nazarda tutadi.
A garda «Базовая точка или ↓» - Bazaviy nuqta yoki ↓ axboroti chiqganda klaviaturadagi ↓ ko`rsatkich bosilib qo`shimcha axborot menusi chaqirilsa unda bitta band – «Перемещение» - Ko`chirish mavjud. Bu band ob`yekt (ob`yektlarni) ma`lum bir yo`nalishda, ba`lum bir masofada nusxa olib ko`chirishni nazarda tutadi. Ushbu band “Enter” tugmasi yoki sichqoncha ko`rsatkichi yordamida tanlanadi. Yonalish burchak asosida sichqoncha ko`rsatkichini surish bilan, masofa esa klaviaturadan qiymat asosida kiritiladi va “Enter” tugmasi bilan tasdiqlanadi.
II usul:
Do'stlaringiz bilan baham: |