17-Maruza Мавзу. Yengil betonlar va ularning klassifikatsiyasi. Sergovak va mayda zarrachali betonlar. Beton mustaxkamligi. Мавзу


Yengil betonlar fizik-mexanik xossalari


Download 75.64 Kb.
bet3/6
Sana18.03.2023
Hajmi75.64 Kb.
#1282291
1   2   3   4   5   6
Yengil betonlar fizik-mexanik xossalari.
Yengil betonlarning mustahkamligi ham suv-sement nisbatiga bog’liq bo’ladi. Ammo g’ovak to’ldiruvchilarning mustahkamligiga sement qorishmasidan pastroq (kamroq) bo’ladi. Shu sababli yengil betonlarning mustaxkamligi og’ir betonlarga nisbatan kamroq bo’ladi (10.1 rasm).
Yengil betonlarning asosiy xossalaridan biri - uning issiqlik o’tkazuvchanligidir, bu xususiyat tashqi qurilmalarning qalinligini tanlashda muximdir. Yengil betonlarning issiqlik o’tkpzuvchanligi uning zichligi ortishi bilan ko’payadi.
G’ovak to’ldiruvchilarning miqdori ko’p bo’lsa yengil betonning mustahkamligi kamayadi, ammo ammo issiqlik saqlash xususiyati yaxshilanadi.
Yengil betonlarning shimuvchanligi ancha yuqoridir (30-50% - og’ir betonlarga nisbatan). Yuqori sifatli to’ldiruvchilarni qo’llash orqali betonning suvshimuvchanligini kamaytirish mumkin.
Yengil betonlarni ishlab chiqarishda har-xil g’ovak to’ldiruvchilardan foydalaniladi, jumladan, sun’iylari – keramzit, agloporit, perlit, shlakli pemza va boshqalar, hamda tabiiylari – tuf, pemza va boshqalarni misol sifatida keltirish mumkin. Yengil betonlar asosan devorlar va yuk ko’taruvchi konstruksiyalarning og’irligini kamaytirish uchun ishlatiladi. Shu sababli bu betonlarning zichligi alohida ahamiyat kasb etadi. Betonlarning zichligiga qarab o’ta yengil 500 kg/m3 zichlikdan kam issiqlik saqlovchi beton va yengil zichligi 500-1800 kg/m3 bo’lgan betonlarga ajratiladi.
Yengil betonlarning mustahkamligi 2,5 dan 30 MPa gacha va undan yuqori bo’lishi mumkin. Yengil betonlar asosan zichligi 500-1400 kg/m2 bo’lgan konstruksion-issiqni saqlovchi va zichliklari 1400-1800 kg/m3 bo’lgan konstruksion betonlarga bo’linadi.
Betonlar tuzilishiga ko’ra zichlashtirilgan va oddiy turlarga ajratiladi. Ularga, sement qorishmasining yirik to’ldiruvchilari orasidagi g’ovaklarni yengil yoki og’ir qum bilan to’ldiriladigan oddiy betonlar, sement qorishmasining g’ovaklarini ko’pik yoki gaz hosil qiluvchi boshqa qo’shimchalar bilan ko’pchitiladigan serg’ovak yengil betonlar va qumsiz, donalar orasidagi bo’shliqlari saqlangan yirik g’ovakli yengil betonlar kiradi. Qurilishda asosan yirik g’ovak to’ldiruvchilarning o’lchamlari 20-40 mm bo’lgan yengil betonlar va mayda donador yengil betonlar ishlatiladi.
Yengil betonlarning mustahkamligi og’ir betonlardagi kabi tarkibidagi sement-suv nisbatiga bog’liq, chunki asosan u sement toshini mustahkamligini belgilaydi. Lekin g’ovakli to’ldiruvchilar o’zining strukturaviy xususiyatlariga ko’ra sement qorishmasiga nisbatan kamroq mustahkamlikka ega. G’ovak to’ldiruvchilarni yengil beton tarkibiga kiritilishi ularning miqdori va zichligiga bog’liq holda beton mustahkamligini kamaytiradi.
Yengil betonlarni mustahkamligiga sement-suv nisbatlarining bog’liqliklarini 2.19- rasmda ko’rish mumkin.




Download 75.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling