17-Maruza Мавзу. Yengil betonlar va ularning klassifikatsiyasi. Sergovak va mayda zarrachali betonlar. Beton mustaxkamligi. Мавзу
Download 75.64 Kb.
|
2. Serg’ovak betonlar
Tarkibida katta miqdorda o’lchamlari 1-1,5 mm gacha bo’lgan mayda va o’rtacha kattalikdagi havoli g’ovaklari bo’lgan (betonning umumiy hajmidan 85% gacha) o’ta yengil betonlar serg’ovak betonlar deb ataladi. Serg’ovak betonlarning g’ovaklari asosan mexanik yoki kimyoviy yo’llar bilan olinadi. Birinchi holda bog’lovchi va suvdan tashkil topgan hamirga mayin qum ва олдиндан tayyorlangan ko’pik qo’shilib mexanik usulda aralashtiriladi. Qotish natijasida g’ovaksimon ko’pikbeton deb ataluvchi material olinadi. Ikkinchi holda bog’lovchi material tarkibiga gaz hosil qiluvchi qo’shimchalar qo’shiladi va hamirda gaz paydo bo’luvchi reaksiya ketishi natijasida ko’pchib, g’ovakli bo’lib qoladi. Qotgandan so’ng bu material gazobeton deb ataladi. Serg’ovak betonlar ishlatilish joylariga qarab zichligi 300-600 kg/m3 va mustahkamligi 0,4-1,2 MPa bo’lgan issiqlik izolyatsilovchi va zichliklari 600-1200 kg/m3 va mustahkamligi 2,5-15 MPa bo’lgan konstruktiv betonlarga farqlanadi. Mamlakatimizda avtoklav yordamida olinadigan g’ovakli betonlar ishlatilishi keng tarqalmoqda, jumladan bunda beton 0,8-1 MPa bosimdagi bug’ avtoklavlarida qotadi. Avtoklav serg’ovak betonlar quyidagi tarkibdagi qorishmalar orqali tayyorlanadi: sement va kvars qumi qorishmasi bilan, bu holda qumning bir qismi maydalanadi; maydalangan so’nmagan ohak va qisman maydalangan kvars qumi; bu qorishmadan tayyorlangan betonlar ko’piksilikat yoki gazosilikat betonlar deb ataladi; sement, oxak va qumlarni har xil nisbatda qorishtirib olinadi. Ba’zan qumni kul bilan almashtirilishi mumkin. Unda bu betonlarni ko’pikli kulbeton yoki gazli kulbeton deb ataladi. Avtoklavsiz qotirilgan serg’ovak betonlar uchun asosan markasi 400 dan kam bo’lmagan sement ishlatiladi. Qotish tezligining sekinligi bilan farqlanadigan punssolan portlansement va shlakli portlandsementlarni tajribaviy sinovsiz ishlatish tavsiya etilmaydi. Avtoklavli serg’ovak betonlar uchun portlandsementni qaynama-oxak bilan og’irliklarini 1:1 nisbatda olib ishlatish maqsadga muvofiq. Avtoklavli serg’ovak betonlarni tayyorlash uchun tarkibida 70% dan kam bo’lmagan faol SaO va 5% dan ortiq bo’lmagan MgO ohak ishlatiladi. Yuqori ekzotermik so’nish harorati 85o bo’ladi. Maydalangan oxak zarralarining nisbiy yuzasi bilan harakterlanadigan zarrachalarining maydalanish darajasi 3500-4000 sm2/g dan kam bo’lmasligi kerak. Kremniyli tarkibiy qism sifatida tarkibida 90% dan kam bo’lmagan kremniy, 5% oshmagan loy va 0,5% slyudali toza kvars qumi qo’llaniladi. Qumning nisbiy yuzasi serg’ovak betonlarning zichligiga qarab 1200-2000 sm2/g bo’lishi kerak. Maydalangan qum o’rniga ishlatiladigan chiqindi-kul o’zining kimyoviy-mineral tarkibining birjinsli emasligi bilan ajralib turadi. Kul yuqori g’ovakli va dispers moddadir. Kulning bu xususiyatlari betonning yuqori namlik tutib turish va betonni asta namlik berish xususiyatlarini oshiradi hamda darz ketishga mustahkamligini kamaytiradi. Kulning afzalligi sifatida uni oldindan maydalash zaruratining yo’qligi deb aytish mumkin. Bu xususiyatlar kvars qumli betonlardan tayyorlanganga nisbatan zichligi kamroq bo’lgan maxsulotlarni olish imkonini yaratadi. Chiqindi-kul tarkibida kremnezem 40% dan kam bo’lmasligi, kuydirish natijasidagi og’irligini pasayish darajasi 8% dan oshmasligi, nisbiy yuzasi 2000-3000 sm2/g bo’lishi kerak. Betonda g’ovaksimon tarkib hosil bo’lishi uchun ko’pik va gaz hosil qiluvchi to’ldiruvchilar ishlatiladi. Ko’pik hosil qiluvchi sifatida bir necha sirt-faol turg’un ko’pik hosil qiluvchi moddalardan foydalaniladi. Ularga suyakdan ajratib olinadigan yelim asosida tayyorlanadigan konifol-yelim, kanifol va ishqoriy natriyning suvdagi aralashmasini keltirish mumkin. Bu ko’pik hosil qiluvchi emulьsiyani uzoq muddat ko’pirtirilganda turg’un ko’pik beradi. Smolosaponinli ko’pik hosil qiluvchi moddani sovun asosi va suvdan tayyorlaydilar.Uning tarkibiga suyuq shishaning me’yorlashtiruvchi sifatida kiritilishi ko’pikning turg’unligini oshiradi. Bu ko’pik hosil qiluvchi o’z xususiyatlarini havoning normal harorati va namligida bir oygacha saqlaydi. Alyumosulьfonaftenli ko’pik hosil qiluvchini glinozem kerosin, oltingugurt(giltuproq) sulьfati va ishqoriy natriydan olinadi. U ijobiy haroratda xususiyatlarini 6 oygacha saqlaydi. GK ko’pik hosil qiluvchini gidrolizatsiyalangan PO-6 rusumli qushxona qonidan va temir sulьfatidan olinadi. Uni qotish jarayonini jadallashtiruvchi qo’shimchalar bilan birga ishlatish mumkin. Bu modda ham o’z xususiyatlarini 6 oygacha saqlaydi. Ko’pik hosil qiluvchi to’ldiruvchilar suv massasidan % hisobida: kanifol-yelimli 8-12, smolosaponinli 12-16, alyumosulьfonaftenli 16-20 ko’pik hosil qiluvchi va GK 4-6 foizga suv miqdori nisbatida olinadi. Gazbeton va gaz silikat betonlarda gaz hosil qiluvchi modda sifatida 4 xil rusumda chiqariladigan (GOST – 5494-71) alyumin kukuni ishlatiladi. Gazbeton ishlab chiqarishda tarkibida 82% faol allyuminiy bo’lgan va mayinlik darajasi 5000-6000 sm2/g bo’lgan PAK-3 yoki PAK-4 gaz hosil qiluvchilar ishlatiladi. Alyumin kukunini miqdori gaz betonlarning zichligiga bog’liq bo’lib 0,25-0,6 kg/m3 ni tashkil qiladi. G’ovak betonlarning tarkibini aniqlashda bog’lovchi modda hamda ko’pik tashkil etuvchining sarfini eng kam miqdorida olish bilan uning berilgan zichligi va mustahkamligini ta’minlash zarur. 2.24-rasm. Katakchali beton mustahkamligini Rb uning zichligiga bog’liqligi. G’ovak betonlarning zichliklari va g’ovaklilik darajalari ular tarkibidagi ko’pik hosil qiluvchilar miqdoriga va ko’pik hosil qilish xususiyatlariga bog’liq. Ayrim paytlarda ularga beton qorishmasi harorati va ular tarkibidagi suv/qattiq moddalar S/Q (%) nisbatiga ham bog’liq bo’lishi mumkin. S/Q nisbatini oshirish bilan qorishmani suyultirish va ularda g’ovak hosil bo’lishi uchun yaxshi sharoit yaratiladi. .24-rasmda g’ovak beton mustahkamligini uning zichligiga bog’liqlik nisbatlari ko’rsatilgan. Serg’ovak betonlar zichliklari ulardagi g’ovaklar harakteriga, ularning o’lchamlari va g’ovak strukturasiga hamda g’ovak orasidagi qobiqlar mustahkamligiga ham bog’liq. S/Q miqdorini maqbul oshirish bilan, beton qorishmasini tarkibiy o’zgarishlari yaxshilanadi va serg’ovak betonlarning mustahkamligi oshadi. G’ovak qobig’ining mustahkamligi esa bog’lovchi va kremnezem komponentini nisbatiga, S/Q va issiqlik-namlik ishloviga bog’liq. Download 75.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling