17-Maruza Мавзу. Yengil betonlar va ularning klassifikatsiyasi. Sergovak va mayda zarrachali betonlar. Beton mustaxkamligi. Мавзу
Yengil beton uchun to’ldiruvchilar
Download 75.64 Kb.
|
Yengil beton uchun to’ldiruvchilar.
Yengil beton ishlab chiqarish uchun asosan yirik to’ldiruvchilar sifatida donadorligi 5÷40 mm bo’lgan g’ovak jinslar ishlatiladi. Ular asosan organik va anorganik xillarga bo’linadi. Organik to’ldiruvchilar juda yengil betonlar olishda qo’llaniladi. Anorganik yengil to’ldiruvchilar xajmiy og’irligi ρ=500÷1800kg/m3 bo’lgan yengil betonlar olishda qo’llaniladi. Ular tabbiy, sun’iy va sanoat chiqindilari asosida olinadigan guruxlarga bo’linadi. Tabbiy g’ovak to’ldiruvchilar tog’ cho’qindi jinslari va vulqon chiqindilarini maydalash va ularni elab navlash orqali olinadi. Bularga pemza-cho’kindi tog’ jinsidan olinadigan shag’al va qumlar (tarkibi tolasimon tuzilishga ega); vulqon shlagidan olinadigan g’ovak jinslar; vulqon cho’qindisi tufi ( xar xil rangli kukunsimon qumlar); cho’kindi karbonatli jins; oxak-jig’anok toshlar va shunga o’xshash cho’kindi jinslar (trepel, diatomit,tuf va x.k). Odatda bunday to’ldiruvchilarning xajmiy og’irligi ρ=1250-1600 kg/m3 atrofida bo’ladi, donadorligi esa 5÷20 mm. Sun’iy g’ovak to’ldiruvchilar asosan g’ovak ashyolarni mexanik yoki issiqlik yordamida ishlov berib so’ngra maydalab olinadi. Bularning tipik vakili keramzit shag’ali va qumdir. U asosan tez eruvchan tuproqsimon loyni ko’pchitib pishirish orqali olinadi. Donadorligi yirik to’ldiruvi sifatida 5÷10, 10÷20, 20÷40mm, mayda to’ldiruvchi (qum) sifatida esa 0,5÷5mm bo’ladi. Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti λ=0,035÷0,35 Vt/(m:s). Keramzit ikki xil navga bo’linadi: a – sifati yuqori kategoriyali, mustahkamligi R=0,8÷5,5 MPa (silindrda ezish bo’yicha) b – sifati birinchi kategoriyali, R=0,6÷4,5 MPa Termolit – g’ovak sun’iy material bo’lib, kremniyli jinslarni (trepel, diatomit) kuydirish orqali olinadi. Ashyo tarkibidagi keraksiz jinslar quyishi natijasida uning tarkibida g’ovaklik hosil bo’ladi. Agloporit – g’ovak bo’laksimon material bo’lib, tog’-loyli jinslarni qizdirish va so’ndirish orqali olinadi. Shuningdek shaxtalarning to’liq yonmagan shlaklari va x.k Shlakli pemza - "termozit" ko’pchitilgan g’ovak material bo’lib, metallurgiya va kimyo sanoati chiqindilaridan olinadi. Ko’pchitilgan perlit – yuqori g’ovakli donador material bo’lib, vulqon chiqindilarini qayta kuydirib olinadi Ko’pchitilgan vermuklit – yuqori g’ovak, issiqlik ushlovchi va tovushyutuvchi donador material bo’lib, u gidrosmod tog’ jinsidan olinadi. Saralangan shlak – maydadonali g’ovak material bo’lib, metallurgiya va kimyo sanoati chiqindilaridan tez sovutish yo’li bilan olinadi. Download 75.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling