1. Gandbol o‘yinining asosiy qoidalari Gandbolda uzoq masofadan to’pni ilib olish
Download 1.33 Mb.
|
Gandbol to\'pini uzoq masofadan otish va ilib olish va hakamlik qilishni o’rgatish
Yerdan 70 — 170 sm balandlikda uchib kelayotgan to‘pning yo‘lini to‘sish. Agar to‘p yon tomonga yo‘nalgan bo‘lsa, unga yaqin turgan qo‘l kafti ochiladi va 94-rasm. ikkala qo‘l to‘pning yo‘liga qo‘yiladi.
Yerdan 40 — 50 sm balandlikda uchib kelayotgan to‘pning yo‘lini to‘sish. Himoyachi to‘pning yo‘nalishi tomon odimlaydi va to‘pni qo‘llarini oldinga cho‘zib to‘sadi. Mabodo, to‘p himoyachining o‘ng yoki chap tomonidan o‘tib ketayotgan bo‘lsa, unda biroz oldinga engashish zarur. To‘pni oyoq bilan to‘sish. Agar himoyachi juda past uchib kelayotgan to‘pning yo‘lini to‘sishga ulgurmasa, unda shu usuldan foydalaniladi. Himoyachi oyog‘i bilan pastga egiladi. Aslida to‘pni oyoq bilan to‘sish qoidada man etilgan, lekin sharoit taqozo qilsa, qo‘llash mumkin. Bunda to‘sishga yo‘naltirilgan oyoq bilan bir paytda qo‘lni ham shu tomonga uzatishga harakat qilinadi. Yerga yaqin uchayotgan yoki yerga urilgan to‘pni o‘tirib to‘sish mumkin bo‘ladi. Darvozabon o‘yini. Darvozabon ishi o‘ta mas’uliyatli va ayni chog‘da sharaflidir. Darvozabon o‘yin paytida raqib bilan juda ko‘p ro‘para keladi. Unga juda katta jismoniy va ruhiy yuk (nagruzka) tushadi. Darvozabon maydondagi holatni tahlil qilib, to‘pni doimiy nazorat qilib boradi va o‘yinchilarga tegishli ko‘rsatmalar berib turadi. U o‘yin davomida 40 — 50 marta kuchli zarbalarni qaytarishiga to‘g‘ri keladi. Darvozabon tez idrok etish, siljish, chaqqonlik, harakatni yaxshi his qila olish, kuzatuvchanlik, qo‘rqmaslik, vaziyatni to‘g‘ri baholash kabi xislatlarga ega bo‘lishi zarur. Darvozabon kuchsiz kelayotgan to‘plarni ikki qo‘llab tutadi. Yondan kelayotgan to‘plar, odatda, bir qo‘l bilan to‘siladi, ammo ikki qo‘llab tutsa ham bo‘ladi. Asosiy tik holatda turgan darvozabon qo‘lini to‘p uchib kelayotgan tomonga uzatadi va o‘sha tomonga egiladi. Darvozaning pastki burchagiga yo‘naltirilgan to‘pni darvozabon oyog‘i bilan to‘sadi (95-rasm). Yuqoridagi usullardan tashqari,to‘pni yiqilib turib to‘sish ham mumkin. Bu futbol usuli darvozaning boshqa tomonidan uchib kelayotgan to‘pni tutishda qo‘llanadi. Bu usul to‘pdan uzoq turgan oyoq bilan siltanish orqali bajariladi. Aslida yiqilib to‘p tutish tavsiya etilmaydi, ammo yiqilayotganda dumalash usulini qo‘llash mumkin. Darvozabonning hujum qilayotgan raqibga qarshi chiqishi. Bunda darvoza- 95-rasm. bon asosiy o‘rnidan to‘p bilan kelayotgan o‘yinchi tomon bir necha qadam oldinga chiqadi. Darvozabonning gavdasi oldinga egiladi, barmoqlari oxirigacha ochiladi. Bir oyog‘i ikkinchisidan 30 — 40 sm oldinga chiqadi, bu darvozaga to‘p kiritish ehtimolini kamaytiradi. Darvozabon to‘pni tutish yoki yorib kiruvchi o‘yinchini to‘xtatish uchun o‘z maydonidan tashqariga chiqadi. Bunda u o‘yinchiga aylanadi, shuning uchun u ham muayyan darajada o‘yinchilar ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling